X ibragimov, sh. Abdullayeva


MAVZU: XORIJIY MAMLAKATLARDA TA’LIM-TARBIYA TIZIMI CHET EL TA’LIMI TARAQQIYOTINING ASOSIY YO‘NALISHLARI



Download 0,76 Mb.
bet118/125
Sana12.07.2022
Hajmi0,76 Mb.
#781927
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   125
MAVZU: XORIJIY MAMLAKATLARDA TA’LIM-TARBIYA
TIZIMI CHET EL TA’LIMI TARAQQIYOTINING ASOSIY
YO‘NALISHLARI


0‘zbekiston ta’lim tizimi keng qamrovli islohotlami hamda qayta qurish ishlarini amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan kechirmoqda. Ulardan ko'zda tutilgan maqsad - maktab faoliyatini demokratlatlashtirish, uning insonparvarlik tamoyillar- nini rivojlantirish, shu asosda o‘quv-tarbiya ishlari mazmunini, uning shakl va uslubini kompleks yangilash va yanada takommil- lash-tirishdan iboratdir. Bu vazifalami muvofaqqiyatli hal qilishning muhim shartlaridan biri chet el maktabi va pedagogikasi tajri- balariga munosabatni tubdan o’zgartirishdan iborat ekanligini ha- yotning o‘zi ko'rsatmoqda. *
Bu tajribalarni o'rganish orqali biz ta’limda xato va yangi- lishishlardan, shubhali hulosalarda o‘zimizni saqlashimizdan tash- qari, ta’lim-tarbiyada qotib qolgan, eskirgan, o‘z dolzarbligini yo‘qotib borayotgan ish shakllari va uslublardan tezroq xalos bo’lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qo‘shimcha boy manbalarga ham ega bo'lamiz.
Ta’lim-tarbiyada samarali islohotlami amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi davrda esa ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyusiya sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb- hunaiga yo‘naltirishda davlat xizmatini hamda o‘rta ta’limning ko‘p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta’lim mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalami qo'llash, ta’limda tashabbus- korlik va ijodkorlikka keng yo‘l ochish, uning muhim tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o‘iganish ayni muddaodir.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning mamlakat ishki siyo- satiga faol ta’sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi e’tirof qilingan
269
haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan mablag* miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.
Yaponlarda, masalan, «maktab muvaffiqiyati va farovonlik timsoIi»gina bo‘lib qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e’tiqodga aylangan.
Ta’lim to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlik taniqli siyosatchilaming ham hamisha diqqat - e’tiborida bo'lgan. Shuning ushun ham AQSH- ning sobiq Prezidenti R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh Vaziri M.Tetchemi, Fransiya Prezidenti F.Mettiranlami maktab islohoti- ning tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni «Jamiyatni harakatlantiruvchi kuch* deb hisoblagan.
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlami amalga oshiradigan ko‘p sonli ilmiy muasasalar ishlab turibdi. Germaniya- da ularning ikki mingdan ortiq. Fransiya, AQSH, Yaponiyada ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xu- susiy tashkilotlar unlversitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shu- g'ullanmoqdalar. Ular faolitini esa xalqaro ta’lim markazlari, masa­lan, AQSHda xalqaro instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Ko‘p- shilikning faoliyati o‘quv dasturini takommillashtirish va qayta qurishga maktab dasturlarini o‘zgartirish ikki asosiy yo'nalishda: ekstensiv va intensiv yo‘l bilan amalga oshiriladi.
Birinchi holatda o‘quv muddati uzaytiriladi, o'quv materiallari hajmi ko'paytiriladi; ikkinchi holda esa, mutlaqo yangi dastur yaratiladi. Bu o'rinda ikkinchi yo‘l, ko'pchilik mutaxassislaming e’tiroficha, maqbul hisoblanadi.
1961-yilda «Bosh yangi bazis» tamoyillari asosida AQSH o‘rta maktablami islohot qilish boshlangan edi.
Buning mohiyati shundaki, ingiliz tili va adabiyoti (to'rt yil), matematika (to‘rt yil), tabiiy bilimlar (ush yil), ijtimoiy fanlar (ush yil), kompyuter texnikasi (yarim yil) kabilardan iborat besh yo‘na- lishdagi majburiy ta’lim joriy qilindi.
Har bir yo'nalish o‘z navbatida bir nesha qismga bo‘linadi. Masalan, matematika, algebra, trigonometriya, ish yuritish, kom­pyuter texnikasini qo'llashdan iborat barcha majburiy predmetlar tarkibiga yangi kurslar kiritldi. 1985-yildan e’tiboran barsha yuqori
270
bosqich kollejlarning to‘qson foizi shu besh bazisli tamoyillar asosidagi dasturlar bian ish olib bormoqdalar. Natija: majburiy tayyorgarlik buyicha ta’lim hajmi qisqardi, shu bilan bir qatorda dastur chuqurlashtirilib o‘rganiJadigan kurslar hisobiga tig'izlash- tirildi.
XX asrning 80-yillarida majburiy ta’lim hajmini qisqartirish jarayoni yanada chuqurlashtirildi. Hatto ayrim kollejlarda bu sohada uch yangi: ingiliz tili va adabiyoti, matematika, ijtimoiy bilimlar bazislari asosida ish olib borilmoqda. Ta’limning boshqa turlari esa ihtisoslashtirish davrigacha amalga oshiriladigan bo‘ldi.
Amerikadagi ko'zga ko'ringan «Found Kamegi» pedagogik markazi bu dasturni XXI asr dasturi deb baholamoqda. O'quv dasturlarini qayta qurish jarayoni g'arbiy Yevropa davlatlarida ham amalga oshirilmoqda. Masalan, Buyuk Britaniyada ta’lim vazir- ligining tavsiyalariga muvofiq o'quv rejasi va dasturini ta’lim muas- sasalarining o'zlari belgilaydilar mazkur tavsiyalarga muvofiq 50 foiz o‘quv soatlari o'qitilishi shart bo‘lgan «yadro» predmetlar: ingiliz tili adabiyoti, matematika, din darsi jismoniy tarbiyaga ajratiladi. 0‘quv soatlarining boshqa qismi esa o‘qitilish shart hisoblanib, tanlab olingan predmetlaiga (gumanitar, tabiiy mate- matik) ajratiladi.
80-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham AQSHdagi sin- gari o'rganilishi majburiy bulgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingiliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o‘quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo‘ldi. Qolgan predmetlami tanlab olish o‘quvchilar va ota-onalar ixtiyoridadir.
«Yangi dunyo»ning pedagogik g‘oyalari Fransiya va Germa- niya ta’limiga ham sezilarli ta’sir etayotir.
Germaniya to'liqsiz o‘rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o‘quv dasturlari ham amalga oshirilayotir. Bu o‘quv dasturi tobora to'liqsiz o'rta maktab doirasida, chiqib, o'rta maktablar va gim- naziyalami ham qamrab olmoqda.
Fransiya boshlangich maktablarida ta’lim mazmuni ona tili va adabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya,
271
axloqshunoslik, tabiiy fanlar, mehnat ta’limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga boiinadi.
Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushidan keyinoq Ame- rika ta’limi yoiidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mam- lakat o‘quv dasturida qator farqlar ko‘zga tashlanadi. Yaponiyada o‘quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va o‘quv fakultativ kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy ta’limi maktablarining yangi musiqa ta’limi o‘quv dasturiga milliy va jahon mumtoz musiqasini o‘rga- nish ham kiritilgan.
Yapon xalqida «Hamma narsa unutilganda ham ta’lim esda qoladi» degan hikmatli gap bor. Aflidan, rivojlangan davlatlarda o‘quv dasturining rivojlanishi mana shu yo‘naIish asosida quril- moqda.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish