Mustaqil yechish uchun uyga vazifalar
1. Massasi m=2 kg bo’lgan moddiy nuqta F kuch ta’sirida tenglama bo’yicha harakat qiladi. Bu yerda C=1m/s2, D= -0,2m/s3. Vaqtning t1=2s va t2=5s momentlari uchun bu kuchning qiymati topilsin. Vaqtning qaysi momentida kuch nolga teng bo’ladi?
2. Avtomobilning og’irligi 9,8·103N. Avtomobil harakatlanayotganda unga o’z og’irligining 0,1qismiga teng bo’lgan ishqalanish kuchi ta’sir qiladi. 1) Avtomobil tekis harakatlanganda motorining tortish kuchi qancha bo’lishi kerak? 2) Avtomobil 2 m/s2 tezlanish bilan harakat qilgandachi?
3. Tramvay joyidan qo’zg’algandan keyin a=0,5m/s2 o’zgarmas tezlanish bilan harakatlanadi. Harakat boshlangandan t=12 s o’tgach tramvayning motori o’chiriladi va tramvay to’xtash joyigacha tekis sekinlanuvchan harakatlanadi. Butun yo’l bo’yicha ishqalanish koeffitsiyenti k=0,01 ga teng. 1) Tramvayning eng katta tezligi, 2) tramvay to’xtaguncha o’tgan vaqt, 3) tekis sekinlanuvchan harakatda tramvayning manfiy tezlanishi, 4) tramvay to’xtaguncha bosib o’tgan yo’li topilsin.
4. Og’irligi T bo’lgan avtomobil tog’dan matori o’chirilgan holda 53 km/soat o’zgarmas tezlik bilan tushmoqda. Tog’ har 100 m yo’lda 4 m balandlikka ko’tarilayotganqiyalikka ega. Shu tog’ning o’ziga ushanday tezlik bilan ko’tarilish uchun avtomobilning dvigateli qanday quvvatga bo’lishi kerak?
5. Avtomobil massasi 1t. Avtomobil harakatlanayotganda unga o’z og’irligining 0,1 qismiga teng bo’lgan ishqalanish kuchi ta’sir qiladi. Agar avtomobil o’zgarmas tezik bilan: 1) qiyaligi har 25 m yo’lda 1 m balandlikka ko’tariladigan toqqa chiqayotsa, 2) huddi shu qiyalikdagi tog’dan tushayotgan bo’lsa, avtomobil motorining tortish kuchi topilsin.
6. Balandligi 1m, og’ma tomoni uzunligi 10 m bo’lgan qiya tekislikdan 1 kg massali jism sirg’anib tushmoqda. Jismning 1) qiya tekislikning asosidagi kinetik energiyasi, 2) shu asosdagi tezligi, 3) to’xtaguncha yo’lning gorizontal qismida bosib o’tgan masofasi topilsin. Yo’lning hamma qismida ishqalanish koeffitsiyenti o’zgarmas va 0,05 ga teng deb olinsin.
7. Avtomobilning og’irligi 9,8·103N. Avtomobil harakatlanganda unga o’z og’irligining 0,1 qismiga teng bo’lgan o’zgarmas ishqalanish kuchi ta’sir qiladi. Avtomobil 0,5km masofada o’z tezligini dan gacha oshirish uchun, uning dvigateli qancha miqdorda benzin sarf qiladi? Dvigatelning foydali ish koeffitsiyenti 20%, benzinning issiqlik berish qobiliyati 4,6·107J/kg ga teng.
8. Kesim yuzi S=6 sm2 bo’lgan suv oqimi devorga normalga nisbatan α=60o burchakda uriladi va tezligini o’zgartirmasdan devordan elastik qaytadi. Agar suv oqimining tezligi bo’lsa, devorga ta’sir qiluvchi kuch topilsin.
9. Temiryo’l platformasiga qurol o’rnatilgan. Platformaning qurol bilan birgalikdagi massasi M=15t. Qurol ufqqa nisbatan φ=60o burchak ostida yuqoriga, yo’l yo’nalishida o’q otadi. Agar o’qning massasi m=20 kg va u tezlik bilan uchsa tepki natijasida platforma qanday tezlik bilan orqaga yuradi?
10. Massasi m=300 g bo’lgan sharcha devorga urildi va sakrab orqaga qaytdi. Agar urilishdan oldingi onda sharcha devor sirtiga α=30o burchak ostida yo’nalgan va tezlikka ega bo’lgan bo’lsa, devor olgan impuls P aniqlansin. Urilish absolyut elastik deb hisoblansin.
11. Massasi m1=10kg bo’lgan, tezlik bilan harakatlanayotgan shar massasi m2=4kg, tezligi bo’lgan boshqa bir shar bilan to’qnashadi. Urilish to’g’ri noelastik deb hisoblab, quyidagi ikki hol uchun sharlarning urilishdan keyingi tezligi u topilsin: 1) kichik shar shu yo’nalishda harakatlanayotgan katta sharni quvib yetadi; 2) sharlar bir – biriga tomon harakatlanadi.
12. m=10kg massali to’p o’qi trayektoriyasining eng yuqori nuqtasida tezlikka ega bo’lgan. Shu nuqtada u ikki bo’lakka bo’linib ketdi. m1=3kg massali kichik bo’lak dastlabki yo’nalishda u1=400m/s tezlik oldi. Katta ikkinchi bo’lakning bo’linishdan keyingi tezligi u2 topilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |