Foiz stavkasining miqdori pul-kredit siyosatining muhim quroli hisoblanadi: davlat uni o’zgartirish orqali mamlakatdagi pul taklifini tartibga solib turadi.
Foiz stavkasini ko’tarilishi pulning qimmatlashuvi va unga bo’lgan talabning qisqarayotganini bildiradi. Demak, investitsiya xarajatlari ham qisqarib boradi. O’z navbatida, investitsiya xarajatlarini qisqarishi, kelajakda milliy ishlab chiqarish hajmini pasayishini bildiradi.
Investitsiya funktsiyasini foiz stavkasiga bog’liq holda quyidagicha yozish mumkin:
I = e - dR
Bu yerda: I –investitsiya xarajatlari;
e – foiz stavkasiga bog’liq bo’lmagan avtonom investitsiya xarajatlari; R – real foiz stavkasi;
d – investitsiyalar va real foiz stavkasi o’rtasidagi ta’sirchanlikni tavsiflovchi koeffitsient.
Bundan tashqari investitsiyalar YaIM yoki daromadlar darajasiga ham bog’liq bo’lib, bu bog’liqlikni akselerator modeli aks ettiradi:
I = I0+ γY bu yerda:
Δ I It –I t-1
γ = = Δ Y Yt - Yt-1
I0 – daromadga bog’liq bo’lmagan investitsiyalar; Y – YaIM (daromad) hajmi.
γ - investitsiyalar va daromad o’rtasidagi ta’sirchanlikni tavsiflovchi koeffitsient yoki akseletator.
Yuqorida keltirilgan holatlarni hisobga olib, ularni umumlashtirish asosida investitsiya funktsiyasini quyidagicha yozish mumkin:
I = e - dR + γY
Jamg’arish va investitsiyalar o’zaro bog’liqdir. Jamg’arish va investitsiyalar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ko’rsatish uchun muvozanatli ishlab chiqarish shartlarini aks ettiruvchi makroiqtisodiy ayniyatdan foydalaniladi: bunda, umumiy ishlab chiqarish hajmi yalpi xarajatlarga teng bo’lishi lozim.
Agarda milliy iqtisodiyot tashqi dunyo bilan hech qanday aloqaga ega emas (Xn=0) va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi nolga teng (G=0) deb faraz qilinsa, unda milliy iqtisodiyotda daromadlar (Y) orqali ifodalangan ishlab chiqarish hajmi ixtiyoridagi daromad (Yd)ga teng bo’ladi. Chunki bunda soliqlarning barcha turlari, ijtimoiy sug’urta ajratmalari va transfert to’lovlari yo’q bo’ladi.
Ya’ni:
Y = Yd = C + S
Yalpi ichki mahsulotni yaratishga sarflangan xarajatlar esa = C+I Bunda makroiqtisodiy qonuniyat quyig’dagi ko’rinishga ega bo’ladi:
C+I = C+S
yoki I = S
Ushbu ayniyatdan ko’rinib turibdiki, uy xo’jaliklarning jamg’arishga bo’lgan istaklari tadbirkorlikning qancha miqdorda investitsiyalash hohishlariga mos tushsa, unda ishlab chiqarish hajmi (C+S) va yalpi harajatlar (C+I) tengligiga yoki ishlab chiqarishning muvozanat darajasiga erishishi mumkin.
Har qanday holatda ham barcha turdagi jamg’armalarning umumiy yig’indisi investitsiyalarga teng bo’ladi:
S=Sp+Sg+Sxn=(Y+TR+N-T)-C+(T-TR-N)-G+(-Xn) ya’ni, S =Y-C-G- Xn = I
Yuqoridagi qonuniyatdan ko’rinib turibdiki, iqtisodiyotda investitsiyalash aholi va davlatning jamg’arishi qisqarayotgan holda ham, xorijiy kapitalni oqib kelishi hisobiga iqtisodiyotga bo’lgan investitsiyalar o’sishi mumkin.