Reja:
1. Glazurning turkumlari va ularni tayyorlash.
2. Xom ashyolarni qayta ishlash, klinker tayyorlash, buyumlarni qoliplash.
3. Glazurli va manzarali buyumlarni tayyorlash.
4. Glazurli va manzarali buyumlarni kuydirish.
5. Sopol buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyolar.
6. Gil va uning xossalari.
7. Sopol buyumlarning ishlatilishi.
Keramik mahsulotlarining tashqi ko'rinishini yaxshilash va tashqi ta'sirlarga bardoshligini oshirish uchun har xil texnologik (dekorativlash) usullardan, ya'ni tashqi yuzani mexanik ishlov berish, ikki qavatli formovkalash, yuzali va hajmiy bo'yash, glazurlash, angoblash, seriografiyalash, shelkografiyalash, torkretirlash, gaz olovli va plazmali changlatish, sun'iy eskirtirish(galtovka) va boshqalardan foydalaniladi.
Mexanik ishlov berishda maxsus moslamalardan (shyotka, har xil qirgichlar, pnevmatik roliklar, pichoqlar, yuqori tezlikdagi kesuvchi lezviyalar, ichki yuzasida rasmlari bo'lgan mushtuklar va boshq.) foydalanish orqali mahsulotni yaratish jarayonida relьefli rasmlar olish imkonini beradi. Bunda gilmassa yoki glazurni ustki qatlamini qisman olib tashlash, yana ham chuqur qatlamlarni ochish, shu jumladan glazurni boshqa ranglarini hosil qilish hisobidan dekorativ effektga erishiladi. Glazurlangan va glazurlanmagan mahsulotlarga yaltiroqlikni berish maqsadida ularning yuzasi polirovkalash ishlari olib boriladi.
Glazurlash – bu mahsulot yuza qismiga mayin yaltiroq shisha ko'rinishli (emal ko'rinishli) suv o'tkazmaydigan qalinligi 0,1...0,3 mm bo'lgan qatlamni yotqizish va kuydirish orqali uni joyida qottirish demakdir. Glazurь g'ovaklarni yopadi, yuza sirtdagi g'adir-budurlarni silliqlaydi, mahsulotga silliq va yaltiroq ko'rinish beradi.
Tarkibi va fizik xossalariga ko'ra glazurlar shishalar turlarini o'zida namoyon etadi. Glazurlar tarkibida kvarts qumi, gil, dala shpati, talьk, tuzlar va har xil metall oksidlari (kaliy, litiy, bor, qo'rg'oshin, olova va boshq.) bo'ladi. Glazurь tarkibini olish uchun barcha komponentlar kukun darajasida maydalanadi, suv bilan aralashtiriladi va ularni kuydirishdan oldin kuydirilgan yoki kuydirilmagan mahsulotlarni yuzasiga suspenziya holatida sepish, cho'ktirish yoki pulьverizatsiya qilish orqali surtiladi. Kuydirish jarayonida glazurь eriydi, yuza sirt bo'ylab tarqaladi va sovutilganda shishasimon qatlamga aylanadi. Glazurlar shaffov va noshaffov (ko'rinmas), glyantsli, matli, oq, rangli va boshqa turlari bo'ladi.
Keramik mahsulotlarni angoblash antik davrda eng ko'p tarqalgan bo'lgan. Qadimgi Ruslarda bunday qoplam “pobela” deb nomlangan.
Angoblash – bu mahsulot yuza qismiga gil suspenziyasidan iborat, to'ldirgich va pigmentlardan tashkil topgan mayin rangli qatlamni (qalinligi 1,0....1,5 mm) kuydirishdan oldin surtishni anglatadi. Angob bilan yuza sirtni yaxshi yopishishi uchun uning tarkibiga organik bog'lovchilar qo'shiladi. Glazurdan farqli o'laroq angob kuydirish jarayonida oqib ketmaydi, ya'ni shishasimon qatlam hosil qilmaydi va shuning uchun rangli yuza sirti matlanadi hamda u suv o'tkazuvchan yoki suv o'tkazmaydigan bo'ladi. Angoblangan yuza sirtiga shaffov glazurь surtilishi mumkin. Keramik ranglar bo'yaladigan (pigmentlar), shisha hosil qiluvchi (flyuslar) va soya beruvchi komponentlarni o'zida aks ettiradi. Pigmentlar sifatida kobalьt, xrom, temir, kremniy, alyuminiy, oltin, kumush va boshqalarning oksidi va qo'shilmalar ishlatiladi. Mahsulotga bo'yoqlarni surtish jarayonida kukunga moysimon muhit yoki suvda eruvchan polimerlar qo'shiladi.
Keramikalarni dekorlashda uch turdagi keramik bo'yoqlar ishlatiladi: glazurosti, glazurusti va glazurichli (glazurorali).
Glazurosti bo'yoqlar nam yoki yarim kuydirilgan ma'sulot ustiga surtiladi. Ularning rang palitrasi bo'yicha yuqori haroratlar va har xil gazli muhitlar ta'siriga bo'yoqni chidamliligi chegaralangan.
Glazurusti bo'yoqlar ikkincha marta kuydirishdan o'tgan glazurlangan mahsulot ustki sirtiga mayin qatlam bilan surtiladi. Ularni mahkam yopishishi uchun glazur ustki sirti uchinchi marotaba kuydiriladi. U turli ranglar palitrasiga ega bo'ladi, chunki uchinchi marotaba kuydirish unga uncha ta'sir etmaydi.
Xom ashyolarni qayta ishlash, klinker tayyorlash, buyumlarni qoliplash.
Barcha turdagi keramik mahsulotlarning tayyorlash uchun umumiy sxema qo'llaniladi. Faqat qanday jarayonlar sharoiti va qo'llanilgan xomashyoga asosan ular bir-biridan farq qilishi mumkin. Biroq har xil turdagi materiallar olishda shuning o'zi kifoyadir.
Mahsulot asosan 3 xil yo'l bilan olinadi:
- namligi 5-7% bo'lgan boshlang'ich aralashmani yarim quruq presslash orqali;
- shlikerdan oqizish, ya'ni gil suspenziyasini tayyorlash orqali;
- 20% namlikda bo'lgan plastik massaga shakllar berish orqali.
Turli xildagi plitkalarni ishlab chiqarish o'zida quyidagi jarayonlarni mujassam etadi:
Dozirovkalash – plitkalar klinkeri uchun xom ashyo tarkibi bo'yicha sifatli va miqdori jihatidan to'g'ri tanlangan bo'lishi zarur.
Maydalash – mavjud xom ashyo qanchalik o'zida yaxlit aralashmani hosil qilsa, mahsulot sifati shunchalik yuqori bo'ladi. Ushbu maydalash ishlari 3-5 bosqichdan iborat bo'ladi.
Klinker uchun xom ashyo avval turli konstruktsiyali valьtsalarda yaxshilab maydalanadi, ya'ni qo'pol maydalash jarayoni. Mayinlari esa sharli tegirmonlarda amalga oshiriladi. Ushbu bosqichni o'zida dastlabki press-kukun olish uchun aralashtirish ishlari ham olib boriladi. Kukunlash ishlari 8 soat davom etishi mumkin.
Klinkerni olishda ho'l holda kukunlash usuli qo'llaniladi. Plitkalar sifatini oshirish uchun kukunlash jarayonida aktiv qo'shimchalar va albatta suv qo'shiladi. Mahsulot jinsi va uning qo'llanilishiga qarab, ya'ni pol, vannalarni qoplash, trotuar yoki fasadlarni pardozlashda xom ashyo tarkibiga chinni ishlab chiqarishdagi chiqindilar, shishasimon zolalar, shamot changi va to'yintirilgan ko'mirga o'xshash qo'shimchalar kiritiladi.
Quritish - presslashdan oldish mahsulotdan ortiqcha namlikni yo'qotish kerak. Suvsizlantirish ishlari changlatuvchi quritish uskunalarida amalga oshiriladi. Ushbu usul orqali kukun namligi 1 % dan 6 % gacha belgilanadi va donalar o'lchami 0,24 – 0,34 mm gacha keltiriladi.
Formovkalash – ya'ni mahsulotga shakl berish. Ushbu jarayon asosan avtomatik presslarda, ko'pincha gidravlik presslarda amalga oshiriladi. Mahsulot ko'rinishi va uning o'lchamlari press-formalar orqali belgilanadi. Bunda qo'llaniladigan bosim kukun namlik darajasiga va zichligiga qarab 15 dan 50 MPa gacha bo'ladi. Ba'zan issiqlik izolyatsiya hususiyatini saqlab qolish uchun klinker ko'p ham zichlantirilmaydi.
Oldindan quritish – ularning har xil turlarini qo'llash mumkin: SVCh-quritish; ulьtrabinafsha va inpulьsli to'lqinlar, ushbu to'lqinlarning maqsadi farmovkalashdan so'ng namlikni yo'qotish. Tayyor mahsulot bunda 0,1-0,3% gina namlikka ega bo'lishi kerak. Quritish davomiyligi plitkalarning qalinligiga va qayerda ishlatilishiga bog'liq bo'ladi. Masalan, fasadbop pardozlovchi material 12 dan 35 minutgacha, ichki devorlar uchun 9-10 minut, polbop plitkalar uchun esa 65 minutgacha belgilangan.
Kuydirish – bu o'ta muhim va energoharajatli texnologik jarayondir. Kuydirish jarayonida keramik massalarda bir qator fizik-ximiyaviy o'zgarishlar sodir bo'ladi va oxirgi bosqich jarayoni pishish bilan yakunlanadi. Kuydirishdan so'ng buyumlarning g'ovakligi pasayadi, ularning mustahkamligi va suv o'tkazmaslik hususiyatlari oshadi, ranggi o'zgaradi, manzarali qoplam yaratiladi. Glazurlar suv o'tkazmaydigan shishasimon qoplamga aylanadi. Bu esa nafaqat estetik jihatidan xizmat qiladi, balki sanitar maqsadlarda ham foydalaniladi.
Kuydirish sxemasi va tartibi. Keramik buyumlarni kuydirish bir yoki ikki va undan ortiq bosqichlarda o'tadi. Ko'p hollarda esa 2 bosqichli kuydirish jarayonlari amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichdagi kuydirish jarayonida yaxshilab quritilgan va unchalik manzarali bo'lmagan, angob yoki rangli gil bilan qisman ishlov berilgan buyumlar qatnashadi. Ushbu birinchi bosqichda glazur qatnashmaydi. Birinchi bosqichda keramik buyum hali tayyor mahsulot hisoblanmaydi va bunda buyumning bir tomoni uncha katta bo'lmagan haroratda kuydiriladi, ikkinchi tomoni esa glazur yoki boshqa materialni qoplash uchun qoldiriladi.
Ikkinchi bosqichdagi kuydirish (Politoy) birinchi kuydirishdan so'ng, faqatgina keramik plita ustiga glazurь va bo'yoq surtilgandan keyingina amalga oshiriladi. Bunda kuydirishdagi harorati dekorlash uchun tayyorlangan materiallarga qarab belgilanadi.
Ikki bosqichli kuydirish sxemasida ikki xildagi usul qo'llanilishi mumkin:
1) Chinni sxemasidagi kuydirishda oddiy kuydirishga nisbatan bir muncha yuqori harorat talab etiladi. Bu sxema odatda chinni buyumlar ishlab chiqarishda qo'llaniladi. Bunday tartibdagi kuydirish jarayonida buyumni birinchi past harorada kuydirishdan so'ng uni qiyinchiliklarsiz dekorlash imkonini beradi. Ikkinchi kuydirishdan so'ng esa ushbu buyum to'liq mustahkamlikka va suv o'tkazmaslik hususiyatiga ega bo'ladi.
2) Fayansli sxemadagi kuydirishda oddiy kuydirishga nisbatan bir muncha pastroq harorat talab etiladi. Bunda yuqori haroratda kuydirishdan so'ng ham o'zida g'ovvaklikni saqlab qoladigan massalarga glazurni (fayans) surtish imkoni bo'ladi.
Bir bosqichli kuydirish iqtisodiy tomondan bir muncha foydali hisoblanadi, negaki unda energiya kam sarflanadi va turli harajatlar bo'lmaydi. Biroq bir bosqichli kuydirishning ham bir qator kamchiliklari mavjud:
- buyumni dekorlash ishlarida biroz ehtiyotkorlik talab etiladi;
- buyumni glazurga botirib olish usulidan foydalanib bo'lmaydi (bu eng tejamkor usullardan biri hisoblanadi);
- buyumni ichki va tashqi tomonini glazurlash ishlari katta tanaffuslar bilan amalga oshiriladi;
- glazur va boshqa dekorlarni buyumda saqlab qolish uchun qo'shimchalarni qo'shish talab etiladi;
Kuydirish harorati va asosiy jarayonlar
Zamonaviy pechlar keramik buyumlarni kuydirish jarayonida qisqa vaqt mobaynida eng yuqori haroratli issiqlik berishni ta'minlaydi, ammo pechni qizitish tezligi fizik-ximiyaviy jarayonlarning o'tishiga qarab me'yorlanadi va bunda nam keramik material qattiq keramik buyumga aylantirilib boriladi. Ushbu jarayonlar qattiq fazada o'tadi va ular to'liq yakuniga yetishi uchun bir oz vaqt talab etiladi. Barcha holatlarda keramik buyumlarni butun kuydirish jarayonlarini bir nechta haroratli inervallarga bo'lish mumkin.
Quyida har bir davrda kechadigan asosiy jarayonlarning qisqacha tushunchalari keltirilgan:
25-2000S da - buyumning sekinlik bilan isish jarayoni sodir bo'lib, unda qatlamlar orasidagi va qisman adsorbirlangan (bog'langan) suv ajralib chiqadi. Ushbu jarayonda oldin quritish paytida ayrim kamchilik va nuqsonlar yuzaga chiqadi, ya'ni bu havo puffaklari va aralashtirish jarayonida boshqa birjinsizliklar hosil bo'lishi, quritishning bir tekisda bo'lmagani, tashqi yuzani haddan tashqari silliqlanishi natijasida gaz va boshqalarni chiqib ketishini qiyinlashuvi sabab bo'ladi. Shu sababli ushbu bosqichda buyumni bir me'yorda isitish muhim ahamiyatga ega. Isitish tezligi pechning umumiy hajmiga, yuklash darajasiga, buyumning o'lchami va qalinligiga bog'liq bo'ladi. Yirik va qalin buyumlarni tezlik bilan qizitish tavsiya etilmaydi. Boshqa tomondan esa ushbu bosqichda juda ham sekin qizitish buyum yuza qismida bug'lanishni hosil qilishi, oq dog'lar paydo bo'lishi va glazurlashda ushbu dog'lar yoqimsiz ko'rinishni berishi mumkin.
200-4000S da – buyumdagi bog'langan suvni yo'qotish, shuningdek, organik moddalarning katta qismi yonib yo'q bo'lish holati sodir bo'ladi. Bular tabiiy organik aralashma, shuningdek turli organik qo'shilma va materiallardir. Yelimlovchi qo'shilmalarning ayrimlarining kuyib ketish holati 600-7000S gacha haroratda ham bo'lishi mumkin.
400-600°S da – gilli minerallarning degidratatsiya holati boshlanadi va kristall panjaraga kiruvchi kimyoviy-bog'lovchi suv ajralib chiqadi. Kristallangan suvni ajralib chiqishi odatda hech qanday qiyinchilik tug'dirmaydi, ammo ushbu jarayonda gilli minerallarning buzilishi buyumda katta kuchlanishlarni paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.
573°S da esa kvartsni fazali o'tishi, β shakldan eng yuqori temperaturali α – shaklga o'tadi. Ushbu jarayonda hajmiy o'zgarishlar sodir bo'ladi. Shu sababli bu davrda pechlarda haroratni keskin ko'tarish tavsiya etilmaydi. Tezlik 1000S/soat bo'lishi kerak. 6000S haroratga yetganda esa jarayonni 20-30 minut saqlab turish lozim.
600-800°S da – ushbu davrda qoplama past mustahkamlikka ega bo'ladi, chunki ko'pgina loysimon minerallar o'sha paytda erib tarqaladi, biroq pishish jarayoni hali tugallanmagan va yangi minerallar shakllanmagan bo'ladi, suyuq faza bo'lmaydi. Zarrachalar o'rtasidagi bog'lanishlar sust bo'lganligi tufayli pechlarda 130-1500S/soat gacha harorat tezligini oshirish lozim. Bu yerda jarayonni to'xtatib turish tavsiya etilmaydi.
800-1000°S da – tarkibiga qarab keramik massalarning pishish jarayoni boshlanadi. Loyli minerallarni erib tarqalishi, ularni kristallashuvi va boshqa komponentlar bilan o'zaro qo'shilishining barcha jarayonlari yakuniga yetadi. Pishish jarayonida jinslarning diffuzion ko'chishi, komponentlarning kimyoviy o'zaro ta'siri va yangi minerallarning paydo bo'lish holati sodir bo'ladi (1-rasm)
1-rasm. Karbonat-kalьtsiyli keramik massali namunani (chapdan) kuydirishgacha va
10000Sda (o'ngdan) kuydirishdan so'ng holati.
Yuqori haroratli “Toshsimon” massalar va shamotli massalar, agar ularni yengil eruvchan glazurlar bilan taxminiy ishlov beriladigan bo'lsa, ular fayansli mahsulotlar sxemasi asosida kuydiriladi. Bunday massalar odatda keng haroratli intervallarda pishiriladi, ya'ni 20-30 minut haroratni saqlab turish bilan jarayon yakuniga yetkaziladi. Bunday massalarni kuydirish tezligi odatda 130-15000S/soatni tashkil etadi.
Agarda yuqori haroratli massalarni yuqori haroratli glazurlashni taqozo etganda, unda chinnili kuydirish sxemasi tavsiya etiladi.
Sovutish jarayoni
Uncha katta bo'lmagan ustaxonalarda sovutish jarayonini odatda boshqarish mumkin. Pechlarni sovutish ularni o'chirib qo'yishdan so'ng tabiiy sharoitda sodir bo'ladi. Biroq ushbu jarayonda ham ayrim ehtimolliklarni inobatga olish zarur. Sovutish jarayonini majburiy bo'lishiga va pechning qopqog'ini muddatdan oldin ochilishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Pechlarni sovutish vaqti issitish vaqti bilan bir xilda bo'lishi lozim. Bu jarayon asosan tarkibida kvarts moddasi yuqori bo'lgan toshli massa va chinnilarda qat'iy amal qilinishi kerak.
Mineral xom ashyoga texnologik ishlov berib, yuqori haroratda kuydirish natijasida olingan materiallar va buyumlarga keramik materiallar deyiladi. Keramika so'zi lotincha ― “Keramos” so'zidan olingan bo'lib, glina (gil) ma'nosini bildiradi.
Insoniyat tarixida gil asosidagi xomloydan tayѐrlangan devorbop materiallar va buyumlar, somonli suvoqlar qurilishda eramizdan avvalgi 8000 yillikda ishlatilgan. Pishirilgan g'isht eramizdan avvalgi 3500-4000 y., cherepitsa va sirlangan g'isht esa qurilishda eramizdan avvalgi 1000 y. ishlatilgan.
Markaziy Osiyo, xususan O'zbekistonda saqlanib kelingan arxitektura yodgorliklarining qurilish materiallari keramika asosidadir.
Hozirgi kunda effektiv g'isht, ichki va tashqi bezak plitalari, sanitariya-texnika buyumlari, mashinasozlik, elektronika, energetika tizimlari uchun maxsus keramik buyumlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yilmoqda.
Keramik (sopol) materiallar xomashyosini, asosan gil tashkil etadi. Gil xossalarini yaxshilash maqsadida uning tarkibiga yog'sizlantiruvchi, jins hosil qiluvchi, kuyib ketadigan va plastikligini oshiruvchi qo'shimchalar qo'shiladi. Gil tarkibidagi dala shpati magmatik (granit, siyenit va sh.k.) va metamorfik (gneys) tog' jinslarining nurashidan hosil bo'lgan mahsulotdir.
Keramik (sopol) buyumlar olishda asosiy xom ashyo sifatida kaolin, giltuproqlarni o'zi va qo'shimchalar ishlatiladi.
Kaolinlar — asosan A12O3•2SiO2•2N2O mineraldan iborat. O'lchamlari 0.01 mm dan kichik. Suvga qorilganda plastik massa hosil bo'ladi, quritilganda shaklini saqlab qoladi va kuydirilganda buyum mustahkam va suvga chidamli bo'ladi. Pishirilganda oq rangini saqlab qoladi.
Giltuproqlar — mineral tarkibi xar xil bo'ladi, xar xil mineral va organik aralashmalar bilan ifloslangan bo'lishi mumkin. Giltuproq (o'lchamlari 0.005 mm dan kichik) asosan kaolinit va unga turdosh bo'lgan minerallar montmorillonit Al2O3•4SiO2•nN2O va galluzit A12Oz•2SiO •4N2O dan iborat.
Bentonitlar-o'ta mayda tuproq jinsi bo'lib, asosan montmorillonitdan iborat. Bunda o'lchami 0.001 mm dan kichik zarrachalar miqdori 85-90% ni tashkil qiladi.
Gil tarkibiga dala shpati, dolomit, magnezit, qumtosh, shisha kukuni va sh.k.lar keramik buyumlar pishirish haroratini pasaytirish uchun qo'shiladi. Keramik buyumlarning kislotaga bordoshligini oshirish uchun tarkibiga suyuq shisha va qum aralashmalari birgalikda qo'shiladi. Temir, kobalьt, xrom, titan kabi oksidlari kiritilib, rangli kerakmik buyumlar tayyorlanadi.
Insoniyat tarixida gil asosidagi xomloydan tayѐrlangan devorbop materiallar va buyumlar, somonli suvoqlar qurilishda eramizdan avvalgi 8000 yillikda ishlatilgan. Pishirilgan g'isht eramizdan avvalgi 3500-4000 y., cherepitsa va sirlangan g'isht esa qurilishda eramizdan avvalgi 1000 y. ishlatilgan.
Markaziy Osiyo, xususan O'zbekistonda saqlanib kelayotgan arxitektura yodgorliklarining qurilish materiallari ham keramika asosidadir.
Hozirgi kunda effektiv g'isht, ichki va tashqi bezak plitalari, sanitariya-texnika buyumlari, mashinasozlik, elektronika, energetika tizimlari uchun maxsus keramik buyumlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yilmoqda.
Qurilish sohasida keramik materiallar quyidagicha qo'llaniladi:
devorbop (g'isht, keramik toshlar, keramik bloklar va panellar);
tombop (keramik toshlardan qilingan bloklar, qoplama panellar, cherepitsa);
binolar fasadini qoplash uchun (keramik g'isht va toshlar, fasad plitkalari, gilamga o'xshash keramika);
binolar ichini qoplash uchun (sirlangan plitkalar, fason detallar, pol uchun plitkalar);
yo'l materiallari (g'ishtlar, toshlar);
issiqlik izolyatsiya materiallari (g'ovakli ichi bo'sh g'ishtlar va toshlar);
yengil betonlar uchun to'ldirgichlar (keramzit, agloporit);
sanitariya-texnika buyumlari (rakovina, unitaz, vanna va boshqalar);
kanalizatsiya va drenaj quvurlari.
Qurilish g'ishti. Qurilishda eng ko'p ishlatiladigan oddiy va ko'p teshikli devorbop g'ishtlar oson eruvchan tuproqqa qo'shilmalar qo'shib yoki qo'shilmasiz loydan tayyorlanadi. Bunday g'ishtlar asosan binolarning tashqi, ichki devorlarini, g'ishtli bloklar va panellar qurishda ishlatiladi.
Oddiy loy g'ishti 250x120x65 mm va 250x120x88 mm li o'lchamlarda ishlab chiqariladi. Devor qurayotganda g'ishtlararo chok o'lchami 12 mm dan ortmasligi lozim. Zavodlarning ish unumini rejalashtirilganda g'isht hajmidan kelib chiqqan holda hisoblanadi, hajmi 1 m3 ga teng devor qurish uchun 400 ta g'isht ishlatiladi. G'ishtning og'irligi 4 kg dan oshmasligi lozim. Oddiy g'ishtning xossalari quyidagicha: o'rtacha zichligi 1600-1800 kg/m3; suv shimuvchanligi kamida 6%; issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti 0,7-0,85 Vt/(m•0S); siqilishga mustahkamligi 7,5-30 MPa; egilishga esa 1,8-4,5 MPa; ayrim xollarda mustahkamligi 20-50% gacha kichik bo'ladi. Siqilishdagi mustahkamligiga qarab g'ishtlar 7 markada ishlab chiqariladi: 75, 100, 125, 150, 200, 250 va 300. Muzlashga chidamliligi 15, 25, 35 va 50 sikl.
Nim quruq usul bilan tayyorlangan g'ishtlarni poydevor yoki nam, suv ta'sirida bo'ladigan bino qismlarini qurishda ishlatish tavsiya etilmaydi.
8.1- rasm. Devorbop sopol ashyolarning asosiy turlari: a, b – oddiy va samarali g'ishtlar; v – fasadbop kalibrlangan g'isht;g– bo'shliqli sopol g'isht va tosh; d – ikki qatlamli tashqi devorbop panel
Sopol g'isht va toshlardan devorbop panel va bloklar tayyorlash qurilish ishlarida qo'l ishlarida mehnatni keskin kamaytiradi. G'isht, panel va bloklar tayyorlashda gorizontal holatdagi maxsus temir qoliplarga o'rnatilgan fiksator moslamalar orasi g'isht bilan to'lg'aziladi. Panellar bir, ikki va uch qatlamli, balandligi binoning 1- yoki 2- qavatiga mos qilib tayyorlanadi. Qalinligi esa 80, 140, 180 va 280 mm ga teng. Bir qatlamli panel faqat sopol toshlardan, ikki qatlamlisining birinchi qatlami esa 100 mm li issiqlikni saqlovchi ashyodan iborat. Uch qatlamli panel ichki va tashqi qatlamining har biri 65 mm li g'isht, o'rta qatlami esa 100 mm li qalinlikdagi issiqlikni saqlovchi ashyodan tayyorlanadi. Tegishli mustahkamlikni ta'minlash maqsadida g'ishtlar oralariga va chekkalariga po'lat armatura sinchi o'rnatiladi.
Samarali devorbop qurilish g'ishtlariga tuproq tarkibida diatomit, trepel tog' jinslari bo'lgan uzluksiz g'ovak va bo'shliqli toshlar kiradi. Bunday g'ishtlarning afzalligi shundaki, ular ishlatilganda devorning qalinligini va xom ashyo xarajatini (40%) kamaytirish mumkin hamda transportga ketadigan mablag' tejaladi. Shuningdek, eng muhimi inshoot og'irligining kamayishi hisobiga zilzila ta'siriga bardoshliligi ortadi.
Xorijiy davlatlarda bir tomoniga ariqchali shakl berilgan, umuman qorishma ishlatmasdan devor qurishga mo'ljallangan pardozbop g'ishtlar ishlab chiqarilayotgani ma'lum. Bunday g'ishtlardan katta o'lchamdagi bloklar, tovushdan saqlovchi g'ishtlar va boshqa devorbop buyumlar ishlab chiqarilmoqda.
Hozirgi kunda gollandiyalik mutaxassislar tomonidan g'isht yelimi ham ishlab chiqarilgan. Bunday yelim bilan yopishtirilgan g'ishtlarning mustahkamligi sementli qorishmalarga nisbatan ancha yuqori. Sement qorishmasining qalinligi 10-12 sm bo'lsa, yelimning qalinligi atigi 2 mm ga teng.
Zamonaviy me'moriy shakllarni yaratish borasidagi izlanishlar natijasida to'g'ri shakldagi g'isht zamon talabiga javob bermasligi ya'ni xozirgi g'ishtlar bilan faqat to'g'ri shaklli devor qurish mumkinligi aniqlanib erkin shakllar beruvchi toshlar yaratildi. G'ishtni terganda talab qilingan ko'rinishdagi - qavariq, botiq va x.k. devorlarni qurish mumkinligi isbotlandi.
Afsuski hozirgacha bunday shakllar beruvchi g'ishtlar yo'q, lekin me'mor, dizayner va muxandislar yangi turdagi yelim va g'ishtlarni yaratish ustida ishlamoqdalar.
8.2-rasm. G'ishtning yangi shakli
Polbop plitkalar
Kukun bo'lgunga qadar tuyilgan, qiyin eruvchan maxsus loyni nam holatda yuqori bosimda zichlab va erigunga qadar kuydirilib, polbop plitkalar olinadi. Tashqi ko'rinishi bo'yicha plitkalar bir qatlamli va ikki qatlamli, shuningdek, sirtiga rasmlar solingani ham bo'ladi. Polbop plitkalarning shakli kvadrat, to'g'ri burchakli, uch va olti burchakli bo'ladi. Qalinligi 10-13 mm, tomonlarining o'lchami 50 mm dan 150 mm ga teng. Xozirgi kunda qurilishda, asosan 5 xil turdagi (o'lchami sm da): kvadrat (150x150x15, 100x100x11, 50x50x11), to'g'ri to'rtburchak (150x74x15, 120x59x11, 100x49x11), uchburchakli, oltiburchakli va sakkiz burchakli keramik plitkalar keng qo'llanilmoqda.
Mozaika pollari uchun ishlatiladigan plitkalar kvadrat (48x48, 22x22 mm) va to'g'ri to'rtburchak (48x22 mm) shaklida bo'ladi. Ularning qalinligi 4 va 6 mm bo'lishi mumkin. Keramik plitkalarni pol yuzasiga yopishtirishda qo'shilmalar qo'shilgan mayin sement qorishmalari ishlatiladi. Qorishma qalinligi 10-15 mm ni tashkil etadi.
Tombop rangli keramik buyumlar.
Xozir ba'zi Yevropa davlatlarida tomlar 100% keramik buyumlar bilan yopiladi.
Cherepitsa eng arzon, chidamli keramik tom ashyosidir. U nam usulda tayyorlangan loy qorishmasini puxta ishlab shtamplash yo'li bilan maxsus cherepitsa zichlovchi mashinada tayyorlanadi. Rangli cherepitsa olish kerak bo'lsa, loy qorishmaga shisha sanoatida ishlatiladigan xar xil sun'iy va tabiiy rang pigmentlar qo'shiladi. Qurilishda ariqchali qilib shtamplangan, lentasimon, tekis yuzali lentasimon va konьki simon cherepitsalar ko'p qo'llanadi. Ammo, mo'rtligi va juda qiya (30°S gacha) terish kerakligi, qo'l mehnatining ko'pligi ularni qurilishda keng ishlatishga imkon bermaydi. Cherepitsaning mustahkamligi 70 MPa dan, muzlashga chidamliligi esa 25 sikldan kam bo'lmasligi kerak. Revolьver zichlagich soatiga 600-700 dona ariqchali cherepitsa tayyorlaydi. Cherepitsa maxsus xonada yoki tonnelli xumdonlarda 36 soat davomida quritiladi va 40-45 soatda aylanma yoki tonnel xumdonlarda kuydiriladi. 1 m tom yuzasiga yopilgan to'la suvga to'yingan shtamplangan cherepitsaning og'irligi 50 kg dan, tasmasimonniki 65 kg dan oshmasligi lozim. Cherepitsa tomga terilganida ular biri ikkinchisining ustiga yotqiziladi. Shu sababli tasmasimon tekis cherepitsaning foydali yuzasi 55% dan oshmaydi. Tekis va shtampalangan ariqchasimon o'yiqli cherepitsaning foydali yuzasi 75-85% ni tashkil etadi.
Cherepitsa chidamliligi bo'yicha boshqa tombop ashyolardan ustundir. Uni 300 martagacha muzlatib va eritganda ham buzilmaydi. Tomning 1 m2 yuzasini qoplash uchun tekis lentasimon cherepitsadan 40 dona, boshqa turlaridan 14-20 dona kerak bo'ladi.
8.3-rasm. Rangli keramik cherepitsa bilan tomni yopish
Adabiyotlar:
1. Maxmudova N.A., Nuritdinov X.N. “Pardozlash va issiqlik izolyatsiya materiallari”. O'quv qo'llanma. T., “Noshir”, 2010.
2. Maxmudova N.A. “Pardozlash va issiqlik izolyatsiya materiallarining texnologik asoslari”. Darslik. T., “O'zbekiston faylasuflar milliy jamiyati”, 2013.
Do'stlaringiz bilan baham: |