Muanimoli pedagogik masalalar yechish 1-masala. Sinfda qator yillar davomida saylangan qat’iy «faol- lar» boshqarib, «passiv»lar unga bo’ysinib keldi. Lekin keyin ular bu liolatga qarshi chiqa boshlashdi. Yangi sinf rahbari oldingi o‘qituvchining xatosini to‘g‘rilash maqsadida qat’iy chora ko‘rdi. Sinfda qayta saylov o'tkazilib, «faollao> o‘mini «passivlar» egalladi. Lekin bir-ikki haftadan so‘ng saylov o'zini oqlamaganligi aniq bo‘ldi. Yangi faollarning bir qismi o‘z majburiyatini bajarishdan bosh tortsa, ikkinchi qismi kuch bilan taitib o‘rnatishga harakat qilishdi. Sinfda yangi guruhlar tashkil topib, «passivlar» ikki baro- bar ortdi.
0‘qituvchi qanday xatoga yo‘l qo‘ydi? Bu vaziyatda qanday yo‘I tutish kerak edi? Qanday hoi aktiv jamoani jipslashtirishga yordam berardi? Maktabda o‘z-o‘zini boshqarishning qanday xu- susiyatlari bor? 121
masala. VI «В» sinf rahbari o'quvchilar o‘rtasida norasmiy so‘rov o‘tkazishi natijasida kamsuqum Anvar sinfdagi eng faol Baxtiyordan ko‘ra katta obro‘ga ega ekanligini aniqladi. Baxtiyor sinfkom edi.
Shunga asoslanib Baxtiyor noto‘g‘ri saylangan, uni Anvar bilan almashtirish kerak, degan xulosaga kelisb mumkinmi? Sinf rahbari qanday yo‘l tutishi kerak? masala. Yosh o‘qituvchini IX sinfga sinf raqbari etib tayin- ladilar. Bu ancha murakkab bo‘lgan va yaqinda tashkil topgan sinf edi. Sinf jamoa bo‘lib uyushmagan, o'quvchilar tarqoq edi. Sinf rahbari ularni sinf va maktab ishlarini bajarishga chorlash bilan uyushtirishga harakat qildi. Bunga kuzgi ekskursiya ham yordam berdi. Bu o‘qituvchiga har bir bolaning qiziqishi va imkoniyatini bilishga sharoit yaratdi. Sinfda tashkil etilgan har bir tadbir o‘zaro sog‘lom munosabatlarni o'rnatishga, yuqori sinf o‘quvchilarining jamoadan talablarini qondirishga qaratilgan edi. Sinf o‘quvchilari- dan biri o‘z inshosida shunday yozadi: «Men sinfga faqat o‘qish uchun bormayman. Bu yerda mening doimo yordamga tayyor bo‘l- gan do'stlarim bor. Ilgari mening faqat ko‘chada do’stlarim bor edi. Ular bilan juda ma’nosiz hayot kechiigan ekanman. Meni unday hayotdan sinfim olib chiqdi. Men go‘zallikni qadrlashga, odamlarni sevishga, ularning mehriga ishonishga, o‘z xatti-harakatim uchun javob berishga o’rgandim. Men sinfimga biror-bir ziyon etkazish- dan xavotirlanaman».