X. S. Xadjaev, I. A. Bakiyeva, sh sh. Fayziyev makroiqtisodiyot


Pul taklifi va pul multiplikatori



Download 438 Kb.
bet49/152
Sana21.06.2022
Hajmi438 Kb.
#687031
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   152
Bog'liq
makro oquv qollanma 2 0bc92-конвертирован

Pul taklifi va pul multiplikatori

Bank tizimidan tashqaridagi barcha mavjud naqd pullar va xo’jalik sub’ektlari tomonidan bitimlar tuzish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan depozitlar pul taklifi deb ataladi. Uni quyidagicha ifodalash mumkin:
M =C+ D
bunda,
M – pul taklifi;
C – aholi qo’lidagi naqd pullar;
D – bank tizimi joriy hisoblaridagi mablag’lar.
Aksariyat ko’pchilik mamlakatlarda davlat pul chiqarishga monopol huquqqa ega, shuning uchun u butun pul massasi miqdorini tartibga solib turadi, ya’ni pul siyosatini olib boradi. Uni amalga oshirish huquqi nisbatan mustaqil muassasa – Markaziy bank ixtiyorida, shu bilan birga, pul taklifini ko’paytirishga yoki “pul yaratish” qobiliyatiga tijorat banklari ham ega. Ular kreditlar bera borib, to’lov vositalarini emissiyasini yoki kredit multiplikatsiyasini amalga oshiradi. Masalan, A bankning depoziti 2000 ga o’sgan bo’lsa, rezerv normasi 20 foizga teng bo’lganda, u 400 ni o’zida qoldirib, qolgan 1600 ni qarzga beradi. Shunday qilib, A bank pul taklifini 1600ga ko’paytiradi va u endi 2000 + 1600 = 3600 ni tashkil etadi. Ya’ni omonatchilarni depozitlardagi 2000 dan tashqari, yana 1600 qarz oluvchilarning qo’llarida qoladi. Agar bu 1600 birlik mablag’lar yana bankga tushsa (masalan, B bankga), unda 20 foizga teng bo’lgan rezerv normasida u 320 ni qoldirib, 1280 ni kreditga beradi hamda shu miqdorga pul taklifini oshiradi. Kredit berishning bu jarayoni so’nggi pul birligidan foydalanishga qadar davom etadi va pirovard natijada jami pul taklifi quyidagicha aniqlanadi:
Dastlabki omonat = 2000
A bankning ssudasi = (1-0,2) x 2000 = 1600
B bankning ssudasi = (1-0,2) x (1-0,2) x 2000 = 1280 Jami pul taklifi = 1/0,2 x 2000 =10000
Bu formulani quyidagi ko’rinishida yozish mumkin:
M = 1/rr x D
bunda, M – jami pul taklifi;
rr – bank rezerv normasi; D – dastlabki omonat.
Keltirilgan formuladan ko’rinib turibdiki, pul taklifi 1/rr koeffitsientiga bog’liq bo’lib, uni bank multiplikatori yoki pul ekspansiyasi multiplikatori deb ataladi. U ushbu bank rezervlar normasida ortiqcha rezervlarning bir pul birligi bilan yaratilishi mumkin bo’lgan yangi kredit pullarning eng ko’p miqdorini bildiradi.
Umumiy pul taklifi nafaqat joriy hisoblaridagi mablag’lardan, balki aholi qo’lidagi naqd pullardan ham tashkil topadi. Shuning uchun pul taklifining umumiy modeli pullarni bank depozitlaridan naqd pulga mumkin bo’lgan oqib o’tishini hisobga olib tuziladi. Naqd pullarni miqdorini omonatlar hajmi bilan bog’liqligini deponentlash koeffitsienti sr ifodalaydi. Bu koeffitsientni va bank multiplikatorini qo’llab pulning umumiy taklifini aniqlash mumkin.
cr + 1
Ms = x B
cr + rr bunda, M –pulning umumiy taklifi;
cr – C/D teng bo’lgan deponentlash koeffitsienti. U pul mablag’larni naqd pulga va omonatlarga taqsimlanishini aholi tomonidan maqbulligini bildiradi;
rr – R/D teng bo’lgan bank rezervlari normasi
B = C +R ga teng bo’lgan pul bazasi yoki quvvati kuchaytirilgan pullar, ya’ni naqd pullar va bank rezervlari yig’indisi.
Yuqoridagi cr + 1/cr + rr ifodani pul multiplikatori deb ataladai va odatda m bilan belgilanadi. Bu holatda pulning umumiy taklifi quyidagicha aniqlanadi: Ms = µb x B.
Markaziy bank bevosita pul bazasi ustidan nazorat qiladi va uning miqdoriga ta’sir ko’rsata borib, mamlakatdagi makroiqtisodiy vaziyatni hamda milliy iqtisod
rivojlanishini o’zgartiradi.



    1. Download 438 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish