Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini vaqtinchalik saqlash omborlari
Doimiy (statsionar) omborxonalar
Adabiyotlar 1, 3, 5, 6, 7, 9, 10
Taynch iboralar: vaqtinchalik saqlash omborlari, Kartoshka, sabzavot va mevalarni saqlash, Donni saqlash, Statsionar saqlash omborlari
9.1. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini vaqtinchalik saqlash omborlari
Oziqa hamma vaqt muhim saqlash ob’ekti bo‘lgan va bo‘lib qolmoqda, chunki inson qadimdan jamg‘arib qo‘yilgan oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashga harakat qilib kelgan. Hozirgi kunda inson tomonidan oziqani saqlashda uni quritish, dudlash, yerga ko‘mib saqlash, tabiiy sovuqdan foydalanib muzlatish va h.k. usullar bo‘yicha ko‘plab ma’lumotlar to‘plangan.
Ishlab chiqarish va qayta ishlash joylarida saqlash ob’ekti sifatida turli tuman o‘simlikga (kartoshka, sabzavotlar, mevalar, rezavor mevalar, don va boshqalar) oid va chorvachilik (go‘sht, tuxum, sut va boshqalar) mahsulotlari xizmat qiladi. Har qanday mahsulotni saqlash shunday tashkil etilishi lozimki, saqlashda uning yuqori oziqaviy qiymati minimal miqdoriy va sifatiy yo‘qotishlarga uchrash bilan birgalikda mahsulotni saqlash kam xarajatlarga olib kelishi zarur.
Mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash vazifani yechishda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash bo‘yicha texnik – material bazasini yaratish va uni tegishlicha ekspluatatsiya qilish katta ahamiyatga ega.
Kartoshka, sabzavot va mevalarni saqlash usullari ikki guruhga bo‘linadi:
–vaqtinchalik saqlash (dala sharoitida oddiy, vaqtinchalik saqlash inshootlari);
–doimiy saqlash (statsionar inshootlar).
Vaqtinchalik saqlashda mahsulot burt va handaklarga, doimiy maydonlarda tashkil etilgan modernizatsiyalangan burt va handaklarga joylashtiriladi.
Doimiy saqlash ancha zamonaviy usul bo‘lib kartoshka, sabzavot va mevalarni saqlash inshootlari sig‘imi, rejalashtirish xususiyatlari, saqlash rejimlarini ta’minlash tizimi, mahsulotni joylashtirish ishlarining mexanizatsiyalanganligiga ko‘ra bir biridan farq qiluvchi statsionar omborlarga ajratiladi.
Donni saqlashda don omborlaridan foydalanamiz va ular bir biridan saqlanadigan don miqdori, uning qo‘llanish maqsadi, omborning texnik ta’minlanganligidan kelib chiqib oddiy omborlarga (ochiq maydonlar, bostirmalar, omborlar) va elevatorlarga (donni saqlashda tozalash, quritish, shamollatish, tashish uskunalari bilan jihozlangan vertikal joylashtirilgan omborlar) ajratiladi.
Go‘sht saqlashga sovutilgan holda yoki muzlatilib olib kelinadi. Sovutilgan go‘sht maxsus, yaxshi shamollatiladigan omborlarda yoki sovutish kameralarida saqlanadi. Ba’zi hollarda go‘shtni qisqa muddatli saqlashda muzxonalardan ham foydalaniladi.
Sut turli konstruksiyali va maqsadli (tashish uchun yoki saqlash uchun) rezervuarlarda saqlanadi.
Zamonaviy ombor – bu murakkab muhandislik kompleksi hisoblanib, o‘zida mahsulotni saqlash binosi bilan birgalikda mahsulotni saqlashga joylashtirish va realizatsiyaga jo‘natishdan oldin dastlabki ishlov berish binolarini, yordamchi xonalarni (mashina bo‘limi, ventilyasiya kameralari, elektr shchit, dam olish va h.k.) o‘zida mujassam etadi. Ko‘pincha ular belgilangan saqlash rejimlarni avtomatik ta’minlaydigan asboblar bilan jihozlangan bo‘lib, bu saqlash uchun joylashtirilgan mahsulot holatini nazorat qilishda qulayliklar yaratadi. Saqlash omborlarini loyihalash va qurishda dezinfeksiya, ba’zan esa dezinseksiya, kemiruvchilar bilan kurashish tadbirlarini o‘tkazishni ham inobatga olish lozim bo‘ladi.
Har bir saqlash ombori muhandislik – texnik (konstruktiv), texnologik va iqtisodiy talablarga javob berishi lozim.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlashdagi asosiy vazifalarga quyidagilar kiradi:
–mahsulotlar massasini yo‘qotmasdan yoki minimal yo‘qotishlar bilan saqlash;
–mahsulotlar sifatini yomonlashtirmasdan saqlash;
–saqlashda mahsulot sifatini oshirishga erishish;
–mahsulotni saqlashda mehnat xarajatlari va vositalarini kamaytirish.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash usullaridan kelib chiqib saqlash inshootlarini ikki katta guruhga ajratishimiz mumkin: oddiy, vaqtinchalik (dala sharoitida saqlash uchun) va statsionar (doimiy) omborxonalar.
1.1. ASOSIY TAVSIFLAR VA TERMINLAR
Burt – kartoshka va sabzavotlarni saqlash uchun oddiy, vaqtinchalik saqlash moslamasi. Ushbu saqlash moslami mahsulotni uyum holida, uzunlikda ustma-ust taxlab er qatlami ustida yoki uncha chuqur bo‘lmagan o‘ra qazib, osti va ustiga somon, xashak, tuproq to‘shab, haroratni nazorat qilish va faol shamollatish qurilmalari bilan jihozlab tayyorlanadi.
Handak – kartoshka va sabzavotlarni saqlash uchun erni chuqurlashtirilgan holda uzaytirilib qozilgan, hamda burt singari osti va ustiga somon, xashak, tuproq to‘shab, haroratni nazorat qilish va faol shamollatish qurilmalari bilan jihozlangan vaqtinchalik saqlash moslamasi.
9.2. Doimiy (statsionar) omborxonalar
Kartoshka, sabzavot va mevalarni saqlashga mo‘ljallangan omborxonalar ko‘p jihatdan bir- biridan tafovut qiladi, bulardan eng muhimi: qanday mahsulot saqlashga mo‘ljallanganligi, rejalashtirilishi va o‘lchamlari va sig‘imi, hajmi, qurilishdagi xususiyatlari, saqlash tartibiga rioya qilish, uskunalar tuzilmasi, mahsulotlarni joylash usullari va yuklash, tushurish ishlarining mexanizatsiyalashganlik darajasi va nihoyat iqtisodiy ko‘rsatkichlaridir. Meva va sabzavotlarni saqlash texnologiyasini rivojlantirishda mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan omborxonalar qurish muhim ahamiyatga ega. Doimiy omborlar meva va sabzavotlarning turiga, rejalashtirilishiga, hajmiga, saqlash tizimiga, mahsulotlarni joylashtirish va boshqa bir qator xususiyatlariga qarab bir-biridan farq qiladi.
Doimiy omborxonalar meva va sabzavotlarning turiga qarab – kartoshka, ildizmeva, piyoz, karam va meva saqlashga moslashtirilgan bo‘ladi. Bu mahsulotlarni saqlash sharoiti bir-biridan tafovut qiladi va ularni bir omborda saqlash tavsiya etilmaydi. Doimiy omborxonalar sig‘imi jihatidan kichik, o‘rtacha va katta bo‘ladi. Kichik omborxonalarning sig‘imi 100-200 tonna, o‘rtacha omborxanalarniki 10 000 tonnagacha, katta omborxonalarniki 30 000 tonnagacha bo‘ladi. Katta sig‘imli omborxonalar kichigiga qaraganda qurilish va iqtisodiy jihatdan tejamli bo‘ladi. SHu Bilan birga mahsulotni saqlashga sarf bo‘lgan xarajat ham kam bo‘ladi.
Omborxonalarni rejalashtirishda ularga transportning kirib chiqishi va chuqurligini hisobga olish lozim. Hozirgi qurilayotgan barcha omborxonalar avtotarnsport bir tomonidan kirib ikkinchi tomonidan chiqib ketadigan qilib qurilgani ma‘qul. Omborxonaning chuqurligini belgilashda yer osti suvlari hisobga olinadi. Bunda yer osti suvlari 2 metrdan past bo‘lishi kerak. Bizning sharoitimizda asosan omborxonalar yarim chuqur yerto‘la qilib quriladi. Meva omborxonasi mahsulotni saralashda yorug‘ bo‘lishi uchun yer ustiga quriladi. Eng oddiy meva omborlari qatoriga oddiy yerto‘la kiradi.
Oddiy yerto‘la quruq yerdan chuqurligi 1 metr qilib qaziladi. Usti yopilib, yon tomonlariga taxta qoqiladi yoki gpisht teriladi. Ichiga devorlari bo‘yolab so‘kchaklar o‘rnatiladi. Yerto‘laning uzunligiga qarab har 3,5 metr joyga bittadan yo‘g‘onligi 10x10 sm li ventilyatsiya naylari o‘rnatiladi. Saralangan mevalar yashiklarga solingan yoki so‘kchaklarga to‘kilgan holda saqlanadi.
Ba‘zan yerto‘laning chuqurligi 1,5 metr, eni 4 metr, uzunligi saqlanadigan mevanting turiga qarab har xil bo‘lishi mumkin. Er ustida qurilgan omborlar bir qavatli gpishtli imorat bo‘lib, ularning devor va shiplari ‘o‘kak, qi’iq, qamish va boshqa materiallardan tayyorlangan plitalar bilan qo‘lanadi. polni taxtadan qilib, ular orasida tirqishlar qoldiriladi. Bo‘lmani pol orqali tashqi havo Bilan shamollatib turish uchun qo‘qoqli tuynukchalar qilinadi.
Omborxonalar ikki qavatli qilib ham quriladi. Bunda uning birinchi qavati yerto‘la, ikkinchisi yer usti qavatidan iborat bo‘ladi. Ularda yerto‘la va yer usti omborxonalarining afzalliklari uyg‘unlashtirilgan.
Statsionar saqlash omborlari – ushbu inshootlar qishloq xo‘jalik mahsulotlarini uzoq muddat saqlash uchun mo‘ljallangan. Bunday omborxonalar o‘zida saqlash rejimlarini boshqarish tizimini, hamda mahsulotni saqlashga, tashishga va joylashtirishga, hamda realizatsiyadan oldin beriladigan ishlov berish uskunalari komplekslarini mujassam etadi.
Ko‘chma saqlagichlar (avtomobil va vagon refrijeratorlar) – qishloq xo‘jalik mahsulotlarini uzoq masofalarga tashish va bir paytning o‘zida ham saqlash uchun mo‘ljallangan.
Donni uzoq muddat saqlashga mo‘ljallangan omborlar ikki turda bo‘lib ular don omborlari va elevatorlar deb nomlanadi.
Mexanizatsiyalanish darajasiga ko‘ra don omborlari mexanizatsiyalashmagan (statsionar mexanizmlari bo‘lmagan), qisman mexanizatsiyalashgan va mexanizatsiyalashgan bo‘ladi.
Don omborlari – donni uyum holatida saqlashga mo‘ljallangan gorizontal yoki qiya polli inshoot hisoblanib, bunda don ombor poliga to‘kib joylashtiriladi.
Siloslar – murakkab konstruksiyali inshoot hisoblanib, don uyumi balandligi 30...40 metrgacha (chet elda bu balandlik 60 metrgacha etadi) qilib saqlashga mo‘ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |