Qurilish pudrat shartnomasini shakli va muhim shartlari.
Ushbu paragrafni biz ramziy ma’noda ikki qismga ajratib olishni maqsadga muvofiq deb topdik. Avval qurilish pudrati shartnoamsiga oid nazariy qarashlar tahlili va keyin O’zbekiston qonunchiligiga binoan qurilish pudrati shartnomasinin huquqiy tartibga solinishiga to’xtalib o’tamiz. Biz birinchi qismda qurilish pudrati shartnomasining predmeti bilan bog’liq bo’lgan turli xil nazariy qarashlarni o’rganishga harakat qildik. Yuqorida takidlaganimizdek qurilish pudrati shartnomasi rim huquqining rivojlanishi jarayonida shakllangan. Hozigacha olimlar tomonidan ushbu shartnoma turining shartnomalar huquqida tutgan o’rnida baxs mavjud, ayrim olimlar tomonidan ushbu shartnomaning predmetini aniqlashga oid nazariy qarashlar mavjud. Ulardan bazilarini quyida tahlil qilamiz.
M.I. Braginskiyning fikricha qurilish pudrati shartnomasining predmeti qurilgan yoki tugallagan shaklda topshirilgan qurilish obyekti ya’ni bajarilgan ishning natijasidir43. Lekin bu fikr ayrim olimlar tomonidan rad etilgan bo’lsa, ayrimlari tomonidan esa to’ldirilgan. S.S. Zankovskiyning fikricha qurilish pudrati shartnomasining predmeti ishning natijasi bilan birga ishni bajarish jarayoni44 ham deb hisoblaydi. Lekin bu qarash ko’plab tanqidlarga uchragan. V.V.Vitryanskiyning ta’kidlashicha esa qurilish pudrati shartnomasining predmeti pudratchi tomonidan bajarilgan ishning moddiy hususiyatga ega bo’lgan shaklidir45. Yeshrovning qarashlariga ko’ra qurilish shartnomsining predmeti ishning topshirilish kerak bo’lgan moddiy natijasi bilan birga ishning olib borish jarayoni hamdegan fikrni ilgari surgan. M.I. Braginskiyning qarashlarini yoqlab chiqqan olimlar faqat ishning natijasigina qurilish pudrati shartnomasining predmeti bo’la oladi degan yondashuvni ilgari surishgan ko’rinib turibdi, bizning fikrimizcha bu to’liq shartnoma predmeti aniqlashtirib beraolmaydi. Agar premet bajarilgan yoki yakullangan ishning natijasi bo’lsa, nega buyurtmachi pudratchini shartnomadan kelib chiquvchi majburiyatni bajarish jarayonida ham nazorat qiladi
43 Брагинский М. И. указ соч. – С.232-237
44 Ершов О. Г. Размышления о предмете договора подряда на выполнение проектных работ в строительстве
// Юридическое образование и наука. 2010. № 6 – C.10
45 Витрянский В. Договор строительного подряда и иные договоры в сфере строительства. – С. 65
degan savol tug’iladi. Ikkinchi guruh olimlarining fikricha qurilish pudrati shartnomsaining predmeti majburiyatni bajarish va uni topshrish bilan bog’liq bo’lgan pudratchining harakatlari46. Bu qarash ham bir qator tanqidlarga sabab bo’lgan. Yershov shu o’rinda o’rinli savol qo’ygan. Agar qurilish pudrat shartnomasining predmeti pudratchining harakatlari bo’lsa, bu shartnomaning xizmat ko’rsatish shartnomasidan qanday farqi bo’ladi. Chunki xizmat ko’rsatish shartomasining predmeti - olib borilgan jarayonning sifati hisoblanadi va yakuniy natija emas. N.V. Chernya ham yuqoridagi fikr tarafdorlaridan bo’lgan. Uning fikriga ko’ra xizmat ko’rsatish shartnomasining predmeti ishni olib borish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, yakunda moddiy ahamiyatga ega bo’lgan natijasining bo’lishi yoki bo’lmasligi ahamiyatga ega emas47. Qurilish pudrati shartnomasining predmetiga oid yana bir qarash mavjud bo’lib, bu nazariy qarashga binoan yuqoridagi ikki guruh olimlarining fikrlarini birlashtirishdir ya’ni shartnomaning predmeti bir vaqtning o’zida ishni bajarish jarayoni va topshirilishi kerak bo’lgan natijadir. Lekin bu qarash ham bir qator tanqidlarga uchragan. Ioffening fikricha bu ikki predmet bir vaqtda bo’lishi mumkin emas. Ish bajarilish jarayonida tpshirilishi kerak bo’lgan obyekt bo’lmaydi, obyekt tuggalanganda jarayon ham tugagan bo’ladi. V.R. Fayzulin bu qarashni yoqlab chiqib qurilish shartnomasi predmetiga quyidagicha ta’rif bergan : shartnomaning predmeti bu pudratchi tomonidan qurilish obyektiga aloqador bo’lgan qurilish yoki boshqa ishlarni bajarish va hosil bo’lgan natichani buyurtmachiga topshirishdan iborat. A.M. Erdelevskiy yuqoridagi fikrni tasdiqlab va quyidagicha ta’rif bergan : natijasi moddiy xususiyatga ega bo’lgan, pudratchi tominidan bajariladigan belgilab qo’yilgan ish.
Makarovning fikricha qurilish pudrati shartnomasining predmeri qurilis pudrati shartnomasi subyektlarini shartnomada belgilangan maqsadga erishish uchun olib borgan harkatlari48. O. Sukanov ushbu fikrni tasdiqlab shartnoma
46 Козлова Е.Б. Предмет договора строительного подряда: концепции и споры // Вопросы современной юриспруденции: сб. Ст. По матер. X междунар. Науч.-практ. Конф. – Новосибирск: сибак, 2012. C 34
47 Там же. – С. 39
48 Годдард И.А. Трансграничный договор строительного подряда - договор sui generis // Юридический вестник Самарского университета. 2018. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/transgranichnyy-dogovor- stroitelnogo-podryada-dogovor-sui-generis (дата обращения: 02.05.2020).
predmetiga quyidagicha ta’rif bergan: shartnomada belgilangan natijaga erishish uchun bajariladigan ko’p bosqichlik pudratchining harakatlaridir49. Rus svilisti
O.S. Ioffe tomindan “qo’sh obyektlik” nazariyasi ilgari surilgan bo’lib, uning fikricha qurilish pudrati shartnomasida qo’sh predmet(obyekt) mavjud. Birinchisi moddiy obyekt, ikkinchisi huquqiy obyekt50. Moddiy obyekt pudratchi tomonidan bajarilgan ishning natijasi bo’lsa, huquqiy obyekt buyurtmachining topshirig’iga binoan olib borilgan ish jarayoni. Lekin bizning fikrimizga ko’ra qurilish pudrat shartnomasining predmeti pudratchi tomonidan olib borilgan ish va natija ya’ni tugallangan va topshirilgan obyekt. Bu fikr boshqa izlanuvchilar tomonidan ham keltirib o’tilgan, jumladan P.N Veshenkoning fikricha qurilish shartnomasida pudratchi tomonidan olib borilgan harkatlar va bajarilgan ishning natijasidan iborat yagona predmet mavjud51. Yuqoridagilardan bizga ma’lum bo’ladiki olimlar qurilish pudrati sahrtnomasini predmetini aniqlashritirishda shartnoma asosida bajariladigan ishga; ko’chmas mulkni qurish yoki qayta rekonstruksiya qilish bilan bog’liq xizmat va olib boriladigan ish jarayoniga; buyurtmachi va pudratchining o’zaro hamkorligining rivojlanganligiga e’tiborni qaratishgan. Nazariy qarashlar nafaqat shartnomaning predmetida balki uning shakli yuzasida ham olib borilgan.
M.I. Braginskiyning ta’kidlashicha shartnoma og’zaki yoki yozma tuzilishi mumkin52. V.V.Vitryanskiy ham maqullagan. Bizning fikrimizga ko’ra bu holatda ishning bajarilish davomiyiligi va narxini e’tiborga olgan ma’qul. Agar taraflar jismoniy shaxs bo’lib qurilish pudrati shartnomasi murakkab obyekt qurish yoki tamirlash bilan bog’liq bo’lmasa og’zaki tuzsa ham bo’ladi.
Ushbu paragrafimizning ikkinchi qismida O’zbekiston qonunchiligiga binoan huquqiy tartibga solinishini o’rganamiz. Amaldagi Fuqarolik kodeksining 666-moddasiga binoan: Qurilish pudrati shartnomasi bo‘yicha pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig‘i bilan muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini oladi,
49 Цуканов О. Контракт «под ключ»: загадка за семью замками. – 1999. C 45-52
50 Иоффе О. С. Обязательственное право – С.454
51П.Н. Ващенко. Указ соч. – С.108
52 Витрянский В. Договор строительного подряда и иные договоры в сфере строительства 2005. № 7. – С. 35
buyurtmachi esa pudratchiga ishni bajarish uchun zarur sharoit yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni to‘lash majburiyatini oladi. Amaldagi fuqarolik kodeksida qurilish pudrati shartnomasining shakliga qo’yilgan maxsus norma mavjud emas. Umumiy qoidaga ko’ra yuridik shaxslarning o’zaro va fuqarolar bilan bitimlari oddiy yozma shaklda tuziladi53. Agar ikki taraf ham jismoniy shaxs bo’ladigan bo’lsa og’zaki tuziishi mumkin, lekin Fuqarolik kodeksiga muvofiq eng kam oylik ish haqqining 10 bravaridan oshsa jismoniy shaxslar o’rtasidagi bitim narxi, bunday holatlarda bitimlar oddiy yozma shaklda tuzilishi kerak. Qurilish pudrati shartnomasi huquqiy tabiatiga ko’ra haq evaziga tuziladi va konsensual shartnoma hisoblanadi.
Fuqarolik kodeksida qurilish pudrati shartnomasining bahosi haqida maxsus norma mavjud emasligi sababli FKning 631-moddasi 2-qismini qo’llagan holda qurilish pudrati shartnomasining bahosini pudrat to’g’risidagi umumiy qoidalarga binoan aniqlaymiz. Qurilish pudrati shartnomasining bahosini tomonlar o’zaro kelishgan holda yoki smeta tuzish yo’li bilan ham aniqlash mumkin. Amaliyotda qurilish obyekti o’ta murakkab va ko’p funksiyalik obyektlar bo’lsa smeta tuzish yo’li bilan aniqlanadi. Smeta tuzilganda qurilish materiallari va konstruksiyasi, turli xil texnika vositalaridan foydalanish, uchinchi shaxslarning xizmatida foydalanish va obyektning hususiyatidan kelib chiqib boshqa chiqimlarni xisoblash yo’li bilan shakllantiriladi. Smetani buyurtmachi yoki pudratchidan biri tomonidan tuzlishi mumkin, lekin smeta xujjatlari ikki tomondan maqullangandan kegin kuchga kiradi.
Ko’p hollarda shartnomaning o’zida qurilish pudrati shartnomasining bahosini anilash tartiblari keltirib o’tiladi. Agar shartnomada belgilanmagan bo’lsa O’zFK 356-moddasi va SHNQlari asosida qurilish pudrati shartnomasining bahosini aniqlanadi. Pudrat shartnomasidagi ishning bahosi pudratchining chiqimlari va unga to’lanadigan haqni o’z ichiga oladi54. Umumiy nazariyaga ko’ra qurilish pudrati shartnomasining bahosi ikki xil bo’ladi: taxminiy va qatiiy.
53 O’z FK 108-modda
54 O‘z FK 636-modda
Shartnomaning bahosi qatiy yoki taxminiyligi ham shartnomada taraflari tomonidan kelishib olinadi. Qurilish pudrat shartnomasida bunday ko’rsatma bo’lmasa O’zFKning 636-moddasining tegishli bandi qo’laniladi va shartnoma bahosi qatiiy deb topiladi. Agar qo’shimcha ishlar bajarish kerak bo’lib qolsa va bu ishlar taxminiy bahoning qiymatini sezilarli darajada oshirlishiga sabab bo’ladigan bo’lsa pudratchi bunday holat haqida buyurtmachin ogohlantishi kerak bo’ladi. Buyurtmachi agar taxminiy summani qo’shimcha ishni bajarishni hisobiga oshiraladigan qiymatga mutanosib ravishda o’zgartirishga rozi bo’lmasa, pudratchi shartnomadan voz kechishga va o’zi bajargan ishiga mos qiymatda xizmat haqqini talab qilishga haqli.
Qurilish pudrat shartnomasining o’zida ishni bajarilish va tugallanib topshirish muddatlari ko’rsatib o’tiladi. Tarafalar o’rtasidagi kelishuvga muvofiq, shartnomada ishning ayrim boshqichlarini tugallash muddatlari (oraliq muddatlar) ham nazarda tutilishi mumkin55. Agar pudrat shartnomasida boshlang’ich, oxirgi va oraliq muddatlarni birtaraflama o’zgartirish tartibi belgilangan bo’lsagina bu muddatlarni o’zgartishga yo’l qo’yiladi yoki bunday o’zgarish taraflar rozi bo’lgan hollarda ham ruxsat etiladi. Pudratchi shartnomada belgilangan muddatlarni buzgan hollarida javobgar bo’ladi. Muddatlarni buzishi oqibatida zarar vujudga kelsa buyurtmachining talabi bilan pudratchi zararni o’rnini qoplashga majbur bo’ladi.
Qurilish pudrati shartnomasida taraflar buyurtmachi va pudratchi hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan davlat organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, yuridik shaxslar va jismoniy shaxslar shaharsozlik faoliyati sohasida buyurtmachilar bo’lishi mumkin56. Pudratchi sifatida o’z faoliyatini qonun xujjatlari asosida olib boruvchi yuridik va jismoniy shaxslar bo’lishi mumkin57. Qonunchilikka binoan qurilish bilan oyid bo’lgan ayrim sohalarga faqat litsenziya bilan faoliyat yuritishga ruxsat etiladi. O’zbekiston Respublikasi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash
55 O‘z FK 635-modda
56 O’zShahK 14-modda
57 O’zShahK 16-modda
to’g’risida”gi qonun va amalga oshirilishi uchun litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlarining ro’yxati to’g’ridagi Oliy Majlisining qaroriga binoan ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash; mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash; xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish faoliyati yo’nalishlari litsenziya talab qiladigan sohalar hisoblanadi.
Pudratchining shartnomadan kelib chiqadigan majburiyat va javobgarliklari O’z FKning bir qator moddalarida berilgan bo’lib, ularni quyida keltirib o’tamiz. Agar shartnomada taraflar o’zaro majburiyat va javobgarliklari bo’yicha boshqacha holatni belgilamagan bo’lsalar, qonunchilikka binoan quyidagilardan iborat: pudratchi shartnomada belgilangan muddatda buyurtmachining topshirig’i bilan muayyan obyektni qurish yoki boshqa qurilish ishini bajarish majburiyatini; shartnomada nazarda tutilgan hollarda buyurtmachi tomonidan qabul qilinib olingan obyektni belgilangan muddatda ishqa tushishini taminlash majburiyatini oladi (O‘z FK 666-m); agar shartnomada boshqacha holat kelshilmagan bo’lsa qurilish obyektini sug’urtalashga majbur(O‘z FK 669-m); pudratchi qurilish va u bilan bog’liq ishlarni loyiha-smeta xujjatlariga muvofiqa bajarishi shart(O‘z FK 670-m 1qism); qurilish davomida qo’shimcha ishlarni bajarish va smeta qiymatini oshirish zarurligini aniqlasa, bu to’g’risida buyurtmachiga habar berishi shart(O‘z FK 670-m 4 qism); agar shartnomada butun qurilishning yoki uning muayyan qismini moddiy ta’minlash buyurtmachi tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan bo’lmasa, qurilishni materiallar, shu jumladan detallar va konstruksiyalar, shuningdek uskunlar bilan ta’minlash majburiyati pudratchi zimmasida bo’ladi(O‘z FK 672-modda); qurilish davomida ushbu faoliyatni amalga oshirish bilan bo’gliq to’siqlar chiqqanda ikki taraf ham o’zi bog’liq bo’lgan barcha harakatlarni amalga oshirishi zarur(O‘z FK 677-modda); atrof-muhitni muhofaza qilish va qurilish ishlarini xavfsiz olib boorish majburiyati(O‘z FK 678-modda) va boshqa maxsus normalarda nazarda tutilmagan shartnomalarni bajarish bilan bo’gliq majburiyatlari mavjud, shuningdek bir qator javobgarliklari ham mavjud. Ular quyidagilar:
bajarilayotgan ishing xavfsizligi uchun va ishning sifati uchun buyurtmachining oldida javobgardir. Shu o’rinda pudratchining haq-huquqlari haqida to’xtalib o’tish maqsadga muvofiq bo’lib, ular quyidagilar: pudrat shartnomasida belgilangan summa miqdorida haqni olish; Agar ishning qiymati pudratchiga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra smetadan kamida oʻn foiz oshgan boʻlsa, pudratchi Fuqarolik Kodeksning 382-moddasiga muvofiq smetani qayta koʻrib chiqishni talab qilishga haqli; Pudratchi loyiha-smeta xujjatlaridagi kamchiliklarni aniqlash va yoʻqotish bilan bogʻliq oqilona xarajatlarni qoplashni talab qilishga haqli(O‘z FK 671-modda); Buyurtmachi bergan materiallar yoki uskunalardan bajarilayotgan ishlar sifatini yomonlashtirmagan holda foydalanish mumkin emasligi aniqlangan va buyurtmachi ularni almashtirishdan bosh tortgan taqdirda, pudratchi qurilish pudrati shartnomasidan voz kechishga va buyurtmachidan ishning bajarilgan qismiga mutanosib ravishda shartnoma narxini toʻlashni talab qilishga haqli(O‘z FK 672-modda).
Qurilish pudrati shartnomasida ikkinchi taraf bo’lgan buyurtmachining huquq va majburiyatlarini yoritishga harakat qilamiz. Odatga ko’ra avval majburiyatlarida bo’shlaymiz. Qurilish pudrati shartnomasi va FKga binoan buyurtmachining quyidagi majburiyatlari mavjud: pudratchiga ishni bajarish uchun shartoitnu yaratib berish, ishni qabul qilish va kelishilgan haqni to’lash(O‘z FK 666-modda); qurilish uchun yer uchastkasini berish(O‘z FK 674-modda); Buyurtmachi qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda pudratchiga ishlarni bajarish uchun zarur boʻlgan bino va inshootlarni foydalanishga berishi, uning manziliga yuklarning tashib berilishini, vaqtinchalik elektr taʼminoti tarmoqlari, suv va bugʻ quvurlari oʻtkazilishini taʼminlashi va boshqa xizmatlar koʻrsatishi shart(O‘z FK 675-modda); qurilish davomida ushbu faoliyatni amalga oshirish bilan bo’gliq to’siqlar chiqqanda ikki taraf ham o’zi bog’liq bo’lgan barcha harakatlarni amalga oshirishi zarur(O‘z FK 677-modda); Agar taraflarga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra qurilish pudrati shartnomasi boʻyicha ishlar toʻxtatilgan boʻlsa va qurilish obyekti konservatsiya qilingan boʻlsa, buyurtmachi pudratchiga konservatsiya qilingan paytga qadar bajarilgan
ishlar haqining hammasini toʻlashi, shuningdek ishlarni toʻxtatish va qurilishni konservatsiya qilish zaruriyati tufayli qilingan xarajatlarni toʻlashi shart. Fuqarolik kodeksining bir qator normalariga muvofiq buyurtmachining huquqlari quyidagilar: Agar texnik xujjatlarga oʻzgartishlar kiritish tufayli bajarilishi kerak boʻladigan qoʻshimcha ishlar qiymati jihatidan smetada koʻrsatilgan qurilish umumiy qiymatining oʻn foizidan oshib ketmasa va qurilish pudrati shartnomasida nazarda tutilgan ishlarning xususiyatini oʻzgartirmasa, buyurtmachi texnik xujjatlarga oʻzgartishlar kiritishga haqli(O‘z FK 671-modda); Buyurtmachi, pudratchining operativ-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda, ishlarning bajarilishini va sifatini, ularni bajarish muddatlariga (grafikka) rioya etilishini, pudratchi bergan materiallarning sifatini, shuningdek buyurtmachining materialidan pudratchi toʻgʻri foydalanayotganligini tekshirishga va nazorat qilishga haqli(O‘z FK 676-modda) va boshqa huquqlarga egadir.
Pudrat shartnomasida turli xil tavakkalchiliklar(risklar) mavjud bo’lib tomonlar o’rtasida bu tavakkalchiliklardan kelib chiqadigan xvflar va zararlar taqsimoti kelishib olinadi. Lekin FKning 667-moddasiga binoan Agar pudrat obyekti nobud boʻlsa yoki shikastlansa, obyekt qabul qilib olingunga qadar uning tasodifan nobud boʻlish yoki tasodifan shikastlanish xavfi pudratchi zimmasida boʻladi. Ishlarni alohida bosqichlar asosida bajarish orqali pudratchi tomonidan ishning buyurtmachiga topshirilgan qismi FKning 680-moddasining 3-qismiga binoan pudratchi aybdor boʻlmagan holda nobud boʻlish yoki shikastlanish xavfini, shu jumladan qurilish pudrati shartnomasida ishning pudratchi tomonidan tavakkal qilib bajarilishi nazarda tutilgan hollarda ham, oʻz zimmasiga oladi.
Biz ushbu paragrafda shartnomaning shakli, muddati, baholari, shuningdek tomonlarning huquq va majburiyatlari, tavakkalchiliklarni bo’linishi O’zbekiston qonunchiligi bo’yicha taxlil qildik, va o’rganishimiz jarayonida garchi tomonlar o’rtasida shartnoma bo’lsa ham shartnomaning ko’plab tomonlari FK orqali hal qilib qo’yilgan. Birgina obyektning nobud bo’lish xavfini olaylik pudrat obyekti topshirilishidan oldin tasodifan nobud bo’lsa pudratchi zimmasida, agar biror qismi buyurtmachiga topshirilgan bo’lsa, buyurtmachi tomonidan qabul qilib olingan
qismning tasodifan nobud bo’lishi buyurtmachini zimmasidaligi belgilab qo’yilgan. Lekin xalqaro amaliyotga nazar solsak, ular sahrtnomaga kirishishdan oldin qurilish obyekti bilan kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan xavf va tavakkalchiliklarni to’liq o’rganishadi va natijasiga qarab shartnomaga kirishidi. Shunday o’rganishlar jarayonida tashkilotning tavakkalchilikni boshqaruvchi(Risk manager)si davlatdagi qurilish sohasini tartibga soluvchi normalarni, siyosiy vaziyatni, iqlim o’zgarishini, ishchilar holatini taxlil qilib, o’z xulosalarini beradi. Mana shunday xulosalar asosida pudrat shartnomalari subyektlari o’rganilgan davlat hududida faoliyat olib boradimi yo’qmi xal qiladi, lekin bizning ayrim ko’rsatma beruvchi va nisbatan amaliy ahamiyatini yo’qotgan normalarimiz O’zbekiston qurilish bozorini jozibadorligiga tasir etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |