Qurilish pudratini tartibga solishda xorijiy davlatlar tajribasi
XXI asrga kelib iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishi va dunyoda globallashuvning tobora chuqurlashib borishi turli xil sohalarni tartibga soluvchi huquq normmalarini xorijiy davlatlar tomonidan qanday qo’llanilayotganinin kuzatib boorish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday izlanishlarning ham o’ziga xos qiyimchilikalari mavjud. Chunki bir sohani tartibga solishga nisbatan turli xil yondashuv, qo’llaniladigan atamalarning turli davlat amaliyotida turlacha ekanligi, huquq oilalarining o’zaro farqlari ham tasir etib turadi. Misol uchun Anglo- Amerika huquqining shakllanishida sud-pretsedentlari, odatlarning o’ziga xosligi va shartnoma tuzishning erkinligi kata tasir etgan bo’lsa Roman-german huquqida esa huquqqa oid nazariyalar66, vakolatli davlat organlari tomonidan ishlab chiqiladigan normative-huquqiy xujjatlar asosiy o’rinni egallaydi. Yana bir qancha davlatlar o’zlarining tarixiy-diniy qarashlari asosida shakllangan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi manbalari mavjud bo’lib, misol uchun Misr, Quvayt, Bahrain va boshqalar. Mana shu omillar sabab pudrat shartnomasini tartibga soluvchi normalar ayrim davlatlarda kodifikatsiyalangan va ayrimlarida esa bunday holat kuzatilmagan. Shariat normalari asosida ijtimoiy munosabatni tartibga soluvchi davlatlarning ayrimlarida qabul qilingan fuqarolik qonunchilik normalarida ayrim munosabatlar tartibga solib o’tilgan67. Yuqoridagi turli xillik va globalashuv xalqaro qurilish huquqini alohida fan sohasi darajasiga olib chiqdi. Umumiy nazariyaga ko’ra qurilish sanoatida asosiy 5 ta subekt mavjud bo’lib, ushbu ishtirokchilar qurilish faoliyatiga bevosita tasir qiladilar va ishni borishida o’zlarining mahsus vazilari ham bor. Bu 5 toifa quyidagilar:
pudratchi;
loyihachi;
boshqaruvchi (davlat organlari);
buyurtmachi;
66 Klee L. op. cit. P.55
67 Ibid. P.96
foydalanuvchi.68
Bu asosiy subektlardan tashqari yana bir qator qurilish loyihasiga bilvosita tasir qiladigan ishtirokchilar mavjud bo’lib, ular quyidagilar: qarz beruvchi tashkilotlar (banklar), sug’urta va qayta sug’urta tashkilotlari.
Ushbu paragrafda xorijiy davlatlarda pudrat munosabatlarini tartibga solishga oid normlarini o’rganamiz. Birinchi davlat sifatida AQShni olsak, AQSH federativ davlat bo’lganligi uchun hamma shtatlari uchun umumiy bo’lgan, qurilish pudrati shartnomasini tartibga soladigan mehanizmning yo’qligi, mavjud mexanizm ham sud amalyotiga bevosita bog’liqligini ko’ramiz. AQSH hududida qurilish pudrati shartnomasini amalga oshirmoqchi bo’lgan tashkilot birinchi o’rinda sud amaliyotlarini, faoliyat olib bormoqchi bo’lgan shtat qonunchiligi va qurilish pudrati shartnomasini tartibga soluvchi normalarni o’rganib chiqishi talab etiladi. Ikkinchi davlat sifatida Angliya fuqarolik huquqida qurilish pudrati shartnomasini tartibga solinishini taxlil qilamiz. Bu davlatda ham fuqarolik huquqining negizi sud amaliyotlari bo’lib69, XX asrning oxirlariga kelib parlament tomonidan aktlar qabul qilina boshlangan.1996 yilda “Uy joylar berish, qurilish va qayta qurilish haqidagi akt (Housing Grants, construction and regeneration Acts) qabul qilingan. Usbu aktda qurilish pudrati shartnomasiga ta’rif berilgan va uning muhim shartlari, shuningdek tomonlarni nizoni hal qilish uslullari, shartnomaning shakliga qo’yilgan talablar keltirilgan.
Ikkinchi yirik huquq oilasi sifatida roman-german turishi hammaga ma’lum, bir huquq oilaga mansub bo’lishi qaramasdan davlatlar qurilish pudrat shartnomasini tartibga solishda turfa xillikka ega. Misol uchun Gruziya Fuqarolik kodeksini olsak, ushbu kodeksda pudrat shartnomalarini umumiy tartibga solish nazarda tutuvchi normlar mavjud bo’lib, pudratning alohida turlarga ajratilmagan. Ayni shunga o’xshash holatni biz Bolgariya70, Chexiya davlatlarining qonunchiligida ham ko’rishimiz mumkin. Shu o’rinda Yevropada huquqiy-
68 Klee L. op. cit. P.2
69 Адамчук Е.Е. указ. соч. – Р. 3
70 Закон Болгарии «Об обязательствах и договорах в Болгарии» от 1950 г. [Электронный ресурс] // доступный на сайте: www.gsi.bg (дата обращения: 24.04.2020)
iqtisodiy jihatdan rivojlangan ayrim davlatlarining qonunchiligiga to’xtalib o’tamiz. Germaniya fuqarolik kodeksi (Bürgerliches Gesetzbuch Deutschlands)da ham pudrat shartnomasining turlariga alohida to’xtalib o’tilmagan bo’lib, pudrat shartnomalarini uchun umumiy normalar orqali tartibga solish amaliyotini qo’llagan. Pudrat shartnomasiga muvofiq pudratchi belgilangan vazifani bajarishi, buyurtmachi esa kelishilgan summani to’lash majburiyatini oladi. Pudrat shartnomasining predmeti tayyorlangan yoki o’zgartirilgan buyum, yoki ishlar va xizmatlarni bajarish yo’li bilan erishilgan natija hisoblanadi.71 Germaniya qonunchiligining bu sohadagi o’ziga xosligi pudratchining haq olish huquqini taminlash maqsadida GFKning 648-moddasida buyurtmachi oldindan ma’lum belgilangan summani kafolat sifatida pudratchiga berishi kerak. Agar o’z vaqtida kelishilgan summa berilmasi pudratchi shartnomani bekor qilishga haqli bo’ladi. Germaniya qonunchiligiga binoan xizmat ko’rsatish bu buyurtmachining topshirig’iga binoan malum usullar bilan natijani buyurtmachiga berish. Pudrat shartnomasida esa pudratchi yakuniy ishning natijasini buyurtmchiga topshiradi72. GFKga binoan pudrat shartnomasi natijaga bog’liq bo’lsa, xizmat ko’rsatish natijaning sifatiga bevosita bog’liq bo’ladi.
Avsriya Fuqarolik kodeksi(Allgemeines Bürgleches Gesetzbuch) da ham Germaniyaga o’xshab alohida bob yoki bo’lim qurilish pudrati shartnomasi uchun ajratilamagan bo’lib, pudrat shartnomalar deb nomlanuvchi bo’limda qurilish pudarti ham tartibga solib o’tilgan. AFKning o’ziga xosligi Puratchining huquqlari yaxshi himoya qilinganligi, birgina AFKning 1190-moddasida Pudratchi bajarilmagan ish yuzasidan oladigan xizmat haqqining kafolari o’laroq oldindan umumiy summaning beshdan bir qismini berishini buyurtmachidan talab qilishi mumkin. Agar bajariladigan ish uch oy ichida bajarilishi shartnomada nazarda
71 §631 BGB. Ushbu ishda Yakovleva T.Fning ma’sul muhaririligi ostidagi tarjimadan foudalanildi Гражданское уложение Германии: Вводный закон к Гражданскому уложению; пер. с нем. / [В. Бергманн, введ., сост.]. М.: Инфотропик Медиа, 2015.
72 Работа по договору подряда в Германии. Электронный ресурс. // доступный на сайте: https://ru.exrus.eu/Rabota-po-dogovoru-podryada-v-Germanii-id4fa0170b6ccc19d415000344 (дата обращения: 24.04.2020)
tutilgan bo’lsa pudratchi umumiy summaning beshdan ikki qismini talab qilishi mumkin73.
Islom shariati bilan tartibga solinadigan davlatlarda bu soha tartibga solishda birmuncha o’ziga xosliklar mavjud. Ular bir vaqtning o’zida Shariat normalariga amal qilgan holda o’zlarining fuqarolik kodekslarini ishlab chiqishgan, qurilishga oid munobatlarni Arab davlatlarida tartibga solishda har br davlat o’zining fuqarolik kodekslariga asoslanadi, faqat Saudiya Arabistoni bundan mustasno. Arab davlatlarida materiallar va xizmatlarga oid shartnomalar Muqavala deb yuritiladi. Biz buni Bahrain FKning 584-620-moddlarida, Quvayt FKda 666-697- moddlar, BAA FKda 872-896-moddalari asosida tartibga solinadi. Muqavala shartnomasi deb bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf(buyurtmachi)ning manfaatlari uchun biror maxsulotni ishlab chiqish yoki xizmat ko’rsatishini, ikkinchi taraf esa kelishilgan summani to’lash majburiyatini vujudga keltiruvchi bitim.74 Garchi shartnomaning nomlanishi o’zgacha bo’lsa ham shartnomadan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlari roman-german huquq olisidagi davlatlar qonunchiligida berilgan ta’rifga yaqin.
Yuqoridagi ushbu bobdagi qisqa izlanishimiz natijasiga ko’ra quyidagilarni xulosa o’rnida keltirsak bo’ladi:
Garchi huquq oilasi bir xil bo’lsa ham davlatlarda bir sohani tartibga solishda farqlar sezilarli; Roman-german huquq oilasi davlatlar qurilish pudrati shartnomalarini o’zlarining kodesklari orqali tartibga solgan bo’lsa; Anglo- Amerika huquq oilasi bunday munosabatlarni sud amaliyoti va odat normalari asosida amalga oshirib kelgan, XX asrning so’ngi bosqichlarida davlatning vakolatli organi tomonidan aktlar qabul qilina boshlangan;Ushbu turli xillik xalqaro miqyosdagi qurilish sohasiga salbiy tasir qilish ehtimoli katta, shuning uchun qurilish sohasida meyyoriy xujjatlar va namunaviy shartnomalar ishlab chiquvchi tashkilotlarning o’rni bu sohada salmoqlidir; Qurilish sohasida xalqaro tashkilotlar ishlab chiqqan na’munaviy shartnomalardan foydalanish qulay;
73 Адамчук Е.Е. указ. соч. – С.4
74 Grose М. Construction law in the UAE and the Gulf. John Wiley & Son. 2016. P.14
na’munaviy shartnomalardan foydalanish shartnomalarning tuzish va amalga oshirish bilan bog’liq tashkiliy-huquqiy tushunmovchiliklarni kamaytiradi.
XULOSA
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki so’nggi to’rt yilda qurilish sanoati bilan bog’liq sohalar mamlakatimizda davlat siyosati darajasigacha ko’tarilgan. Bunga so’nggi yillarda olib borilayotgan ishlar misol bo’la oladi.
Ushbu BMIda biz xalqaro xususiy huquqda va milliy huquqda qurilish pudrat shartnomasining huquqiy tartibga solinishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan qonunchilikdagi mavjud normalarni o’rganib chiqdik, shuningdek, qurilish pudrat shartnomasi haqida umumiy qarashlar, ma’lumotlar va tushunchalarini, suhbu turdagi shartnomalarning shakllanishi va rivojlanishining tarixini, qurilish pudrati sohasidagi manbalarni o’rganib chiqdik. Bundan tashqari, qurilish pudrati shartnomasining muhim shartlari, shakli, muddati, baholari, shuningdek tomonlarning huquq va majburiyatlari, tavakkalchiliklarni taqsimlanishini, FIDIK namunaviy shartnomalarining ahamiyati va xorijiy davlatlarning ushbu sohadagi tajribalarini atroflicha tahlil qildik. Ushbu izlanish davomida ko’zga tashlangan bir qator kamchiliklar va muammolarni aniqladik.
Garchi taraflar o’rtasida shartnoma mavjud bo’lsa ham shartnomaning ko’plab tomonlari O’zbekistoda Fuqarolik kodeksi orqali belgilanib hal qilib qo’yilgan. Masalan, qurilish pudrat shartnomasining obyekti topshirilishidan oldin tasodifan nobud bo’lsa pudratchi zimmasida, agar biror qismi buyurtmachiga topshirilgan bo’lsa, buyurtmachi tomonidan qabul qilib olingan qismning tasodifan nobud bo’lishi buyurtmachini zimmasidaligi belgilab qo’yilgan. Lekin xalqaro amaliyotga e’tibor bersak, ular shartnomaga kirishishdan oldin qurilish obyekti bilan kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan xavf va tavakkalchiliklarni to’liq o’rganishadi, va aynan risklarni o’rganish natijasiga qarab shartnomaga kirishishadi. Shunday o’rganishlar jarayonida tashkilotning tavakkalchilikni boshqaruvchisi (Risk manager) davlatdagi qurilish sohasini tartibga soluvchi
normalarni, siyosiy vaziyatni, iqlim o’zgarishini, ishchilar holatini tahlil qilib, o’z xulosalarini beradi. Mana shunday xulosalar asosida pudrat shartnomalari subyektlari o’rganilgan davlat hududida faoliyat olib boradimi yo’qmi hal qiladi, lekin yurtimizda ayrim ko’rsatma beruvchi va nisbatan dolzarbligini yo’qotgan normalarimiz O’zbekiston qurilish bozorini huquqiy tartibga solishda kamchiliklarga sabab bo’lmoqda, bu esa o’z navbatida qurilish sohasidagi investitsion jozibadorlikka salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Qurilish pudrati sohasidagi ishlar holatini oʻrganish ushbu sohada islohotlarni jadal amalga oshirishga va sogʻlom raqobat muhitini rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolar borligi aniqlandi. Har qanday harakatlar kamchiliklarsiz bo’lmaganidek bu sohada ham bir qator kachiliklarga ilmiy ishni o’rganish davomida duch keldik. Quyida shu mavjud muammolarni keltirib o’tib va ularni hal qilish uchun o’z takliflarimizni ilgari suramiz:
Fuqarolik kodeksi pudrat shartnomalarini tartibga solishga qaratilgan umumiy qoidalar mavjud lekin bu moddalar bilan globallashuv jarayonida investitsion jozibadorlikka erishib bo’lmaydi. Ijobiy natijaga erishish uchun ushbu sohani tartibga soluvchi mavjud normalarni xalqaro standartlarga moslashtirish zarur.
Shaharsozlik sohasida davlat-ma’muriy boshqaruvi ta’siri yuqoriligi saqlanib qolmoqda, muammoni ijobiy hal qilish uchun shaharsozik munosabatlarini tartibga soluvchi bir qator normalarni o’zgartirish yoki bekor qilish kerak. Masalan, Shaharsozik kodeksining “Davlat organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari” deb nomlanuvchi qismini davlat ma’muriy boshqaruvining sohaga aralashuvini kamaytirish nuqtayi nazaridan qayta ko’rib chiqish kerak.
Shuningdek pudrat shartnomalarini tartibga soluvchi alohida maxsus yangi qonun ishlab chiqish kerak. Chunki sohani tartibga soluvchi normalar asosan Fuqarolik kodesi, SHNQlar, shuningdek Prezident va VMning qarorlarida mavjud bo’lib, asosan ko’rsatma berishga mo’ljallangan, bunday huquq normalarining keng qo’llanilishi esa aksariyat chet ellik investorlar tomonidan salbiy baholanadi.
Aynan shunday muammolar mavjudligi Prezident qarorlarida va nutqlarida ham nazarda tutilgan. Masalan: Obyektlarni loyihalashtirish va qurishdagi normalashning mavjud koʻrsatma beruvchi usuli innovatsion loyihaviy yechimlar va yangi ilmiy-texnik ishlanmalarni qoʻllashga toʻsqinlik qilmoqda, ichki va xorijiy investitsiyalarni qurilish sohasiga jalb qilishni sekinlashtirmoqda75.
Pudrat shartnomalari to’g’risida yangi qonun ishlab chiqilayotganda pudrat shartnomalarining turlarining o’ziga xosligini inobatga olgan tarzda pudratchi, buyurtmachi, shaharsozlik sohasida vakolatli organ, subpudratchi va boshqa tushunchalarga ta’rif berib o’tilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Fuqarolik kodeksining 667-moddasini “agar shartnomada taraflar kelishmagan bo’lsa” degan jumla bilan to’ldirish kerak, chunki xalqaro amaliyotda risklarnining taqsimoti shartnomada taraflar tomonidan kelishiladi. Ayni shu moddaning borligi ham xorijiy investorlarni O’zbekiston qurilish bozoriga kirishiga to’sqinlik qilmoqda, chunki bu modda shartnoma qoidalariga to’liq amal qilinishini cheklashi mumkin.
Shuningdek SHNQ va mavjud boshqa normalardagi ayrim me’yorlarni muvofiqlashtirish kerak, misol uchun: Shaharsozlik Kodeksining 15-moddasidagi “Tegishli litsenziyasi boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar shaharsozlik xujjatlarini ishlab chiquvchilar boʻlishi mumkin” degan norma bilan 2018-yil 14-noyabrda PF-5577-son Prezident farmonining “Loyihalash faoliyatini amalga oshirishga shtatida tegishli sertifikatga ega va doimiy asosda ishlaydigan kamida ikki nafar muhandis mavjud boʻlgan yoxud Oʻzbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasi aʼzosi boʻlgan yuridik shaxslarga ruxsat berilishi belgilansin” degan bandida kollizion holat mavjud.
Xalqaro maydonda qurilish sohasida O’zbekistonning imidjini shakllantirish uchun turli xil qurilish sohasiga oid tashkilotlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish kerak. Misol tariqasida bunday tashkilotlardan biri bo’lgan FIDIKga a’zo bo’lish lozim.
75 14.11.2018. PF №5577
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning hozirgi globallashuv shartlariga javob beradigan qurilish normalari va qoidalarini ishlab chiqish, qoʻllab-quvvatlash va joriy etish sohasida kadrlarni professional tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi mavjud emas. Ushbu muammoni hal qilish uchun O’zbekiston Fanlar Akademiyasi, shuningdek ilmiy tadqiqot institutlari, oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida qurilish sohasini huquqiy tartibga solishni takomillashtirishga oid masalalarni o’rganish va tadqiqotlar olib borish alohida yo’nalish tashkil qilinib davlat buyurtmasi asosida kvota bo’yicha mutaxassislar tayyorlashni tizimli yo’lga qo’yish maqsadga muvofiq deb hisoblayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |