BOB. XALQ TA’LIMINI MOLIYALASHTIRISHNI SAMARALI TASHKIL ETISHNING NAZARIY-HUQUQIYASOSLARI Xalq ta’limini moliyalashtirishning ilmiy-nazariy asoslari ……….........4
Xalq ta’limini moliyalashtirishning me’yoriy-huquqiy asoslari ….........8
Xalq ta’limi tizimini moliyalashtirishdaxorijtajribasi...........................12
BOB. XALQ TA’LIMINI MOLIYALASHTIRISHNI TASHKIL ETISHNING AMALIY MEXANIZMI Xalq ta’limini moliyalashtirishning manbalari va ularning holati …......15
Umumta’lim maktablari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish mexanizmi ……...........................................................22
BOB. XALQ TA’LIMINI MOLIYALASHTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI Xalq ta’limini moliyalashtirishni takomillashtirish yo‘llari ……...........32
Mamlakatimizda xalq ta’limi tizimini moliyalashtirishning istiqbolli masalalari ................................................................................33
XULOSA VA TAKLIFLAR 39 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.........................44
KIRISH
Ta'lim har bir jamiyatning ajralmas tarkibiy qismi, madaniyatni rivojlantirishning yuksak ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ijtimoiy tajribaning bog‘lovchi bo‘g‘ini sifatida u madaniy an'analar butunligi va vorisiyligini hamda jamiyat taraqqiyotini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi ta'lim tizimi o‘z rivojlanishida tub burilish davrini boshidan kechirmoqda. Bu o‘zgarishlarning asosini mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ishlab chiqilayotgan farmon va qarorlar tashkil etmoqda. Xususan mamlakatimiz Prezidenti ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni muhokama qilar ekan, yoshlarning kasb-hunar egallashi, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga ham alohida e’tibor qaratmoqda. “Maktablar oldiga qo‘yilayotgan talablardan biri – yuqori malakali, sohasining bilimdoni bo‘lgan o‘qituvchi-pedagoglar bazasini shakllantirish bilan birgalikda maktabda chet tilini ham o‘qitish. Bu kabi ixtisoslashgan maktablarning tashkil etilayotgani yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi”- deya ta’kidlagan edi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev1.
Respublikamizda mustaqilikka erishilgandan keyin ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning natijalari va ta'lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalarni moliyaviy ta'mishlash tartibini o‘rganish, ta'lim muassasalarini mablag‘ bilan ta'minlash mexanizimni chuqur tahlil qilish asosida uning mohiyatini ochish, bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bizning asosiy maqsadimiz hisoblanadi.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:
ijtimoiy sohalar tizimida xalq ta’limining tutgan o‘rni va rivojlanish xususiyatlarini ochib berish;
xalq ta’limi moliyaviy ta’minotining zarurligi, vazifalari va manbalarini o‘rganish;
xalq ta’limi tizimini budjetdan moliyalashtirish amaliyotini yoritish;
1 Mirziyoyev Sh. M., “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak – T.: O`zbekiston, 2017.-14 b.
xalq ta’limi muassasalari moliyaviy ta’minotida budjetdan tashqari jamg‘armalardan foydalanish holatining tahlilini keltirish;
xalq ta’limi xarajatlarini moliyalashtirishda xorijiy mamlakatlar tajribalari va ulardan foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish;
iqtisodiy islohotlarning hozirgi sharoitida xalq ta’lim muassasalari faoliyatini samarali moliyalashtirishni takomillashtirish yo‘nalishlarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy xulosa va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishi kirish qismi, uchta bob, xulosa va takliflar, hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
Kurs ishining 1-bobi “Xalq ta’limini moliyalashtirishni samarali tashkil etish masalalarining nazariy-huquqiy asoslari” deb nomlangan bo`lib, xalq ta’limini moliyalashtirishning ilmiy-nazariy va me’yoriy-huquqiy asoslari, xalq ta’limi tizimini moliyalashtirishda xorij tajribasi rejalaridan iborat.
bobi “Xalq ta’limini moliyalashtirishni tashkil etishning amaliy mexanizmi” hisoblanib, uning tarkibida xalq ta’limini moliyalashtirishning manbalari va ularning holati shuningdek umumta’lim maktablari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish mexanizmi tahlili keltirilgan.
bobi esa “Xalq ta’limini moliyalashtirishni takomillashtirish masalalari” bo`lib, xalq ta’limini moliyalashtirishni takomillashtirish tamoyillari va mamlakaitimizda xalq ta’limi tizimini moliyalashtirishning istiqbolli masalalari kabi rejalaridan tashkil topgan.
Kurs ishining xulosa qismida mavzu bo`yicha nazariy xulosa va takliflar keltirib o`tilgan.