Qurilish materiallari


Kislotaga chidamli plitkalar



Download 11,91 Mb.
bet34/234
Sana03.06.2022
Hajmi11,91 Mb.
#631778
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   234
Bog'liq
87335e24eba21a87db21910cfd00a2cb QURILISH MATERIALLARI

Kislotaga chidamli plitkalar oliy va birinchi navlarda 6 xil markada: chinnili kislotaga bardoshli (KF), dunitli termokislotaga bardoshli (TKD), gidroliz sanoati uchun termokislotaga bardoshli (TKG), qurilish konstruksiyalari uchun kislotaga bardoshli (KS), shamotli kislotaga bardoshli (KSh) va shamotli termokislotaga bardoshli (TKSh) kvadrat, to'g'ri burchakli, ponasimon va qo'shaloq shakllarda bo'ladi.
Plitka uzunligi va eni 50-200, qalinligi 15-50 mm, suv shimuvchanlihgi 0,4–8%, kislotaga bardoshligi 97–99%, siqilishdagi mustahkamligi 10–15MPa, egilishdagi mustahkamligi 10-40MPa, sovuqqa chidamligi F15, F20 va termik bardoshligi 2-10 sikl.
Plitkalar qurilish konstruksiyalarini kislota ta'siridan himoya­lashda ishlatiladi.
Kislotaga chidamli quvurlar tashqi va ichki tomonlari kislotaga bardoshli sir bilan qoplanadi. Quvurlar maxsus texnologik usulda gil massasini o'ta zichlashtirib tayyorlanadi. Quvurlar kimyo, o'g'itlar ishlab chiqarish, selluloza-qog'oz sanoatida ishlatiladi.
Olovbardosh keramik materiallar olovbardosh (1580-1770°C), olovbardoshligi yuqori (1770-2000 °C) va olovbardoshligi o'ta yuqori (2000 °C yuqori) turlarga bo'linadi. Ularga g'isht, blok, plita va fason elementlari kiradi. Olovbardosh materiallar mineral tarkibiga ko'ra qumtuproqli, alumosilikatli, magnezitli, xromli va uglerodli bo'ladi.
Qumtuproqli (dinasli) olovbardosh buyumlar kvars qumi va gil asosida tayyorlanadi. Olovbardoshligi 1710-1750 °C, siqilishga mustahkamligi 15–35 MPa. Ular sanoat xumdonlari (marten, koks, sement) ichini qoplashda ishlatiladi.
Alumosilikatli olovbardosh buyumlar kvars, shamot, gil va kaolin aralashmasi asosida olinadi. Ularning olovbardoshligi 1610– 1710°C, siqilishga mustahkamligi kamida 10 MPa, koks, shisha eritadigan xumdonlar ichini qoplashda ishlatiladi. Shamotli olovbardosh buyumlar olovbardosh gil va shamot asosida olinadi. Ularning olovbardoshligi 1710–1730 °C, siqilishdagi mustahkamligi 10– 12,5 MPa.
Ular domna, keramika xumdonlari, bug' qozonlari ichini qoplashda ishlatiladi. Olovbardoshligi yuqori buyumlar tarkibida 45% ortiq A12O3 bo'lgan xom ashyo (boksit, korund) asosida tayyorlanadi. Ularning olovbardoshligi 1770-2000 °C bo'lib, shisha eritish xumdonlari qurilishida va boshqa sanoat korxonalarida ishlatiladi.



Download 11,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   234




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish