X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Tabiat zonalari. 
Afrika tabiat (landshaft) zonalarining geografik joylashishi 
boshqa materiklardagidan keskin farq qilib, u yerda ekvatorial o’rmonlar zonasidan 
tashqari boshqa zonalar simmetriya hosil qilib ikki martadan takrorlanadi. Buning 
sababi ekvator Afrikani qariyb markazidan kesib o’tib, uni teng ikki kismga 
bo’lganligidir. Materikdagi landshaft zonalari aniq ifodalangan
tabiiy chegaralarga 
ega bo’lmay, ular bir-biri bilan keng o’tkinchi polosa hosil qilib asta-sekin 
almashinadi. Tabiat zonalarining asosiy xususiyatlarini materikning iqlim sharoiti, 
tuproq-o’simlik qoplami kabi asosiy omillar belgilaydi (Ilova, 3-rasm).
Sernam ekvatorial o’rmonlar (ekvatorial zona).
Kongo daryosi havzasini 
kesib o’tgan ekvatorning har ikki tomonida va Gvineya qo’ltig’i sohillarida 
Afrikaning nam ekvatorial o’rmonlar zonasi joylashgan. Uning sharqiy chegarasi 
Sharqiy Afrika yassi tog’ligigacha borib, tahminan 30°
 
shq.u. dan o’tadi. Ekvatorial 
iqlim mintaqasida ekvatorial o’rmonlar zonasining hosil bo’lishi yil bo’yi issiqlik va 
namlik miqdorining ko’pligi bilan bevosita bog’liqdir. Sharqiy Afrikada esa shu 
kengliklarning o’zida nam ekvatorial o’rmonlar o’rnida siyrak o’rmonlar va 


32 
savannalar vujudga kelgan. Chunki, bu yerlarda yilning aksariyat paytlarida quruq 
passatlar sirkulyasiyasi hukmronlik qilib turadi. Ekvatorial o’rmonlar zonasi tipik 
ekvatorial iqlim xarakteriga ega. Bu yerda Quyosh nuri yil bo’yi tik tushadi va 
harorat bir xil bo’ladi. Yil davomida o’rtacha harorat +26°, +27°S
 
ga teng. Yog’in 
miqdori 2000-3000
 
mm va undan ham ko’proqni tashkil etadi. Yomg’ir yil bo’yi 
deyarli bir tekisda taqsimlangan. Faqat Gvineya qo’ltig’i sohillari bahor va kuz 
oylarida namlik kuchli bo’ladi. Bu zonada tarkib topgan tuproqlarning ona jinslari 
temir birikmalariga juda boy. Bunday ona jinslarning ustida hosil bo’lgan 
tuproqlarning rangi ham qizil bo’ladi. Shuning uchun bu tuproqlar 
qizil-sariq 
lateritlar yoki ferralitlar
deb nomlangan. Ekvatorial o’rmonlar zonasining iqlim 
sharoiti o’simliklar va mikroorganizmlar hayoti uchun juda qulay, bu hol tuproq 
hosil bo’lish jarayoniga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Tuproqqa tushadigan organik 
moddalar oxirigacha parchalanib, tuproqqa singa olmaydi, chunki organik 
ozuqalarni o’simlik qoplami tezda so’rib olib, uzoq vaqt o’z tarkibida saqlaydi. 
Ekvatorial o’rmonlarda namlik yil bo’yi ko’p bo’lishi tuproqning to’xtovsiz yuvilib 
turishiga, pastqam joylarda botqoqlanishiga olib keladi.
Ekvatorial o’rmonlar zonasi o’simlik turlariga nihoyatda boy. Bu zonada 
o’simliklarning 25 000 turi mavjud. Faqat daraxt turlarining o’zi 3000 ga yaqin. 
Shulardan 1000 ta turi o’rmonlarning yuqori yarusini tashkil etadi. Yuqori yarus 
tarkibidagi daraxtlarning balandligi 40-80 m gacha yetadi. Bunday daraxtlarning 
shoxlari faqat ularning yuqori qismidagina bo’ladi, qolgan tanalari ustunlarga 
o’xshab turadi. Ularning ostida uncha baland bulmagan va yorug’likni kamroq 
sevuvchi daraxtlar bir necha yarus bo’lib o’sadi. Bu o’rmonlar shakllanish tarixiga 
ko’ra eng qadimiy, keksa relikt o’rmonlar hisoblanadi. Ekvatorial o’rmonlarning 
yuqori yarusi fikuslar, xilma-xil palmalar, paporotniklar, kola va seyba daraxtlaridan 
tarkib topgan. Quyi yaruslarda bananlar, daraxtsimon qirqquloqlar, kofe daraxti, 
kauchuk beradigan daraxtsimon lianalar - 
landolfiyalar
ko’pchilikni tashkil etadi. 
Lianalar daraxtlar tanasiga va shoxlariga chirmashib o’sib, o’rmonda o’tib 
bulmaydigan changalzorlarni hosil qiladi. Ekvatorial o’rmonlar qimmatbaho 
o’simliklar vatani hisoblanadi.
Ekvatorial o’rmonlar zonasining hayvonot dunyosi juda boy. Bu yerdagi 
hayvonlarning boshqa zonada yashaydigan hayvonlardan farqi shundaki, ularning 
aksariyati daraxtlarda yashaydi. Daraxtlarda qushlar, kemiruvchilar va 
hasharotlardan tashqari maymunlarning bir necha turlari - martishka, shimpanze va 
boshqalar ham yashaydi. Yerda yashaydigan hayvonlardan o’rmon cho’chqasi, mitti 
qo’tos, Afrika bug’usi va jirafa oilasiga kiruvchi okaplar uchraydi. Okaplar Afrika 
uchun endemik bo’lib, boshqa materiklarda uchramaydi. O’rmonlarning eng qalin 
joylarida yirik odamsimon maymunlardan - gorillalarning ikki turi saqlanib qolgan. 
Afrikada sernam tropik o’rmonlar XX asrning boshlarida 2 mln. km
2
maydonni 
egallab olgan. Hozirgi paytda esa 1 mln. km
2
ga yaqin maydonda o’rmonlar saqlanib 
qolgan. Dehqonchiliq qilish uchun yer ochish va yog’och tayyorlash maqsadida 
katta-katta maydonlardagi o’rmonlar kesib yuborilgan. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish