10- Mavzu: U.Hamdam va I.Sulton romanlarida ramziy
talqinlar.
Reja
1.U.Hamdam “Muvozanat”, “Isyon va itoat”, “Sabo va Samandar” romanlarining tahlili.
2.Isojon Sultonning “Boqiy darbadar” va “Ozod” romonlari tahlili.
З.Романларда кахрамон рухияти va ramziy ifoda тадрижининг тахлили.
Tayanch so'zlar: o’zbek, noan’anaviy, poetik tafakukur, mavzu va g’oya, ramziylik, majoziylik, qahramon, milliylik,obrazlilik.
Zamonaviy romanlarda bunday shayton va inson munosabatlarining aks etishi afsonaviy rivoyatlarni asarga olib kirish orqali sodir bo„lmoqda. Noreal voqealarning bayoni, folklor rivoyatlarining uchrashi bevosita muallif nutqi orqali ham asarga kiritilishi mumkin. Jumladan, Ulug„bek Hamdamning «Isyon va itoat» asaridagi Odam ota va Momo havo taqdiri to„g„risidagi afsona muallif nutqi orqali asarga singdirilib boriladi, bu voqeaning asar kompozitsiyasidagi o„rni qahramonlar hayoti va taqdiriga qiyosan falsafiy mohiyat kasb etadi: «Olam uzra zulmat hukmron edi u paytlar. Na qittay yorug„lik bor edi va na jinday harakat. Ehtimol, mavjud edi ular. Biroq zulmatning qa’rida cho„kib yotardi. Boshqa yoqdan esa yorug„likni, harakatni ko„ra oladigan, ularni idrok eta biladigan xilqatning o„zi yo„q edi. Faqat Tangri taolo bor edi. Vaqti kelib U bilinmoqni istadi. Zulmatning qornini yorib, butun boshli dunyo yaratishni niyat qildi. Va «YOrug„lik bo„lsin!» dedi. SHunda zulmatning bag„ri chok-chok so„kilib ichidan nur oqib chiqdi. Dunyoda zulmat va nur, tun va kun paydo bo„ldi. Bu yaratilishning birinchi kuni edi...»101 Ushbu rivoyat Akbar taqdiridan va ruhiyatidan hikoya qiladi. CHunki o„z o„quvchisini bir shapoloq urgani uchun qamalgan, qalbini esa zulmat qoplagan edi. Uning qalbida nur, kelajakka ishonch yo„q edi. O„sha qora turmaning azoblari ortda qolib, u ozodlikka chiqdi. Jamiyatdagi adolatsizlik bilan ilk bor yuzma yuz bo„lgan asar qahramoni qalbida endi isyon g„alayon qila boshladi. O„zini turmaga tiqqan hamqishloqlarini dog„da qoldirib, yangi hayot boshlash uchun ahd qildi. Bu zulmat qo„ynidan chiqqan yorug„lik, nur edi. Adib Akbar taqdiridagi tub burilishni yaratilishning ilk kuniga qiyoslaydi.
Alloh barcha narsani inson uchun yaratgandi. Ota ham farzandlari uchun hech narsadan tap tortmaydi. Akbar ovqat so„rab arz qilgan bolalari uchun hamma narsani, noz ne’matlarni yaratish uchun safarga otlandi. Biroq u yana adolatsizlik bilan yuzlashdi. O„n ikki tonna deb ortirgan qovuni manzilga etib kelgach, sakkiz tonna chiqdi. O„z akasi Nurmatdan xiyonat ko„rdi. Begona yurtlardagi mafiya qo„lida uzoq qolib ketdi. Endi inson uchun berilgan imkoniyatlar ham oson bo„lmasligini, taqdirga yozilgan yozuqqa itoat qilishga majbur bo„ldi. Dunyo sirlarini anglash qiyinligidan xayolan ming bir ko„chaga kirib chiqdi.
«YAratilishning ikkinchi kuni boshlandi. Bunda Xudovand osmonni erdan ayirdi, gumbazni osmon, quruqlikni esa er deb atadi. Keyingi qator kunlarda erni makon tutib, ko„kni yopinchiq etib o„sadigan o„simliklar, daraxtlarni dunyoga keltirdi, ko„kni va erni to„ldirib uchadigan, yuradigan gala-gala qushlar, to„da- to„da hayvonlarni yaratdi. Zulmat va nurning almashinib turishi va olam uzra bir muvozanat bo„lishi uchun ko„kda quyosh, oy va yulduzlarni bor etdi. Va bularning hammasini xush ko„rdi»102.
Alloh odamzod uchun barcha imkoniyatlarni berib, uni begunoh qilib yaratdi. Asarda tasvirga olingan Diana va Akbar esa taqdirlariga isyon qilishda davom etdi. Diana, Larisa xola, Akbar, tabib qismatidan bir biriga o„xshamas jumboqlar, xatoliklar, ruhiyatidagi holatlar loydan yasalgan bandaning xatolari mevasi edi. Bu dunyodagi butun imkoniyatlarga ega bo„lgan shaxslarni adib ushbu ilohiy rivoyatni asarga olib kirish bilan niyatidagi talqinni yana boyitishga erishdi.
«Hamma narsa muhayyo bo„lgan edi: er va ko„k, suv va havo, hayvonot va nabotot... barcha-barchasi... Faqat bularning ustidan hokimlik qiladigan va eng muhimi, dunyoni, uning YAratuvchisini idrok etadigan, anglab biladigan zot hali yaratilmagandi. SHunda Olloh taolo o„zining shoh asari - Odamni o„z suratida, ilohiy shamoyilda tuproqdan yasadi-da, uning dimog„iga hayot nafasini puflab, jon ato etdi.
Ettinchi kuni esa Olloh yaratishdan tindi. CHunki bu kunga qadar hal etilgan borliq Uning bilinishi va yodlarda mudom qolishi uchun etarli edi.»103.
Bu o„rinda adib tomonidan asarga singdirilgan afsona odamning yaratilishi to„g„risidagi antropogenik mif namunasi hisoblanadi. V.V.Ivanovning fikricha, «antropogonik miflar - yaratilish (shu jumladan, odamning ham yaratilishi) haqidagi asotirlar bo„lib, kosmogonik miflarning tarkibiy qismidir».104
Olimning qayd qilishicha, dunyo xalqlarining er yuzidagi birinchi odam to„g„risidagi miflarida odamning u yoki bu daraxtdan yaratilganligi naql qilinar ekan. Masalan, Peruda yashovchi hindu qabilalari miflarida aytilishicha, birinchi odam palma daraxtining yong„og„idan yasalgan deyilgan. G„arbiy Sibir, Uzoq SHarq, SHimoliy Amerika va Okeaniya xalqlarining miflarida ham ilk odam daraxtdan yasalganligi hikoya qilinadi.105
Turkiy xalqlar mifologiyasida ham ayni talqin mavjud bo„lgan. Har holda, ayrim daraxtlarni muqaddas bilish an’anasi, shuningdek, folklorda shakllangan daraxt kulti shunday xulosa chiqarishga imkon beradi. Folklorshunos SH.SHomusarovning fikricha, «O„rta Osiyo xalqlari islom dinini qabul qilishi va Qur’oni karim, hadis, tafsir va boshqa manbalardagi islomiy asotirlarning bu hududda keng yoyilishi natijasida Odam Atoning yaratilishi va er yuzida insonning yashay boshlashi to„g„risidagi antropogonik afsonalarning syujetlari o„lka xalqlari folklorida ommalasha boshladi. Ana shu tarixiy-folkloriy jarayon natijasida o„zbek xalq og„zaki badiiy ijodiyotida Odamning yaratilishi to„g„risidagi antropogonik afsonalar silsilasi yuzaga kelgan. Islom mifologiyasining bevosita ta’sirida shakllangan o„zbek antropogonik afsonalarida Odam Atoning yaratilishining sabablari, uning tuproqdan yaratilishi, odam yaratish uchun zarur bo„lgan tuproqning zamindan qarzga olinishi, Odam Atoga jon kirgizilishi, Odam Atoning qovurg„asidan Momo Havoning yaratilishi, ularning jannatdan quvilishi, Odam Ato bilan Momo Havoning er yuzidagi hayoti haqida hikoya qilinadi».106
O„zbek xalq antroponegik afsonalarida Odam Ota bilan Momo Havoning shayton qutqusiga uchib bug„doyni eb qo„yganligi va natijada ularning gunoh qilganligi bois jannatdan quvilishi to„g„risida hikoya qilinadi. Ana shu afsonalarda mujassamlashgan xalqona hikmat mohmiyatini chuqur anglagan yozuvchi inson tabiatidagi yaxshilik va yomonlikdan ham Alloh ogoh etganligini, biroq odamzot uni anglayolmaganini ushbu ko„chirma bilan anglatgan. Gunoh qilishdan tiyilish imkonini ham odamzotga bergan bo„lsa-da, u o„z qismatiga isyon qilib birgina ta’qiq etilgan narsa, ya’ni yaxshi va yomonni anglash mevasini emaslikni buyuradi. Bu parcha Diana, Tabib va Akbar ichidan gunohga etaklovchi g„alayonni bosish uchun keltirilgan. Biroq asar qahramonlari turli kasb, turli yosh, turli muhitdagi insonlar bo„lsa ham o„z ichki dunyosi bilan yashayotgan, bir - birini takrorlamaydigan obrazlardir.
«Olloh taolo Odamning hech narsadan kam bo„lmay yashamog„i uchun Adan bog„ini bunyod etdi. Unga turli-tuman daraxtlar o„tqazdi, irmoqlar keltirdi. So„ng Odamni u erga qo„yib: «Sen bu bog„ning har bir daraxtidan eyavergin. Faqat yaxshi va yomonni bilish daraxtidan ema. CHunki undan eganing kuniyoq o„lasan» deb buyurdi.. ,»107.
Bizningcha, bu asarda inson botinining turfa ko„rinishlari ko„zga tashlanadi. CHunki asar voqealari bir necha yo„nalishda, rang-barang taqdirlar va xarakterlarning o„ziga xos ko„rinishlarini badiiy mahorat bilan tasvirlashga qaratilgan alohida-alohida hikoyalardan iborat bo„lib, bu hikoyalar mohiyati taqdirlarning fojeaga yuzlashishidan iboratdir. Asarda tasvirlangan birinchi yo„nalish Akbar va uning ma’naviy dunyosi, ikkinchisi Tabib va uning qismati, uchinchi yo„nalish Larisa xolaning fojiasi bo„lsa, to„rtinchi yo„nalish Diananing axloqiy olamidir. SHuningdek, beshinchi yo„nalish ijtimoiy muhitning reol tasviri va asar to„laqonligi uchun xizmat qilgan rivoyat janrining singdirilishi natijasida romanga olib kirilgan Momo Havo va Odam Ato qismatlari haqidagi hikoyadir. Bu yo„nalishlarning har biri o„ziga xos badiiy qiyofalar, obrazlar va ruhiyatlar to„g„risida alohida-alohida mavzularni tashkil etib, ularning o„q ildizi Akbar obrazi bilan mantiqiy bog„lanib turadi. Akbarning Tabib, Larisa xola, Diana va xotini Faridaga bo„lgan munosabatlari asarda tasvirlangan voqealar rivojini taraqqiy qildirishga xizmat qiladi.
YOzuvchi o„zining ilk romani «Muvozanat»da ilgari surgan hayot va inson to„g„risidagi falsafiy qarashlarini «Isyon va itoat»da mantiqan davom ettirgan, deyish mumkin. Adibning tasavvuricha, odamzod peshonasiga bitilgan taqdirni o„zgartirmoq uchun ma’lum bir yo„lgacha isyon qilib borar ekan. Darhaqiqat, inson o„z maqsadi yo„lida ne-ne ishlarga qo„l urmaydi, deysiz. Oxir-oqibatda uzoq hayot yo„lining so„nggi sarhadlarida namoyon bo„lgan taqdirga itoat etishga majbur bo„ladi.
«U.Hamdam inson zotining kuchli va ojiz jihatlarini xilma-xil nuqtaiy nazarlarda aks ettiradi. Ayniqsa, bashariyatning ilk tarixi bilan qiyosiy tahlil etishda ilohiy mazmundagi kiritmalardan foydalanish ijobiy natijalar bergan. Odam zotining tavba, anglash, xis etish yo„lini o„tib itoatga kelishi, haq yo„ldagi bandasining hidoyat qilinishi bilan bog„liq ilohiy-falsafiy fikrlar birmuncha hayajonli o„y-mulohazalar orqali Akbar obrazi misolida ilgari suriladi», - deb yozadi M.Pirnazarova.108
To„g„ri, taqdir izmiga kimdir tez, kimdir kechroq itoat qiladi. Jumladan, Akbarning xotini Farida o„z qismatini qishloqda yashash va ishlashda deb biladi. U o„z taqdiriga itoatkor shaxsdir. SHu bois o„zi bilan eri o„rtasidagi munosabatlarga ham tabiiy hol deb qaraydi. Akbar esa, aksincha, qalbidagi isyon bilan qishloqqa sig„maydi, u erdan qochib, shaharga keladi. Biroq u bu erda ham ruhiy taskin topa olmaydi. Fohisha ayolga ishqi tushib, unga bo„lgan munosabatini chin muhabbat sifatida tan olishi ham juda qiyin kechadi. Uzoq sukunatdan keyin tan olgan, ya’ni sevgan ayoli bilan uzoq yillar nikohsiz yashaydi va muhabbatlaridan bir nishona yoki farzand ham qoldirmay to„satdan qishloqqa qaytib ketadi. Adib Akbarning mana shu qaytishini uzoq muddatdan so„nggi taqdir izmiga itoat sifatida tasvirlaydi. Bizningcha, bu ikki ayolni ham o„ziga ipsiz bog„lay olgan narsa - bu zamonaviy, ziyoli, xudbin shaxsning hayot yo„lidir. CHunki o„z hayoti davomida ikki ayoldan bittasiga ham o„zini fido qilmagan, ularga na moddiy, na ma’naviy ko„mak bergan, baxt va’da etmagan Akbarni faqat o„z istagi bilan yashagan xudbin odam deyish mumkin. Garchi u aqlli, mehribon, sermulohazakor, bir fohisha ayolning to„g„ri yo„lga tushishiga sababchi bo„lgan fidoiy odam bo„lsa-da, cheksiz-chegarasiz ichki iztiroblar bilan umr o„tkazadigan Kahramon oila va farzand, qolaversa, muhabbati oldidagi mas’uliyat va burchni unutgan shaxsdir.
Diana esa ma’naviy jihatdan balchiqda turgan bo„lsa-da, jisman oftobga intiladi. O„zi uchun begona bo„lgan muhabbat qo„rg„oniga beixtiyor kirib qoladi. CHunki Akbarni sevib, aslida ko„ngil qo„yib qolgandan so„ng, o„z tanlagan yo„lidan qaytib, o„rgangan hayot tarzini o„zgartirishga o„zida kuch topadi. Biroq uning ichidagi o„ynab-kulib yashashga bo„lgan botiniy istaklari yo„qolmaydi. Natijada sevgan kishisi bilan uzoq yillar birga yashasa-da, farzand ko„rishga harakat ham qilmaydi. Akbarning qachonlardir ketishini sezib shu kunning kechroq kelishini kutib yashaydi. «Seni jununingdan qo„rqaman» deb etirof etsa- da, o„z baxti uchun, kelajagi uchun kurashmaydi. Akbarning ketishini tabiiy holdek qabul qiladi. Natijada Larisa xolaning fojiaviy qismatidan saboq chiqara olmagan Diana bir olam xotiralar, iztiroblar iskanjasida yoshi o„tgan damda yolg„iz qoladi. Diananing muhabbat vositasida o„z hayot yo„lini o„zgartirish va baxtli bo„lishga intilishi uning taqdir yo„liga qilgan isyoni bo„lsa, Akbar ketgandan so„nggi yolg„izlik va iztiroblarga to„la hayotga ko„nikishi uning itoatini anglatadi. CHunki asar mantig„idan anglashimizcha, uning yoshligini o„yin-kulgida, keksaligini esa yolg„izlikda o„tkazishi har ikki holatda ham tabiiy bir holdek bo„lib ko„rindi. Qolaversa, ma’naviy va axloqiy jihatdan ojiz Diana ham oilali erkak bilan uzoq yillar nikohsiz aysh-ishratga berilib, sayru sayohat bilan umrguzaronlik qiladi. Natijada ma’naviy fojia kun sayin uni o„z komiga tortib boraveradi. Oxir-oqibatda garchi bir erkak bilan yashagan bo„lsa-da, axloqiy jihatdan tubanlashganligini isbot qiladi. Diananing yoshligini eslatadigan bir tarzda yashab o„tgan Larisa xola esa keksayganda bir og„iz shirin so„z va e’tiborga muhtoj bo„lib qoladi. Qaddu- qomatim buziladi, bola tug„ib, katta qilishdan ham muhimroq ishlar bor hayotda deb farzand ko„rishga rozi bo„lmagan, bolali bo„lganligi uchun o„z opalarining ustidan kulgan va hatto ular bilan aloqasini ham uzgan Larisa xola keksayganida qadrdon o„rtoqlaridan birin-ketin ayrilib, kunlarni yolg„iz va ma’nosiz kechirishga mahkum bo„ladi. U bunday yashashdan zerikadi, hatto o„limini kutib charchagan kampir o„z joniga qasd ham qiladi. YOzuvchi ta’biri bilan aytganda, «Larisa xola kimga qo„ng„iroq qilmasin bu dunyoni tark etgan edi». O„z umrini ma’nosiz bir tarzda kechirgan keksa bir kampir hayot yo„lidan saboq chiqarib, Diana taqdirida o„z o„tmishini ko„rgach, unga buguni va kelajagini ravo ko„rmay, nasihatlar qiladi.
YOzuvchi, odamzod eshitgani va ko„rganiga hamisha ham amal qilavermaydi degan mantiq Momo Havo va Odam Atodan qolgan meros ekanligini kitobxonga eslatib turish maqsadida, asarga ular to„g„risidagi mifologik afsonani singdirib boradi. U o„z nazdida inson juft bo„lib yashashi kerak degan falsafani tabibning taqdiriga mengzaydi. CHunki tabib xotinining xiyonatidan so„ng, yolg„iz yashaydi. Taqdirni qarangki, odamlarga ham hamisha yaxshiliklar qilgan, imon- e’tiqodli bo„lgan, shogirdlariga mehr qo„ygan, o„z kasbiga sodiq bo„lgan bu inson joynomoz ustida ikki bukilib o„lib qoladi. YAqinlariga qilingan nasihatlar esa qog„ozga bitiladi xolos.
Romanga olib kirilgan mifologik afsonalar ma’lum ma’noda asar mantig„ining davomiyligini ta’minlagan bo„lsa-da, ba’zi joylarda ko„chirmalar cho„zilib ketgandek taassurot tug„diradi. Asarda iblisning xiyonatkor bo„lishi va odamga ta’qiqlangan olmadan edirib gunohga qo„l urdirishi haqidagi rivoyatdan so„ng adib 52-qismda birgina jumla yozgan: «Biroq tabib Akbarga javob yozmadi...» Ushbu jumlaning badiiy to„laqonliligi rivoyatdagi mantiqqa yuklatilgan. Bu jumlada shaytonning yo„liga yurgan bandalarning gunohkorligi, Ollohga shak keltirganliklari anglatiladi. Ko„rinib turibdiki, tabib Akbarni oilasiga xiyonat qilganlikda va hayot yo„lini gunoh sari burib, xato yo„lni tanlaganlikda ayblamoqda.
YOzuvchi bir o„rinda «insonning bandaligi shundaki, dard chekkanda qo„lga kiritgan saboqlari darddan forig„ bo„lganda esidan chiqadi. SHuning uchun bu dunyoda hamma narsa takrorlanib kelaveradi, jumladan, xatolar ham.» - deb yozadi. Asarda adibning bunday olimona tafakkuri aks etgan o„rinlardan anchaginasini uchratish mumkin. CHunki u asarda yozuvchi, hikoyachi, xolis kuzatuvchi, donishmand, faylasuf fikr yurituvchi qahramon sifatida ko„rinadi. Asarning so„ngida Akbar ustozidan qolgan xat bilan tanishar ekan, o„z taqdiriga itoat qilganligini tan oladi. YOzuvchi yolg„izlik faqat Ollohga xosligini, u inson taqdirini o„zgartirishga qodir ekanligini jamiyatdagi turli toifadagi shaxslar, turli kasb egalari, turli xarakterli kishilar obrazi orqali ko„rsatishga harakat qilgan, Uning qahramonlari orasida jurnalist, tabib, qariya, fohisha, dehqon, tadbirkor, yosh qizcha obrazlari mavjud. Adib bu personajlar hayoti misolida insonning o„z taqdirini o„zgartirishga bo„lgan isyoni va oxir-oqibatda itoatga bo„ysunishini qalamga olgan.
Ulug„bek Hamdamning «Muvozanat», «Isyon va itoat»109 110 romanlari kitobxonlar qalbidan joy olgani sir emas. Bu asarlar e’lon qilinishi bilanoq adabiyotshunoslarning e’tiboriga tushdi, bahs-munozaralarga sabab bo„lib, u haqda bir qator ilmiy tadqiqotlar ham yuzaga keldi. Adabiyotdagi an’anaviy mavzularni yangicha poetik talqin qilishi bilan ajralib turadigan bu yozuvchining yaqindagina kitobxonlar hukmiga havola qilingan «Sabo va Samandar»10 deb nomlangan yangi romani ham hozirgi adabiy jarayonning o„ziga xos yutuqlaridan biri bo„ldi, desak yanglishmagan bo„lamiz.
Bu asar avvalo, shakliy-tasviriy ko„lami jihatidan an’anaviylikni saqlab qolgan, ya’ni asar syujeti an’anaviy muhabbat mavzusiga bag„ishlangan. Bizga ma’lumki, SHarq xalqlari adabiyotida «Farhod va SHirin», «Layli va Majnun», «Tohir va Zuhra», «Vomiq va Uzro» kabi oshiq-ma’shuqlarning muhabbati haqida hikoya qiluvchi afsona, ertak, qissa va dostonlar necha asrlardan buyon kitobxon qalbini hayajonga solib keladi. Sehrli ishq tuyg„ulari qalblarini egallab, butun vujudlari bilan yor vasliga intilgan oshiq-mashuqlarning ayanchi taqdirlari hali - hanuz o„ziga maftun etib kelmoqda. Biz ularning fojiaviy ayriliqlariga befarq qaray olmay, ko„z yoshlarimizni to„kkancha ushbu asarlarni o„qiganimiz rost.
YOzuvchi Ulug„bek Hamdam ham o„z romanida «Layli va Majnun» qismatini talqin etish bilan birga, zamonamiz vakili sanalgan, o„zlariga «Layli va Majnun» sevgisini shior qilib olgan Nodir va Nilufarlarning muhabbat yo„lidagi qalb iztiroblari, ayriliqdan o„limni afzal ko„rishlari va sof muhabbatlarini tan olmagan ota-onalariga va fisqi-fasodga o„ch johillarga qarshi o„limga tik boqish orqali isyon qilishlarini teran tasvirlaydi. Biroq, bular asarning badiiy g„oyasi va yangiligi emas. Adib kitobxonga an’anaviy sevgi tarixini eslatib o„tadi, ya’ni adabiyotda ko„p ishlangan bu mavzu yozuvchining badiiy niyatini ifoda etish uchun vosita bo„lgan, xolos, biroq muallif ushbu asari orqali hali kitobxonlarga ma’lum bo„lmagan noan’anaviy muhabbat tarixini hikoya qiladi.
YOzuvchi ko„ngil ishi hisoblangan muhabbat qismatini yoritar ekan, nega endi sevishganlar o„lishi, ularni nega o„lim ayirishi, ularning qalbida kechayotgan o„tli dardlarni tushunmagan yaqinlarini nega o„z o„limlari bilan jazolashlari kerak, degan savolni qo„yadi. SHu o„rinda sevishganlar agar visolga etsalar sevgining kuchi yo„qoladimi, ular bir osmon ostida yashasalar, o„zga bilan oila qursalar, farzand ko„rsalar yuraklarining tub-tubidan joy olgan muhabbat otashi so„nadimi, yoki muhabbat o„z kuchini yo„qotadimi degan savollarga javob berishga urinadi.
Asar qahramonlari Sabo bilan Samandar bir shaharda yashashsa-da, bir umr bir-biriga intilib, bir-birini sog„inib, bir-birini bu dunyoda yashayotganligidan, hayot ekanliklaridan taskin topib yashaydilar. Ularni nafaqat sevgilisining vasli, balki yori haqidagi birgina xabar, birgina so„zsiz nigohlarning to„qnashishi, jamiyatdagi va oiladagi o„rni, sog„ligi va quvonchi haqidagi xabarlar ham qiziqtiradi. Bugungi texnika taraqqiyoti rivojlangan davrda bir-biriga qo„ng„iroq qilishga, pinhona uchrashishga, hayo pardasini yirtishga jur’at etolmagan, ota-ona, farzand oldidagi burch, qolaversa sevgilisining shanini har narsadan ustun qo„ygan bu oshiq-ma’shuqlar yoshi ellikdan oshibdiyamki o„z muhabbatlari, sevgilari to„g„risidagi shirin xayollari, qalb qiynoqlari bilan umrguzaronlik qiladi.
Hayotda nima og„ir - bir bor o„lib, beda’vo darddan bir yo„liga qutilishmi yoki har kuni shu beda’vo dard bilan qiynalib, shu darddan o„rtanib yashashmi. Bizningcha, o„limdan og„iri bu iztirob chekib yashashdir. Iztirobga dosh berolmaganlar esa o„zlariga o„limni ravo ko„radilar. Ollohning amrini kutib ruhiy qiynoqlar iskanjasida qolgan kishilarning dil nolalarini ichiga yutib, qalblarini larzaga solgan dardlar girdobida o„rtanib yashash iztiroblarini ijodkor ushbu asarida ishonarli ranglarda tasvirlagan. SHu bilan birga, muhabbat mavzusining, sevishganlar qismatining yangi ko„rinishlari ko„z oldimizda gavdalanadi.
Sabo boy xonadonga kelin bo„lib tushadi. Turmush o„rtog„ining jamiyatdagi mavqei ham ko„plab ayollar havas qilgulik. Agar u hayotda yo„qchilikdan qiynalganda sevgisi uchun kurashmaganligidan pushaymon bo„ldi deb o„ylash mumkin edi. O„shanda biz boy-badavlat yashasa Samandarni unutib yuborardi, deyishimiz ham mumkin edi. Asarda esa Saboning eri xotinini sevadigan, ardoqlaydigan, uning tungi alahsirashlaridan shubha qilib qiynayvermaydigan, o„zi esa begona ayollar bilan ishqiy munosabatlarga mukkasidan ketib, xiyonat ko„chasidan yurmagan, farzandlari uchun har narsaga tayyor risoladagik erkak. U xotiniga berganlarini minnat qilib o„ziga e’tiborli bo„lishini ham talab qilavermaydi. Bu asrda bekamu-ko„st er sifatida tasvirlangan boyvachcha aslida Samandarning bolalikdagi qadrdon do„sti, asarda yozuvchi tomonidan Samandar obraziga qarama-qarshi qo„yilgan realist SHerdildir. U voyaga etgach o„z yaqinlariga va do„stlariga nisbatan tabiatida begonalik barq urgan, butun fikri-zikri aqliy mehnatga qaratilgan, yangi «sun’iy odam» yaratishga mukkasidan ketgan, biznes sirini yaxshi bilgan aql kishisidir. Biroq, adib mana shu aql kishisining ham qalbida aslida insoniy tuyg„ular, hissiyotlar borligini asar so„ngiga qadar sir saqlaydi. Bu sir Samandarning qabri tepasida ochiladi. Bir vaqtlardagi qadrdon do„stining sevgilisi bilan umrguzaronlik qilgan kishi o„zi ekanligini aytgan SHerdilning iqror bo„lganligini kuzatib, uni xotinining dardu dunyosiga befarq qaraganligini tushunamiz. Sevgi-muhabbat degan tuyg„ularni tan olmaydigan insonning his-tuyg„ularga berilishini yoqlamaydigan bu zot rashk degan tuyg„u haqida ham tushunchaga ega emas. Bizningcha, uning shunday holatga tushishiga ma’lum ma’noda atrofidagilaming, ota- onasi, do„sti Samandarning ham xissasi bor. CHunki. o„z yurtidan, qishlog„idan, do„stlaridan yiroqga ketishni istamagan yosh bolaning ko„z yoshlariga, qalbidagi iztiroblarga hech kim quloq solmaydi. Uning ruhiyatidagi alamzadalik keyinchalik befarqlik va hissizlik bilan o„rin almashadi. Insoniy xis -tuyg„ulardan yuz o„girgan SHerdilning barcha yumushlarini robot odam bajaradi. Unga «Samandar» deb ism qo„ygan. U o„z ayolining choy yoki kofe damlab, mehr bilan uzatishini kutmaydi, chunki bunga odatlanmagan. Barcha hissiyotlarni tan olmaganidek, ko„ngil ishini ortiqcha hissiyotga berilish deb hisoblaydi. SHu bois, onasining o„limini eshitib ham xotirjam o„z ishlarini tugatib, so„ng yo„lga chiqadi, yo„lda ham kompyuterda ishlab boradi. Hatto otasini so„nggi yo„lga ham kuzatolmaganidan xafa ham bo„lmaydi. SHu bois, unga xotinining ruhiyatidagi, qalbidagi tug„yonlar mutlaqo begona. Bular haqida o„ylash ham ortiqchalik qiladi.
Samandar esa iste’dodli xodim bo„lsa-da, ishq iztiroblari bilan ovora bo„lib, ko„pning nazarida ishyoqmas va subutsizlikda ayblanib, ko„ngli hamisha yolg„izlik istagani uchun shirin xayollar surish hayotining mazmuniga aylangan, burch, mas’uliyat, fidoyilik kabi tushunchalar o„z mazmunini yo„qotib, borgan sari yo„qlikka singib borayotgan shaxs. Yillar davomida o„z yorining bir borlik diydorini, radio to„lqinlari orqali bo„lsa-da, qalbini titratuvchi suxonini tinglash orzusi bilan umrguzaronlik qilayotgan zamonaviy oshiq. Uning ayoli esa sadoqat timsoli. U erini tungi tushlardan alahlashlariga, garchi jisman yonlarida bo„lsa-da, bolalari va ayolini unutib, o„zganing yodi bilan yashashini biladi. Erining bu dardiga da’vo o„zi tomonidan berilayotgan mehr va e’tiborda deb o„ylaydi. Uzoq yillar sabr-toqat va chin sadoqat bilan o„zganing yodi unutilishini, juftining ham jisman, ham ruhan o„z yoniga qaytishini kutib yashaydi. Mehnatkash, bolajon bu ayol eng og„ir jazoga, e’tiborsizlik va sevila olmaslikka mahkum etilgan. Asarda ham bu ayol taqdiri ruhiy kasallikka chalinish bilan yakunlanadi. Aslida eng og„ir fojia uning qismatiga yozilgan deyish mumkin. Biroq, sevib, sevilib visol g„animot bo„lib, ayriliqdan o„rtanib, tirikligini, hayotda, o„zi yashayotgan shaharning o„zga bir ko„chasida nafas olib yurgan sevgilisining diydoriga mushtoqlik, ham haqli, ham haqsiz qalbining egasiga talpinib yashash o„limdan ham og„ir fojiadir.
Ulug„bek Hamdam Sabo va Samandarning ishq fojiasini tasvirlar ekan, diydorning an’anaviy yo„lini tanlaydi. Uzoq yillar oldin qilolmagan, garchi bir necha bor jazm etgan bo„lsa-da, turli sabablar bilan tiriklikka mahkum qilingan bu oshiqlar bir-biridan uzoq yurtda, bir kunda, bir vaqtda jon taslim qilishlari bilan ruhan birlashadilar. Nihoyat, o„lim ularni azobli ayriliqdan so„ng boqiy dunyoda birlashtiradi.
Bugungi kitobxon nazdida ehtimol ellik yoshdagi, oilali, farzandli kishilarning sevgi dardida yonishlari bachkanalikdek ko„rinar. Balki, bu oshiqlarni subutsizlikda ayblar. Balki, sevishganlar tarixini yangi talqinidagidek, qanchadan- qancha kishi ehtimol sevgisini dilda pinhon tutib, o„zga kishi xayolli bilan yashab yurgandir. Balki, kimdir Sabo sadoqatida, kimdir Samandar matonatida o„zini ko„rar.
Ulug„bek Hamdam «Sabo va Samandar»ning hayot yo„lini, ishq dostonini tasvirlar ekan, ba’zi ishonchsiz ko„ringan jihatlarni e’tiborga olmaydi. Jumladan, o„zbek xalqidek qiziquvchan millat bo„lmasa kerak. O„z sevgilisi kimga turmushga chiqqanligi yoki bir vaqtlardagi eng yaqin do„sti, qo„shnisi bo„lgan SHerdilning kimga uylanganligi, qaysi mahallada yashashi bilan qiziqmasligi ishonarsizdek ko„rinadi. Biroq, bu sattaliklar butun xayollari, o„ylari, qiziqishlari va o„z maqsadlari bilan band bo„lgan muhabbatlarining intihosini kutib yashayotgan oshiqlar uchun ahamiyatsizdek ko„rinadi. Ular o„z iztiroblari bilan shu qadar bandki, uchinchi odam haqida o„ylash ortiqcha. SHu sabab, bor haqiqat ba’zi o„rinlarda bir chiziqda ishora qilinsa-da, SHerdilning so„nggi so„ziga qadar sir saqlanadi. Mana shu sirlilik orqasiga adib bugungi ijtimoiy jamiyatdagi o„zgarishlar, zamondoshimizning tafakkuri va dunyoqarashining yuksalishlarini yashiradi.
Xulosa qilib aytganda, yozuvchining ushbu romanini o„qir ekanmiz uning milliy zamindan, milliy o„zandan turib jahonga boqayotganligini ko„ramiz. CHunki dunyo xalqlarida oilaning mustahkamligi muhabbatga asoslaniladi. Ota- ona istagi bilan qurilgan oilani buzish fojia emas, balki sevmay, sevilmay birga yashash fojialigini jahan adabiyotidan bilamiz. SHu bois, bir nigohda badiiy niyatning tasviri ishonarsizdek, yolg„onlarga asoslangandek, uzundan - uzoq olimona tahlillar mavjuddek yoki xind kinolarini eslatgandek ko„rinsada, asarning o„q ildizi haqiqatga asoslanligini, voqelik kitbxonni hayajonga sola olishini, bugungi kun kishisining o„ylari, dunyoviy tafakkurini, muhabbatning yangi talqinlarini ko„rishimiz mumkin.
Ma’lumki, bugungi o„zbek romanchiligi johon romanchiligi an’analarini o„zida jam qilib bormoqda. SHu bois bunday asarlarni o„qishda kitobxon an’anaviy asar o„qigandek bo„lmaydi. CHunki, asar voqealari, qahramonlar taqdiri va xarakteri o„quvchini sehirlab, o„ziga ergashtirib bormaydi. Bu asarlarni chuqur mushohada va falsafiy tafakkur qilsangiz anglashingiz mumkin. Mana shunday
asarlardan biri Isojon Sultonning “Boqiy darbadar”dan so„ng yaratilgan “Ozod” romanidir. Omon Muxtor bilan bo„lgan bir suhbatimizda adib “meni asarlarimni tushinish kerak, tushunmagan kishi o„qimasin” -degandi. CHunki, hamma tushinadigan asarlardan farqli bo„lgan adib romanlari tuyg„u, kechinma, hayol, tush, orzu kabi insonga xos jihatlarning badiiy talqinini ramzlar orqali, falsafiy ifodasini berishi bilan ajralib turardi. Isajon Sulton esa bir asarda hayot falsafasini, insonning jumboqlarga to„la ko„ngil falsafasini tasvirlashga harakat qiladi. “Ozod” romani ham sof falsafiy, ramziy tasvirlar orqali hayot va inson, ezgulik va jaholat, nafrat va muhabbat, savob va gunoh kabi abadiy hilqatlarni turli xil ranglarda, ohanglarda, tasvirlanganligi bilan ajralib turadi.
Asarda ilgari surilgan muammo hayotni va insonni falsafiy - psixologik, ramziy - majoziy tushunish hamda tushuntirishdan iborat. SHuningdek, adib ramziy ishoralar, falsafiy umumlashmalar orqali illohiy bir kuchning movjudligiga, ya’ni inson qalban poklanishi uchun uning ruhiyatida ollohga itoat va sadoqat bo„lishiga undaydi. YOzuvchi Isajon Sulton asarda uchta aksni ko„rsatishga harakat qiladi. Birinchi aks asar qahramoni Ozodning baxtli kelajagi va sevgilisiga sadoqati uchun lola izlab safarga chiqishi va yo„lda turli-tuman taqdirlarga ega bo„lgan insonlarni uchratishi haqidadir. Ikkinchi aks esa yo„lda uchragan barcha narsa va hodisotlarga o„ziga xos tarzdagi ma’nolarning berishi va natijada uning tafakkuri chandon kengayishi xususidadir. Uchinchisi esa mashaqqatlarga qaramay Lolaga etishmoq va o„zligini, e’tiqodini anglab etmoq kabi ramziy aksning ifodasidir. «Ozod» romanidagi deyarli barcha obrazlar ramziy ma’noga ega. Ma’lumki, ramz adabiyotning, ayniqsa, bugungi nasrning etakchi ifoda usuli bo„lib kelmoqda. Ushbu romanda ramziy-majoziy obrazlar va voqea hodisalar talqini shamol nutqi orqali ifodalanadi. Uning hikoyalaridan chiqarilgan xulosalar esa inson qalbiga, e’tiqodiga qilingan safar deya talqin qilinadi.
«So„qmoq o„ydim - chuqur, aravaning g„ildiragi o„t - o„lanlarni ezib - yanchib o„tgan, iziga yomg„ir suvi to„planib, sarg„ish - qizg„imtir tus olgan, shu sath oynasida ham osmonning va ko„lmak chetidagi tuproq uyumining bir qismi aks etardi.
Yo„l uzundan - uzoq, arava g„iyqillar, unga qo„shilgan qari bir ot horg„in odimlab borardi. Mehnatdan boshi chiqmagani shundoqqina ko„rinib turar, ko„lmaklardan ehtiyotlik bilan o„tar, biqinida qay bir suvoriyning poshnasidan qolgan chandiqlari ham bor, xullas, ko„pni ko„rgan ot edi bu.
Arava esa juda ko„hna, yog„ochlari yorilib - yorilib ketgan, xom teridan ishlangan enli qayishlari vaqt o„tishi bilan qoraygan, katta g„ildiraklari g„ijirlab aylanar, qoldirgan iziga loyqa yomg„ir suvi oqib tushib to„ldirar, ularning yuzasida ham osmon xira akslanardi».11
YUqoridagi tasvirlarni o„qir ekanmiz, ko„z oldimizga katta g„ildirakli arava, uni tortib boradigan ot jonlanadi. Bularning barchasi ramz. Bunda yaxshi-
yomon kunlarni boshidan o„tkazgan insonning hayot yo„li bir tekis bo„lmasligi, undagi voqealarning qalbni qiynagan iztiroblaridan qolgan chandiqlar aravadan qolgan izga qiyoslanadi. Bu yo„lda mashaqqatli mehnat bilan odimlab borayotgan ot millatning bosib o„tgan yo„li. Juda ko„hna, qadimiy an’analari movjud xalqning hayot yo„lidagi yo„qotishlardan ezilgan, toptalgan ruhi, xukumron mafkuraning o„yinlaridan qolgan chandiqlar ramziy ifodasini topgan.
SHu sabab ushbu tasvirlar orqali adib ramziy ma’noda hayotning murakkab so„qmoqlarini, inson hali anglab, ba’zan anglab ulgurmagan haqiqatlarni tasvirlaydi. Roman sujetida bir qator ramziy majoziy xarakterdagi obrazlar tizimi o„z aksini topgan. Jumladan, quydagi obraz va timsollarning har biri o„ziga hos ma’nolarga xizmat qiladi. Ozod, shamol, toshkesar, uzumzorlar egasi, ota, o„g„il, xoin, yov, malomatchilar, murtad, qarg„a, bo„ri, qush, otlar obrazi, humo qushi va boshqalar. Ushbu majoziy obrazlarning har birining zimmasiga qo„yilgan falsafiy ma’no va vazifa mavjud. Bizningcha, Lola - ollohga etishish ramzidir. CHunki, har bir inson bu dunyoda o„zini anglashi uchun avvalo ollohni anglashi, ollohga imon keltirishi, unga ruhan etishishi lozim. Lolaga intilish uning jamoliga intilish, unga erishish yo„lidagi mashaqqatlar chin insonga xos xislatdir. Demak, lola olloh jamoli, inson baxti, yoshlarning sadoqati, burchi, kelajakning bardavomligi va barakasi kabi jihatlarning ramzidir. SHunday lolaga erishish yo„lida mashaqqat chekkan qahramon Ulug„bek Hamdamning “Lola”111 hikoyasida ham keltirilgan. Bu yo„ldagi mashaqqatlar unda ham taqdir sinovlari tarzida berilgan. Unda ham inson juda ko„p qiyinchiliklar orqali lolaga intiladi. Qolaversa, bu intilish insonning qalban poklanishga harakat qilishi deb o„ylash mumkin.
Isojon Sulton asaridagi Ozod ham baxt lolasi uchun yo„lga chiqadi.U yo„lda uchragan Toshkesar va uzumzorlar egasidan lolaga eltuvchi yo„ldagi turli mashaqqatlar, dahshatli taassurotlarni tinglaydi. Biroq, ularning har ikkalasi ham qahramon otlanayotgan yo„lni har xil ta’riflaydi. Ozodning yo„lida uchragan har bir hodisani ya’ni ko„r kishi, daraxtzor, qon, ikki qush, yo„l ko„rsatuvi, ot, kuchuk, qushcha va uchyong„oq kabilar bilan bog„liq hikoyatlarni taniqli adabiyotshunos Abdug„ofur Rasulov “Akslar falsafasi”112 deya baho beradi va ushbu asarni sinchkov tahlil qiladi. Natijada har bir aks ko„ngil aksi deb to„g„ri talqin qilinadi. Biroq, bu akslar nafaqat ko„ngil aksi balki ollohga itoat va e’tiqod aksi ham deyish mumkin. SHu o„rinda kitobxon turfa xil qarama-qarshi ta’riflarni o„qib hayratga tushadi. Ma’lumki, Ozod ishtiyoq bilan yo„lga chiqar ekan uning maqsadi lolani olib kelish emas. Balki, hayot yo„lini belgilab olish, baxt va omad izlab chiqish ekanligini tushinamiz. SHu sabab bu yo„l odatiy yo„l emasligini anglaydi. Yo„lda ilk bor uchragan ayollar, Toshkesar va uzumzorlar egasi ta’riflagani haqiqiy yo„l emas, umr va hayot yo„lidir. Toshkesar og„ir mashaqqatli ish bilan band. Bu uning umri mashaqqat bilan o„tganiga ishora bo„lsa. Uzumzorlar egasini esa farzandi yo„q bo„lib, hayoti mazmunsizdek tuyulardi. SHuning uchun ham u umrini ya’ni baxt lolasiga eltuvchi yo„lni kimsasiz kengliklarga o„xshatadi. Asardagi bu ikki qahramon ko„rinib turibdiki bir shaklga ikki xil ma’no va baho berishadi. Asardagi yov ramziy obrazi esa yovuzlikning ramziy talqini, romanda tasvirlanishicha “Dalayu qirlarga yoyilib yashayotgan odam bolalari bizlarning dushmanimizdir! Ular rohatu farog„at ichida umr kechirishadi, eru mulklarni egallashadi, qaldirg„och singari loy-cho„p tashib uylar qurishadi, to„p-to„p bo„lib kezib yurishadi, behisobu besanog„u behuda so„zlar aytishadi. Ana shu aytganlari o„ziga kushanda bo„lib qaytib kelishining timsoli sifat turamiz tog„ o„ngirlarida, tubsiz qorong„uliklar ichida... Bir kuni bir odam bolasi bir nojoiz so„z aytadi, u gunohga aylanadi- shunda tog„ darz ketadi. YAna bir so„z aytadi - darz kengayadi. Keyin esa darz yoriqqa aylanadi. Ana shu yoriq ochilsa bas- orasidan shuvillab o„tamiz biz. Er yuziga yoyilib-yoyilib ketamiz, bulardan o„chimizni olamiz, bo„yinlaridan egib -egib, o„zimizga bosh egdiramiz”113. Ushbu parchadan ko„rinib turibdiki, bu fikrlar insonning azaliy dushmani bo„lgan shaytondir. Faqat u insondan o„ch olish uchun payt poylaydi. Bu olingan uchga esa insonning o„zi sababchi bo„lishi diniy rivoyatlarda keltirilgan. “Meva pishsa, uni cho„qiydigan qush allaqachon yaralgan. Bir tosh bino bo„lsa, uni emiruvchi suv albatta mavjud. Biz esa odam bolasini emiruvchimiz”.114 Ko„rinib turibdiki insonni emiruvchi haqida gap ketayapti. Ayni shunday fikr Xurshid Do„stmuhammadning “Jajman” nomli hikoyasida ham keltirilgan. Unda ham inson o„z nafsi tufayli shaytoniy hislatlarga oshno bo„ladi. CHunki, odamzod shaytonning izmiga kirib jannatdan quvilgandan buyon uning bir dushmani, yovi mavjud. Bu uning qalbiga kirgan SHaytondir. Asarda ana shu yov nazarda tutiladi. CHunki yov aslida insonning o„z qalbida, ichida, ya’ni botinidadir. YOv insonning o„z illatlari, nafsi, yovuzligi, e’tiqodsizligidadir. Odamzotning gunohlari uni hor qilishi mumkin. Bu dushman insonning insoniyligini va eng yaxshi sifatlarini emiradi. YOv nazarda tutgan yoriq esa inson ma’naviy dunyosining darz ketishidir. CHunki, inson qabohatga, yolg„onga, hiyonatga, yovuzlikka oshno bo„lsa SHaytonga bo„ysingan bo„ladi. Mana shu inson va shayton o„rtasidagi kurash asarda yov obrazi orqali aks ettirilgan. Asarda qilgan gunohining jazosini olayotgan xoin obrazi esa o„z qavmdoshi bo„lgan Eranni dushmanlarga sotadi va umri mana shu gunohining tovonini to„lash bilan o„tadi. “Uchyong„oq tagida tuyqusdan to„xtab qoldi. Uchyong„oq tagida jasadlar bor edi. Biri ellik yoshlardagi kuchli va baquvvat kishining, boshqalari bir necha o„spirinning jasadlari bo„lib ular betartib yotishar, yuraklari sug„urib olingan edi. Kuchukni to„xtatgan narsa jasadlar emas, balki notanish kimsalar bo„ldi. Oppoq bu kimsalar jasadlar ustida muallaq turar, oyoqlari erga tegmas edi. Kuchuk o„tishi mumkin bo„lmagan g„alati chegaraga kelib qolganini payqadi, g„ingshib - ozorlanib erga yotib, mo„ltiragancha ortga tisarila boshladi, shu tariqa o„n - o„n besh quloch tisarila bordi... darhaqiqat u qo„rqib ketgan, egasi tomon borishga botina olmay, shunday demoqda edi: Egamni yov o„ldirdi. Ko„zimni ochganimdan beri unga shoyon sadoqatda bo„ldim». - Endi egam qolmadi. Egamning Egasigina qoldi”115.
Ushbu parchani o„qir ekanmiz ortiqcha izohga hojat yo„q. Itning egasi inson, insonning egasi esa ollohdir. Jasadlar ustidagi oppoq kishilar esa inson ruhidir. Asardagi har bir detalni, har bir voqeani tahlil qilar ekanmiz bir olam falsafiy ma’no anglaymiz.
Asardagi ramzlar kitobxonni o„ylashga, fikrlashga undaydi. YOzuvchi Isajon Sultonning ushbu asarida SHamol bosh qahramon u Ozodni yo„lboshlovchi sifatida turli voqealarga oshno qiladi. Yo„lda uchragan narsalarning asl mohiyati bilan tanishtiradi. Ozod lolaga etib borgunga qadar ko„p narsaga guvoh bo„ladi. Natijada, o„z yo„lini topadi. SHu yo„lda ishonch bilan odimlaydi. Bu uning dunyoqarashi, o„zligini anglashi, ollohni tanishi uchun bir vosita, sabab edi. Adib inson dunyoni anglash uchun hayotdagi barcha ikir -chikirlarni mohiyatini anglashi lozimligiga ishora qiladi. Va mana shu turli-tumon, katta -kichik akslarning badiiy talqinini bir asar doirasida tasvirlab berishga harakat qilgan. Ma’lum ma’noda o„z badiiy niyatiga erisha olgan. YOzuvchi tasvirlagan har bir detalning asil mohiyati haqida so„z yuritish asardagi falsafiy ma’noni anglash, hayotni turli qirralariga turlicha munosabatda bo„lish bilan barobar. Qolaversa, shamol barcha narsaning sirini biladi, barcha voqealarga bevosita guvoh bo„la oladi. Biroq, ollohning dargohida u ham ojizlik qiladi. SHu sabab ushbu chegaradan o„ta olmasligini ta’kidlaydi.
Xulosa qilib aytganda, adib ushbu asar orqali kitobxonga insoniy, diniy- ilohiy, dunyoviy bilimlarni falsafiy mohiyatini ko„rsatishga harakat qilgan. SHu sabab biz ushbu asarni qanchalik chuqir tahlil qilsak, shunchalik murakkab qurilmali, falsafiy, ramziy mantiqqa ega asarni anglashga erishgan bo„lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |