X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Atlas tog’lari.
Atlas tog’lari materikning shimoli-g’arbiy chekka qismida 
joylashgan tabiiy geografik o’lka bo’lib, shimol va sharqda O’rta dengiz, g’arbda 
Atlantika okeani va janubda Sahroi Kabir cho’li bilan chegaralanadi. Uning tabiiy 
xususiyatlarida O’rta dengiz subtropik landshaftlaridan Sahroi Kabir tropik 
landshaftlariga o’tish xarakteri yaqqol sezilib turadi. Atlas tog’larining shimoli-
g’arbiy sohil qismi Pireney yarim orolining janubiy tog’li sohil qismining tabiatini 
eslatadi. O’lkaning ichki va janubi-sharqiy qismlarining tabiati Sahroi Kabirning 
shimoliy cho’l landshaftlari tabiatiga juda yaqin. Hatto tog’larning past joylarida 
Sahroi Kabir cho’l landshaftlari o’lkaning ichki qismlarigacha kirib boradi. Atlas 
tog’lari orografik jihatdan juda murakkab tuzilgan. O’rta dengiz sohili bo’ylab 
balandligi 2000-2500 m keladigan yosh burmali tog’lar cho’zilgan. O’rta dengiz 
qirg’og’ining g’arbiy qismida joylashgani Er-Rif yoki Rif Atlasi va sharqiy qismida 
joylashgani Tell Atlas tog’laridir. Er-Rif tog’ining baland nuqtasi Tidigan 
cho’qqisida 2456 m ni, Tell Atlasining baland cho’qqisi Lalla-Xadija tog’ida 2308 
m ni tashkil etadi va u tog’lar al’p burmalanishida vujudga kelgan. 
O’lkaning janubida, Atlantika okeanidan shimoli-sharqqa tomon Baland Atlas 
tog’lari cho’zilgan. Bu tog’larning asosiy qismi gertsin burmalanish bosqichida 
vujudga kelgan. Baland Atlasning maksimal cho’qqisi Tubkal 4165 m ni tashkil 
etadi. Bu cho’qqi butun o’lkaning ham eng baland nuqtasi hisoblanadi. Baland 
Atlasdan janubda Anti Atlas tog’i joylashgan, eng baland joyi 2531 m ga va 
balandligi 1635 m ga yetadigan Jabal-Bani tizmasi cho’zilgan. Baland Atlas tog’ 


40 
tizmasidan shimoli-sharq tomonda uning davomi bo’lgan Sahroi Kabir Atlasi 
joylashgan. Bu tizmaning eng baland nuqtasi Aysa tog’i okean sathidan 2336 m 
ko’tarilgan. Sahroi Kabir Atlasidan sharqda Sheliya (2328 m) tog’i bor. Bu tog’dan 
shimoli-sharqda Gabes va Tunis Atlasi joylashgan. Umuman Atlas tog’lari g’arbda 
Atlantika okeani sohilidan sharqda O’rta dengiz sohilidagi materik shimoliy 
burnigacha 2000 km masofaga cho’zilgan. Atlas tog’ tizmalarining oralig’ida ichki 
tekisliklar va baland platolar joylashgan. Platolarning o’rtacha balandligi 800-1200 
m ni tashkil etadi. Bu polosa Atlantikabo’yi tekisligidan zinapoyasimon ko’tarilib, 
O’rta dengiz sohiligacha davom etadi va hududiy jihatdan tog’ oralig’i cho’kmasiga 
to’g’ri keladi. Baland platolar Atlas tog’larining sharqiy qismida keng polosa hosil 
qilib cho’zilgan. 
Tog’li o’lkaning barcha qismi, jumladan shimoldagi yosh tog’lar ham 
neogenning oxirida yuz bergan kuchli vertikal tektonik harakatlari natijasida Atlas 
tog’larining hozirgi qiyofasi shakllangan. Atlas tog’lari erozion kuchli 
parchalangan. Ularning yonbag’irlari chuqur vodiylar va daralar bilan o’yilgan. 
Baland platolarning yuzasi quruq vodiylar tizimi bilan kesilgan. 
Atlas tog’larining iqlimi xilma-xil, uning shimoliy qismi O’rta dengiz iqlimiga 
ega. Yozi quruq, issiq va qishi nam iliq bo’ladi. Qishning o’rtacha harorati 
+12°+15°S, yoz oyining o’rtacha harorati esa +24°+27°S ga teng. Atmosfera 
yog’inlarining asosiy qismini g’arbiy shamollar Atlantika okeanidan olib keladi. 
Yog’inlarning ko’proq miqdori tog’larning g’arbiy va shimoliy yonbag’irlari hamda 
qirg’oq bo’ylariga tushadi. Sharqqa borgan sari yog’in miqdori keskin kamayadi. 
Masalan, yog’in miqdori g’arbda 800 mm ni tashkil etsa, sharqda Gabes qo’ltig’i 
yaqinida 200-300 mm gacha kamayadi. Dengiz sohilida qor kamdan-kam yog’adi 
va tezda erib ketadi. Yoz oylarida shimolda, qirg’oqlar tomon tog’lardan fyon 
tipidagi 
sirokko
shamoli esadi. Bu paytlarda havo harorati +35°+40°S gacha 
ko’tariladi. Atlas tog’larining janubiy qismi doimo tropik cho’l iqlimi ta’sirida 
bo’ladi. Bu yerda havo harorati ancha yuqori, yog’in miqdori kam. Ichki platolar va 
berk vodiylarning iqlimi keskin kontinental, quruq va baland bo’lganligi uchun 
sovuq. Tog’ tizmalari okeandan keladigan nam havo massalarini to’sib qo’yganligi 
sababli o’rtacha yillik yog’in miqdori 500 mm dan oshmaydi. Yog’inning asosiy 
qismi qish oylariga to’g’ri keladi. Qish kunlari sovuq bo’lib, harorat -10°-17°S 
gacha pasayadi. Qor qoplami qalin bo’ladi va tog’larda 2 m gacha yetadi. Yozda 
platolar yuzasi ichki vodiylar qattiq qiziydi. O’rtacha harorat +26°+28°S ni, 
maksimal harorat +50°S ni tashkil etadi. 
Atlas tog’larining tuproq-o’simlik qoplamida, uning iqlim sharoitiga o’xshash, 
ichki farqlar yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Bunday farqlar ayniqsa, tog’ 
tizmasining qirg’oq bo’ylari va ichki hududlari uchun xosdir. Tog’ yonbag’irlarining 
pastki qismlarida va dengiz sohillarida jigar rang tuproqlar tarqalgan. Ular doimiy 
yashil makvis tipidagi butazorlar, pakana bo’yli palmazorlar va doimiy yashil 
po’kak eman o’rmonlari bilan qoplangan. Balandlikka ko’tarilgan sari aralash holda 
igna barglilardan atlas kedri va tisa daraxtlari uchraydi. 1500-3000 m balandliklarda 
bargini to’kuvchi O’rta Yevropaga xos keng bargli o’rmonlar o’sadi. 3000 m dan 
baland joylarda al’p o’tloqzorlar tarkib topgan. 


41 
Atlas tog’ etaklaridagi, ayniqsa Atlantika okeani va O’rta dengiz sohillaridagi 
keng maydonlar yaxshi o’zlashtirilgan. Sug’oriladigan yerlar sitrus plantasiyalari, 
zaytun daraxtlari, don ekinlari bilan band. Zinapoyasimon tog’ yonbag’irlarida 
tokzorlar barpo etilgan. Atlas tog’larining ichki qurg’oqchil kontinental iqlimli 
platolarida, vodiylarida va janubiy yonbag’irlarida bo’z tuproqlar keng tarqalgan. 
Bu yerlar quruq dasht va chala cho’l landshaft komplekslaridan tarkib topgan. 
O’simliklari tikanli yostiqsimon butachalardan, shuvoqlardan, boshoqli alfalardan, 
uncha baland bo’lmagan yuyuba, akasiya va pista daraxtlaridan iborat. Tog’li 
o’lkaning hayvonot dunyosi Afrika va Janubiy Yevropaga xos hayvon turlaridan 
tarkib topgan. Yirtqichlardan chiyabo’ri, yovvoyi
 
mushuk, gienalar yashaydi. 
Boshqa hayvon turlaridan quyonlar, qo’shoyoqlar, o’txo’r damanlar, qoyali 
tog’larda dumsiz makaklar uchraydi. Kaltakesaklar va ilonlar juda ko’p.


Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish