Chinligini aniqlash. 1. Dioninning cho‘kma hosil qiluvchi reaktivlar bilan reaksiyalari kodeinning reaksiyalariga o‘xshash.
2. Frede reaktivi bilan iflos ko‘k rang hosil qiladi.
3. Temir (III) - xlorid bilan rang bermaydi.
4. Dionin Marki reaktivi bilan avval yashil, keyin ko‘k va oxiri binafsha ranglar hosil qilishi bilan opiy alkaloidlaridan farq qiladi.
5. Simob (II) xloridi bilan reaksiyasi. Buyum oynachasida ishqoriy muhitdan olingan xloroformli aralashmani porlatilib qolgan quruq qoldiqqa 0,1 n xlorid kislotasi va 5% simob (II) xloridi eritmasidan tomizilib, biroz vaqt o‘tgach mikroskop yordamida ko‘rilsa rangsiz yupqa prizmalar shaklidagi kristallar hosil qiladi.
6. UB-spektral aniqlash. Dioninni 0,2 n sulfat kislotasidagi eritmasi 289 nm da spektral cho‘qqi va 277 nm da bo‘rtiq hosil qiladi.
7. IQ- spektrlari – 1064, 1045, 1129, 1499, 1185, 1264 sm-1 ga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |