Sohibqironning ilm-fanga homiyligi isbotini topgan haqiqatdir


G’IYOSIDDIN ABULFATH UMAR IBN IBROHIM HAYYOM



Download 43,92 Kb.
bet5/7
Sana06.07.2022
Hajmi43,92 Kb.
#743295
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amir Temur chindan manglayi yorug

G’IYOSIDDIN ABULFATH UMAR IBN IBROHIM HAYYOM
Shoir, faylasuf, astronom va matematik G'iyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Hayyom (15.05.1048 – 14.12.1131) Nishopurda tug'ilgan. Uning otasi choda (xayma) tikuvchi bo'lganligidan Hayyom taxallusini olgan degan taxmin bor. O’sha davrning yuqori saviyasida ta'lim yuksak qobiliyati tufayli Buxoroga Shamsul-mulki Qoraxoniy saroyida ishlashga chaqirilgan. 1074 yil saljukiylar poytaxti - Isfahonga o'tadi va u shox xizmatchisi bo'ladi. 1076 yilda uning ixtiyoriga Isfahondagi rasadxona beriladi va uni jihozlash uchun mablag' ajratiladi. Uning boshchiligidagi olimlarga eski Eron quyosh taqvimini isloh qilish topshiriladi.
1079 yilda yangi taqvim tuzib chiqildi. U birinchi bo'lib uchinchi darajagacha bo'lgan tenglamalarni yechish nazariyasini yaratdi va barcha tenglamalarning umumiy sinflarini bayon etdi. Bu «Al-jabr val muqobala masalalarining isbotlari haqida» asarida (B. A. Rozenfeld (1917 yilda tug'lgan, Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarida o'rta asrlar matematika tarixi bo'yicha ilmiy ishlar muallifi) rus tiliga tarjima qilgan) keltirilgan.
Umar Hayyom birinchi marta geometriya bilan algebraning aloqasi to'g'risidagi hamda algebraik tenglamalarni geometrik tushuntirish va echish haqidagi masalai qo'ydi.
«Evklid kitobining qiyin postulatlariga sharqlar» nomli geometriyaga bag'ishlangan asari uch kitobdan iborat: «Parallellarning haqiiy ma'nosi va ma'lum shubxalar haqida», «Munosabatlar, proportsiyalar va ularning haqiqiy ma'nosi haqida «Nisbatlarni tuzish va ularni tekshirish haqida». Evklid V postulatini isbotlashga urindi bunda asoslaridagi burchaklarning har biri to'g'ri va yon tomonlari o'zaro teng bo'lgan to'rtburchakdan, keyinchalik «Sakkeri to'rtburchagi» deb atalgan to'rtburchakdan foydalangan, geometrik tushunchalar taraqqiyotida juda katta ro’l o'ynadi. Oyning orqa tomonidagi bir kraterga uning nomi berilgan.

AHMAD AL-FARG’ONIY
O’rta asrlarda yashagan o’rta osiyolik olimlar orasida buyuk astronom, matematik va geograf al-Farg’oniy salmoqli o’rin egallaydi.
Olimning to’lliq ismi Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg’oniydir. Manbalarda uning farg’onalik ekanligidan tashqari deyarli boshqa ma’lumotlar saqlanmagan. Lekin shuni ham e’tiborga olish kerakki, o’rta asrlarda musulmon o’lkalarida bo’lgan an’anaga binoan, mamlakat poytaxti yoki markazini ham mamlakat nomi bilan atashgan. Masalan, 995 yilgacha Xorazmning poytaxti bo’lgan Kotni, keyingi poytaxti Gurgaychni ham Xorazm deyishgan. Ba’zi arab mamlakatlarida bu odat hozir ham saqlanib qolgan. Misrning poytaxti Tsohirani — Mior, Shom (Suriya)ning poytaxti Damashqni — Shom deyilishi shundan. Ana shu odatga ko’ra, o’rta asrlardagi Farg’ona vodiysining markaziy shahri Axsikatni ham Farg’ona deyishgan. Shuning uchun al-Fargoniy Farg’ona vodiysining istalgan qishlog’idan yoki Axsikatdan bo’lishi ham mumkin. Shunisi ma’lumki, al-Farg’oniy xalifa Xorun ar-Rashidning sharqiy erlaridagi muovini, o’g’li Abdullohtsing (bo’lajak xalifa al-Ma’munning) Marvdagi olimlari doirasiga kirgan. Ehtimol, Abdulloh yoshligidan bilimga chanqoq bo’lgani uchundir, 806 yili Marvga noyib bo’lib tayinlanganida, Movarounahr, Xuroson, Xorazmdan olimlarni va iste’dodli yoshlarni to’play boshlagan. Bu olimlarning asosiy qismi Abdulloh u erga kelganydan avvalroq to’plangan bo’lishi ham ehtimoldan xoli emas, chunki Marv avvaldan, Sosoniylar davridanoq ilmlilar markazi hisoblangan.
Al-Farg’oniyning hayoti haqidagi ma’lumotlar juda kam bo’lganligiga qaramay, o’rta asrlarda Sharqda uning nomi mashhur bo’lgan. Ibn al-Nadim (X asr), Ibn al-Tsiftiy (XII—XIII aorlar), Abul Faraj Bar Ebrey (XIII asr), Hoji Xalifa (XVII asr) kabi sharq fihristchilari uni o’z asarlarida eslatadilar. Al-Farg’oniyning asosiy astronomik asari «Samoviylar va umumiy ilmi nujum kitobi» («Kitob al-harakat as-samoviya va javomi’ ilm an-nujum») XII asrda Ovro’pada lotii tiliga ikki marta va XIII asrda boshqa Ovro’po tillariga ham tarjima qilinganidai so’ng, uning lotinlashtirilgan nomi «Alfraganus» shaklida G’arbda bir necha asr davomida keng tarqaladi. Uning bu kitobi shu asrlar davomida Ovro’po universitetlarida astronomiyadan aoosiy darslik vazifasini o’tadi. Al-Fargoniy asarining lotincha tarjimasi birinchi marta 1493 yilda nashr etilgan.

BUXORIY
Buxoriyning to’liq ismi Abu Abdullox Muxammad ibn Ismoil ibn Ibroxim ibn al-Mugira ibn Bardazbex al-Juafiy al-Buxoriydir. U Buxoroda kata olim oilasida 810 yil 20 iyulda tugilgan. Imom al-Buxoriy– islom olamining yirik mutafakkiri, buyuk muxaddis. Muxaddislar imomi, xadis ilmining sultoni deb xam yuritiladi.
Otasi Ismoil uz davrining etuk muxaddislaridan, Molik ibn Anasning shogirdi va yakinlaridan biri bulib, tijorat ishlari Bilan shugullangan. Onasi takvodor, diyonatli, okila ayol edi. Otasi vafot etgach, uning tarbiyasi volidlasi zimmasiga tushgan. U 5-6 yoshdan islomiy ilmlarni, Muxammad (s.a.v.)ning xadislarini urganishga va yodlashga kirishadi. Tanikli muxaddislar – al – Doxiliy Muxammad ibn Salom al-Paykandiy, Muxammad ibn Yusuf al – Poykandiy, Abdullox ibn Muxammad al-Masnadiy va boshkalardan sabok olgan. Azaldan muxaddislar safarga chikishdan oldin uz yurtidagi roviylardan birorta xam xadis koldirmasdan yozib olgan bulishi va shundan keyingiga boshka shaxa ryoki mamlakatga safarga otlanishi mumkin edi. Buxoriy 16 yoshga etguncha, uz yurtidagi mashoyixlardar xadis eshitib, yozib olib, xalifalikning turli viloyatlari tomon yul oladi. 825 yil Buxoriyning onasi va akasi Axmad Bilan Makkaga kelib, xaj ibodatini ado etadi. Onasi va akasini Buxoroga kaytarib, uzi Makkada koladi. Bu erda faoliyat kursatayotgan mashoyixlarning ilmiy yiginida katnashadi. 827 yili Madinaga boradi. Madinadagi mashxur ulamolardan Ibroxim ibn al-Munzir, Mutrif ibn Abdullox, Ibroxim ibn Xamza va boshkalar Bilan mulokotda bulib, ulradan xadislar buyicha sabok oladi. Bu vaktda Rasululloxning saxobalari, saxobalarning izdoshlari turli mamlakatga tarkab ketgan edilar. Shunday sharoitda Muxammad (s.a.v.)ning xadislarini tuplash turli shaxa rva mamlakatlarga borishni takozo kilar edi. Bir necha tarixchilarning ta’kidlashicha Buxoriy Xijoz, Maka, Madina, Toif, Jiddaga kilgan rixlati 6 yil davom etgan. Sung Basra, Kuva va Bagdodga safar kiladi. Shom va Misrga utadi. Bundan tashkri Xuroson, Marv, Balx, Xirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaxarlarda bulib, bu shaxarlardagi olimlardan sabok oldi va xadislar tupladi. Xorijiy yurtlardagi safardan keyin Buxoroga kaytgach, xadis ilmini targib etishga kirishadi. Ul zotning sa’yu kushishlari bu vaktda Buxoroda xukmdorlik kilgan Xolid ibn Axmad az-Zuxliyga xush kelmaydi. Shu sababli, Buxoriy Buxoroni tark etib, Poykentga, keyin esa Samarkand yakinidagi Xartang kishlogiga kelib yashashga majbur buladi vash u erda vafot etadi.
Buxoriy butun faoliyati davomida ilm kishilarini ma’naviy va moddiy jixatdan kullab-kuvvatlagan. Tijorat kilganda topgan daromadidan oyiga 500 dirxamdan fakiru miskinlarga ilm toliblariga sarflagan. Shaxsiy xayotida ortikcha dabdaba, sarf-xarajatlarga yul kuymagan.
Buxoriy umr buyi xadislarni tuplash va tizimga solish Bilan shugullangan. Ularni saxix (tugri, ishonchli) va gayri saxix (xato, zaif)ga ajratgan. Bu ishni xadis roviylarining maishiy xayotlari, yashash joylari, tugilgan va vafot etgan sanalari, bir-birlari bilan kilgan uzaro munosabatlarini urganish bilan boglik xolda olib borgan. Buxoriy jami 600 mingga yakin xadis tupoagan bulib, shundan 100 ming «saxix» va 200 ming «gayrisaxix» xadisni yoddan balgan. Buxoriy uzining noyob kobiliyati iktidori, kuvvai xofizasining uta kuchliligi Bilan ilm axillarini lol koldirgan. Xadis ilmiga uta fidoiylik, akl-zakovatini baxshida etish, Buxoriyga shon-sharaf keltirdi. Uning islom dunyosining eng buyuk allomalaridan biri sifatida tanitdi.
Buxoriy 20 dan ortik kitob tasnif etgan. Ulradan ayrimlari bizgacha etib kelgan. Buxoriyning «Al-jomiy as-saxix» «Ishonchli tuplam») deb nomlangan 4 jild (jus)dan iborat xadislar tuplami islom olamidagi boshka muxaddislar tuzgan xadis tuplamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir. Asar bir kancha xoriyjiy tillarga tarjima kilingan. Shu jumladan uzbek tiliga xam tarjima kilinib, 1991-1996 yillarda 4 jildda nashr etildi.


Download 43,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish