37
sanoati yaxshi rivojlangan joylarda antropogen tabiat komplekslarining bir necha
xillari, jumladan texnogen landshaftlar keng tarqalgan.
Materikning
eng
ko’p
o’zlashtirilgan hududlaridan va landshaft
komplekslaridan biri Nil vodiysi va uning del’tasidir. Bu yerda aholining nihoyatdi
zich joylashganligi sababli har bir joy madaniy landshaftlarga aylantirilgan. Daryo
toshqini paytida vujudga kelgan unumdor tuproqlardan yiliga uch martadan hosil
olinadi. Vodiyning juda katta maydonida barpo etilgan agrolandshatlar tarkibida
paxta, sholi, sitrus va xurmo plantasiyalari hukmronlik qiladi. Agrolandshaftlarning
qolgan maydoni bug’doy, arpa, makkajo’xori va boshqa madaniy ekinlar bilan band.
Vodiyda boshqa mevali daraxtlar ham ko’plab ekiladi. Afrikaning hamma tabiat
zonalarida inson xo’jalik faoliyati ta’sirida juda katta o’zgarishlar sodir bo’lgan.
Ko’pchilik tabiat komplekslarining dastlabki tabiiy holati o’zgartirilib, ularning
o’rnida ijobiy va salbiy xususiyatlarga ega bo’lgan antropogen landshaft
komplekslari vujudga kelgan. O’rmonlar zonasining katta maydoni savannalashgan,
savannalarning bir qismi cho’llashgan. Tog’-kon sanoati rivojlangan joylarda tuproq
va o’simlik qoplami butunlay buzilgan, atmosfera havosi ifloslangan. Afrikada
yovvoyi hayvonlarni ovlash ham uzoq vaqtlardan beri davom etib kelmoqda. Buning
oqibatida ko’plab ov hayvonlari qirilib ketgan. Masalan, antilopa va zebralarning
ayrim turlari butunlay yo’qolib, tng yirik hayvonlardan fil, karkidon, gorilla va
boshqa turlarning soni juda kamaygan.
Binobarin, kesilgan o’rmonlarning maydonini tiklash, kamayib ketayotgan
hayvon turlarini saqlab qolish va ularning sonini ko’paytirish, noyob tabiat
komplekslari va landshaft yodgorliklarini e’zozlab asrash hayotiy zarurat. Ana
shunday chora-tadbirlarni amalga oshirish yo’li bilan tabiatning ekologik sharoitini
yaxshilash va uning ekologik holatini tiklash mumkin. Materikning barcha
o’lkalarida tabiiy va antropogen landshaft tizimlarini muhofaza qilish yo’li bilan
ularning sofligini, iqtisodiy samaradorligini saqlab qolish mumkin.
Materik tabiatini muhofaza qilish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan,
qo’riqxonalar va milliy bog’lar tashkil etilgan. Ular Janubiy va Sharqiy Afrikada
juda ko’p. Masalan,
Sentral-Kalaxari, Faldam, Milando, Kizingo, Ugalla, Masva
qo’riqxonalari,
Kryuger, Kalaxarn-Xemsbok, Serengeti, Rudolf, Kilimanjaro
vulkanik massivi,
Kameya
milliy bog’lari shular jumlasidandir (1-jadval). Bu
joylarda noyob tabiat komplekslari, o’rmonlar, savannalar, vulkanlar, landshaft
yodgorliklari
Do'stlaringiz bilan baham: