Yuqorida keltirilgan ikki holatdan tashqari daromad va xarajatlar, aktiv va passiv moddalari o’zaro qoplanishi mumkin emas.
Agar daromadlar va xarajatlar hisoblangan bo’lsa, moliyaviy hisobotlar ilovasi izohlarda muhimlik printsipga ko’ra, yoritiladi. Masalan, debitorlik qarzi «Olinadigan schetlao» bandi bo’yicha aks ettirilishida, «Shubhali qarzlar bo’yicha qarzlar» summasi ayirilganidan so’ng aks ettirilgan bo’lsa, yillik hisobot ilovasi tushuntirish xatida xar ikkala schet summalari alohida – alohida yoritilishi shart.
O’z vaqidadalik printsipi axborotni foydaligini ta’minlaydi. Hisobotni o’z vaqidada tegishli foydalanuvchilarga etkazilmasligi axborotni ahamiyatlilik darajasini kamaytiradi.
Axborotni o’z vaqidada etkazilmasligi foydalanuvchilarni tegishli qarorlar qabul qilishdan kechiktiradi yoki noto’g’ri xulosa chiqarishiga sabab bo’ladi.
Offsetting (moddalarning o’zaro qoplanishi).
Aktivlar va passivlar o’rtasida o’zaro qoplanishni amalga oshirish mumkin emas (boshqa BXMS larda nazarda to’tilgan holatlar bundan mustasno).
Xolislik printsipi moliyaviy hisobotda yoritilgan sub’ektning moliyaviy holati, xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari va pul oqimi haqidagi ma’lumotlarni xolis bo’lishini ta’minlaydi.
Xolislik printsipiga rioya etishda BXMSni buxgalteriya hisobini yuritishdagi va moliyaviy hisobotni tuzish asosiy tamoyillariga amal qilish zarur.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatidagi o’zgarishlar tezligi BXMS da ishlab chiqilmagan holatlarni yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt xolisona ravishda BXMS asosida mustaqil hisob yuritish siyosatini tanlaydi va qo’llaydi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt bunday hollarda, hisob yuritish usuli yuzasidan qabul qilingan mustaqil qarorlarni hisob yuritish siyosatida yoritishi kerak.
Xulosa.
Tovar ayirboshlash davrida xalq xo’jalik hisobi ahamiyati ko’paydi, chunki tovar ayirboshlash uchun umumiy ekvivalent talab etiladi. Umumiy ekvivalentga esa faqat hisob-kitobni tahlil etish, to’g’ri yurgizish orqaligina ega bo’lish mumkin, ya’ni almashtiriladigan tovarni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat miqdorini aniqlash kerak bo’ladi. Ishlab chiqarish kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini o’sishi natijasida xo’jalik faoliyatiga rahbarlik qilish murakkablashgan va moddiy ishlab chiqarish asosida vujudga kelgan xalq xo’jalik hisobiahamiyati oshgan, jamiyat hamma sohalarida mulklarni hisobga olish borasidagi, iqtisodiy faoliyatini boshqarishdagi roli oshib borgan.
Xo’jalik hisobi yagona bir tizim bo’lib, uning ajralmas, bir-biri bilan o’zaro bog’liq 3 turi mavjud: tezkor hisob, statistik hisob, buxgaltriya hisobi.
Kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida ham xalq xo’jaligidagi hisob turlariga talab mavjud bo’lgan.
Xo’jalik hisobida qo’yidagi o’lchov birliklaridan foylalaniladi:
Natura o’lchovi.
Pul o’lchov birligi.
Mehnat o’lchov birligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |