TA’LIMNI RTVOJLANTIRISHNING YANGI
BOSQICHIDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING
AHAMIYATI Pedagogik texnologiya (PT) shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3-ming yillikda davlatimiz ta’lim sohasida tub buri- lishlar yuz beradi, o'qituvchi faoliyati yangilanadi, bilimga chan- qoqlik, Vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg‘ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.
«Ta’lim tug‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy das- turi»da ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish, unga ilg‘or pedagogik texnologiyalami joriy etish zarurligi qayta-qayta ta’kidlanadi. Chun- ki mamalakatimiz tez sur’atlar bilan taraqqiy etib, jahon ham- jamiyatida iqtisodiy-siyosiy mavqeyi kundan-kun ortib bormoqda. Lekin ijtimoiy sohada, ayniqsa, ta’lim-tarbiyada umumiy taraq- qiyotdan orqada qolish hollari sezilmoqda. Ta’lim-tarbiya jara- yonini texnologiyalashtirish bilan bunday holga barxam berish mumkin. Quyidagi holatlar ilg'or texnologiyalami ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning dolzarbligini ko‘rsatib beradi:
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» maqsadi va vazifalarini ro'yobga chiqarish uchun, ma’lum sabablarga ko'ra jahon hamja- miyati taraqqiyotidan ortda qolib ketgan jamiyatimiz taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan oTin olishi uchun, aholi ta’limini jadal- lashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida ilg'or pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi;
an’anaviy o‘qitish tizimi yozma va ogzaki so’zlaiga tayanib ish ko‘rishi tufayli «axborotli o‘qitish» sifatida tavsiflanib, o'qituv- chi faoliyati biigina o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatidagina
255
emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi yoki ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi rolini o‘z£artirish zarurligi;
fan-texnika taraqqiyotining o‘ta rivojlanganligi natijasida axborotlarning keskin ko'payib borayotganligi va ulami yoshlarga bildirish uchun vaqtning chegaralanganligi;
kishilik jamiyati taraqqiyotining shu kundagi bosqichida nazariy va empirik bilimlarga asoslangan tafakkurdan tobora foydali natijaga ega bo'lgan, aniq yakunga asoslangan texnik tafakkurga o‘tib borayotganligi;
barkamol avlodni tarbiyalash talabi ulaiga eng ilg'or bilim berish usuli hisoblangan obyektiv borliqqa tizimli yondashuv ta- moyilidan foydalanishni talab qilishi.
Pedagogika fani va amaliyotida keyingi paytlarda keng qo‘lla- nilayotgan «pedagogik texnologiya» atamasi inglizcha «an educational technologu» so'zidan olingan bo‘lib, «Ta’lim texnologiyasi» degan ma’noni bildiradi.