Buyumlarni quritish. Buyumlar pishirishdan avval 5-6% namlikgacha quritilishi kerak, aks holda ular notekis kirishishi, darz ketishi va shakli o'zgarishi mumkin. Buyumlar tabiiy va sun'iy usulda quritiladi. Buyumlar tabiiy usulda 10–15 kun bostirmalarda quritiladi va quritish jarayoni havoning nisbiy namligi va haroratiga bog'liq bo'ladi. Buyumlar sun'iy quritish usulida davriy va doimiy ravishda ishlaydigan maxsus quritish kameralarida amalga oshiriladi. Kameralar pishirish xumdonlari tutun gazlari, maxsus xumdonlarda hosil qilingan gazlar (120–150'C) bilan isitiladi. Buyumlar 1-3 sutka davomida quritiladi.
777//////////, /77Щ.
7777777777
3.l-rasm. Keramik g'isht ishlab chiqarish texnologik sxemasi:
1 - gil karycri; 2 – ekskavator; 3 - gil zaxirasi; 4 – vagonetka;
5 – yashikli uzatgich; 6 – qo'shimchalar; 7 – begunlar; 8 – valeslar;
9–tasmali press; 10 –keskich; 11 - taxlovchi moslama; 12 –telejka;
13 – quritish xonalari; 14 – tunnel pechi; 15 – o'ziyurar telejka;
16 – omborxona.
.
3.2-rasm. Tasmali vakuumli press:
1– shnekli val; 2 – presslovchi golovka; 3 – munshtuk;
4 – gilli brus; 5 – parrak; 6 - vakuum-kamcra interval;
7 – panjara: 8 –gilni ezg'ilovchi moslama.
Buyumlarni pishirish. Pishirish keramik buyumlar ishlab chiqarishning oxirgi va hal etuvchi jarayonidir. Bu jarayon shartli ravishda uch bosqichga bolinadi: buyumni qizdirish, kuydirish va sovitish. Buyum 100–120 °C qizdirilganda undan fizik bog'langan suv chiqib ketadi . Harorat 450-750 °C ko'tarilganda, kinyoviy bog'langan suv chiqadi va organik aralashmalar yonib ketadi, gilli mineral buzilib, amorf holatga o'tadi. Harorat 800–900 °C yetganda oson eriydigan birikmalar eriydi va komponentlar zarrachalari yuzalari chegarasida qattiq fazalarda kimyoviy jarayonlar davom etadi. Buyum 1000-1200 °C haroratgacha qizdirilganda zichlashadi va massa kirishadi. Bu kirishish gilning turiga qarab 2–8% ni tashkil etadi. Buyum asta-sekin sovitiladi. Sovitilgan keramik buyumlar toshsimon holatga o'tadi va mustahkam, suvga va sovuqqa chidamli bo'ladi. Keramik buyumlar halqasimon, tunnel, tirqishli, rolikli va boshqa xumdonlarda pishiriladi.
Halqasimon xumdon ellips shaklidagi tutash pishirish kanali bo'lib, shartli ravishda 16 dan 36 gacha bo'linadi. Kameralarda yuklash, qizdirish, pishirish, sovitish va xumdondan chiqarish jarayonlari amalga oshiriladi. Halqasimon xumdonda olov markazi maxsus moslama vositasida boshqa zonalar kabi pishirish kanali bo'ylab to'xtamasdan siljiydi, pishirilayotgan buyumlar esa qo'zg'almas holatda bo'ladi. Halqasimon xumdonlarda, asosan, g'isht va cherepitsa pishiriladi. Pishirish harorati 900–1100 °C bo'lib, bu jarayon 3–4 sutka davom etadi, harorat kanal bo'ylab bir tekis taqsimlanmaganligi uchun buyumlar turlicha sifatda pishadi. Bu usulda qo'l mehnati ko'p bolib, jarayonni mexanizatsiyalantirish qiyin.
Do'stlaringiz bilan baham: |