15-MAVZU: MUSTAQILLIK DAVRI DRAMATURGIYASI
Reja:
1. Keyingi yillar dramaturgiyasi
2.Dramada inson talqini
3..Sh.Boshbekov, A.Ibrohimov dramalarida badiiy konflikt.
Tayanch iboralar:Dramaturgiya janrining shakllanishi, tarqqiyoti, adabiy jarayondagi o‘rni, dramada xarakter va badiiy konflikt. Sh.Boshbekov, A.Ibrohimov dramalarida hayotiy ziddiyatlar talqini.
O„zbek milliy tafakkuri, estetik qarashlarida sodir bo„lgan evrilishlar dramaturgiya taraqqiyotiga ham jiddiy ta’sir ko„rsatdi. Bu vaqtda yaratilgan asarlar orasida Usmon Azimning “Bir qadam yo„l”, Ilxom Hasanning “Bir kam dunyo”, Abdulla A’zamning “Dugohi Xusayniy”, Erkin Samandarning “Arabmuhammad Bahodirxon”, O. Yoqubovning “Bir koshona sirlari” kabi asarlari dramaturgiyada erishilgan o„ziga xos yutuqlardan bo„ldi. Dramaturgiya garchi sahna talablariga bog„liqlik nuqtai nazaridan kanservativ tur bo„lsa -da, shakliy izlanishlar qilish, ijodiy tajribalar o„tkazish to„xtab qolgan emas. U. Azim, E. Samardar va A. A’zam qalamiga mansub dramalar sahna asarlari yaratishdagi dadil tajribalar mahsulidir. Dramaturglar tomonidan son -sanoqsiz hayotiy vaziyatlarda harakat qilayotgan qahramonlar tabiatidagi evirilishlar ham adoqsiz darajada turfa bo„lishi mumkinligini nozik his etilgan va drama - versiya, drama - vaziyat singari ifoda shakllari o„ylab topilgan. Bu hol mazkur sahna asarlarining muvaffaqiyatli chiqishini ta’minlagan.
Ayni vaqitda, milliy dramaturgiyada tilga olishga loyiq badiiy yutuqlar kam ekanligini tan olish kerak. Mustaqillik dramaturgiyasi bozor iqtisodi talabalariga eng ko„p berilgan adabiy tur bo„ldi deyish mumkin.Bu hol sahna asrlarining sifatiga salbiy ta’sir ko„rsatmay qo„ydi,albatta.Aytish kerakki,miqdor jihatijan dramachilik taraqqiyotida e’tiroz bildirib bo„lmaydi.Lekin keyingi o„n yillikda dunyoga kelgan dramalardan qirqqa yaqini tekshirib chiqilganda ularning uchdan biri turli yubiley munosabati bilan yozilganligi aniqlandi.Komediya degan nomga davogar sahna asarlarining esa deyarli barchasi teatrlarning buyurtmasi bilan yaratilgan.Albatta, ijtimoiy buyurtma yo„li bilan o„am yetuk badiiy asarlar dunyoga kelishi mumkin.Bunga milliy va jahon adabiyoti tajribasidan istagancha misollar topsa bo„ladi.Ammo butun boshli miilliy dramaturgiyani faqat buyurtma yo„li bilan taraqqiy ettirishga urinishni badiyat nuqtai nazaridan sog„lom hol deb bo„lmaydi.
Dramalar, asosan,shaxslarning yubileylari munosabati bilan yaratilayotgani sahna asarlarining nomlarini sanashdayoq ma’lum bo„ladi. To„ra Mirzoning “Amir Temur”, Abdulla Oripovning “Soxibqiron”, Odil Yoqubovning “Fotixi Muzaffar yoki bir parivash asiri” dramalari jahongir Amir Temurga bag„ishlangan bo„lsa, Hayitmat Rasulning “Piri koinot”, Yo„ldosh Sulaymonning “Al-Farg„oniy muhabbati”, Ibrohim rahimning “Farg„ona farzandi” asarlari buyuk matematik va astranom ajdodimizga atalganligi ko„rinib turibdi. Shuningdek, Mashrab, Cho„lpon, Usmon Nosir singari mashxur yurtdoshlarimiz yubilaylari munosabati bilan ham bir qator sahna asarlari dunyoga keldi. Badiyat nuqtaiy nazaridan u asarlarni yoppasiga salbiy baholab bo„lmaydi. Lekin ularning estetik kashfiyot bo„lmaganligi ham haqiqatdir. Bu xil asarlarda, aksariyat hollarda, drama mualliflarining ezgu niyati badiiy voqelika aylanmay qolgan. Chunki asar ichki ruxiy extiyojdan ko„ra ko„proq ijtimoiy zaruriyat tufayli dunyoga kelgan.
Istiqol davri komediyalarining saviyasi kishida haqli etiroz va jiddiy havotir uyg„otadi. Negaki, o„zbek komediyachiligining dastlabki qadamlaridayoq juda zalvorli va esda qolarli bo„lgan. Hamza, A. Qahhor, Sh. Boshbekiflarning teran ma’noli kulgi asarlarini eslashning o„zi da’voimizning nechog„lik haq ekanligini ko„rsatadi. Bugungi komediyalarning badiiyati na ijrochilarga, na tamoshbinlarga va na o„quvchilarga biror estet ozuqa bera oladi. Sahnaviy ijodning komediya deb atalmish muqaddas bir turiga ko„cha so„zlari, ko„cha hissiyoti, tiyiqsiz chuchmallik, pardasizlik dadil kirib kelmoqda. Mualiflar to„qnashuvlar tarangligi haqida emas, balki bachkana qiliqlar, pardasiz so„zlarni ko„proq qo„llash haqida bosh qotirishmoqda. Bu hildagi bitiklar to„xtovsiz saxnalashtirilayotganligi, boz ustiga ko„plab tomoshabinlarga ega bo„layotganligi esa miliy estetkamiz uchun jiddiy xafdir. Chunki millatning badiiy didi shakillanishiga to„g„ri yo„nalish bermay turib, uning ma’naviyatini yuksaltirib, komil shaxsni tarbiyalash haqida gapirish bexudadir.
Mustaqillik davrida she’riyat va nasl borasida mustaqillikkacha bo„lgan yaqin o„tmishdagi estetik yuksakliklarga yetilibgina qolmay, undan balandroq cho„qqilarni egallash imkoniyati yuzaga kelganligi ayon haqiqatt bo„lsa, dramaturgiya bobida shu vaqitgacha erishilgan saxnaviy yuksaklikka yaqin kelinmayotganligi ham bor gapdir.
Davr axli ruxiyatidagi oshkora asabiylik, sezimlar nozikligi, munosabatlar dramtizmidagi taranglik hali - hanuz pesalarga ko„chganicha, saxna xodisasiga aylanganicha yo„q. Extimol, miliy tafakurdagi to„xtamlarning estetik qarashlardagi qanoatlarning qat’ilashmaganligi, hozirgi voqelikning ijodkorlardan yetarlicha uzoqlashmaganligi,shu xayot tufayli yuzaga kelmagan xissiyotlar junbushining tiniqmaganligi, ijtimoy to„qinishlar ruhiyatilarda bergan aksi sadoni saxnabob shakilda moddiylashtirish qiyinligi bunday xolning ro„y berishiga sababdir. Holbukiy,har qanday keskin ijtimoiy o„zgarish va yangicha xayotiy vaziyat dramatik turdagi asarlar yaratilishi uchun mo„l -ko„l material bera oladi.
Har bir odamda bo„lgani kabi xar bir millatning va har bir davrning ham o„z mo„ljallari, egallanishi orzu etiladigan marralari bo„ladi. Mustaqilikka erishilganidan keyingi davr o„zbek adabiyoti uchun inson ma’naviyati qirralarini tekshirish, odam ruhiyatidagi ko„z ilg„amas sezimlarni tadqiq etishga ana shunday baland marradirki, milliy adabyotimiz ana shu marrani egallashga intilmoqda.
Tarixiy haqiqatni ta’sirchan gavdalantirish uchun adabiy asarlarda turli badiiy vositalar qo„llaniladi.Real voqelikni manzarasi to„qima qahramonlar taqdiri,faoliyati orqali yorqinlashtiriladi.Asar syujetini to„qima voqealar asosiga shakllantirish va ularga tayanib Amir Temur davri murakkabliklarini manzaralantirishga intilish”Sohibqiron”dramasining ham mohiyatini belgilaydi.
“Sohibqiron”dramasida hayot haqiqatining ta’sirchan manzarasini ko„rsatish,Amir Temur shaxsida mujassamlashgan ulug„vorlikni gavdalantirish maqsadida qator tshqima qahramonlar obrazi ham yaratilgan.Sartarosh,yasovul Qosimbek,Kayxisrav,shatranji Alovuddin,xufya Buqalamun,turli mamlakatlarning elchilari obrazlari real voqelikni akslantiruvchi adabiy qahramonlar sanaladi.Bir- ikki ko„rinib ketuvchi ushbu to„qima qahramonlarning har biri sohibqiron siymosining ulug„vorligini gavdalantiruvchi muayyan”yuk”bilan harakatlanadi.
Sartarosh obrazi “men xazrat emas,Men ham Temur deb atalmish oddiy bir banda “ (43-bet)degan sohibqironning barcha qatori inson ekanini namoyon qilgan.Bu asar boshida ham,xotimasida dramaning falsafiy mazmunini chuqurlashtirgan.Amir Temur:
Sartaroshsan,mana senga boshimni egdim...(9-bet)
Sartaroshga bosh egar,ha,jahongirlar ham.
Boshqalarga egilishdan asrasin xudo!...
Har qaydayin bandaga ham kerakdir sirdosh(8-bet) deb sartaroshga ko„nglini ochadi.
Qo„ni-qo„shni uluslarning hukmdorlari
Shamshirimdan qo„rqadilar,shonimdan emas(9-bet)
deydi.O„zining tug„ilgan tuprog„i ozodligi uchun qay tarzda jangu jadalga otlangani,”mansabparast,g„ayur,battol,o„g„ri,firibgar,xushomadgo„y kimsalarni o„ziga mahram sanamasligi,ularning yuragida ne kechishini oyinaga boqqan kabi ko„rib turishini”(9-bet)aytadi.
Sohibqiron faqat sartarosh bilan emas,yon-veridagi boshqa odmlar bilan ham samimiy suhbat qiladi.Bu bilan buyuk shaxslar ham barcha singari oddiy odam ekanligi ta’kidlanadi.Dramada ham Amir Temurning qahridan ko„ra mehri baland bo„lganini ko„rsatishga alohida e’tibor qilinadi.
Atoqli adib Chingiz Aytmatov:”Amir Temur buyuk davlat arbobiga xos tadbirkorlikni ham,harbiy tafakkurni ham,oldindan ko„ra olish iqtidorini ham,ruhoniyligu islohotchilikni ham o„zida mujassam etgan”2 ,deydi. Chunki u qonli urushlar,zulm,bosqinchiliklar avj olgan bir zamonda yashagan.Davrning turfa to„siqlarini beqiyos zakovat,hayratlanarli tadbirkorlik bilan yengib o„tgan.Amir Temurning saltanatni boshqarish san’atiga dunyo ahli tan bergan.Uning jang yo„riqlari,dushmanlariga qarshi olib borgan kurash usullari shohu sultonlar uchun o„ziga xos ibrat bo„lib kelgan.”Sohibqiron”da ham Amir Temurning raqiblarini yengish yo„lidagi tadbirlari ta’riflanadi.Temur o„zining saltanatini boshqarish tadbirlari haqida so„zlay turib,jumladan,shunday deydi:
Bolalarim,unutmangki,
Davlat ishida
Har qanday yumushning ham
O„z o„rnibordir.
Minglab xufya xizmat qilar bizga,masalan,
Ammo ular tanishmagay bir-birlarini.
Xabarlarni shoshilmasdan,tinglab,o„rganib,
Barchasiday chiqargaymiz zarur xulosa.
Dramada shu minglab xufyalardan biri-Buqalamunning obrazi yaratilgan.Sohibqironning ishonchli kishilaridan biri bo„lgan Buqalamunning asl ismi Itolmas.Butun qiyofasini,hatto ko„zlarining rangini o„zgartira oladi,ko„p ellarning tillarini biladi,deb ta’riflangan.Buqalamun eng mushkul topshiriqlarni ham epchillik bilan bajaradi. Ushbu to„qima qahramonining hatti - harakatlari Amir Temurning siyosat maydonidagi makr - xiylalardan qay tarzda xabardor bo„lganini bayon etadi.
“Shatranch ilmi jahongiri” deb ta’riflangan Aloviddinning obrazi esa sohibqironning buyuk iroda,kuchli ruh kishisi bo„lganini dalolatlaydi.Sulton Boyazid lashkarlari bilan hayot-mamot jangi ketayotgan bir paytda Amir Temur Aloviddin bilan shatranj o„ynab o„tiradi.Chodir ortidan jang suronlari eshitilib turadi.”Ayni chog„da mening bunday o„ltirishim dushmanga allaqachon ma’lum bo„ldi.Bu firibimdan ularning dilida qo„rquv tahlikasi boshlandi.”,deydi Amir Temur.Shoir xayolining kashfi bo„lgan bu jarayonni shatranj o„yini qoidalariga muvofiq manzaralantiradi.Amir Temur taxta ustida ruh donalarini harakatlantirib,kutilmaganda Aloviddinni chiroyli mot qiladi .Sohibqironning buyuk iroda egasi ekanini,ulug„ donishmand egasi ekanini,uning ulug„ donishmand bo„lganini gavdalantirish maqsadida asarga kiritilgan bu o„yin ham falsafiy ruh bilan yo„g„rilgan.Aloviddin o„yin chog„ida Temurga g„alabaga erishish uchun asp donalaringizni harakatlantiring,deydi Sohibqiron esa unga:
Tangrim madodkor!
Ruh surish fikrini u o„rgatdi menga...
Eshitingiz,
Ruh haqiqat qilichidek keskir,beomon.
Men ruh bilan jang qilishni sevaman juda,
Shoyad ruhlar menga mudom bo„lgay madodkor(68-69-betlar)-
deydi.Amir Temur shatranj o„yinida ruh donalari yordamida g„olib kelishi qo„shinlarining dushman lashkarini yengib,Rum sultoni Boyazidni asir olishiga to„g„ri keladi.Tarixiy voqelikka mana shunday badiiy tus beriladi.
Ma’lumki,qahramonlar o„rtasidagi keskinlikni chuqurlashtirishga berilib ketish asarga hamisha ham muvaffaqiyat keltiravermaydi.To„qnashuvlarni kuchaytirishga kirishib ketish asosiy qahramon taqdiri bir yoqda qolib,boshi,oxirini tutib bo„lmaydigan sarguzasht tafsilotlari oqimiga tushib qolishga olib keladi.”Sohibqiron”dramasida ana shunday saqlanilgan.Asosiy maqsaddan chalg„imaslik uchung qahramonlar o„rtasida ziddiyatlar zanjiri hosil qilinmagan.Voqealar keskinlashib ketishi mumkin bo„lgan o„rinda yangi bir qahramon sahnaga chiqarilib,vaziyat iliqlashtirilgan.Yasovul Qosim-ana shunday obrazlardang biri.U Temur Aloviddinni shatranj o„yinida o„tirgan chog„da Sulton Boyazidning asir olingani haqida xushxabar keltiradi.Sohibqiron bu qutlug„ xabari uchun Samarqandga qaytib borgach,unga nabiralaridan birini berishini aytadi.Samarqandga qaygach, halolligi,sadoqati uchun vazir Muhammad Qovchinni ham kechiradi.O„lpon talab qilib kelgan chin elchisiga ham g„azab qilmaydi.Uni mehmon sifatida nabiralari to„yiga taklif qiladi.Biroq sohibqiron shu lahzalarda yana jangu jadalga chiqish zarurati paydo bo„lganini o„ylab ich-ichidan ezilib o„tiradi:
Evoh,meni avlodlarim kim deb eslashur?!
Urushqoq bir jahongirmi yo haq posboni?
Adolat deb umrim bo„yi kurashdim,biroq,
Afsuski,u bo„lmas ekan jangu jadalsiz(117-bet)
Tarixdan ham ma’lum,Amir Temur g„oyat chigal davrda yashagan.Adolat uchun kurash yo„llarida qonli janglarga kirishga majbur bo„lgan.Ana shu ziddiyatli buyuk siymo ulug„vorligini gavdalantirishda Abdulla Oripov tarixiy shaxslar obrazi bilan bir qatorda to„qima qahramonlar obrazlaridan ham mahorat bilan foydalangan.”Sohibqiron”dagi adabiy qahramonlar tarixiy shaxslar obrazi bilan uyg„unlashib ,o„tmish hodisalarning jonli,ta’sirchan manzarasini namoyon qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |