8- rasm. 2019-2020 yillarda davlat xususiy sherikchilik shaklidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlatlari uchun ajratilgan budjet subsidiyalari12 Statistik ma’lumotda ko’rinib turibdiki 2019-2020 yilda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ajratilgan subsidiyalar 2019 yil uchun 26 770 nafar bola uchun 177 296,8 mln. so’m ajratilgan bo’lsa, 2020 yilda esa 46 948 nafar bola uchun 267 085,6 mln. so’mni tashkil etgan. Bundan shuni xulosa qilishimiz mumkinki 2020 yilda o’tgan davrga nisbatan 75 foiz ko’p tarbiyalanuvchiga subsidiya ajratilgan.
12O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hisobotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi www.mf.uz
Umumta’lim maktablarining bir nafar o‘quvchiga xarajatlarining bazaviy normativlari va tuzatish koeffitsientlarini qo‘llagan holda byudjetini aniqlash natijasida iqtisod qilingan byudjet mablag‘lari Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetida 7092-“Umumiy ta’lim” bo‘limi, 999-kichik bo‘lim, 092-bob bo‘yicha alohida xarajatlar smetasida indeksatsiyada nazarda tutiladi. Xarajatlarining bazaviy normativlari asosida byudjetini rejalashtirish va moliyalashtirish tartibiga o‘tgan umumta’lim maktablari rahbarlari quyidagi huquqlarga ega:
- ish haqi fondi va namunaviy shtatlar bilan aniqlanadigan umumiy soni doirasida maktabning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan lavozimlarni mustaqil ravishda belgilash;
- xarajatlarning bazaviy normativlari doirasida maktabning haqiqiy ehtiyojidan kelib chiqqan holda xarajatlarini rejalashtirish.
Xarajatlar smetasi, shtatlar jadvali va pedagog xodimlarning tarifikatsiya ro‘yxatini tuzish umumta’lim maktabining rahbari va bosh hisobchisi (hisobchisi) tomonidan o‘rnatilgan tartibga qat’iy rioya etgan holda, xarajatlarning bazaviy normativlari asosida hisoblangan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi. Bunda mablag‘larni taqsimlash quyidagi ketma-ketlikka qat’iy amal qilgan holda amalga oshiriladi:
muassasaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha tadbirlarga.
Yаngi o‘quv yilida sinflarni komplektlash va tarifikatsiya ro‘yxatlarini tasdiqlash natijalariga ko‘ra iqtisod qilingan mablag‘larni xarajat qilish qat’iy tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Bir nafar o‘quvchiga xarajatlarning bazaviy normativlari va ularga tuzatish koeffitsientlarini qo‘llash asosida hisoblangan umumta’lim maktabining xarajatlar smetasiga quyidagi hollarda o‘zgartirishlar kiritiladi:
normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ish haqi miqdorlari, kommunal xizmatlar va boshqa xizmatlar bo‘yicha narxlar o‘zgarganda;
yangi o‘quv yilidagi (1-sentabr holatiga) o‘quvchilarning haqiqiy soni rejada ko‘zda tutilgan o‘quvchilar soni bilan keskin (5 foizdan ortiq) farq qilganda;
- umumta’lim maktabining xarajatlar smetasida iqtisod qilingan (foydalanilmagan) byudjet mablag‘lari mavjud bo‘lmagan hollarda xomiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishda;
- mahalliy hokimiyat organlarining tegishli qarorlariga muvofiq ko‘zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratilganda. Umumta’lim maktabining ayrim xarajatlari bo‘yicha yil boshiga debitor qarzdorligi mavjud bo‘lganda, muassasaning bazaviy normativlar asosida hisoblangan xarajatlari hajmi debitor qarzdorlik summasiga kamaytirilishi lozim.
30-son umumta’lim maktabining umumiy byudjetini hisoblaymiz. Ushbu maktab bo‘yicha bizga quyidagi ma’lumotlar ma’lum: