Mustaqil ish topshiriqlari
1. Qog‘ozdan hajmdor gullar yasang.
2. Biserlardan turli o‘yinchoqlar yasang.
Mavzu: Barglardan qurish-yasash texnologiyasi
Reja:
1. Barglar haqida ma’lumot berish.
2.
Barglardan applikatsiya yasash haqida ma’lumot berish.
3. Barglardan applikatsiya yasash darslarini tashkil etish tartibini
tushuntirish.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi:
Talabalarga barglar va barg
lardan
applikatsiya yasash haqida ma’lumot berish. Barglardan appli
katsiya yasash texnologiyasini o‘rgatish.
Pedagogning vazifalari:
• talabalaming barglardan applikatsiya yasash haqidagi bilimlarini
aniqlash;
• ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga
amal qilishni eslatish;
■ applikatsiya ishini bajarish haqida tushunchalar berish;
• barglardan applikatsiya yasash texnologiyasini o‘rgatish.
Ta’lim usullari: “Aqliy hujum”, ko'rgazmalilik, amaliy ish.
Ta’lim vositalari: Tayanch matn, metodik qo‘llanmalar, slaydlar.
oq qog'oz, barglar to‘plami, yelim, chizg'ich, qaychi, qalam.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilaming bilimlarini uniq
lash vafikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” mctodi
i i s u m i I *
savollar beriladi.
1. Qanday daraxt barglarini bilasiz?
2. Daraxt barglariningt xususiyatlari bir xilmi?
3. Mashg‘ulotga kerakli materiallar qanday joylashtiriladi?
4. Qanday asboblar bilan ishlaganda texnikaxafvsizligi qoidalaridan
foydalaniladi?
5. Tabiiy materiallar bilan ishlashning maqsadi?
Barglar. Barglar obyinchoqlarni yasashda qiziqarli va kerakli qo‘-
shimcha material hisoblanadi. Ular turli shakl va ranglarda boMishi
mumkin. Eman daraxtlarining yirik barglarini bolalar kemalarga yel-
kan sifatida ishlatishadi. Barglardan kapalak qanotlari, baliq suzgich-
larini (bu o‘yinchoqlar g‘udda va bargdan yasaladi) yasashda qo'llash
mumkin. Barglarni kuzda, ular chiroyli bo‘lganida terish yaxshi.
0 ‘quvchilar barglarni to‘plar ekanlar, ularning ranglarini, shakl-
larini qiyoslashni o‘rganadilar, bu ularning kuzatuvchanligi va diqqat
qilish qobilyatlarini o‘stirishga yordam beradi. To‘plangan barglar
oldindan tayyorlab qo‘yilgan daftar varaqlari orasiga qo‘yiladi. Shun-
dan keyin bolalarga barglaming mehnat mashg‘ulotlarigacha rangi-
ni yo‘qotmasligi, buralib ketmasligi uchun qanday ishlov berish ke-
rakligi tushuntiriladi. Har bir ekskursiyada bolalarning e’tiborini
insonning yaratuvchilik mehnatiga albatta jalb etish kerak. Ekskursiya
oxirida suhbatga yakun yasaladi, ekskursiyada egallangan bilimlar
umumlashtiriladi. Bundan tashqari, bolalarga uylarida qushlar tas-
viri tushirilgan rasmlarni, suratlarni ko‘rish, ulaming tanasi va qanot-
larining shakliga, rangiga alohida e’tibor berish topshiriladi.
Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi mashg‘ulotda bolalar
quritilgan barglardan qush applikatsiyasini zo‘r ishtiyoq bilan baja
radilar, agarda applikatsiyalar o‘z istaklariga ko‘ra, o‘zlari to‘p!agan
materiallardan mustaqil yasash topshirilsa, qiziqishlari yanada ortadi.
Bunday dars, mashg‘ulot quyidagi sxemaga ega bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |