O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi


Meva va sabzavotlarni saqlashga mo‘ljallangan statsionar omborlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar



Download 11,87 Mb.
bet29/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

Reja:
    1. Meva va sabzavotlarni saqlashga mo‘ljallangan statsionar omborlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar

    2. Saqlash rejimini boshqarish tizimi



Adabiyotlar: 2, 3, 5, 6, 7, 8, 10, 11



Tayanch iboralar: Omborlarning qurilish, Omborda yuklash, Tabiiy shamollatish, Majburiy shamollatish, Faol shamollatish

Kartoshka, sabzavot va mevalarni statsionar omborlarda, ayniqsa komplekslarda saqlash ishonchli va iqtisodiy jihatdan foydalidir.


Bunday omborlarda talab etiladigan saqlash rejimini ta’minlash, mahsulotni Yuklash – tushirish va tovar ishlov berish imkoniyatlari yuqori bo‘lib, mahsulotni realizatsiya qilish ham oson.


    1. MEVA VA SABZAVOTLARNI SAQLASHGA MO‘LJALLANGAN STATSIONAR OMBORLAR TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR

Kartoshka, sabzavot va mevani saqlashga mo‘ljallangan statsionar omborlar quyidagi asosiy tavsiflariga ko‘ra ajratiladi: vazifasi; sig‘imi; rejasining tuzilishi; qurilish – konstruksiyasining o‘ziga xosligi; saqlash sharoitlarini boshqarish tizimi; mahsulotni saqlash usuli; yuklash – tushirish ishlarini mexanizatsiyalashganlik darajasi; iqtisodiy ko‘rsatkichlari.
Statsionar omborlar vazifasiga ko‘ra kartoshka-, ildizmeva-, karam-, piyoz-, mevani saqlashga mo‘ljallangan bo‘ladi. Turli mahsulotni uzoq muddat birgalikda saqlash noqulayliklar tug‘diradi, chunki ularning saqlash shartlari va joylashtirish usuli turlicha bo‘lishi mumkin.
Sig‘imiga ko‘ra (200...30 000 tonna) namunali omborxonalar kichik, o‘rta va yirik sig‘imli bo‘ladi. Yirik sig‘imli omborlarda qurilish xarajatlari 1 tonna saqlanadigan mahsulotga nisbatan olinganda kichik sig‘imli omborlar qaraganda kamroqdir.
Rejasini tuzishilishiga ko‘ra omborlar temir – beton yoki metall konstruksiyalardan tiklanadi. Odatga ko‘ra bino va saqlash kameralarining eni va uzunligi 6 metrga karrali bo‘ladi (36x6; 36x12; 36x18; 72x18; 6x6; 6x12; 12x12).
Ombor mahsulotni saqlash uchun umumiy bir binodan yoki mahsulotni qabul qilish, tovar ishlov berish, saqlash va realizatsiyaga tayyorlash binolaridan tashkil etishi mumkin. Ko‘pgina ombor loyihalarida avtomobillarning binoni kesib o‘tishishi uchun eni 4...6 metrli yo‘lak tashkil etiladi. Bu mahsulotni saqlashga joylashtirish joyiga olib borish imkonini yaratadi.
Sig‘imi 1000 tonna bo‘lgan meva omborining sxemasi 3.6 – rasmda keltirilgan.
Ba’zi omborlarning har ikkala tomonidan avtomashinalar kirib keluvchi ayvonlar tashkil etilishi mumkin. Qish vaqtida ayvonlarning eshigi omborga sovuq havo kirmasligi uchun yo‘ib qo‘yiladi.
Omborlarning qurilish – konstruksiyasining o‘ziga xosligi birinchi navbatda qurilish amalga oshiriladigan maydonning sizot suvlarini chuqurligi hisoblanib, loyiha talablariga ko‘ra bu ko‘rsatkich 2 metrdan kam bo‘lmasligi lozimdir. Sizot suvlarning chuqurligi saqlash rejimini barqarorligiga, ya’ni harorat va namlikga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Omborni loyihalashda yerto‘lali (chuqurlashtirilgan) va yer ustili qilib rejalashtirish mumkin. Meva omborlari ko‘pincha yer ustida qilib loyihalanadi, chunki mevalarga tovar ishlov berishda yorug‘ xonalar kerak bo‘ladi, bunday xonalarni erto‘lali ombor loyihasida rejalashtirish mushkuldir. Bundan tashqari piyoz ombori ham er ustida qilib loyihalanadi, chunki piyozni saqlash uchun namligi past bo‘lgan quruq havoli muhit zarurdir. Ba’zan tuproqning issiqlik o‘tkazmaydigan xususiyatlaridan foydalanish maqsadida atrofi va usti tuproq bilan berkitilgan yarim chuqurlashtirilgan kartoshka yoki sabzavot omborlari ham loyihalashtiriladi. Hozirgi kunda qurilishda foydalanilayotgan zamonaviy issiqlikni o‘tkazmaydigan materiallar er usti omborlarining harorat barqarorligini ishonchli ta’minlash imkoniyatiga egadir.

3.6-rasm. Sig‘imi 1000 tonna bo‘lgan meva omborining sxemasi:

I...V – saqlash kameralari; VI – tovar ishlov berish sexi; VII – kompressor xonasi; VIII – maishiy xizmat xonalari

Omborxonalarni ishonchli izolyasiyalash maqsadida eshik va darvoza konstruksiyasini loyihalashda shlyuzlash prinsipidan foydalaniladi. Birinchidan tashqi havoning keskin farqi ikki sovuq o‘tkazmaydigan eshiklar yordamida so‘ndiriladi, chunki eshiklar oralig‘idagi harakatsiz havo haroratli to‘siq vazifasini bajaradi. Ikkinchidan keng sovuq o‘tkazmaydigan darvozalarda ishchilarning kirib chiqishi uchun eshiklar o‘rnatiladi.


Omborda yuklash – tushirish mexanizmlarini erkin harakatlanishi uchun pollar asfaltlanadi yoki betonli qo‘lama yotqiziladi. Ba’zi hollarda, masalan piyoz saqlash uchun loyihanadigan omborlarda poydevor asosi ustida yog‘och bruslardan olib qo‘yiladigan seksiyalar ko‘rinishida ko‘tarilgan panjarali pollar tashkil etiladi. Bundan tashqari shunday namunali loyihalar mavjudki qattiq qo‘lamali pollar faqatgina transport harakatlanuvchi yo‘laklarda mavjud bo‘lib, mahsulot joylashtiriladigan hampalar poli somonli loy bilan zichlangan.
Hozirgi loyihalarga ko‘ra ombor tomi birlashtirilgan konstruksiyada qurilmoqda, ya’ni tomni tashkil etuvchi temir – beton plitalar va issiqlik izolyasiyalovchi materiallar oralig‘ida chordoq tashkil etmasdan, ikki elementni birlashtirib qurilmoqda. Issiqlik izolyasiyalovchi material qalinligini tzg‘ri hisoblab to‘ilganda va uni havo kondensatsiyasi ta’sirida namlanishdan asrash choralari ko‘rilsa bunday tom konstruksiyasi ishonchli xizmat qiladi. Undan tashqari bunday tomlar konstruksiyasi sodda bo‘lib ularni qurish osondir.


    1. SAQLASH REJIMINI BOSHQARISH TIZIMI

Meva va sabzavotlarni saqlash rejimlari mahsulot turiga ko‘ra turlicha bo‘lib, kartoshka omborida shamollatish tizimi, meva omborida sun’iy sovuqlik bilan shamollatish tizimi, piyoz omborida esa shamollatish va isitish tizimi qo‘llaniladi.
Omborlarning shamollatish tizimi tabiiy, majburiy va faol shamollatishlarga bo‘linadi (3.7-
rasm).
Tabiiy shamollatishda havo harakati prinsipi issiqlik konveksiyasi qonunlariga asoslangan. Bunda qizigan havo yuqoriga, sovuq havo esa pastga harakatlanadi, natijada tortish kuchi hosil bo‘ladi. Ombor ichidagi va tashqaridagi harorat o‘rtasida farq qancha katta bo‘lsa, havoning tezligi va bosimi shunchalik katta bo‘ladi. Tabiiy shamollatish tizimi havo kiruvchi va chiquvchi quvurlardan tashkil to‘gan.




Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish