14-chizma. Iste’mol grafigi
Chizmadan ko’rinib turibdiki, odamlar joriy yilda hech qanday daromadga ega bo’lishmasa ham, iste’mol qilishdan butunlay to’xtamaydilar, balki ular o’zlarining o’tgan yillardagi jamg’armalari yoki qarz hisobiga yashashadi. Ixtiyordagi daromad va haqiqiy iste’mol o’rtasidagi algebraik bog’liqlikni C=a+bYd ko’rinishidagi chiziqli tenglama ifodalaydi. Bunda a – ixtiyoridagi daromaddan qat’iy nazar avtonom iste’mol, b – chiziqning og’ishi. Chiziqning og’ishi iste’mol hajmini o’zgarishi (vertikal o’zgarish) va ixtiyordagi daromad miqdorini o’zgarishi (gorizontal o’zgarishi) nisbatlari sifatida aniqlanadi.
Keltirilgan ma’lumotlar asosida jamg’arish grafigini ham ko’rib chiqamiz (15- chizma).
S S= -a + (1-b) Yd
5
0
-5 170 210 250 Yd
15-chizma. Jamg’arish grafigi
Jamg’arish grafigi ixtiyordagi daromad bilan jamg’arish o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Vertikal o’qdagi har bir nuqta jamg’arma miqdorini bildiradi va ixtiyordagi daromad bilan unga muvofiq keladigan iste’mol hajmi o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi (S= Yd - C). Boshlang’ich daromad darajasida jamg’arish nolga (0) teng bo’lgan holda ixtiyordagi daromad hajmi o’sib borishi bilan uning miqdori ham oshib boradi. Jamg’arish grafigi iste’mol grafigiga o’xshab algebraik ifodaga ega: S=-a+(1-b) Yd, bunda a – ixtiyordagi daromad darajasi uning boshlang’ich miqdoridan past bo’lgandagi qarz hajmi, (1-b) – og’ish burchagi bo’lib, jamg’arishni o’zgarishini (vertikal o’zgarish) daromadning o’zgarishiga (gorizontal o’zgarish) bo’lgan nisbati sifatida aniqlanadi.
Bobning birinchi savolida keltirilgan ma’lumotlar va grafiklarga tayanib iste’mol funktsiyasini yozamiz:
C = a + bYd,
bu yerda: a – avtonom iste’mol; Yd – ixtiyordagi daromad, b – iste’mol hajmining ixtiyordagi daromadga bog’liqligini ifodalovchi koeffitsient Ixtiyordagi daromadni quyidagicha aniqlash mumkin:
Yd =Y-T yoki Yd =Y-tY
bu yerda: Y –daromad, T – soliqlar yoki t-soliq stavkasi, ya’ni soliqlarning daromaddagi ulushi,
Demak, iste’mol hajmi avtonom iste’molga, ixtiyordagi daromad hajmiga va iste’mol hajmining ixtiyordagi daromad o’zgarishiga ta’sirchanligiga bog’liq.
Jamg’arish grafigini ham iste’mol grafigiga o’xshab algebraik ifodalash mumkin, ya’ni jamg’arish funktsiyasi quyidagi ko’rinishga ega:
S = -a + (1 -b) Yd
Iqtisodiyotda eksport-import aloqalari, soliq solish va transfert to’lovlari ko’rinishida davlat aralashuvi mavjud bo’lgan bo’lsa, bunday holatda jamg’arish tushunchasi murakkablashib quyig’dagi ko’rinishga ega bo’ladi:
S = Sr+Sd+Sx
Sp – xususiy jamg’armalar; Sg – davlat jamg’armalari;
Sxn – boshqa mamlakatlar jamg’armalari.
Bunda xususiy jamg’armalar quyidagicha aniqlanadi:
Sr = (Y+TR+N-T) - C
bu yerda, Y –daromadlar; TR - transfert to’lovlari;
N -davlat qarzlari bo’yicha foizlar; T –soliqlar;
C -iste’mol.
Davlat jamg’armalari esa quyidagiga teng:
Sg = (T-TR-N)-G
bu yerda G- tovar va xizmatlarni davlat haridi. Agar davlat jamg’armalari nolga teng bo’lsa, davlat byudjeti muvozanatlashgan, jamg’arishning manfiy miqdori byudjet taqchilligini (BT) bildiradi:
BT = -Sg
Boshqa mamlakatlarning jamg’armalari tashqi dunyoning bizning importimiz hisobiga olgan daromadlari va ularning bizning eksportimizga sarflagan xarajatlari o’rtasidagi farqni ifodalaydi, ya’ni:
Sxn = E-Im yoki Sxn = -Xn
Agar mamlakat eksportga nisbatan ko’proq import qilsa, unda daromadining bir qismi xorijda qoladi va xorijiy sheriklar tomonidan bizning mamlakatimizda
ko’chmas mulk hamda moliyaviy aktivlar sotib olishda qo’llanilishi mumkin.
Iste’mol va jamg’arish hajmiga ixtiyordagi daromaddan tashqari quyidagi omillardagi o’zgarishlar ham ta’sir ko’rsatadi:
aholi daromadlari;
aholida jamg’arilgan mulk hajmi;
narxlar darajasi.
aholining iqtisodiy kutishlari;
iste’molchilarning qarzlari miqdori;
soliqqa tortiladigan daromad miqdori.
Sanab o’tilgan omillar ta’sirida iste’mol va jamg’arish grafiklarining siljishi yuz beradi va ixtiyordagi daromad tarkibida iste’mol va jamg’arish ulushi nisbatlari o’zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |