Moliya mexanizmi va uni moliyaviy siyosatni amalga oshirishdagi o‘rni
Moliya siyosatini atnalga oshirish va uni hayotga unumli tadbiq etish uchun moliya mexanizmi ishlatiladi. U o‘z navbatida jamiyat tomonidan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni ta’minlash uchun ishlatilayotgan moliyaviy munosabatlarni yig‘indisidan tashkil topadi.
Moliya mexanizmi- davlat tomonidan o'rnatilgan moliyaviy munosabatlarni tashlcil qilishning usullari, shakllari va turlarining majmuasidir.
Davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish darajasiga qarab direktiv va tartibga soluvchi moliya mexanizmi turlari amal qiladi.
Moliyaviy siyosatning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, davlatning moliya sohasidagi barcha faoliyatini amalga oshishiga sabab bo‘Iadigan moliyaviy mexanizmni belgilash hisoblanadi. Moliyaviy mexanizm moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning davlat tomonidan belgiiangan shakllari, turli va usullarini o‘z ichiga oladi.
Moliya mexanizmining strukturasi bir muncha muraklabdir. Amaldagi turli xii moliyaviy munosabatlar uning elementlariga kiradi. Davlat moliyaviy zaxiralaridan foydalanish prinsipi vayo‘nalishlarini aniqlashda, to'lovlarni turlarini ko‘rishda, mablag'lami to‘planish shakllarida, milliy daromadda, umumiy foyda taqsimotining iqtisodiy va moliyaviy siyosat masalalarida, moliyaning qonuniy-me’yoriy rivojida, iqtisodiy qonunlami harakatini o‘rganishda davlat bosh islohatchi bo’ladi.
Moliyaning samaradorligini oshirishda rejalashtirish va prognozlashtirish hamda moliyaviy munosabatlarda tashkilotlarni rasmiylashtirish me’yorlari (soliq, xarajat va boshqalar), turli xil ko‘rinishdagi qo‘llanishlami to‘g‘ri noto‘g‘riligi ustidan nazorat, moliyaviy munosabatlarni shald va usullari muhim rol o'ynaydi.
Moliya mexanizmini yangi bosqichda muhim xususiyatlaridan biri-xo‘jalik jarayonlarining yuzaga kelishi, tegishli ma’lumotlami olishi va ular asosida xo‘jalik hayotini rivojlanishini diagnostikasi va zaruriy tartibga soluvchi choralami ko‘rish paytlarni o‘zaro yaqinlashtirish hisoblanadi. Ushbu mexanizmning yana bir xususiyati ishlab chiqaiishni va pul bozorini dinamikasini, ulaming funksiyalarini amalga oshirilishi hamda zararli iqtisodiy oqibatlarini uzluksiz istiqbollashtirish.
Moliya mexanizmi tuzilmasi binnuncha murakkabdir.
Davlat o‘zining ijro qonun chiqaruvchi organlari orqali:
-iqtisodiy qonunlar ta’sirini chuqur o‘rganish;
-moliyaning rivojlanish qonunlarini o'rganish;
-iqtisodiy va moliyaviy siyosat vazifalarini o‘rganish asosida ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni taqsimlash usullarini qo'llaydi, pul jamg‘armalari shakllarini belgilaydi, to‘lov va ajratmalar turlarini ishlab chiqadi, davlatning moliyaviy resurslaridan foydalanish yo‘nalishlari vaprinsiplarini ishlab chiqadi.