Xalq ta’limi tizimida kadrlarga oid ish yuritish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Intizomiy jazoni rasmiylashtirish tartibi



Download 192,09 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana21.07.2021
Hajmi192,09 Kb.
#125504
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Xalq ta’limi tizimida kadrlarga oid ish yuritish bo‘yicha namuna

8-bob. Intizomiy jazoni rasmiylashtirish tartibi 

96. Tashkilotda mehnat tartibi ish beruvchi kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning 

boshqa  vakillik  organi  bilan  kelishib  tasdiqlaydigan  ichki  mehnat  tartibi  qoidalari  bilan 

belgilanadi. 

Xodim o‘z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarishi, mehnat intizomiga rioya qilishi, 

ish  beruvchining  qonuniy  farmoyishlarini  o‘z  vaqtida  va  aniq  bajarishi,  mehnat  muhofazasi, 

texnika  xavfsizligi  va  ishlab  chiqarish  sanitariyasi  talablariga  rioya  qilishi,  ish  beruvchining 

 mol-mulkini avaylab asrashi shart. 

97. Xodimning  mehnat  vazifalari  ichki  tartib  qoidalarida,  korxonada  qabul  qilinadigan 

lokal 


hujjatlarda 

(jamoa 


shartnomalarida, 

lavozim 


yo‘riqnomalari  

va hokazolarda), mehnat shartnomasida aniq belgilab qo‘yiladi. 

98. Xodimga  mehnat  intizomini  buzganligi  uchun  ish  beruvchi  Mehnat  kodeksining                      

181-moddasiga muvofiq intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli. 

Intizomiy  jazolar  ishga  qabul  qilish  huquqi  berilgan  shaxslar  (organlar)  tomonidan 

qo‘llaniladi. 

99. Intizomiy jazo qo‘llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab 

qilinishi  lozim.  Xodimning  tushuntirish  xati  berishdan  bosh  tortishi  uning  ilgari  sodir  qilgan 

nojo‘ya  xatti-harakati  uchun  jazo  qo‘llashga  to‘siq  bo‘la  olmaydi.  Xodim  tushuntirish  xati 

bermagan taqdirda, bu haqida tegishli dalolatnoma tuziladi. 

Intizomiy  jazoni  qo‘llanishda  sodir  etilgan  nojo‘ya  xatti-harakatning  qay  darajada  og‘ir 

ekanligi,  shu  xatti-harakat  sodir  etilgan  vaziyat,  xodimning  oldingi  ishi  va  xulq-atvori  hisobga 

olinadi. 

100. Har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin. 

101. Intizomiy  jazo  bevosita  nojo‘ya  xatti-harakat  aniqlangandan  keyin,  ammo  

bu  xatti-harakat  aniqlangandan  boshlab,  xodimning  kasal  yoki  ta’tilda  bo‘lgan  vaqtini  hisobga 

olmasdan, uzog‘i bilan bir oy ichida qo‘llaniladi. 

Nojo‘ya  xatti-harakat  sodir  etilgan  kundan  boshlab  olti  oy  o‘tganidan,  moliya-xo‘jalik 

faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijasida aniqlanganda esa, — sodir etilgan kundan boshlab 

ikki  yil  o‘tganidan  keyin  jazoni  qo‘llab  bo‘lmaydi.  Jinoiy  ish  bo‘yicha  ish  yuritilgan  davr  

bu muddatga kirmaydi. 

102. Intizomiy  jazo  choralari  qo‘llash  to‘g‘risidagi  buyruq  kadrlar  xizmati  boshlig‘i 

(mas’ul xodim) tomonidan kiritilib, rahbar o‘rinbosari va yuriskonsult bilan kelishilgandan so‘ng 

imzolash uchun tashkilot rahbariga kiritiladi. 

103. Intizomiy jazo berilgani to‘g‘risidagi buyruq xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi. 

Xodim  buyruq  bilan  tanishganligi  haqida  tilxat  yozishni  rad  etsa,  u  holda  tegishli 

dalolatnoma tuziladi. 

104. Xodimga intizomiy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi buyruq tegishli buyruqlarni ro‘yxatga 

olish jurnalida ro‘yxatga olinadi. 


Download 192,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish