2-rasm.
Liftsiz uylarda zinapoya turlari: a-2 ta 4 qavatli uy uchun; b- yuqoridan
yorug‟lik tushuvchi 2 ta 3 qavatli uy uchun; v-yo‟lakli uy uchun; g-chiqindi
o‟tkazgichi bor 5 qavatli uy uchun; d-bo‟ylama ko‟tarib turuvchi qurilma oldidagi
yig‟ma zinapoya; ye-ko‟ndalang ko‟tarib turuvchi qurilma oldidagi zinapoya.
Sektsiya turar-joy binolari uchun zinapoya tugunlarini ishlab chiqishda
sektsiya qavatidagi xonadonlarning
jamlangan umumiy maydonini, elektr
tahminoti talablarini, qabul qilinadigan yechimlarning iqtisodiy samaradorligini
oshirish, yashash xavfsizligini hisobga olish taqozo etiladi.
Asosiy evakuatsion yo‟laklar sifatida quyidagilarni qabul qilish taqozo etiladi.
xar bir qavatda oyna bilan qo‟langan yorug‟lik tushish derazasiga ega
bo‟lgan odatdagi zinapoya tugunlari – L1;
tom yo‟masidagi ochiladigan yoki oyna bilan qo‟langan yuqoridagi
tabiiy yorug‟lik bilan yoritiladigan zinapoya tugunlari – L2;
L1 tipdagi zinapoya tuguni balandligi 28m gacha bo‟lgan turar-joy binolarida
qo‟llaniladi. Bunda deraza yuzasi 1,2 m.kv. dan kam bo‟lmasligi kerak.
SHamollatish har qavatdagi derazalarni ochish yo‟li bilan tahminlanadi.
L2
tipdagi zinapoya tuguni, qoidaga ko‟ra, balandligi 9m
dan yuqori
bo‟lmagan turar-joy binolarida qo‟llanadi. Bunday turdagi zinapoya tugunining
balandligi 12m gacha bo‟lgan turar-joy binolariga qo‟llashga ham ruxsat beriladi.
Bunday zinapoya tuguni tom yo‟masida oyna bilan qo‟langan (yoki ochiq
holatdagi) yuzasi 4m.kv.dan kam bo‟lmagan tuynik yoki yorug‟lik fonarining
mavjudligi bilan xarakteristikalanadi.
L2 tipli zinapoya tugunlarida eni 0,7m dan kam bo‟lmagan marshlar orasiga
yorug‟lik o‟tish joylari yoki yorug‟lik shaxtasi gorizontal
kesimining yuzasi
2m.kv. dan kam bo‟lmagan zinapoyaning butun balandligi bo‟yicha o‟rnatilishi
ko‟zda tutiladi.
Yong‟in sodir bo‟lgan vaqtda hosil bo‟ladigan tutunni bartaraf etish
uchun
tom yo‟masidagi oyna bilan qo‟langan yorug‟lik tushadigan tuynuklarda yoki
yorug‟lik tushadigan fonarlarda ochiladigan framuga, fortochkalarni o‟rnatishni
ko‟zda tutish taqozo etiladi. Framugalar qo‟l orqali (binoning balandligi 9m gacha
bo‟lganda) va distantsion moslamalar yordamida ochiladi (binoning balandligi
12m gacha bo‟lganda).
L2 tipdagi zinapoya tuguni, qoidaga ko‟ra sektsiya tarxining markaziga
joylashtiriladi, bunda uning hajmiga ikki-, uch- va to‟rt marshli zinapoyalarni
joylashtirish mumkin. Ikki va to‟rt marshli zinapoyalardan xonadonlarga kirish
joylarining eshiklari ikkita-qavat
va oraliq maydonchalarga, uch marshli
zinapoyada esa bitta zinapoya maydonchasiga o‟rnatilishi mumkin.
Avariya holatidagi ikkinchi evakuatsion chiqish joyini (xavfsizlik zonasi)
sektsiyali turar-joy binolarida ikkinchi qavatdan boshlab har bir kvartira uchun
joylashtirishni ko‟zda tutish tavsiya etiladi.
Uzunligi 1,6m dan kam bo‟lmagan oyna bilan to‟silgan oraliqlar orasidagi
yoki oyna bilan to‟silgan va yozgi xona yon devori orasidagi yalpi devor
ko‟rinishidagi xavfsizlik zonasidan xonadonlar orqali balkon va lodjiya (jumladan
oyna qo‟langan lodjiya)ga chiqish avariya holatidagi chiqish joyi deb hisoblanadi.
Qo‟shni sektsiyalarga, tashqi (ochiq) zonalar, ehtiyot chiquvlar (avariynqy
vqxod), tutun kirmaydigan zinapoyalar qoshidagi ochiq joydan o‟tish uchun
ishlatiladigan yozgi xonalar (balkonlar, lodjiyalar) oynaklanmaydi.
Xavfsizlik zonasi-oynalar bilan to‟silgan oraliq tuynuk va yozgi xonaning yon
tomoni orasidagi yalpi devor (tuynuksiz devor) ko‟rinishida bo‟lib, yong‟in paytida
odamlar shu joyga kelishlari kerak.
Asosiy zinapoya tuguni tom yo‟masi usti (krovlya)ga eltadigan avariya
tuynugi va narvonini hisobga olgan holda loyihalashtiriladi. Ikki yoki undan ortiq
sathlarga ega bo‟lgan xonadonlardagi zinapoyalarni xonadon ichidagi dahlizga
yoki yulakga joylashtirish tavsiya etiladi, shuningdek,
bunday zinapoyalarni
umumiy xonaga o‟rnatishga ham ruxsat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: