7-bob. Rag‘batlantirishni rasmiylashtirish tartibi
85. Ishdagi yutuqlar uchun xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilishi
mumkin.
Rag‘batlantirish
turlari,
ularni
qo‘llanish
tartibi,
afzallik
va imtiyozlar berish tashkilotning jamoa shartnomalari, ichki mehnat tartibi qoidalari va boshqa
lokal
hujjatlarda,
jamoa
kelishuvlarida,
intizom
to‘g‘risidagi
ustav
va nizomlarda belgilab qo‘yiladi.
86. Xodimlar ta’lim sohasida davlat va jamiyat oldidagi alohida xizmatlari uchun davlat
va tarmoq mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
87. Ish haqi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va mehnat haqi tizimida nazarda
tutilgan boshqa to‘lovlar rag‘batlantirish turlariga kirmaydi.
88. Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida (Mehnat kodeksining
183-moddasi) xodimga nisbatan rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi.
89. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari davlat va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash
bo‘yicha takliflarni tegishlicha hududiy boshqarmalarga belgilangan muddatlarda taqdim etadi.
90. Hududiy
boshqarmalar
va
vazirlik
tasarrufidagi
respublika
tashkilotlari
va muassasalari davlat va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi
hamda belgilangan muddatlarda vazirlikka taqdim etadi.
Tarmoq mukofotlari bilan boshqa vazirliklar va idoralar tasarrufidagi ta’lim
muassasalarining xodimlari ham yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda erishgan muvaffaqiyatlari
uchun ushbu vazirliklar va idoralar rahbarlari takliflariga asosan taqdirlanishi mumkin.
91. Davlat va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha
vazirlik komissiyasi o‘z yig‘ilishida nomzodlar bo‘yicha hujjatlarni o‘rganib, eng munosib
nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosani qabul qiladi.
92. Komissiya xulosasi asosida:
tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi
vazirining buyrug‘i chiqariladi;
davlat mukofotlari bilan taqdirlar uchun nomzodlarning hujjatlari belgilangan tartibda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taqdim etiladi.
93. Tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyruq Xodimlar bilan ishlash
boshqarmasi boshlig‘i tomonidan kiritilib, vazir o‘rinbosarlari, Yuridik boshqarma va tegishli
tarkibiy bo‘linma boshliqlari bilan kelishilgandan so‘ng, imzolash uchun vazirga kiritiladi.
94. Buyruq Yo‘riqnomaning 15-ilovasiga muvofiq shaklda tarmoq mukofotlari bilan
taqdirlashga oid buyruqlarni qayd etish jurnalida ro‘yxatga olinadi.
95. Xodimning davlat va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlanganligi haqidagi ma’lumotlar
kadrlar xizmati xodimi tomonidan uning shaxsiy varaqasiga kiritib qo‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |