Xalq ta’limini moliyalashtirishni samarali tashkil etishning nazariy-huquqiy


Xalq ta’limi tizimini moliyalashtirishda xorij tajribasi



Download 4,2 Mb.
bet5/16
Sana06.07.2022
Hajmi4,2 Mb.
#750737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Mk.118 Amirov Shahob

Xalq ta’limi tizimini moliyalashtirishda xorij tajribasi


Mamlakatimizda moliyalashtirishning jon boshiga nisbatan qo‘llaniladigan yangi usullarini tadbiq etish masalalarini o‘rganishdan avval ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan siyosatni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani ta’lim muassasalariga ajratiladigan moliyaviy resurslarni taqsimlash samaradorligini oshirish va ularni boshqarishdagi avtonomlikni mustahkamlash nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
2012-yildayoq YUNESKO tashkiloti Avstraliya, Angliya va Uels, AQSH va Kanada, Yangi Zelandiya kabi mamlakatlar misolida maktablarda me’yoriy moliyalashtirish tajribasining kompleks tahlili natijalarini e’lon qilgan edi (Rossalind Levacic, 2012) Bu misollar ta’limni boshqarishda “to‘liq nomarkazlashgan” yondoshuvning shakllanganligidan dalolat beradi va aynan shu yondoshuvlar ko‘pchilik sobiq sotsialistik mamlakatlarda ta’lim muassasalarida jon boshiga qarab moliyalashtirish modellarining ishlab chiqilishiga va tadbiq etilishiga asos soldi.
Ta’lim xizmatlari, boshqa bir qator ijtimoiy xizmatlar (masalan, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot) kabi, ancha qimmat turuvchi ijtimoiy ne’matlar qatoriga kiradi va yuqori malakali mehnat resurslarini, ma’lum moddiy-texnik bazani hamda tegishli moliyaviy resurslarni talab etadi. Dunyo mamlakatlarida ta’lim tizimi mamlakat yalpi ichki mahsulotining 3 foizdan (AQSH da – 3,3%, Buyuk Britaniyada - 4,3%, Tojikistonda – 2,1 %, Ruminiyada – 3%) 6-7 foizgachasini (Ukrainada - 6%) tashkil qiladi.
3www.interfinance.uz “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnali. №3, iyun, 2021 yil
Ma’lumot uchun shuni aytib o‘tish kerakki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimiga yo‘naltirilayotgan davlat xarajatlari mamlakat yalpi ichki mahsulotining salmoqli qismini tashkil qilmoqda. Ta’lim jarayoni va odamlar tafakkurining yuksalishi o‘rtasidagi uzviylik haqida 1-Prezident I.Karimov BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan Sammitidagi nutqida: “O‘zbekistonda har yili ta’lim uchun sarflanayotgan xarajatlar yalpi ichki mahsulotning 10-12 foizini tashkil etadi. Holbuki, jahon tajribasida bu ko‘rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi”, - deb ta’kidlab o‘tgan edi.
Ko‘pchilik (ham rivojlangan, ham rivojlanayotgan) mamlakatlar ta’lim tizimlari davlatdan moliyalashtirish manbalarining ustunligi va bu sektordagi davlat muassasalarining ko‘pligi bilan xarakterlanadi. Rivojlangan mamlakatlarda ta’limni moliyalash manbalari tarkibida 73 foizdan (Germaniyada) 99 foizgacha (Daniyada) qismini davlatga tegishli manbalar tashkil qiladi. Bu mamlakatlarda boshlang‘ich va o‘rta ta’lim asosan davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi, o‘rta ta’limdan keyingi va oliy ta’limda esa nodavlat manbalari ustundir.4
Aksariyat sobiq sovet respublikalarida va sobiq sotsialistik mamlakatlarda ta’lim tizimini nomarkazlashtirish sari harakatlar amalga oshirilmoqda. Ta’limni nomarkazlashtirish masalasiga ikki xil yondoshuv mavjud:
- mahalliy boshqaruv darajasida nomarkazlashuv;
- ta’lim muassasasi darajasida nomarkazlashuv.

Shunday qilib, bir o‘quvchiga nisbatan umumiy ta’limning davlat ta’lim standartini amalga oshirish xarajatlari me’yori quyidagilar asosida aniqlanadi:


- pedagogik хizmatning standart (bazaviy) qiymati;
- pedagogik stavkalar va ma’muriy-boshqaruv hamda yordamchi xodimlar stavkalarining me’yoriy nisbati;
- ish haqi fondining va ustama/qo‘shimchalar fondining me’yoriy nisbati;
- ta’lim jarayonini ta’minlash xarajatlari
- pedagogik xizmatning qimmatlashuv koeffitsienti;
4 I.A.Karimovning BMT Sammiti Mingyillik Rivojlanish Maqsadlariga bag’ishlangan yalpi majlisidagi nutqi Xalq so’zi / 21.09.2014.
- regional qonunchilik asosida o‘rnatiladigan me’yorlar (federal me’yorlarga qo‘shimcha ravishda).
Jon boshiga moliyalashtirish yangi mexanizmini tadbiq etish Armaniston Respublikasi umumta’lim tizimida 2000-yildan boshlab amalga oshirib kelinayotgan tarkibiy islohotlarning muhim komponentlaridan biridir. Bu mexanizmga ko‘ra, umumta’lim maktablarida o‘quvchilar soniga nisbatan qo‘llaniladigan yagona summa asosida moliyalashtirish amalga oshiriladi. Moliyalashtirishning yangi tizimini joriy etish 2014-yilda tajribaviy loyihani amalga oshirish bilan boshlandi. Mazkur dasturga Armanistonning turli marzlaridagi (hududiy bo‘linmalari)154 ta (mamlakatdagi jami maktablarning 10 foizi) maktab jalb qilindi. Maktablarning yangi moliyalashtirish tizimiga o‘tishi bosqichma-bosqich kechdi va Armaniston hukumati tomonidan o‘rnatilgan grafikka muvofiq 2016-yilda yakunlandi. Maktablarning jon boshiga moliyalashtirish mexanizmiga o‘tishi ular yuridik maqomlarining o‘zgarishi bilan birga amalga oshdi, ya’ni ular budjet tashkiloti maqomidan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan davlat notijorat tashkiloti sifatida qayta tashkil etildilar. Bu maqom maktablarga banklarda o‘z hisobraqamini ochish, alohida mulkka ega bo‘lish imkonini berdi, shuningdek, ular o‘z budjetlarini tuzish, u bo‘yicha ajratilgan budjet mablag‘larini tasarruf etishda mustaqillikka ega bo‘ldilar.
Maktablar mustaqilligining oshishi bilan bir qatorda, yangi moliyalashtirish mexanizmining joriy etilishi yangi boshqaruv organlarini – maktab Kengashlarini shakllantirish bilan birga kechdi, bu organ maktabning yillik budjetini tuzish va uning ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmasiga oldi.



Download 4,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish