O‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jalik vazirligi


– rasm. Omborni shamollatish tizimlari sxemasi



Download 11,87 Mb.
bet30/206
Sana16.04.2022
Hajmi11,87 Mb.
#556846
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   206
Bog'liq
2 5345798815255368373

3.7 – rasm. Omborni shamollatish tizimlari sxemasi:

a – tabiiy shamollatish; b – majburiy shamollatish;


v – faol shamollatish.
Havo kiruvchi quvurlar yog‘ochdan (tashqi tomoni qora mum va qora qog‘oz yoki boshqa himoyalovchi material bilan qo‘langan), asbosementli quvurlardan yoki zanglamaydigan tunukadan tayyorlanadi. Havo kiruvchi quvurlar omborning yon devorlariga tashqi tomondan o‘rnatiladi va og‘zi berkitish moslamasi bilan jihozlanadi.
Havoni chiqarish quvurlari ombor tomida o‘rnatiladi va qor va yomg‘irlarning kirishidan himoyalovchi soyabonlar bilan jihozlanadi.
Havo chiqarish quvurlarida kondensatsiya natijasida suv tomchilarining paydo bo‘lishidan himoyalash maqsadida quvurlar ikki qatlamli, oralig‘i issiqlik izolyasiyalash materiali (kigiz, shisha tolali paxta, penoplast va h.k.) bilan sovuq o‘tmaydigan qilib tayyorlanadi.
Havo chiqarish quvurlarini baland ko‘tarib tashkil etish tavsiya etiladi, chunki havo kiruvchi va chiquvchi quvurlar orasidagi masofa qanchalik ko‘p bo‘lsa havoning aylanish tezligi ham yuqori bo‘ladi.

Tabiiy shamollatish tizimining konstruktiv xususiyatlari va quvurlar soni saqlanayot mahsulot turiga, iqlim sharoiti va ombor sig‘imiga bog‘liq. Kichik hajmli omborlarda foydalaniladigan havo kiruvchi quvurlarning ko‘ndalang kesim o‘lchami 0,2x0,2 metr, yirik hajmli omborlarda esa 0,3x0,3 metr qilib qabul qilinadi. Quvurlar soni esa quyidagi nisbatga rioya qilib aniqlanadi: saqlanayotgan har 15...30 tonna kartoshka mahsulotiga bir dona quvur, karam uchun esa bu ko‘rsatkich 50% ga ko‘pdir, ya’ni har 22,5...45 tonna mahsulot uchun bir dona quvur. Odatda havoni chiqarish quvurlar soni havoni kirituvchi quvurlar soniga nisbatan 2...3 marta kam o‘rnatiladi, lekin quvurlarning ko‘ndalang kesim o‘lchami katta, ya’ni 0,5x0,5 metrni tashkil etadi. Umuman olganda havoni tortuvchi quvurlarning o‘rtacha ko‘ndalang kesim o‘lchami havoni kirituvchi quvurlarnikidan 10% ga ko‘p bo‘lishi lozim.
Tabiiy shamollatishni kamchiliklaridan biri shundaki, shamollatish tizimidagi havoning harakatlanish tezligi soniyasiga bir metrning o‘ndan bir ulushini ham tashkil etmaydi, va shu sababli ombordagi havo aylanishi uncha yuqori bo‘lmay saqlanayotgan mahsulotni etarlicha sovuta olmaydi. Tabiiy shamollatishda havo oqimini oshirish va mahsulotni sovutishni tezlatish imkoniyati yo‘q.
Majburiy shamollatish tabiiy shamollatishdagi mavjud barcha kamchiliklarni bartaraf etadi, chunki bu holatda omborda havoning almashinishi uchun issiqlik konveksiyasi o‘rniga ventilyatorlardan foydalaniladi. Omborga ventilyatorlar yordamida beriladigan havoning miqdorini boshqarish imkoniyati mavjud bo‘lib, o‘z navbatida saqlash rejimlarini yaratish sharoitlarini yuzaga keltiradi. Odatda majburiy shamollatish usulidan o‘rta va yirik hajmli omborxonalarda foydalaniladi, bu holatda omborga yuborilayotgan havo ventilyatorlar yordamida hosil qilingan bosim ostida tortish quvurlari orqali omborlan chiqarib yuboriladi. Hajmi o‘ta yirik omborlarning havoni tortish quvurlarida havo aylanishini yaxshilash maqsadida ventilyatorlar o‘rnatiladi. Quzgi, bahorgi

davrlarda bir soat vaqt ichida majburiy shamollatish 20...30 marotaba, qishqi davrda esa 10...15 marotaba havoni almashinishini ta’minlashi lozim, chunki bu davrga kelib ombordagi harorat rejimi barqarorlashadi.
Umuman olganda majburiy shamollatish tizimi mustahkam devorli kanallardan tashkil to‘gan tarmoq hisoblanib, ular yordamida yo‘naltirilgan havo saqlanayotgan mahsulot orasidan o‘tadi. Kanallarda havo oqimini omborning u yoki bu tomoniga yo‘naltirish uchun zaslonkalar o‘rnatiladi. Majburiy shamollatishning barcha holatida havo mahsulotga pastdan yuqoriga qarab yo‘naltiriladi, va uning harakat yo‘nalishi mahsulotda kechayotgan issiqlik oqimi yo‘nalishi bilan mos keladi. Boshqa yo‘nalishda havoni yetkazib berish mahsulotning ichki hududlarida terlash hodisasini yuzaga keltirishi mumkin.
Ventilyator yordamida omborga yuborilayotgan havo chiqarish tirqishlari mavjud bo‘lgan er osti kanallari bo‘ylab butun saqlash maydoniga baravar taqsimlanadi. Ombor poliga joylashitirilgan ventilyasiya kanallari usti olinadigan beton yoki metall plitalar bilan berkitiladi. plitalarning olinadigan qilib loyihalanishi kanallarni saqlash mavsumidan so‘ng tozalash imkonini beradi.
Majburiy shamollatiladigan omborlarda mahsulotni idishlarga (yashik, konteyner) joylashtirib saqlashda ular shunday shtabellanishi kerakka, yuborilayotgan havo har bir idish birligi yonidan o‘tishi kerak. Havo aylanishini oshirish zarur bo‘lgan hollarda, ombor ichida va shtabellangan idishlar oralig‘ida havoni yuborish va tortish quvurlaridan iborat quyi tizimdan tashkil to‘gan majburish shamollatish kompleksi qo‘llaniladi. Bunda havoni yuborish quyi tizimi ventilyator va omborga havoni tarqatuvchi er osti kanallaridan tashkil to‘gan bo‘lsa, havoni tortish quyi tizimi esa omborning yuqori zonalari perimetrlari va shtabellangan idishlar oralig‘ida joylashtirilgan, hamda ventilyatorlar bilan jihozlangan quvurlardan iborat bo‘ladi. Shunday qilib bunday shamollatish tizimi bir vaqtni o‘zida idishlar oralig‘idagi havoni gorizontal va vertikal yo‘nalishda faol almashinishini ta’minlaydi. Shuning uchun saqlanayotgan mahsulotlarning massasida barqaror harorat va namlik rejimi yaratiladi, yo‘qotishlar kamayadi va saqlash muddati uzayadi.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish