ikkinchidan, haq evaziga tuziladigan shartnomadir;
uchinchidan, qurilishga oid pudrat shartnomasi har ikki taraf uchun ham muayyan huquq va burchlar belgilaydigan ikki tomonlama shartnoma hisoblanadi.
Qurilish pudrati shartnomasi korxonani, binoni, inshootni bir obyektni qurish yoki qayta qurish, shuningdek, montaj, sozlash, ishga tushirish va
qurilayotgan obyekt bilan bevosita bog'liq bo'lgan boshqa ishlarni bajarish haqidagi tuzilishi mumkin.
Pudratchi, odatda tegishli obyektni to'la asosda tarnomlash uchun shartnoma tuzadi. Bunga loyihalashtirish, qurish, ekspluatatsiyaga toshirish bilan bog'liq bo'lgan boshqa muhim ishlar, obyektni to'la ekspluatatsiyaga topshirish ishlari kiradi. Qurilishi pudrti shartnomasida shartnoma bahosi va uni bajarish muddati muhim ahamiyatga ega. Shartnomada ularning ko'rsatilmasligi shartnomaning haqiqiy emasligiga olib keladi. Shuningdek, buyurtmachi tomonidan shartnomaning bajarilishi uchun pudratchiga zarur bo'lgan sharoitlarni berish majburiyati ham uning o'ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi.
Shartnomaning subyektlari sifatida buyurtmachi va pudratchi ishtirok etadi. Buyurtmachi sifatida har qanday jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, asosiy buyurtmachilar tegishli obyektning lozim darajada qurilishini, ta’mirlanishini, jihozlanishini ta’minlash uchun zaruriyat tug'ilganda o'zining barcha huquqlarini boshqa shaxslarga o'tkazishlari mumkin. Buning uchun ular mazkur shaxslarga tegishli tarzda vakolat berishlari shart bo'ladi Masalan, davlat o'z ehtiyojlari uchun quriladigan obyektlarning belgilangan muddatda qurib topshirilishi va ekspluatatsiya qiliishini to‘g‘ri ta ’minlash maqsadida ma’lum bir vazirlik, agentlik yoki muassasaga o'z vakolatini berishi mumkin. Bunday tarzda vakolatini o'tzkazishga fuqarolik huquqining barcha subyektlari ham haqlidirlar.
Shartnomaning ikkinchi tomoni hisoblangan pudratchi sifatida bunday harakatlarni amalga oshirish huquqiga tegishli tarzda mutasaddi tashkilotlardan maxsus litsenziya olgan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
Pudrat shartnomasining yana bir muhim jihatlaridan biri aynan pudrat shartnomalari tufayli infrastruktura obyektlari, transport tizimi, aholini turar-joy bilan ta’minlash, kompaniyalarga ofislar yaratilishi va aholining yashash sharoitlari yaxshilanishiga erishish mumkin.
Rossiyalik olimlar qayd etishicha, pudrat shartnomasining quyidagi belgilarini qurilish pudratiga ham tegishli deb hisoblash mumkin:
Ishlarni bajarishda pudratchining mustaqilligi;
Moddiy natijadorlikka erishilishi;
Pul bilan haq to’lanishi yoki mukofotlanishi.
Fuqarolik huquqida shartnoma tomonlardan biri o‘zining "korxonasi" bilan muayyan ishlarni bajarish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan shartnoma, boshqa tomon esa – pul to‘lovini amalga oshirish majburiyati shartnomada belgilanadi7 . Bu holda korxona “ishchi kuchini qo‘llash mahsuli sifatida ish bajarish” deb tushunilar edi. Mahsulot esa o‘z navbatida mehnat faoliyatining uzoq muddatli holati va bevosita ish natijasi sifatida e'tirof etiladi8.
Shuningdek, K. N. Annenkov shartnomaning ob'ekti iqtisodiy natijalar va mukofotni o‘z ichiga olgan ishdiligiga va G. F. Shershenevich buyurtmachi tomonidan kerakli natijani yaratish rejasini ishlab chiqishda pudratchining mustaqilligiga ishora qildi9.
Milliy qonunchilikka ko’ra qurilish shartnomasi bo‘yicha pudratchi muayyan ob'ektni qurish yoki shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachi nomidan boshqa qurilish ishlarini bajarish majburiyatini oladi va buyurtmachi pudratchining ishni bajarishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish majburiyatini oladi, natijani qabul qiladi va belgilangan narxni to‘laydi.
Biroq Rossiya huquqshunoslik fanida ko’rsatilishicha, qurilish pudrati har doim ham pudrat shartnomasining turi hisoblanmagan. 1964-yildan Rossiyada kapital qurilish pudrat shartnomasiga pudrat shartnomasining alohida turi sifatida qarash boshlangan. “Kapital qurilish shartnomasi bo‘yicha pudratchi tashkilot tasdiqlangan dizayn va smeta hujjatlariga muvofiq va belgilangan muddatda buyurtmachi tashkilotga rejalashtirilgan ob'ektni qurish va yetkazib berish majburiyatini oladi va buyurtmachi pudratchini qurilish maydonchasi bilan ta'minlash, tasdiqlangan dizayn va smeta hujjatlarini unga topshiradi, qurilishni o‘z
7 Свод законов Российской империи (ст. 1737). См.: Кодификация российского гражданского права. Екатеринбург: Издательство Института частного права. 2003. С. 255.
8 Шершеневич Г.Ф. Учебник русского гражданского права. Т.2 – М.: Статут, 2005. – 462 С.
9 Шершеневич Г.Ф.Указ. соч. С
vaqtida moliyalashtirishni ta'minlaydi, tugallangan ob'ektlarni qabul qiladi va ular uchun haq to‘laydi”10.
Qurilish shartnomasini tushunish va tuzish uchun shartnomaning muhim shartlarini aniqlash muhimdir. Qurilish shartnomasi uchun quyidagilar muhim shartlari hisoblanadi: shartnoma predmeti, narxi, muddati va tomonlar muhim deb belgilaydigan shartlar. Ingliz qonunchiligida muhim shartlar sifatida ish ko‘lamini belgilab, ish qiymati, shartnoma shartlari, tomonlar muhim deb hisoblagan boshqa shartlari bo’lishi mumkinligi belgilangan. Shunday qilib, turli xil huquqiy oilalar shartnomaning muhim shartlariga turlicha ta’rif beradilar.
Xalqaro miqyosda tuziladigan qurilish pudrat shartnomalari haqida so’z yuritar ekanmiz, ushbu shartnoma tashqi iqtisodiy xarakterdagi shartnoma bo’lishi mukinligini ta’kidlash kerak. Bunday hollarda ushbu shartnomalarni tartibga solish faqatgina milliy huquq bilan emas, balki boshqa davlatlarning ham qonun hujjatlarini hisobga olgan holda tartibga solinishini qayd etib o’tish kerak. Shuningdek, xorijiy tashkilotlarning tavsiyalari va xalqaro kelishuvlar ham kata ta’sirga ega bo’ladi. Shunday holatda, tashqi iqtisodiy bitim sifatida qurilish pudrat shartnomasining asosiy belgilarini farqlash lozim.
Quyidagi ikkita holatlardan biri mavjud bo’lganda pudrat shartnomasi tashqi iqtisodiy bitim sifatida e’tirof etilishi mumkin11:
Tomonlardan birining ish yuritish joyi, manzili xorijiy davlat hududida joylashgan bo’lsa;
Qurilish pudrat ishlari xorijiy davlat hududida amalga oshirilayotgan bo’lsa.
M.A.Novoselov aniqlashicha, xalqaro qurilish pudrati shartnomasi, shartnoma sifatida pudratchiga belgilangan muddatda buyurtmachining buyurtmasiga binoan muayyab obyektni qurish yoki ta’mirlash ishlarini bajarish majburiyatini yuklaydi.O’z navbatida, buyurtmachiga ham pudratchi uchun
10 Гражданский Кодекс РСФСР, утв. ВС РСФСР 11.06.1964 (Утратил силу) // Ведомости ВС РСФСР. – 1964.
- N 24.
11 Канашевский В.А. Договоры международного подряда в коммерческой практике // Журнал российского права. 2010. № 7.
ishlarni bajarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ishlarning natijalarini qabul qilib olish, kelishilgan miqdordagi pulni o’z vaqtida to’lash majburiyatini yuklaydi. Biroq, xalqaro pudrat shartnomasining oddiy pudrat shartnomasidan asosiy farqi shundaki, pudratchi va buyurtmachi turli davlatlar hududlarida joylashgan bo’ladi yoki qurilish ishlari xorijiy davlat hududida amalga oshiriladi, shuningdek, shartnoma uchinchi davlat hududida tuzilishi ham mumkin.
Ushbu paragrafda biz binoan qurilish pudrat shartnomasi haqida umumiy qarashlar va qurilish pudrat shartnomasi tushunchasi to’g’risidaga umumiy ma’lumotlarni o’rganib chiqdik, endi reja asosida keyingi paragrafga o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |