Qurilish materiallari


– rasm. Kovakli g'isht va toshlar



Download 11,91 Mb.
bet31/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

3.4 – rasm. Kovakli g'isht va toshlar.
3.1-jadval
Siqilishdagi va egilishdagi mustahkamlik chegarasi bo'yicha g'ishtning markasi



G'isht markasi

Mustahkamlik chegarasi, MPa

Siqilishdagi

Egilishdagi

G'ishtning hamma turlari

Plastik presslangan to'liq g'isht

Yarim quruq presslangan to'liq g'isht va kovakli g'isht

Modulli g'isht

5 namuna uchun o'rtacha

daqiqa

5 namuna uchun o'rtacha

daqiqa

5 namuna uchun o'rtacha

daqiqa

5 namuna uchun o'rtacha

daqiqa

300

30,0

25,0

4,4

2.2

3,4

1,7

2,9

1,5

250

25.0

20,0

3,9

2.0

2,9

1.5

2.5

1,3

200

20,0

17,5

3,4

1.7

2,5

1.3

2,3

1.1

175

17.5

15,0

3.1

1,5

2,3

1,1

2.1

1,0

150

15.0

12,5

2,5

1,4

1,9

0,9

1,6

0,8

100

10,0

7,5

2.2

1,2

1.6

0,8

1,4

0,7

75

7,5

5,0

1,8

0.9

1,4

0,7

1.2

0,6



Zavoddan iste'molchiga yuborilayotgan g'isht partiyasi pasportida g'ishtning turi, o'rtacha zichligi, sovuqqa chidamliligi va bu ko'rsatkichlar aniqlangan Davlat standarti (RSt) ko'rsatiladi.
Oddiy va modulli to'liq plastik presslangan g'ishtlar ichki va tashqi devorlar, sokol va poydevorlar, pollar qurilishida ishlatiladi. Yarim quruq usulda olingan to'liq g'isht va kovakli g'ishtlar sokol va poydevorlarning doimo suv tegib turadigan qismida ishlatilmavdi.


3.6. Qoplama keramik buyumlar
Binolar fasadiga qoplanadigan buyumlar. Bu maqsadda pardozlangan g'isht va toshlar, yirik o'lchamli plitalar, fasad plitalari va gilam nusxa keramika ishlatiladi.
Pardoz g'isht va toshlar binolarni bezashdan tashqari yuk ko'tarish maqsadida oddiy g'isht bilan qo'shib teriladi. Pardoz g'isht va toshlar oddiylaridan rangining tozaligi bilan farqlanadi. Ularning rangi o'q qizildan to och sariq ranggacha bo'ladi. Pardoz g'isht va toshlar to'liq va kovakli, har xil faktura yuzali bo'ladi. Fakturali g'isht va tosh yuzasini angoblash, glazurlash, rangli minerallarni sepish usulida olinadi. G'isht va toshlarni pishirishdan avval maxsus metall moslamalar vositasida tirnab relyefli yuza hosil qiladi. Ular fasadlarning tashqi qatorlariga, vestibullar, yo'laklar va boshqa xonalarning ichki devorlariga terish uchun ishlatiladi. Binolarni bunday usulda pardozlash mehnat sarfini kamaytiradi.
Yirik fasadbop keramik plitalar rangli va rangsiz, tekis va g'adir-budur yoki riflangan, glazurlangan va sirlanmagan turlarda ishlab chiqariladi. Uzunligi 490, 990, 1190, eni 490 va 990 va qalinligi 9–10 mm tayyorlanadi. Plitalarning suv shimuvchanligi 1% kam, sovuqqa chidamliligi F50 yuqori bo'lishi kerak.
Fasadbop keramik plitatar plastik va yarim quruq presslash usullarida tayyorlanadi. Fasad plitalari glazurlangan va sirlanmagan, silliq va relyef yuzali holda 26 tipda 292x192x9 mm dan 21x21x4 mm gacha va boshqa o'lchamlarda ishlab chiqariladi (3.5-rasm). Plitalarning suv shimuvchanligi 5 va 7–10%, sovuqqa chidamligi F35 va F50.





3.5-rasm. Fasadbop keramik plitatar.

Plitalar g'ishtli binolarni, temirbeton panellarni, sokollarning tashqi tomonini, yer osti yo'laklarini bezashda ishlatiladi.


Xozirda keramik toshlarning turlari ko`payib ular bino fasadini bezatishda keng qo`llaniladi (3.6-rasm).





3.6-rasm. Bino fasadini bezatish uchun keramik toshlar.


Gilam nusxa keramika turli rangli, glazurlangan va sirlanmagan kichik o'lchamli plitkalar bo’lib, gilam nusxasida kraft qog'ozga o'ng yuza bilan yelimlanadi (3.7-rasm). Qorishma bilan yaxshi yopishishi uchun yuzasi taram-taram holda tayyorlanadi. Gilam nusxa koshinkor plitkalar o'lchamlari 48x48 va 22x22 mm, qalinligi 4 mm, ulardan tayyorlangan gilamlar o'lchami 724x46 va 672x424 mm holda zavodda tayyorlanadi. Plitkalarning suv shimuvchanligi 12% gacha, sovuqqa chidamligi esa F25 kam bo'lmasligi kerak. Plitkalar uysozlik temirbeton panellarning tashqi yuzalarini, transport va sport inshootlari, savdo markazlari kabi binolarni bezashda ishlatiladi.



3.7-rasm. Gilam nusxa keramika.


Ichki devorlarga qoplanadigan plitkalar mayolika va fayans turlariga bo'linadi (3.8-rasm). Fayans plitkalari kaolin, dala shpati va kvars qumi aralashmasi, mayolika esa qizil gillardan press avtomatlarda yarim quruq presslash usullarida tayyorlanadi.



3.8-rasm. Ichki devorlar uchun xajmli plitalar.


Plitkalar sirlangan va sirlanmagan, gulli va gulsiz, relyef-ornamentli, shaffof, yaltiroq va yaltiramaydigan, bir xil rangli va turli rangli bo'lishi mumkin. Plitkalar shakli ya ishlatish joyiga qarab kvadrat, to'g'ri to'rtburchak, fason shaklli bo'ladi.
Ichki bezak plitkalari 150x150, 150x100, 150x75 va qalinligi 4–6 mm va boshqa o'lchamlarda ishlab chiqariladi (3.9-rasm). Ichki devor plitkalarining suv shimuvchanligi 16%gacha, egilishdagi mustahkamlik chegarasi 12 MPa bo'lishi, 125±5°C dan 15–20°C gacha harorat o'zgarishida darzlar hosil bo'lmasligi kerak.




Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish