X. S. Xadjaev, I. A. Bakiyeva, sh sh. Fayziyev makroiqtisodiyot


Xeksher — Olinning neoklassik kontseptsiyasi



Download 438 Kb.
bet90/152
Sana21.06.2022
Hajmi438 Kb.
#687031
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   152
Bog'liq
makro oquv qollanma 2 0bc92-конвертирован

. Xeksher — Olinning neoklassik kontseptsiyasi


А.Smit va D.Rikardo nazariyalarida mamlakatning xalqaro savdodagi o’rnini aniqlash uchun faqat bitta ishlab chiqarish omili bor deb faraz qilingan hamda mamlakatlarning o’rni mehnat unumdorligiga bog’liqligi e’tirof etilgan. Bu nazariyalarni o’rganish asosida xalqaro ayirboshlashning yangi nazariyalari ham yaratilgan. Shunday nazariyalardan biri sifatida shved iqtisodchilari E. Xeksher va

  1. Olinlar tomonidan yaratilgan ishlab chqarish omillari nisbati nazariyasi qatnashadi. Bu nazariyada xalqaro ayirboshlash faqat mehnat omiliga emas balki capital omiliga ham bog’liqligi va mamlakatlarning bu omillar bilan ta’minlanganlik darajasi xalqaro savdoda muhim rol o’ynashi ta’kidlangan. Shularni e’tiborga olgan holda mamlakatlarni ikki guruh, ya’ni mehnat omiliga nisbatan boy mamlakatlar hamda capital omiliga boy mamlakatlar guruhiga ajratish mumkin. Birinchi guruhga kiruvchi mamlakatlarda mehnat resurslari ko’p va arzon bo’ladi, ikkinchi guruhga kiruvchi mamlakatlarda esa aksincha, mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi pastroq bo’lib, kapital katta hajmlarda jamlangan bo’ladi. Shu sababli bu mamlakatlarda real ish haqi, shuningdek mehnat resurslarining capital bilan ta’minlanganlik darajasi yuqori bo’ladi.

Xeksher-Olin nazariyasining mohiyati shundan iboratki, unga ko’ra mamlakat qaysi ishlab chiqarish omili bilan nisbatan yaxshiroq ta’minlangan bo’lsa, shu omilga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslahishi va eksport qilishi kerak. Shu nuqtai nazardan mahsulotlarni mehnatni ko’p talab qiladigan, ya’ni mehnat sig’imkorligi yuqori bo’lgan mahsulotlar hamda kapitalni ko’p talab qiladigan, ya’ni kapital sig’imkorligi yuqori bo’lgan mahsulotlarga ajratish mumkin. Birinchi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda kapitaldan ko’ra mehnat resurslari ko’proq talab qilinsa, ikkinchi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishda mehnat dan ko’ra kapital resurslari ko’proq talab qilinadi.
Demak, Xeksher-Olin nazariyasiga muvofiq, agar O’zbekiston va AQSH o’zaro xalqaro savdo aloqalariga kirishsa, AQSH kapital omiliga boy mamlakat sifatida qayta ishlash sanoati mahsulotlarini eksport qiladi va O’zbekistondan
mehnat sig’imkorligi yuqori bo’lgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini import qilishi kerak bo’ladi.
Xeksher-Olin nazariyasi ХХ asrda ko’plab mamlakatlar tashqi savdo siyosatining asosini tashkil qilishiga qaramasdan, unda muayyan kamchiliklar mavjud. Xususan, bu nazariyada vaqt o’tishi bilan mamlakatlarning ishlab chiqarish resurslari bilan ta’minlanganligi ham o’zgarishi, bir ishlab chiqarish omili o’rniga boshqasini qo’llash mumkinligi va shu sababli kapitalga boy mamlakatlar ham mehnat sig’imkorligi yuqori bo’lgan mahsulotlarni eksport qilishi mumkinligi hisobga olinmagan.
Ushbu nazariyada kamchiliklar mavjud bo’lishiga qaramay, hozirgi kunga qadar xalqaro savdoning rivojlanishini tushuntirib beruvchi ing ilg’or nazariyalardan biri hisoblanadi.
Xeksher-Olin nazariyasini tadqiq qilish asosida V.Leontev bir qancha empirik sinovlar o’tkazib, nazariyada keltirilgan shartlar har doim ham amaliyotda qo’llanilmasligini isbotladi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng AQSH boshqa mamlakatlar bilan solishtirganda o’rtacha ish haqi darajasi eng yuqori va kapitalga boy mamlakatlardan sanalardi va shu sababli Xeksher-Olin nazariyasiga muvofiq u capital ko’p talab etadigan mahsulotlarni eksport qilishi lozim edi. V. Leontev ushbu gipotezani tekshirish maqsadida 1 million dollarlik eksport va shuncha miqdordagi import mahsulotlariga raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun qancha capital va ishchi kuchi sarf etilishini hisoblab chiqdi. So’ngra AQSHning 1947 yildagi eksport tarkibidan kelib chiqqan holda 1 million dollarlik eksport mahsulotlarini ishlab chiqarishga ketadigan capital va mehnatning o’zaro nisbatini aniqladi. AQSHning o’sha yildagi import tarkibidan mamlakatda ishlab chiqarilmaydigan mahsulotlarni ayirib tashladi va bevosita import mahsulotlarining o’rnini bosa oladigan Amerika mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sarf etiladigan capital va mehnat nisbatini hisoblab chiqdi, ya’ni Amerika importi birligiga sarf etiladigan kapital va mehnat (K/L)im hamda eksport birligiga sarf etiladigan kapital va mehnat (K/L) eks nisbatini solishtirdi.
“Leontev statistikasi” nomini olgan ushbu nisbatga muvofiq, agar


 
mamlakatda kapital va mehnat sarfi nisbati K / Lim 1
K / L eks

bo’lsa, mamlakat



kapitalga boy hisoblanadi. Agar bu nisbat K / Lim 1
K / Leks
bo’lsa, mamlakatda mehnat

resurslari ko’p hisoblanadi. Leontev Xeksher-Olin nazariyasiga muvofiq Amerika eksport mahsulotlari import o’rnini bosa oladigan mahsulotlarga qaraganda ko’proq capital talab etilishini kutgan edi. Ammo kutilgan natija aksincha bo’lib chiqdi, ya’ni Amerika importuning capital sig’imkorligi eksportga nisbatan 30 foizga yuqori ekan, demak, AQSH kutilganidek kapitalga boy mamlakat emas, balki aksincha, mehnatga boy mamlakat ekanligi kelib chiqmoqda, bu amaldagi tasavvurga umuman to’g’ri kelmadi.
Bunday hisob-kitoblar 1951 yilda Leontev tomonidan yana takrorlandi, bunda ham natija Xeksher-Olin nazariyasiga mos kelmadi. 1962 yilda Leontev davomchilari tomonidan amalga oshirilgan hisob-kitoblar ham kutilgan natijani bermadi.
Leontev modeli boshqa mamlakatlar uchun ham qo’llanildi, ammo natija Xeksher-Olin nazariyasini inkor etdi.
Leontev modeli asosida amalga oshirilgan hisob-kitoblar Xeksher-Olin nazariyasini inkor etganligi uchun ushbu tadqiqotlar natijasi iqtisodchi olimlar tomonidan “Leontev paradoksi” deb nomlandi.
Leontev paradoksi Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi amaliyotda o’z tasdig’ini topmagan: mehnat resurslariga boy mamlakatlar capital sig’imkorligi yuqori bo’lgan mahsulotlarni eksport qiladi, kapitalga boy mamlakatlar esa mehnat sig’imkorligi yuqori bo’lgan mahsulotlarni eksport qiladi.
Leontev o’z tadqiqotlarida AQSH hukumatining ichki tarmoqlarni tashqi raqobatdan himoya qilishga yonaltirilgan iqtisodiy siyosati hamda AQSH aholisining didini e’tiborga olmagan.

Hozirgi sharoitdagi xalqaro savdo nazariyalariga Xeksher-Olin – Samuelson nazariyasi, Samuelson–Djons nazariyasi va Stolper-Samuelson nazariyalarini misol qilib keltirish mumkin. Xeksher-Olin – Samuelson nazariyasi xalqaro savdo mamlakatlarda yetakchi bo’lgan ishlab chiqarish omillarining mutloq va nisbiy narxlarining muvozanatlashuviga olib keladi. Bu esa yetakchi bo’lgan ishlab chiqarish omillari egalarining daromadlari ham muvozanatlashishini anglatadi. Samuelson–Djons nazariyasi mamlakatning xalqaro savdoda ishtirok etishi natijasida eksport tarmoqlari uchun maxsus bo’lgan omil egalarining daromadi ko’payadi va import bilan raqobatlashuvchi tarmoq uchun maxsus bo’lgan omil egalarining daromadi kamayadi, deb e’tirof etadi. Stolper-Samuelson nazariyasi esa xalqaro savdo ta’sirida narxi o’sadigan mahsulotni ishlab chiqarishda nisbatan intensive foydalaniladigan omilning narxi ham o’sadi va aksincha, narxi pasaygan mahsulotni ishlab chiqarishda nisbatan intensive foydalaniladigan omilning narxi ham pasayadi, deb uqtiradi.
Demak, xalqaro savdo mamlakatlarning yalpi daromadiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi bilan birga ayrim omil egalarining turmush farovonligiga ham salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Shu sababli mamlakatning xalqaro savdoda ishtirok etishidan olishi mumkin bo’lgan foyda - bu mamlakatning xalqaro savdo aloqalarida egallagan o’rniga bog’liq ekan.

Download 438 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish