Mavzu: Neoklassik iqtisodiy maktabning shaklanish, rivojlanish va asosiy g'oyasi
Neoklassik iktisodiy nazariya — iqtisodiy nazariyada marjinalizm gʻoyalari anʼanalarini davom ettirgan yetakchi yoʻnalish. Bu nazariyaning eng mashqur vakillari A. Marshall (Buyuk Britaniya), L. Valras (Shveysariya), J. Klark (AKD1), K. Viksel (Shvetsiya), A. Pareto (Italiya), P. Samuelson, K. Errou (AKD1) va boshqa Hozir jaqondagi iqtisodchilarning aksari-yat qismi Neoklassik iktisodiy nazariya n. tarafdorlaridir. Mazkur nazariya marjinalistik ta-moyillar asosida shakllanib, 20-asr dan Neoklassik iktisodiy nazariya n. deb nomlandi.
Neoklassik iktisodiy nazariya n.da raqobatli bozorda tovarlar, xizmatlar narxining shakllanishini va ishlab chiqarish omillarini oʻrganish uchun eng soʻnggi — meʼyoriy kattaliklar — meʼyoriy naflilik va meʼyoriy unum-dorlik, meʼyoriy tushumlar, meʼyoriy harajatlar va boshqa tahlillari qoʻllaniladi. Neoklassik iktisodiy nazariya omillari va tovarlarning bozor narxi ularning kamyobligi bilan bogʻliq. Neoklassik iktisodiy nazariya n. nuqtai nazariga kura, meʼyoriy miqdorlar kishilar oʻzlarining iqtisodiy faoliyatida qabul qila-digan qarorlarida hal qiluvchi oʻrinni egallaydi. Neoklassik iktisodiy nazariya n.ning asosiy goyasi mukammal raqobat muvozanatli iqti-sodiyotni yaratadi degan qarashdaniborat. Shuningdek, bu nazariyada iqti-sodiyot tavsifiga mikroiqtisodiy yondashuvlar ustunlik qiladi. D. Rikardo va K. Marks davrida katta munozara-ixtiloflarga sabab boʻlgan daromadlarni taqsimlash nazariyasi masalasida neoklassiklar uni juda tinch va joʻn yoʻl bilan hal etadilar: har qanday ishlab chiqarish omili egasi bu omilning meʼyoriy unumdorligiga, yaʼni qoʻshimcha yollangan ishchi ishlab chiqargan yoki kapi-talning qoʻshimcha birligi yaratgan mah-sulotga teng daromad oladi. Neoklassik iktisodiy nazariya n. har qanday bozorni talab va taklif egri chiziqlari yordamida tahlil qiladi. Talab va taklif egri chiziklari kesi-shadigan nuqta neʼmatlarning muvozanatli narxini va muvozanatli miqdorini koʻrsatib beradi.
A. Marshall 1890-yilda yozilgan "Iqtisodiyot tamoyillari" asarida "siyosiy iqtisod" tushunchasidan voz kechdi va "economics" tushunchasini qoʻlladi. Bu tushunchaning yuzaga kelishi iqtisodiyotni siyosatdan xalos qilish bilan barobar voqea edi. Chunki davlatning iqtisodiyotga aralashuvchi hamma vaqt ham samarali boʻlavermagan. 1902-yildan boshlab "Ekonomiks" kursi Kembrij universitetida oʻqitila boshlandi. Yangi yoʻnalish tarafdorlari erkin raqobat va bozor gʻoyasini yana jonlantirdilar, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning rolini keskin cheklash kerakligini koʻrsatib berishdi. Neoklassik iktisodiy nazariya n.larning bir qancha maktablari mavjud: Avstriya maktabi, Lozanna (matematik) maktabi, Kembrij (ingliz) maktabi, Amerika maktabi. Keyingi davrda (P. Samuelson) "neoklassik sintez" konsep-siyasi ham paydo boʻldi. "Neoklassik sintez" bu aslida hozirgi neokeynschilik va neoliberal goyalarni ilk neoklassik karashlar bilan birlashtirib, uygʻunlashti-rilishidir.
Hozirgi davrda, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda Neoklassik iktisodiy nazariya n. iktisodiyot fanining amalda barcha muammolariga nisbatan qoʻllaniladi.
Alfred Marshall (1842-1924) neoklassik mikro nazariyaning otasi unvoniga ikki da‘vogarlardan biri hisoblanadi (yana bittasi Leon Valras). Alfred Marshall A. Smit, D. Rikardo va J.S.Millning ijodi asosida bugungi kunda ham joriy qilingan iqtisodiy nazariya hamda iqtisodiy siyosatning tarkibiy asosi sifatida xizmat qiladigan tahliliy tushunchalar tizimini rivojlantirdi. Uning fikrlarini batafsil o’rganish mikroiqtisodiyotdagi xususiy muvozanat nazariyasini to’laroq tushunishga imkon beradi. Bu bobda keltirilgan nazariyalarni buyuk mutafakkirning asarlariga kichkina kirish qismi sifatida qarash lozim.
Alfred Marshall (1842-1924)
Marshall iqtisodiyotga matematika bo’yicha bakalavriat ta‘limi va hayot sifatini yaxshilash haqida kuchli gumanitar fikrlar bilan kirib keldi. Uning oilaviy muhiti Angliya cherkovida diniy ordinaturaga kirishga chorladi, ammo Kembridjdagi ta‘lim jarayoni uning matematika sohasida kuchli bilimga egaligi va tug’ma qobiliyati borligini ko’rsatdi. Shunung uchun u Kembridjda matematikadan dars berishga qoldirildi. Tez orada metafizika, etika va iqtisodiyotdan ma‘ruza o’qishga jalb qilindi. 1860-yillarning so’ngigacha iqtisodiyotga bo’lgan qiziqishini rivojlantirib bordi va ruhoniy bo’lishdan ko’ra olim-o’qituvchi bo’lishni afzal ko’rdi. U Kembridjda iqtisodiyotni o’qitishni boshladi va ikki matematik iqtisodchi – Kournon va von Thunen asarlari ta‘siri ostida Rikardo hamda J.S.Millning iqtisodiyotini matematikaga tarjima qilishni boshladi.
Marshall iqtisodiyotni o’qishni tarixan qulay vaqtda boshladi. Biz oldinroq klassik nazariya asoslarining bo’linganligi haqida ta‘kidlab o’tdik. Maltusning ―Nufus qonuni‖ aholi soni oshishi bilan real ish haqi tushib ketishini ko’rsatdi, ammo Angliya iqtisodiy tarixi bunga qarama- qarshi dalillarni ko’rsata boshladi. J.S.Mill ish haqi fondi nazariyasiga norozi bo’ldi va 1869-yilgacha uni rad etdi. Karl Marks klassik nazariya asoslarini yangitdan tahlil qildi va revolyutsiyani boshladi. Germaniya tarixiy maktabi va Leslic va Bagehot kabi bir qancha ingliz yozuvchilari bir nechta klassik iqtisodiy nazariyaning fundamental asoslariga o’zgartirish kiritdilar. 1871-yilda Jevons va Menger klassik nazariyaning faqat taklifga e‘tibor qaratishini qoraladi. Marshall 1867-yildan 1890- yilgacha talab va taklif tahlillari tamoyilini ehtiyotkorlik bilan rivojlantirdi. Jevons o’z ishlarini chop qilib klassik nazariya obro’sini to’kishga va iqtisodiy nazariyada inqilobiy burilish yasashga shoshildi, ammo Marshall 1890-yilda o’zining ―Iqtisodiyot tamoyillari‖ kitobini o’z talabalari va hamkasblariga taqdim etdi. Ammo bu kitobini taqdim etishdan oldin u o’zining g’oyalarini 20 yildan ko’proq davr mobaynida o’z talabalariga va hamkasblariga tushuntirishga harakat qildi. Keynes aytganidek, ―Jevons suv qaynatadigan metall choynakni ko’rdi va yosh bolaning xursand ovozi bilan chinqirdi, Marshall ham bu metall choynakni kordi va mexanizm qurish uchun jimgina ishga o’tirdi‖. Ya‘ni Marshall yaratgan mexanizm tahlili jarayoni bu uning shaxsiyati va o’zi o’sgan muhitni aks ettiradi. Uning ilk diniy e‘tiqodi, keyinchalik tajribali gumanitarizmni aks ettirdi. Marshallning o’ylashicha, iqtisodiyotni o’qish, o’rganish bu butun boshli jamiyatning yaxshi darajada o’zgarishini ta‘minlashi mumkin ekan. Uning ilmiy izlanishi tarixan yo’naltirilgan iqtisodchilar hujumlari bilan tanishtirdi. Ya‘ni bu iqtisodchilar ―iqtisodiy nazariya bu hamma joyda va har vaqtda ishlatsa bo’ladigan mutlaq haqiqatlar vujudidir‖ degan tushunchaga norozilik bildirishgan. 1885-yilda Kembridjda bo’lib o’tgan Marshallning professorlikka saylovidagi bergan dastlabki ma‘ruzasida u e‘tiborini mana bu tanqidga qaratgan: ―Yolg’iz universallikka da‘vo qila oladigan iqtisodiy ta‘limotning biror-bir qismida hech qanday aqida yo’q. Bu aniq haqiqatning vujudi emas, balki aniq haqiqatni kashf qilish uchun vosita‖.
Marshall o’zining ilk matematikaga oid bo’lgan mashg’ulotlarini o’zining mexanizmini kelib chiqish tarixiga aralashtirib yuborishga harakat qildi, ya‘ni u vaqtlar o’zgarishiga moslashgan mexanizm qurmoqchi bo’lgan. Biroq 1848-yildagi J.S.Millning ―qiymat nazariyasi to’liq bo’ldi‖ degan shoshqaloq xulosasidan xabardorligi sababli Marshall o’zining iqtisodiyot uchun qo’shgan hissasini eskirgan, deb o’yladi. U yana Jevonsning o’ziga xoslik va e‘tiqod tasdig’idan ham xabardor bo’lgan. Jevons qiymat ishlab chiqarish nazariyasining klassik
bahosini qiymat talabga butunlay bog’liq, degan nazariyaga almashtirgan. Albatta, Marshall ham o’zining g’oyalari haqiqiy va uzoq muddatga chiday olishi mumkinligidan umid qilgan. U 1870-yilgacha o’z nazariyasining fundamental matematik tuzilishi ustida ish olib borishni boshlagan va keyinchalik taklif va talab analizlarini chizmalar bilan yaqqol ko’rsatishning asosiy uslublarini o’rganib chiqan. U 1890-yilgacha o’zining kashfiyotini chop etmagan va faqatgina matematika va chizmalarni snoska, ya‘ni havola va ilova bilan birga ma‘lum qilgan. Marshall nazariyotchi, gumanitar, matematik va tarixchining g’alati aralashmasi. U o’zining davridagi uslubiy munozarani tushuntirishga harakat qilgan. Shu bilan birga, bir vaqtning o’zida narxlarni belgilaydigan va manbaning ajratilgan miqdoridagi kuchlarni tushuntirish uchun marjinalistlarning yangi uskunalar bilan eng zo’r klassik analizlarini nazorat qilgan.
Marshall iqtisodiy nazariyaning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan bo’lsa ham nazariy va uslubiy muammolarda uslubiy va ilmiy jihatdan jiddiy lavozimni olishni rad qilishi iqtisodchilarning keyingi avlodlari muvaffaqiyatga erishishiga sabab bo’ldi.