Mavzu yuzasidan savollar
Tarbiya jarayonida tarbiya qoidalarining ahamiyati qanday?
«Tarbiyaning maqsadga qaratilgan bo‘lishi», deganda ni- mani tushunasiz?
Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasining ho- zirgi kundagi ahamiyati qanday?
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash nima uchun zarur deb o'ylaysiz?
Tarbiya usullariga nimalar kiradi? O'zbek xalq pedagogi- kasida qanday usullar qo‘llanilgan?
Ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullarga nimalar kiradi?
Tarbiyada rag‘batlantirish va jazolash usullariga qo'yilgan talablar to‘grisida fikr bildiring.
Axborot manbalari
Barkamol avlod - 0‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., 1998.
Васильев A.C. История религии Востока. M., «Феникс», 1999. 425-стр.
3 Pedagogika. A.Munawarov tahriri ostida, T., 1996. 118- 132-betlar.
114
Pedagogika. Ma’ruzalar matni. N.G‘aybullayev va bosh- qalar.- T., 2000.
Подласый И.П. Педагогика. - M., «Владос», 2003.
I.Y Tursunov, U.N. Nishonaliyev. Pedagogika kursi. - T., 1997, 176-182-betlar.
MAVZU: 0‘QUVCHILAR JAMOASI.
TARBIYA JRAYONIDA ULARNING Q‘ZARO ALOQADORLIGI
Ijtimiiylashuv agentlari to‘g‘risida tushuncha.
Jamoaga qo'yilgan umumiy talablar.
Sinf jamoasini jipslashtirish va shakllantirish yoilari.
Jamoaning bolalar tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatish shakl va usul-
lari.
Ijtimoiy va shaxslararo munosabatlaming mahsuli, ongli fao- liyatning subyekti bo'lmish individga shaxs deyiladi (Mazkur dars- likning «Shaxsning biologik va psixologik rivojlanishi» mavzusida shaxs to'grisidagi fikr bildirib o‘tgan edik). Jamiyatda rivojlanuvchi, til yordamida boshqa odamlar bilan munosabatga kirishuvchi odam shaxsga-voqelikni biluvchi hamda faol o'zgartiruvchi subyektga aylanadi. Odamning insonlik jinsiga mansubligi individ tushuncha- si bilan ifodalanadi. Xo‘sh, shaxs va individ bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
«...Normal odamlarni ham, chaqaloqlami ham, tilni va oddiy malakalarni o‘zlashtira olmaydigan telbalarni ham individ deb atash mumkin. Biroq bulardan faqat birinchisigina shaxs, ijtimoiy mav- judot hisoblanadi, ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va ijtimoiy taraqqiyotda faol qatnashuvchi odamgina shaxs deb ataladi»1, - deb ta’kidlashadi A.V. Petrovskiy, L.S. Rubinshteyn, A.Ya. Kolomen- skiylar.
«Ijtimoiylashuv - bu chaqaloqning boshqa odamlar bilan mulo- qatga kirishish orqali o‘zini anglaydigan, o‘zi tug‘ilgan mada- niyatni tushunadigan aqlli mavjudotga aylanish jarayoni»I II.
Zigmund Freyd o‘z asarlarida bayon qilgan nazariyaga ko'ra, bola agar atrof-muhitning talablari va ong ostidagi qudratli mayl- lami muvozanatda ushlab tura olsagina, mustaqil mavjudotga ay-
lanadi. Bizning o'zimizni anglashga bo'lgan qobiliyatimiz ongsizlik xurujlarini bosish yo‘li bilan rivojlanadi. »
J.G. Mid fikriga ko‘ra, bola boshqalar uning o‘ziga nisbatan o'zlarini qanday tutayotganliklarini ко‘rib, o'zini alohida mavjudot sifatida anglay boshlaydi. Keyinroq, o‘yinlarda qatnashib, o‘yin qoidalarini o‘rganib bola «umumlashtirilgan o‘zga» - umumiy qad- riyatlar va madaniy me’yorlami tushuna boshlaydi.
Jan Piaje bolaning dunyoni ongli idrok etish qobiliyatining rivojlanishida bir nechta asosiy bosqichlami ajratib ko‘rsatadi. Наг bir bosqich yangi bilish qobiliyatlarini o‘zlashtirish bilan tavsif- lanadi va oldingi bosqichning muvaffaqiyatliligiga bog‘liq bo‘ladi. Piaje fikriga ko‘ra, kognitiv rivojlanishning bu bosqichlari ijtimoiy- lashuvning umumiy xususiyatlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |