MPC = 100
Δ Yd
Bu erda: MPC (marginal propensity to consume) – iste’molga chekli moyillik. Yuqorida keltirilgan 4-jadval ma’lumotlariga ko’ra ixtiyordagi daromad 2013 yildagi 490 ming so’mdan 2014 yilda 530 ming so’mgacha oshgan, iste’mol hajmi mos ravishda 455 ming so’mdan 490 ming so’mga ortgan holatda MPCni
hisoblaymiz.
Δ C = 490-455 = 35 ming so’m; Δ Yd =530 - 490 = 40 ming so’m; MPC = (35/40) *100=87,5 foiz yoki 0,875ga teng.
Bu shuni bildiradiki, daromad 100 foizga (yoki bir birlikka) o’zgarganda iste’mol 87,5 foiz (yoki 0,875)ga o’zgaradi.
Jamg’arishga chekli moyillik ko’rsatkichi ixtiyordagi daromadning o’zgarishi natijasida jamg’arishda qanday o’zgarishlar yuz berishini ko’rsatadi va quyidagicha aniqlanadi:
Δ S
MRS = 100
Δ Yd
Bu erda: MPS (marginal propensity to saving) – jamg’arishga chekli moyillik.
Yuqorida keltirilgan misolda:
Δ S = 40-35 = 5 ming so’m; Δ Yd =530 - 490 = 40 ming so’m; MPS = (5/40) *100 = 12,5 foiz yoki 0,125
Shunday qilib, iste’molga chekli moyillik 0,875 ni tashkil etgan bo’lsa, jamg’armaga chekli moyillik 0,125 ni tashkil etadi. Daromadning o’sgan qismi
yoki iste’molga, yoki jamg’armaga sarflanadi. Shu sababga ko’ra iste’mol va jamg’arishga o’rtacha moyillik ko’rsatkichlari yig’indisi 100 foizga yoki koeffitsient ko’rinishida 1ga teng bo’ladi.
MPC + MPS =100 foiz yoki 1.
MPC va MPS ancha barqaror ko’rsatkichlar bo’lib, juda sekin o’zgarishga uchraydilar.
Investitsiyalarning mohiyati, grafigi va funktsiyasi.
Investitsiyalar yoki kapital qo’yig’lmalar – bu hali buyumlashmagan, lekin ishlab chiqarish vositalariga qo’yilgan kapital. O’zining moliyaviy shakliga ko’ra, ular foyda olish maqsadida xo’jalik faoliyatiga qo’yilgan aktivlar hisoblansa, iqtisodiy hususiyatiga ko’ra, u yangi korxonalar qurishga, uzoq muddatli xizmat ko’rsatuvchi mashina va asbob uskunalarga hamda shu bilan bog’liq bo’lgan aylanma kapitalning o’zgarishiga ketgan harajatlardir.
Investitsiyalar xususiy sektor va davlat tomonidan mamlakat ichkarisida va uning tashqarisida turli ishlab chiqarishlarga va qimmatbaho qog’ozlarga (aktsiyalar, obligatsiyalar) qo’yilishi mumkin. Investitsiyalar yalpi va sof investitsiyalarga ajratiladi. Yalpi investitsiyalar – bu ishlab chiqarish vositalarining iste’mol qilingan qismini qoplash hamda ularni qo’shimcha o’sishi maqsadida ishlab chiqarish jamg’armalari va aholi mablag’lari qo’yilmalaridir. Boshqacha aytganda, yalpi investitsiyalar o’z ichiga amortizatsiya va sof investitsiyalarni oladi. Sof investitsiyalar yalpi investitsiyalar va amortizatsiya o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Yalpi investitsiyalar va amortizatsiya o’rtasidagi farqqa qarab iqtisodiyotning ahvoli qanday ekanligini, ya’ni yuksalish, turg’unlik yoki pasayish davrini boshidan kechirayotganligini aniqlash mumkin. Agarda, yalpi investitsiyalar amortizatsiyadan ortiq, ya’ni sof investitsiya 0 dan katta bo’lsa, iqtisodiyot yuksalishda bo’ladi, chunki uning ishlab chiqarish quvvatlari o’sadi.
Yalpi investitsiya va amortizatsiya bir-biriga teng bo’lgan chog’da iqtisodiyot
turg’unlik holatida bo’ladi. Bu vaziyatda sof investitsiyalar 0 ga teng va iqtisod shu yilda qancha kapital iste’mol qilgan bo’lsa, uni qoplash uchun shuncha ishlab chiqaradi.
Ishchan faollik pasayib borayotgan iqtisodiyot uchun yalpi investitsiyalar amortizatsiyadan kam bo’lgan holdagi vaziyat xosdir, ya’ni iqtisodiyotda yil davomida kapital ishlab chiqarilganiga nisbatan ko’proq iste’mol qilinadi. Bunday holatda sof investitsiyalar 0 dan kichik bo’lib, uning mutlaq qisqarishini bildiradi. Natijada, yil oxirida kapital hajmi yil boshidagiga qaraganda kam bo’ladi.
Investitsiyalar – bu yangi korxonalar qurilishiga, mashina va asbob-uskunalar sotib olishga, ya’ni yangi kapitalni barpo etishga ketgan xarajatlardir.
Investitsiyaga bo’lgan harajatning miqdori ikki omilga bog’liq: birinchisi tadbirkorlar investitsiyaga ketgan xarajatlaridan olishni mo’ljallaydigan sof foydaning kutilayotgan me’yori, ikkinchisi esa tadbirkorlar real kapitalni sotib olishiga zarur bo’lgan pulga ega bo’lishi uchun to’lashi lozim bo’lgan baho, ya’ni foiz stavkasi.
Agarda, kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali va aksincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda me’yoridan yuqori bo’lsa, investitsiyalash foydali bo’lmay qoladi.
Investitsiya xarajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasini o’zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasini ayirmasi ko’rinishida aniqlanadi. Masalan, nominal foiz stavkasi 16 foizga teng bo’lsa, inflyatsiya darajasi yiliga 12 foizni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4 foiz (16 foiz-12 foiz) tashkil etadi. Agarda, bu miqdor kutilayotgan sof foyda me’yoridan past bo’lsa, investitsiya xarajatlari o’sib boradi.
Investitsiya talabining egri chizig’i istalgan investitsiya hajmi (I) va real foiz stavkasi miqdori (r) o’rtasidagi bog’liqlikni o’rnatadi. Real foiz stavkasi, ya’ni pul kapitalini qarzga olish bahosi qanchalik yuqori bo’lsa, investitsiyalashni hohlovchilar shuncha kam bo’ladi va aksincha real foiz stavkasi qanchalik past
bo’lsa, foyda keltiradigan investitsiya loyihalari shuncha ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham investitsiya funktsiyasi grafigi quyiga qarab og’ma bo’ladi (16- chizma).
Makroiqtisodiy siyosatda foiz stavkasi bilan investitsiya hajmi o’rtasidagi mavjud bog’liqlik hisobga olinadi va keng foydalaniladi.
r Foiz stavkasi
Investitsiya hajmi I
Do'stlaringiz bilan baham: |