X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


Materiklarning suv osti chekkalari



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Materiklarning suv osti chekkalari
.
 
Shel’f.
Okean va dengizlar ostining 
nisbatan sayoz, tekislangan va qirg’oqqa tutash bo’lgan qismi 
Shel’f
yoki 
materik 
sayozligi
deb ataladi. Uning chuqurligi asosan 0 dan 200 m gacha bo’lib, maydoni 


343 
31 mln. km
2
dan ko’proq yoki Dunyo okeani ostining 7 % maydonini egallaydi. 
Materik sayozligi deyarli gorizontal qiyalik bo’lib, rel’efida do’nglar, botiqlar
suvosti vodiylari, qadimgi materik muzliklarining izlari, silliqlangan qoyali toshlar, 
chekka morenalar ko’p uchraydi. Shel’fda qadimgi kontinental yotqiziqlar ham keng 
tarqalgan. Bu shundan dalolat beradiki, shel’f yaqin vaqtlarga qadar quruqlik 
bo’lgan. Materik muzliklarining erishi natijasida Dunyo okeani sathining ko’tarilishi 
dengiz sohilidagi quruqliklarning suv bosishiga sabab bo’lgan. Materik sayozligida 
rel’ef hosil qiluvchi zamonaviy omillardan biri dengiz suvining ko’tarilishi va 
qaytishidir. Ekvatorial va tropik dengizlari shel’fida bundan tashqari turli xil rel’ef 
shakllarini vujudga kelishida marjon poliplari va ohakli suvo’tlari faol ishtirok etadi.
Materik yon bag’iri
.
Shel’fdan farqli ravishda materik yon bag’rida okean 
ostining qiyaligi keskin orta boradi. Uning o’rtacha qiyaligi 4º-6º atrofida, ba’zi 
joylarda 15º-30º dan ham oshadi. Materik yon bag’ri 200 m dan 3000-3500 m 
chuqurlikkacha bo’lgan okean ostini o’z ichiga oladi. Dunyo okeanida uning 
maydoni 24,5 mln km
2
ni tashkil etadi. Materik yonbag’irining rel’ef 
xususiyatlaridan biri vodiysimon suv osti kan’onlari bilan parchalanganligidir. Bu 
yerda gravitasion jarayonlar ancha faol bo’lib, cho’kindi materiallar shel’fdan yon 
bag’irlab yoppasiga asta-sekin sirg’anib tushish jarayoni doimiy ravishda yuz berib 
turadi. Materik yon bag’rining vujudga kelishi ko’pincha bu zonada yorqin sodir 
bo’ladigan uzilma tektonik jarayonlar bilan uzviy bog’liq. Vaholanki, materiklar 
uchun yer po’stining ko’tarilma vertikal harakatlari, okean lojesi uchun esa 
aksincha, yer po’stining bukilish harakatlari xarakterli. Yon bag’irning ba’zi 
qismlarida pog’onali uzilmalar taraqqiy etgan. Yuzasi katta kenglikka ega bo’lgan 
pog’onalar chekka polatolar deb ataladi. Materik yonbag’irining pog’onali uzilma 
rel’ef shakllari Atlantika okeanining Patagoniya shel’fi uchun xarakterli. Materik 
yonbag’rida monoklinal strukturalar yaxshi rivoj topgan.

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish