oliya mexanizmining tarkibiy qismlarining tashkiliy chizmasi Moliyaviy ko‘rsatkichla bu - korxonaning moliyaviy holati, pul fondlarini shaldlanishi va shakllantirilgan pul fondlaridan foydalanish hamda moliyaviy faoliyatini kompleks baholashda ishlatiladigan ko'rsatkichlardir.
Moliyaviy rejalashtirish va moliyaviy prognozlashtirish- xo'jalik rejasini bir qisrr i va moliya mexanizmining asosiy qismi bo'lib, pul mablag'larini yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlash hamda foydalanishni rejali ravishda boshqarishdir.
Moliyani boshqarish- qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun obyektga moliyaviy ta’sii qilish usullari va shakllari yig'indisidir.
Moliyaviy zahiralar- kutilmagan hodisalar va maxsus ehtiyojlami ta’minlash uchun davlat boshqarish organlarida, korxonalarda yig'iladigan pul mablag‘lariga aytiladi.
Davlat, uning ijro etuvchi va qaror qabul qiluvchi hokimiyat organlari orqali iqtisodiy qonunlar, moliyaviy rivojlanishning obyektiv qonunlarini har tomonlama mukammal o‘rganish asosida iqtisodiy va moliyaviy siyosatning vazifalarini belgilaydi.
Xo'jalik mexanizmining ba’zi bo'linmalari xususiyatlariga ko‘ra korxona va tashkilotlaming moliyaviy mexanizmga, sug'urta mexanizmiga, hamda davlat moliyasi ishlash mexanizmiga bo‘linadi. O'z navbatida ushbu har bir soha alohida tuzilmalarga ega.
Har bir soha va alohida moliya mexanizmining tuzilmasi bir butun tashkiliy qismlari hisoblanadi. Ular o‘zaro bog‘liq. Shu bilan birga bu sohalar juda mustaqil. Bu holat moliyaviy mexanizmni tashkil qilish zaruriyatini tug‘diradi. Moliyaviy mexanizmning tashkil etuvchi bo'laklarining ichki bog‘liqligi muhim shartidir.
Moliyaviy mexanizm sohalari va tashkil etuvchi bo‘laklari bir-biridan murakkablik darajasi va alohida elementlaming tarmoqlarga bo'linib ketganligi bilan farq qiladi.
Masalan, byudjet mexanizmi o‘z ichiga byudjet daromadlarini shakllantirish va byudjet mablag‘laridan foydalanishning shakllari va usullari majmuasidan iborat.
Moliya mexanizmi elementlarining uyg'unlashuvini shakllari, ko'rinishlari va moliyaviy munosabatlarni tashkil etish usullari moliya mexanizmi konstruksiyasini tashkil etadi.
Shuni ham qayd qilish kerakki, moliya mexanizmi va uni alohida elementlarini jamoatchilik va shaxsiy manfaatlar bilan to‘la muvofiqlashtirilishiga harakat qilinadi, bunda moliya mexanizmi samarasini oshishiga garov bo‘ladi.
Umumiy strategiyaga ega boimay, provard maqsadni ko'rmay turib, iqtisodiy isloh qiiishning ta’sirchan chora tadbirlarini belgilab boimaydi.