Xalq xo'jaligida buhgalteriya hisobining o'rni va ahamiyati Reja


Xo’jalik hisobi, uning mohiyati va ahamiyati



Download 41,18 Kb.
bet2/6
Sana21.06.2022
Hajmi41,18 Kb.
#688749
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xalq xo\'jaligida buhgalteriya hisobining o\'rni va ahamiyati

Xo’jalik hisobi, uning mohiyati va ahamiyati.

Xo’jalik hisobi moddiy mablag’larni ishlab chiqarish va taqsimlash jarayonida moddiy ishlab chiqarishni uyushtirish, boshharish va rahbarlik qilish uchun zarurdir.


Xo’jalik hisobi deb yuritishning o’zi kishilik jamiyatida xo’jalik faoliyatini hisobga olish yoki insoniyat uchun zarur bo’lgan iste'mol buyumlari, kiyim kechak oziq - ovqat va boshqalarni ishlab chiqarish va taqsimlashni hisobga olish demakdir. Xo’jalik hisobi kishilik jamiyatining hamma ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarida mavjud bo’lgan. Lekin har bir ijtimoiy tuzumda xo’jalik hisobi o’zining maqsadi va vazifalariga ega bo’lgan. Xo’jalik hisobiga bo’lgan talab ayniqsa, tovar ayirboshlash natijasida kuchaygan. Xo’jalik hisobiga va ikki yoqlama yozish sistemasini bayon qilgan va birinchi nashr etilgan ishning muallifi Italiyaning mashhur matematigi professor Luka Pachiolo hisoblanadi. Uning «Barcha arifmetika, geometriya, proportsiya va munosabatlarga doyr majmuasi» degan kitobida «Schyot va yozuvlar haqida» yozilgan traktati bor. Bu kitob birinchi marta 1494 yilda Italiyaning Venetsiya shaxrida birinchi marta bosilib chiqqan. Korxona,tashkilot va muassasaning hamma ishlarini hisobga olish uchun miqdoriy ifodalash va sifat tomondan tavsiflab berish zarurdir. Shuning uchun ham xo’jalik hisobida quyidagi ulchob birliklari qo’llaniladi.
Natura (tabiiy) o’lchovlari Xo’jalik mablag’lari va ularning ish jarayonidagi harakatlarini natura xolida ifodalash uchun xizmat qiladi yoki korxona xo’jalik faoliyatida sodir etilgan voqea va xodisalarni miqdoran aks ettirishdir.Masalan hisob ob'ektlari; og’irlik birligida (gramm, kilogramm, sentner, tonna); hajm birligida (metr.kubmetr); uzunlik birligida (santimetr, metr); hisob birligida (dona, bosh) va boshqalarda ulchanadi.
Mehnat o’lchovlari mahsulotni ishlab chiqarish yoki boshqa biror ishni bajarish uchun sarflanadigan ish vaqtini aniqlash uchun xizmat qiladi. Mehnat o’lchovining asosida ma'lum bir mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan vaqt birligi normasi yoki biron bir ishni bajarishga sarflanadigan vaqt normasi yotadi. Mehnat o’lchovi korxonada ishlagan ishchi va xodimlarning ishlagan ish kunlari va ish soatlarini hisobga oladi.
Mehnat o’lchov birliklari buxgalteriyada quyidagicha hisobga olinadi. Kishi-kuni, Kishi-soati Pul o’lchovi jamlovchi o’lchov birlik hisoblanib natura va mehnat o’lchov birliklarini qiymat ko’rinishiga keltiradi va ularni so’mda aks ettiradi. O’zimizning milliy pulimiz 1994 yil 1-iyo’ldan boshlab muomalaga kirgan va so’m hisobida amalda qo’llanilayapti pul o’lchovi yordamida xo’jalik hisobining muhim printsipi-xo’jalik faoliyati o’stidan pul bilan nazorat o’rnatiladi. Bundan tashqari pul o’lchovi sifat ko’rsatkichi-mahsulot birligining tannarxini aniqlashga xizmat qiladi.
1.Opreativ hisob-ishlab chiqarishning ayrim uchastkalarida sodir bo’layotgan xo’jalik jarayonini va operatsiyalari haqida zarur ma'lumotlarni tezda yetkazib berishga qaratilgan joriy kuzatish va nazorat qilish usulidir yoki chorak yakunlarini korxona o’zlarining yo’qori tashkilotlariga tezkorlik bilan hisobotlar berish ya'ni telefonlar orqali,telegrammalar orqali. Telefakslar orqali? kompyuterlar orqali va boshqalar.
2.Statistik hisob-ommaviy ijtimoiy-iqtisodiy voqea va jarayonlarini miqdor va sifat jihatdan aks ettirib, ular o’zgarishining sabab va qonuniyatlarini aniqlab beradi.
Statistik hisob muayyan metodik usullardan.statistik kuzatish, statistik yig’ish, statistik guruhlash.o’rtacha miqdorlarni olish va boshqalardan foydalanib.jamiyat xo’jalik faoliyati rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini aniqlaydi.
3. Buxgalteriya hisobi-kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida xo’jalik mablag’lari va ularning manbaalarida sodir bo’layotgan o’zgarishlarni hamda faoliyat natijasini pul ifodasida yoppasiga, uzluksiz, hujjatlar asosida o’zaro boglangan tarzda aks etgirishdir. Bozor munosabatlariga utish sharotida turli mulk shakllariga asoslangan korxonalar soni juda ko’paymokda. Xalq xo’jaligi va uning tarmoq korxonalariga rahbarlik qilish uchun buxgalteriya hisobining ahamiyati ortmokda. Shuning uchun ham Respublikamizda birinchi bor «Buxgalteriya hisobi to’q’risida» Krnun qabul qilindi (1996 yil 30 avgust) Ushbu qonun 24 moddadan iborat bo’lib, buxgalteriya hisobi yurituvchi sub'ektlarni, ularning huquqlari, hisob yuritish qoidalari, hisob hujjatlari va regstrlari, aktivlar va majburiyatlar, hamda moliyaviy hisobot to’zish va taqdim qilish talablarini beliglaydi.
Xo’jalik hisobi asosan qo’yidagi funkitsiyalarni bajaradi:
a) xalq xo’jalik hisobitarmoqlari korxona, tashkilot va muassasalarda sodir bo’layotgan xo’jalik jarayonlarini kuzatib borish.
b) kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko’rsatmalarda ifodalash.
v) korxona, tashkilot, muassasa xo’jalik faoliyatlarini kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish.
g) maxsus aks hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish, xo’jalik jarayonlari ustidan nazorat o’rnatish va ularga ta’sir etish.
Xo’jalik hisobini yuqoridagi funktsiyalari ayrim korxona, muassasa va tashkilot va umuman butun xalq xo’jaligining iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va kelgusidagi reja ko’rsatkichlarini tuzishda, ular bajarilishini ustidan nazorat olib borishda muhim ahamiyatga kasb etadi.



Download 41,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish