3.
Xonadonning tarkibi va jihozlari.
Umumiy xona
vazifasiga ko‟ra har-xil funktsiyani bajaradi, yahni oila
ahzolarining muloqotda bo‟lishi uchun xizmat qiladi, mehmonxona va yemakxona
o‟rnida foydalaniladi, ayrim hollarda yotoqxona yoki dam olish xonasi vazifasini
bajaradi. Ko‟p foydalaniladigan xona bo‟lgani sababli unga qo‟yiladigan talablar
ham katta bo‟ladi.
Umumiy xona maydoni bo‟yicha xonadonda eng katta xona hisoblanib,
maydonining hajmi 18 m.kv. dan kam bo‟lmasligi kerak. 2-3 xonali xonadonlarda
umumiy xonaning maydoni 16 m.kv dan kam bo‟lmasligi kerak.
Xonalar soni ortib borgan sari umumiy xona maydoni oshib borib 20-25
m.kvbo‟lishi mumkin. Bundan tashqari umumiy xonalarning eni 3,5 metrdan kam
va bo‟yi 6 metrdan oshib ketmasligi kerak. Umumiy xonalarning nisbatlari
(pro‟ortsiyalari), yahni eni bo‟yiga nisbatan 1:2 bo‟lishi mumkin, lekin eng maqbul
nisbat 1:1 dan 2:3 ni tashkil qiladi. Umumiy xonaning nisbiy pro‟ortsiyasini to‟g‟ri
tanlash xonaga mebellar va har xil kerakli uy jihozlarini unumli va qulay
joylashtirishga va xonani to‟g‟ri yoritishga yordam beradi, xona to‟siqlari va
devorlarining uzunligi peremetrining qisqa bo‟lishiga olib keladi.
(1-rasm)
Umumiy xona dahliz bilan to‟g‟ridan-to‟g‟ri bog‟langan bo‟lishi shart.
Oshxona bilan umumiy xona bog‟liqligi qulay, lekin to‟g‟ridan-to‟g‟ri bo‟lishi
kerak emas, chunki oshxonadan chiqadigan har xil hidlar, ayniqsa qizdirilgan yog‟
hidining kirishidan saqlashi kerak. SHuning uchun umumiy xona bilan oshxona
yo‟lak yoki dahliz orqali bog‟lanishi maqsadga muvofiq bo‟ladi. Yozgi xona,
ayvonning ahamiyati juda katta bo‟lib, u yoz paytida umumiy xona vazifasini
o‟taydi va umumiy xonaga qaraganda yorug‟roq va salqinroq bo‟ladi. SHuning
uchun umumiy xona bilan yozgi xona orasiga yig‟ma transformatsiya to‟siqlarni
qo‟llash va kezi kelganda ularni birlashtirish mumkin bo‟lishiga sharoit yaratish
zarur.
Umumiy xona bilan yotoqxonalarni va ish xonasini to‟g‟ri bog‟lanishi
qulaylikni kamaytiradi, yahni umumiy xonani yo‟lakka aylantirib, bu xonada
eshiklarning ko‟payishiga sabab bo‟ladi. SHuning uchun qurilish qoidasi bo‟yicha
umumiy xonadan faqat bittagina xonaga kirishga ruxsat beriladi. Umumiy xona
yemakxona va mehmonxona vazifasini bajarishi uchun biz uning maydonini ikki
unumli bo‟lakka bo‟lishimiz kerak buladi,buning uchun xonaning bir tomoni
cho‟ziqroq bo‟lishi tavsiya etiladi. Ayniqsa bunday qilish bir xonali xonadonlarga
juda keraklidir, chunki bu yerda umumiy xona ham yemakxona, ham
mexmonxona,
ham
ishxona
xattoki
yotoqxona
vazifasini
bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |