18-chizma. IS egri chizig’i Avtonom xarajatlar multiplikatori
Davlatning byudjet-soliq siyosati davlat xarajatlari va soliqqa tortish darajasini o’zgarishiga bevosita ta’sir etadi. Davlat xarajatlarini oshishi (G) daromadlarni berilgan darajasida rejalashtirilayotgan jami xarajatlarni o’sib borishini bildiradi. Shunga muvofiq muvozanatli daromad ham o’sadi. Bunda daromadlarni qo’shimcha o’sishi davlat xarajatlarining qo’shimcha o’sishiga qaraganda ko’proq bo’ladi, ya’ni Y>G. Y/G nisbatni davlat xarajatlarining multiplikatori deb ataladi. U davlat xarajatlarini bir miqdorga ko’payishida muvozanatli daromad qancha oshganligini bildiradi. Davlat xarajatlari jami xarajatlarning bir qismi hisoblanar ekan, demak unday holatda davlat xarajatlari multiplikatori hamda jamg’arishga (MPS) va iste’molga (MPC) bo’lgan chekli moyig’llik o’rtasida aloqa mavjud bo’ladi. Daromadlarda jamg’arish ulushining o’zgarishi qanchalik kam bo’lsa, xarajat shunchalik ko’p va daromadlar miqdori
(Y) yuqori bo’ladi. Shunga muvofiq mul’tiplikator ham yuqori bo’ladi. Boshqacha aytganda, multiplikator MPS ning teskari qiymatiga teng yoki 1/MPS. Biroq MPC+MPS=1 bo’lgani uchun davlat xarajatlari multiplikatori miqdori 1/1-MPCga barobar bo’ladi. Misol uchun, iste’molga bo’lgan chekli moyig’llik 0,7ga teng bo’lsa, unda multiplikator 3,33 teng bo’ladi, ya’ni
ΔY 1
µo = --------- = ----------- = 1/ (1-0,7) = 3,33 ΔG 1- MPC
Demak iste’molga bo’lgan chekli moyillik qancha katta bo’lsa, multiplikator samarasi ham shuncha yuqori bo’ladi. Bu shuni bildiradiki, davlat xarajatlarini bir miqdor ko’payishi muvozanatli daromadni 3,33 birlikka oshiradi
Multiplikatorning matematik mohiyati cheksiz kamayib boruvchi geometrik progressiyani anglatadi, ya’ni µ =1+b+b2+b3+b4+…+bn, bu erda b=MPC. Tenglikning ikki tomonini b ga ko’paytiramiz: µb=b+b2+b3+b4+…+bn+1
Endi birinchi tenglamadan ikkinchisini ayiramiz: µ - µb=1-bn+1 , µ (1-b) =1-bn+1
Hisob- kitob natijalarini quyidagicha tasvirlaymiz: µo = (b n+1) / (1-b)
b kasr son va bn+1 nolga juda yaqin bo’lgani uchun µo = 1/ (1-b ) tenglik to’g’ri bo’ladi.
Soliqlarning o’zgarishi (T) daromad va iste’molga teskari ta’sir ko’rsatadi. Soliqlarni kamayishi multiplikator samarasini keltirib chiqaradi, ya’ni daromadlarni soliqlar o’zgarishi miqdoriga qaraganda yanada ko’proq qo’shimcha o’sishiga olib keladi.
Soliq multiplikatori yoki daromadlarga soliqlarni o’zgarishidan keladigan samara teng:
Y - MPC
µs= =
T 1-MPC
Masalan, agarda iste’molga bo’lgan chekli moyig’llik chegarasi 0,7ga teng bo’lsa, unda soliq multiplikatori 0,7/1-0,7=2,3ga teng bo’ladi, ya’ni
Y - MPC -0,7
µs= = = = - 2,3
T 1-MPC 1-0,7
Bu shuni bildiradiki, soliqlarni bir miqdorga oshirish daromadlarni 2,3 miqdorga qisqarishiga olib keladi.
Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdorining katta yoki kichikligi byudjet soliq siyosati samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi. Davlat o’z xarajatlarini oshirayotganda, yoki investitsiya xarajatlarini oshirish choralarini ko’rayotganda, bu xarajatlar jami talabni qancha miqdorga oshirib yuborishi mumkinligini hisobga olishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |