X. Sanoqulov, D. Xodiyeva. M. Satbayeva mehnat va uni 0 6qitish metodikast



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/94
Sana05.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#739835
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   94
Bog'liq
2 5256123767880421733

Pedagogik vazifalar:
• talabalarning predmetli applikatsiyalar va geometrik figuralar 
haqidagi bilimlarini aniqlash;
• geometrik figuralardan predmetli applikatsiya yasash haqida 
tushunchalar berish;
• geometrik figuralardan predmetli applikatsiya yasash texnologi- 
yasini tushuntirish.
Ta’lim usullari: Tushuntirish, “Aqliy hujum”, amaliy ish, ko‘rgaz- 
malilik.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, ko‘rgazmalar, 
applikatsiyadan namunalar, rangli qog‘ozlar to'plami, chizg‘ich, qay­
chi, qalam, yelim.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilaming bilimlarini aniq­
lash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida 
savollar beriladi.
1. Geometrik shaklli applikatsiya nima?
2. Geometrik figuralardan predmetli applikatsiya yasash talablari?
3. Applikatsiyalaming asosiy materiallari nima?
4. Geometrik figuralardan predmetli applikatsiya nima?
5. Applikatsiyalar yasash bo‘yicha ish joyini to‘g‘ri tashkil etish 
nimalardan iborat?
Geometrik figuralardan predmetli applikatsiyalar
Bolalar predmetlarni fazoviy idrok etishini rivojlantirish kerak. 
Atrofimizni o‘rab turgan narsalar: uy, archa, daraxt, mashina, idish- 
tovoq, jonivorlar, gullar va shu kabilami u yoki bu darajada geometrik 
shakllar bilan ifodalash mumkin.
0 ‘qituvchi istalgan predmetni tanlashi mumkin. Uni bolalar bilan 
birgalikda ko‘rib, uning ayrim detallari qaysi geometrik shakllarga 
o‘xshashligi, ulami qanday oMchamlarda, qaysilarini kattaroq, qaysi- 
larini kichikroq olish, qanday izchillikda joylashtirish kerakligini 
aniq lay dilar.
Rangli qog‘ozlardan olingan doiralar va ularning qismlari bilan 
applikatsiya bo‘yicha juda ko‘p geometrik ishlarni bajarish mumkin. 
Doiralarning har birini shunday joylashtirish kerakki, natijada talab 
qilinadigan shakl paydo bo‘lsin.


Bu ishlar o‘quvchilarda ijodiy va atroflicha tasavvurni, badiiy 
didni o‘stirishga yordam beradi. Bolalarda qo‘yilgan maqsadga cri- 
shish yoMida qat’iyatlilik, tartiblilik tarbiyalanadi. Uyushqoqlik bi­
lan ishlash ko‘rsatmalariga rioya qilish, tashabbuskorlik ko'rsatish 
ko'nikmalari shakllanadi. O'quvchilartayyorlagan applikatsiyalar ona 
tili va matematika darslari uchun ajoyib didaktik material, o‘quvchilar 
nutqini o‘stirish vositasi bo‘lishi, ularning predmetlari shakli, rangi, 
fazoda joylashishi haqidagi tushunchalarini boyitishga xizmat qilishi 
mumkin.
Predmetli applikatsiyalar tasvirlash texnologiyasi turli formalarini 
qirqish va ularni fon tarzida qabul qilingan materiallarga yelimlash 
yoki mustahkamlashga asoslanuvchi turidir.
Applikatsiya ishini bajarishda asosiy e’tibor uning umumiy 
ko‘rinishiga qaratilishi kerak. Yaxshi o‘ylangan kompozitsiya, ya’ni 
tasvirlash lozim bo‘lgan narsalami joylashtirish applikatsiyalar 
muvaffaqiyatining garovidir.
Applikatsiya bilan shug‘ullanish o‘quvchilami garmonik rivojlanti- 
rishda katta ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodni rivojlantirishda katta 
yordam beradi, tasavvurni boyitadi, kuzatuvchanlik va diqqatni faol- 
lashtiradi, irodani tarbiyalaydi, chamalash va rangni sezishni o‘stiradi.
G uruhlarga amaliy ish topshiriqlari
1. Mevalar shaklini geometrik figuralar asosida yasash.
2. Hayvonlar shaklini geometrik figuralar asosida yasash.
3. Gullar shaklini geometrik figuralar asosida yasash.
4. Qushlar shaklini geometrik figuralar asosida yasash.
5. Ertak qahramonlari shaklini geometrik figuralar asosida yasash.

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish