6-rasm. Ta’lim sohasida amalga oshirilgan yangi qurilish va kapital ta’mirlash xarajatlari10
6-rasmda ko’rinadiki, 2021 yilda 225 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilgan qurilish va kapital ta’mirlash xarajatlari uchun 900,0 mlrd., xuddi shunday 351 ta xalq ta’limi muassasasi uchun 2250,0 mlrd., 35 ta oliy ta’lim muassasasi uchun 700,0 mlrd. so’m mablag’ ajratilgan. Bu ko’rsatgichlar oldingi hisobot davriga nisbatan ancha farq qiladi. Birgina misol qilib, xalq ta’limi muassasalari uchun amalga oshirilgan xarajatlar 2020 yilda 517 ta xalq ta’limi muassasalari uchun 2091,8 mlrd. so’m mablag’ ajratilgan bo’lsa, 2021 yilga kelib 351 ta xalq ta’limi muassasalari uchun 2250,0 mlrd. so’m mablag’ ajratilgan.
10 O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisobotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi www.mf.uz
7-rasm. Ta’lim sohasida ishlovchi xodimlarning lavozim maoshlari11
7-rasmda ko’rinib turibdiki, ta’lim sohasida ishlovchi xodimlarning lavozim maoshlari oldingi davrlarga nisbatan sezilarli darajada o’zgargan. Birgina misol qilib maktabgacha ta’lim tarbiyachisi uchub to’lanadigan lavozim maoshi 2020 yilda 1203,7 mlrd. so’m bo’lgan bo’lsa, 2021 yilda esa 1324,0 so’mni tashkil etgan. Yoki qariyb 10 foizga ko’paygan.
Xаlq ta’limi muassasalarini moliyalashtirishga to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu sohaga jami davlat byudjeti xarajatlarining 24 foizga yaqini yoki bo‘lmasa mahalliy byudjetlar xarajatlarining 70 foizi miqdorda mablag‘lar ajratilib kelinmoqda. Qayd etish joizki, O‘zbekistonda har yili ta’lim sohasiga ajratilayotgan xarajatlar yalpi ichki maxsulotning 10-12% ni tashkil etmoqda, dunyo amaliyotida esa bu ko‘rsatkich 3-5% dan oshmaydi.
Umumta'lim maktablari xarajatlari davlat Byudjetining ta'lim xarajatlari
11O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisobotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi www.mf.uz
tarkibida asosiy o‘rinni egallaydi. Mahalliy Byudjetlarning o‘rtacha hisobida umumta'lim maktablariga yo‘nalitiriladigan xarajatlar salmog‘i 60-70 foizini tashkil etadi.
Umumta'lim maktablari xarajatlari joriy va kapital xarajatlarga ajratiladi. Joriy xarajatlarga umumta'lim maktablarini saqlash xarajatlari kiritilib, ular 3 ta guruh bo‘yicha rejalashtiriladi. Umumta'lim maktablari xarajatlarini rejalashtirishda asosiy ko‘rsatkichlardan o‘quvchilar soni va sinflar sonidan kelib chiqib hisoblanadi.
Umumta'lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirishda o‘quvchilar kontingenti, sinflar soni, pedagogik stavkalar va boshqa ko‘rsatkichlar aniqlanadi. Asosiy ko‘rsatkichlar bir kalendar yilga o‘rtacha hisobda hisoblanadi, o‘quv yili esa kalendar - moliya yiliga to‘g‘ri kelmaydi. O‘rtacha yillik ko‘rsatkichlar o‘quvchilarning kontingentini va uning o‘quv yili boshidan o‘zgarishini hisoblashga imkon beradi. O‘rtacha yillik ko‘rsatkichlarni hisoblash uchun o‘quvchilarning moliya yili boshidagi va oxiridagi soni olinadi.
Maktablar, sinflar va o‘quvchilar soni 1-yanvar va 1-sentyabr holatiga aniqlanadi. O‘quvchilarning va sinflarning 1-yanvar holatidagi soni joriy yilning oxirigacha ularning o‘zgarishlarini hisobga olgan holda oxirgi hisobot sanasi holati bo‘yicha qabul qilinadi. Shuning uchun tugatilgan va qo‘shimcha kontingentlarni hisobga olish uchun o‘rtacha yillik ko‘rsatkichlarni hisoblash zarurati tug‘iladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari umumta’lim maktablarining byudjetini hisoblashda xarajatlarning bazaviy normativlari va tuzatish koeffitsientlarining to‘g‘ri qo‘llanilishini, miqdor ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligi bo‘yicha tekshiruvlarni amalga oshiradi.
Umumta’lim maktablarining bir nafar o‘quvchiga xarajatlarining bazaviy normativlari va tuzatish koeffitsientlarini qo‘llagan holda byudjetini aniqlash natijasida iqtisod qilingan byudjet mablag‘lari Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetida 7092-“Umumiy ta’lim” bo‘limi, 999-kichik bo‘lim, 092-bob bo‘yicha alohida xarajatlar smetasida indeksatsiyada nazarda tutiladi.
Yаngi o‘quv yilida sinflarni komplektlash va tarifikatsiya ro‘yxatlarini tasdiqlash natijalariga ko‘ra iqtisod qilingan mablag‘larni xarajat qilish qat’iy tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Bunda ushbu umumta’lim maktabining xarajatlar smetasiga uning byudjetiga tuzatish kiritish zaruratini asoslovchi tegishli hisob-kitoblar ilova qilinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |