Amir Temur chindan manglayi yorug' Inson e`di, uning baxti — tarix va taqdir uning zimmasiga qanday vazifa yuklaganini teran anglab yetganligida edi. Prezident Islom Karimov Sohibqiron faoliyatiga baho berib, uni buyuk davlat arbobi, bunyodkor, ilm-fan homiysi va buyuk sarkarda sifatida o'rganish lozimligini ta'kidlaganlar. Chindan ham, bu to'rt fazilat, bamisli Inson to'rt unsurdan yaratilgani kabi, ulug' bobomizning surati-yu siyratida to'kis-tugal namoyondir.
Sohibqiron o'ttiz olti yil davlat boshqar-gan bo'lsalar, shundan qariyb yigirma yili safarlarda o'tdi. Shunga qaramay, ulkan mamlakatda bir lahza ham bunyodkorlik ishlari tinmadi. Sohibqironning «Tuzuklar»ida, tarixiy asarlarda uchragan ushbu so'zlarning o'ziyoq, bunyodkorlik ko'lami haqida to'liq tasavvur bera oladi: korizlar, rabotlar, ko'priklar, masjidlar, madrasalar, xonaqohlar, langarxona (musofirxona)lar, shifoxonalar, saroylar, qozixonalar, bog'lar, xiyobonlar, qasrlar, yo'llar, ariqlar, bozorlar, maqbaralar, qishloqlar, shaharlar... bularning bari shu saltanatda barpo etilgandi.
Sohibqironning ilm-fanga homiyligi isbotini topgan haqiqatdir.
Sohibqironning buyuk sarkardalik faoliyati ham diqqatga sazovor. Barchani hayratga solgan narsa — sohibqironning bironta ham jangda yengilmaganligidir.
Sohibqiron Amir Temur bemisl shijoati bilan buyuk davlat arbobi, bunyodkor, ilm-fan homiysi va buyuk sarkarda maqomlarini bir Shaxs siymosini o'zida yorqin mujassani eta oldi va ona xalqining kuch-qudrati, aqlu zakovatini to'la-to'kis namoyon ayladi, oqibatdal fidoyilik, donishmandlik, vatanparvarlikningl buyuk timsoli bo'lib qoldi.
MIRZO ULUG'BEK
Amir Temur nevarasi Ulug'bekni parvarish qilish va tarbiyalashni Saroymulkxonimga topshiradi. U 1398-1404-yillarda buvisi tarbiyasida bo'ladi. Shu orada Amir Temurning Turkiya va Misrga qarshi qaratilgan harbiy yurishlarida Saroymulkxonim bilan birgalikda qatnashadi. Umuman olganda, Amir Temur farzandlari va nevaralarini yoshlik vaqtidan boshlab jasorat, mardlik va jangovarlik ruhida tarbiyalashga katta ahamiyat qaratgan.
Sohibqiron 1405-yilda qo'shini, Saroymulkxonim, Ulug'bek va boshqa nufuzli kishilar bilan birgalikda O'trorga kelib o'rnashadi. Biroq ko'p o'tmay vafot etadi. Bu judolik Ulug'bekning yurak-bag'rini tilka-pora qiladi. Shu vaqtdan boshlab uning boshiga azob va kulfatlar birin-ketin yog'ila boshlaydi. Shu bois,Ulug'bek otasi Shohruh huzuriga borib, Xurosonda 1405-1409-yilgacha istiqomat qiladi. Nihoyat, Shohruh 1409-yilda Samarqandni egallab, o'g'li Ulug'bekni Movarounnahr, umuman Turkiston zaminining hokimi etib tayinlaydi.
Ulug'bek tabiatan o'ta iste'dodli, bilimli va dunyoqarashi keng inson bo'lib, arab va fors tillarini, tarix va adabiyotni mukammal bilgan. U olimu fozillarni atrofiga to'plab, chin ma'nodagi ilmiy markaz — Akademiyani tashkil etadi. Aytish lozim-ki, o'tgan ming yillikda bu kabi Akademiyalar Xorazmshohlar zamonida, Ulug'bek, so'ngra Navoiy davrlarida uch marotaba bunyod etilgan. Bularning orasida Ulug'bek Akademiyasi alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, unda hozirgi ibora bilan aytilganda, matematika, geometriya va astronomiya singari fanlar salmoqli o'rin egallagan, Shunisi diqqatga sazovorki, Akademiyada 50 kishidan iborat matematiklar jamoasi ilmiy ish bilan shug'ullangan. Bu yerda Qozizoda Rumiy, G'iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi, Mavlono Muiniddin Jamshid Koshiy, Mavlono Ibrohim singari mashhur olimlar, muhandislar, faylasuflar va boshqa fan sohiblari xizmat qilganlar.
Ilm-fan rivojini madrasalarsiz tasawur etib bo'lmasligini chuqur anglagan Ulug'bek Samarqand, Buxoro va G'ijduvonda hashamatli uchta madrasa quradi. Bularda ham dunyoviy fanlar o'qitilib, ayrim ma'ruzalarni Ulug'bekning o'zi o'qiydi. Eng muhimi, 1429-yilda ishga tushirilgan mislsiz rasadxonada mashaqqatli mehnat evaziga Ulug'bekning «Ziji» asari dunyo yuzini ko'radi. Bu asarni shu paytga qadar jahon olimlari buyuk kashfiyot sifatida baholab, zo'r qiziqish bilan o'rganmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |