O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti



Download 4,4 Mb.
bet233/418
Sana21.07.2021
Hajmi4,4 Mb.
#125570
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   418
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Ijtimoiy ong strukturasi. Ijtimoiy ong o‘z mohiyatiga ko‘ra jamiyat ma’naviy hayotini o‘zida mujassamlashtirgan murakkab tizimiga ega bo‘lgan ijtimoiy hodisadir. Ijtimoiy ongning strukturasiga a) ijtimoiy ong sohalari; b) ijtimoiy ong darajalari; v) ijtimoiy ong shakllari kiradi. Ijtimoiy ong sohalariga kundalik va nazariy ong; darajalariga – ijtimoiy ruhiyat va ijtimoiy mafkura, shakllariga-axloqiy, estetik, diniy, siyosiy, huquqiy ong kiradi.

Voqelikni aks ettirish darajasiga ko‘ra, ijtimoiy ong odatiy va nazariy ongga bo‘linadi. Ijtimoiy ongning quyi darajasi - oddiy (kundalik) ong va yuqori darajasi - nazariy ongdir.

Odatiy ong kishilarning kundalik amaliy faoliyati jarayonida, stixiyali tarzda, voqelikning tashqi tomonining empirik in’ikosi sifatida paydo bo‘ladi. Nazariy ong voqelikning ichki tomonini, muhim aloqalarini va qonuniyatlarini ifodalaydi, u bilvosita nazariy bilishni taqozo qiladi. Bolaning ongidagi turmushga oid oddiy, kundalik tushunchalar uning hayotiy faoliyatida shakllanadi. Ilmiy tushunchalar kundalik faoliyat negizida paydo bo‘lib turishi mumkin, ammo ularni shakllantirish uchun maxsus o‘qitish, muallim bilan muloqat kerak bo‘ladi. Hozirgi zamon kishilik jamiyatida insonning hayoti uchun oddiy kundalik tushunchalar ham, ilmiy tushunchalar ham zururdir. Ilmiy tushunchalar turmushda har doim to‘g‘ri kelavermaganidek, oddiy tushunchalari bilan chegaralanish ham inson kamolotiga zavoldir.

Real hayotda nazariy va oddiy ong bir- biri bilan uzviy tarzda qo‘shilib chatishib ketadi. Falsafiy tahlil uchun ular alohida – alohida holda, “sof” tarzda olinadi. Nazariy va odatiy ong bir- birining o‘rnini bosa olmaydi, ammo bir- biriga o‘zaro ta’sir etib turadi. Nazariy ong odatiy ongning shaklini o‘zgartirishi, boshqacha tus berishi, madaniylashtirishi mumkin.

Ammo nazariy bilimlar, fan qanchalik rivojlanmasin, baribir kishilar hayotida odatiy ong zarur bo‘laveradi. Sog‘lom fikr, “sog‘lom aql” tarzida namoyon bo‘ladigan odatiy ongga tayangan holda ijtimoiy voqelik va tabiat hodisalarining hamma hodisa, voqealarini muhokama qilish, baholash mumkin. Ammo har doim ham uning hulosalari to‘g‘ri, adolatli bo‘lavermaydi. CHunki odatiy ongning imkoniyatlari cheklangan, u emperik umumlashtirishga, metofizik usulga tayanadi.

Odatiy ong nazariy onga nisbatan quyi darajadir. Ammo bu bilan uning ahamiyati kamsitilmaydi, kundalik hayotida zarurligi inkor qilinmaydi. Voqelikka emperik darajasi in’ikos etiladigan ong nuqtai nazaridan qaralsa, muhokama qilinsa, baholansa, ijtimoiy ongda xom hayollar, noto‘g‘ri tasavvurlar, xato qarashlar ham paydo bo‘lishi mumkin. SHuning uchun ham ijtimoiy fanlar nazariy ong darajasida bo‘lishi zarur, kundalik tasavvurlar va tushunchalar bilan almashtirilmasligi kerak, agar shunday bo‘lib qolsa, unda ular o‘zlarining ilmiylik darajasini yo‘qotadi.

Nazariy ong voqealar mohiyati va rivojlanish qonuniyatlarini aks ettirib jamiyat taraqqiyotiga nisbatan teng bo‘lishi ham, yuqorida ta’kidlaganimizdek, ilgarilab ketishi ham, yoki ortda qolib ketishi ham mumkin.

Ijtimoiy ongni kishilar hayotida tutgan o‘rniga qarab ikki qismga ajratish mumkin:


  1. Ijtimoiy psixologiya (ruhiyat)

  2. Mafkura (ideologiya)

Ijtimoiy psixologiya kishilarning mehnat va kundalik turmush faoliyatida stixiyali ravishda vujudga keladi,uni sistemalashtirish va nazariy jihatdan asoslash qiyin. U quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:

  1. Kishilarning barqaror psixik holatlari (hissiy kechinmalari, emotsiya, kayfiyati, urf-odatlar).

  2. Ruhiy hodisalar: odat, udum, ko‘nikma; turli kechinmalar.

  3. Ruhiy jarayonlar: taqlid qilish, ishontirish va shunga o‘xshash xususiyatlar.

  4. Sezgi, idrok, fahm, tasavvur, tafakkur, g‘oya (siyosiy, huquqiy, diniy, axloqiy belgilar) kabilar.

YUqorida qayd etilgan xususiyatlarning barchasi asta-sekin ishonch, e’tiqod, udum, ko‘nikma, ijtimoiy pozitsiyani ifoda eta boshlaydi.

Ijtimoiy psixologiya - keng ommaviy ong bo‘lib, u bevosita moddiy ishlab chiqarish jarayonida paydo bo‘ladi: odat, ko‘nikma shakliga kiradi.

Ijtimoiy psixologiya ibtidoiy jamoa tuzumi davrida urug‘ va qabila a’zolari tomonidan guruh ongi sifatida stixiyali ravishda shakllangan. Bu ong shakli moddiy ne’matlar ishlab chiqarish uchun xizmat qilgan.

SHuningdek, ibtidoiy jamoalarning barcha sohalari odat, udum, sadoqat kabilar yordamida boshqarilgan va hayotning barcha tomonlariga keng yoyilgan.

Jamiyatning rivojlanishi bilan ijtimoiy guruhlar (sinflar, elat, oila) va boshqa ijtimoiy uyushmalar shakllandi. Natijada ularning o‘ziga xos manfaatlari, psixologiyasi, ongi ham vujudga keldi.

Ijtimoiy psixologiyadan sinf, elat, xalq, millat, oila va boshqa ijtimoiy guruhlar psixologiyasi ajralib chiqdi. Ijtimoiy psixologiya nihoyatda murakkab va zidsiyatlidir.



Ijtimoiy psixologiyaning barqaror elementlari (hissiyot, xarakteri) ijtimoiy strukturani saqlash va uni mustahkamlashga yordam beradi. Ijtimoiy psixologiyaning dinamik elementlari (ommaviy psixik holat, norozilik, ko‘nikmaslik, ruhiyatning o‘zgarishi ) jamiyatda tub o‘zgarish qilishni talab etadi. Ijtimoiy psixologiya stixiyali ravishda xalq ichida shakllanadi, har bir ijtimoiy guruh o‘ziga xos psixologiyaga ega bo‘ladi.

Ijtimoiy psixologiya ijtimoiy muhit, kundalik turmush sharoitlari ta’siri ostida vujudga keladi va rivojlanadi. U muayyan ijtimoiy guruh, elat, xalq yoki millatning odatlari, urflari, an’analari, yashash tarzidan kelib chiqqan psixologik o‘ziga xosliklarini aks ettiradi. Ijtimoiy psixologiyaning yana bir xususiyati shuki, unda muayyan bir hududdagi aynan sharoitlarda yashaydigan va bir-biriga bevosita ta’sir qiluvchi bir necha elat, millatlarga mansub kishilarning ongidagi o‘xshash xususiyatlar ham aks etadi. Bunga ba’zi millat vakillarining yashab turgan joylaridan ko‘chib ketishgani, ammo yangi joyda ular ko‘pincha o‘z millatdoshlari tomonidan tushunilmagani, u erda chiqishtirilmagani va nihoyat ularning yana ilgarigi hududga, mamlakatga qaytib kelishganiga oid ko‘plab misollarni keltirishimiz mumkin.

Mafkura (fikrlar majmui) ijtimoiy psixologiyadan farq qilib muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlat manfaatlari, orzu-istak va maqsad-muddaolari ifodalangan g‘oyaviy-nazariy qarashlar va ularni amalga oshirish tizimini anglatadi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan kuch va qatlamlarning o‘tmishi, bugungi kuni va istiqboli o‘z ifodasini topadi.

Mamlakatimizda milliy mafkura xuddi shu vazifani bajaradi. Islom Karimov ta’kidlaganidek “xalqni buyuk va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaroni yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas’uliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo‘lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir”. Garchi shunday bo‘lsa-da, Konstitutsiyamizda “hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilmaydi”, deb belgilab qo‘yilgan. Bu demokratiyaning muhim elementidir.

Ijtimoiy psixologiya va mafkura jamiyatning u yoki bu darajada rivojlanganligi bilan ham bog‘liq bo‘lib, agar u to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa jamiyat taraqqiyotini tezlashtiradi. Insonlarni komillik sari etaklaydi, o‘z vatani, qadriyatlarini e’zozlashga o‘rgatadi, shu bilan birga vatanparvarlik, yurt tinchligi, xalq farovondigi yo‘lida xizmat qilishga chorlaydi.

Ayni paytda ijtimoiy psixologiya va mafkura o‘ziga xos xususiyatlarga ham egadir. Ijtimoiy psixologiya ijtimoiy guruhlar hayotini muayyan his-tuyg‘ular, kayfiyatlarda bevosita aks ettirsa, ijtimoiy mafkura (bizda milliy istiqlol mafkurasi) ijtimoiy guruhlar ehtiyojlari, manfaatlarining ichki mohiyatini, sababini har xil g‘oyalar, nazariyalar, ta’limotlar shaklida aks ettiradi. Ayni paytda mafkuraning o‘ziga xosligi shundaki, u vayronkor mafkura sifatida ham maydonga chiqishi mumkin. U holda u halokatli kuchga aylanadi.

Ijtimoiy psixologiya va mafkuraning o‘ziga xosligi bilan birga ularning umumiylik tomoni ham mavjud bo‘lib u jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishida ko‘rinadi. SHuningdek ular bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, o‘zaro ta’sirga ham egadir.

Ijtimoiy hayot rang-­barang, xilma-­xil bo‘lgani uchun ijtimoiy ong ham tegishlicha turli shakllarga bo‘linadi. Bular: iqtisodiy ong, siyosiy ong, huquqiy ong, axloqiy ong, estetik ong, ekologik ong bo‘lib, biz yana tarixiy ongni, ongning elementi sifatida, shu jumladan tarixiy ongning muhim elementi sifatida tarixiy xotirani ham bunga qo‘shish mumkin. Ijtimoiy ongning barcha shakllari o‘zaro bog‘liq, o‘zaro munosabatda, o‘zaro birikadi va bir­-birini o‘zaro to‘ldiradi. Ular o‘zi aks ettiruvchi hodisalar mazmuni, moddiylashuv shakli va ijtimoiy funksiyalariga ko‘ra farq qiladi.

Ijtimoiy ong shakllarini bir - biridan quyidagi 4 ta belgilar bo‘yicha farqlash mumkin:

Birinchidan, ular bir- biridan in’ikos ettirish mavzui bo‘yicha farq qiladi. CHunonchi, siyosiy ong sinflar, millatlar, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni, hokimiyatga munosabatni ifodalaydi. Huquqiy ong huquqiy munosabatlarni aks ettiradi.

Ikkinchidan, ular bir-biridan in’ikos etish shakllari bilan farq qiladi. Masalan, fan voqelikni tushunchalar, gepotezalar (ilmiy taxminlar), nazariyalar, modelar shaklida aks ettiradi. San’at voqelikni badiiy obrazlar shaklida, axloq ahloqiy his- tuyg‘ular va axloqiy normalar, qadriyatlar, ideallar shaklida aks ettiradi. Ammo ijtimoiy ong shakllarining hammasi ham in’ikos ettirish shakli bo‘yicha bir- biridan farq qilavermaydi. Masalan, falsafa va fan, axloqiy va huquqiy ongni bu belgi bo‘yicha bir- biridan farqini topish qiyin.

Uchinchidan, ular bir-birlaridan rivojlanishning o‘ziga xos tomonlari bilan farq qiladi. Buni fan bilan san’atni bir- biriga taqqoslaganda yaqqol sezish mumkin. Fandagi rivojlanish bilishdagi taraqqiyot bilan amalga oshadi va bunda uning oldinga qarab ilgarilab harakat qilishi o‘z ifodasini topadi. San’atda esa bilish sohasidagi progress san’atidagi taraqqiyotning asosiy ko‘rsatgicha bo‘la olmaydi. san’atda esa estetik mezonlar muhim rol o‘ynaydi.

To‘rtinchidan, ular o‘zlari bajaradigan ijtimoiy funksiyalari bilan ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, fan bilish funkitsiyalarni bajaradi. Axloqiy ong shaxsini axloqiy jihatdan shakllanishi, insonni o‘z- o‘zini nazorat qilishi, uning boshqa kishilarga munosabatining omili bo‘lib xizmat qiladi. Ijtimoiy funksiyalari bo‘yicha ijtimoiy ongning burcha shakllarini ikkita guruhga bo‘lish mumkin. Birinchi guruhga siyosiy, huquqiy, axloqiy ong kiradi. Bular kishilarning o‘zaro munosabatlarini boshqarish, nazorat qilish bilan bog‘langan va ijtimoiy voqelikni ma’naviy- amaliy o‘zlashtirishning shakllari hisoblanadilar. Ikkinchi guruhga fan, san’at va falsafa kiradi. Bular insonni qurshab turgan voqelikning ma’naviy va ma’naviy- amaliy o‘zlashtirishning shakllari hisoblanadi. Ular voqelikni bevosita ijtimoiy munosabatlar va kishilarning amaliy faoliyatlari orqali o‘zlashtirishning shakllari hisoblanadi. Din esa dunyoqarashning shakli ham, kishilarning o‘zaro munosabatlarini boshqarish, nazorat qilish shakli ham bo‘lib hizmat qiladi.


Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish