«Keyns xochi». Ishlab chiqarish hajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi
Qisqa muddatli davrdagi daromadlar va rejalashtirilayotgan xarajatlar bunday o’zaro bog’liqligining soddalashtirilgan tasviri Keyns xochi nomini olgan (17- chizma).
E
Y=E
E1 E=C+I+G+Xn
E0 A Zahiralarning jamg’arilishi
E2 Zahiralarning kamayishi
Y2 Y0 Y1 Y (daromad, real xarajatlar)
17-chizma. Keyns xochi
Keyns xochi daromadning (Y) rejalashtirilayotgan xarajatlarga (E=C+I+G+Xn) bog’liqligini aks ettiradi. Investitsiyalar esa bu xarajatlarning asosiy qismini tashkil etadi. Rejalashtirilayotgan investitsiyalar miqdori foiz stavkasi ya’ni investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun olinadigan kreditlarga sarflangan xarajatlar bilan aniqlanadi. Foiz stavkasi qancha yuqori bo’lsa, investitsiya qilishni hohlovchilar va rejalashtirilayotgan xarajatlar shuncha kam bo’ladi.
Y=E chiziqda haqiqiy investitsiyalar va jamg’armalar tengligi saqlanadi. A
nuqtada esa daromadlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng bo’ladi. Shuningdek, bu yerda rejalashtirilgan hamda haqiqiy investitsiyalarning o’zaro tengligiga erishiladi. Ya’ni, makroiqtisodiy muvozanat ta’minlanadi.
Agarda, ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (Y1) uning muvozanat darajasi(Y0)dan ko’p bo’lsa, iste’molchilar mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar taklif qilganga nisbatan kam sotib oladi. Sotilmagan mahsulotlar Tovar moddiy zahiralari ko’rinishiga ega bo’ladi. Zahiralarning o’sishi firmalarda ishlab chiqarish darajasini pasaytirishiga hamda ishsizlar sonini oshishiga olib keladi. Buning oqibatida YaIM hajmi Y1 dan Y0 gacha kamayadi va daromad hamda rejalashtirilgan xarajatlar tenglashadi. O’z navbatida yalpi talab va taklifning tenglashishiga erishiladi. Aksincha, haqiqiy ishlab chiqarish (Y2) uning muvozanat darajasidan (Y0) kam bo’lgan vaziyatda esa, firmalar iste’molchilar talabiga nisbatan kam ishlab ko’ramiz. Talabning oshishi esa firmalar zahirasining kamayishi hisobiga qondiriladi. Natijada, YaIM asta sekin Y2 dan Y0 ga qarab o’sadi va E=Y va I=S ayniyatlarga erishilganligini anglatadi.
Milliy ishlab chiqarishning muvozanat holati (Y0), yalpi xarajatlar komponentlarining har birining (iste’mol, investitsiya, davlat xarajatlari yoki sof eksport) o’zgarishi natijasida tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birorta omilning miqdorining o’sishi rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig’ini yuqoriga suradi va aksincha kamayishi pastga surilishga olib keladi.
Xarajatlarni qisqarishi daromadlar darajasini tushib ketishiga olib keladi. Shunday qilib, investitsiyalar funktsiyasi va Keyns xochi asosida foiz stavkasi va daromad darajasi o’rtasidagi teskari bog’liqlik o’rnatiladi.
r
Foiz stavkasi
Daromad Y
Do'stlaringiz bilan baham: |