O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Ijtimoiy ong – jamiyat ma’naviy hayotining asosi



Download 4,4 Mb.
bet232/418
Sana21.07.2021
Hajmi4,4 Mb.
#125570
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   418
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Ijtimoiy ong – jamiyat ma’naviy hayotining asosi. Jamiyatning ma’naviy hayoti asosini ijtimoiy ong tashkil etadi. Ijtimoiy ongning mohiyatini to‘g‘ri tushunish uchun avvalo ong hodisasini anglab olmoq maqsadga muvofiq. Zero, ong ma’naviy-ruhiy hodisa bo‘lib, inson va jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi.

Ong – ko‘plab fanlar o‘z predmeti nuqtai nazaridan tadqiq qiluvchi ham tabiiy, ham gumanitar fanlar e’tiboridagi ob’ektdir. CHunonchi, tibbiyot–biologiya fanlari vakillarini, birinchi navbatda, ong organi bo‘lgan miya: uning tuzilishi, ishlashining o‘ziga xos xususiyatlari qiziqtiradi. Biroq insonning fikrlash faoliyati xususiyatlari ong to‘g‘risidagi birmuncha umumiy, universal tasavvurlar asosida qabul qilinishi mumkin. Bunday umumiy bilimni falsafa beradi. Ming yillar davomida mavjud bo‘lgan falsafa o‘z davri bilimlari asosida ongning kelib chiqishi muammosini muttasil diqqat markaziga qo‘yib keldi, ongning mazmuni va mohiyati, uning xususiyatlari to‘g‘risidagi, ongning jamiyat va har bir kishi hayotidagi ahamiyati to‘g‘risidagi masalalarga javob berishga intildi. Bu masalalar olamning kelib chiqishi, rivojlanishi va mavjudligi, odamning kelib chiqishi va evolyusiyasi, insonning o‘zini o‘zi bilishi muammolari bilan uzluksiz bog‘liq edi.

Ongni tadqiq qilishning ikki yo‘li antik falsafadayoq ajralib chiqqan edi. Ulardan biri Suqrotga borib bog‘lansa, boshqasi uning shogirdi Aflotun nomi bilan bog‘liq. Suqrotning nuqtai nazariga ko‘ra, odamning ongi narsalarning moddiy borlig‘iga monand emas, shuningdek ong, o‘ziga xos dialektika asosida, o‘rganilayotgan narsalar haqida ziddiyatli tasavvur hosil qilishi mumkin. SHuning uchun “O‘zingni bilib ol!” da’vati Suqrot uchun “Hech nimani bilmasligimni bilaman”, degan gapidan keyin, aynan esa: “Delf bitiklariga muvofiq, men hali hech qanaqasiga o‘zimni o‘zim bilib ololmayman”, degan gapidan keyingi shior bo‘lib qoldi165.

Suqrotning shogirdi bo‘lgan Aflotun esa narsalar olamidan tashqari alohida g‘oyalar olami ham mavjud bo‘lib166, uni tanasiz aql harakatlantiradi, har bir kishining qalbida esa aql o‘zini o‘zi mushohada etadi va bu bilan kishi hayotiga faol ta’sir ko‘rsatadi. Ruh barhayot bo‘lib, erga qaytgach, inson tanasiga kirishi, “u erda nimalarni ko‘rganini eslashi mumkin deb, tug‘ilish o‘lim sharbatini totadigan mavjudotga tushirilgan abadiylik va mangulikning bir qismidir”167, deb ta’kidlaydi.

Ayni mahalda Aflotun odam aqlini yuqori darajada qadrlagan va “barcha narsalar o‘lchovi – odam”168, degan.

Aflotunning shogirdi Aristotel Aflotunning aql, jon va tanga nisbatan mazkur pozitsiyasiga amal qilib, odam aqlini Aflotun kabi juda yuqori baholagan, masalan, donishmandlik “tabiatan eng qimmatli narsalarga aql etishidan iborat”169, degan va “odam birinchi navbatda aqldir”170, deb ta’kidlagan.

Hozirgi adabiyotlarda, yuqoridagilardan kelib chiqib, “Suqrot, uning ortidan esa Aflotun ham, moddiy hodisalar bilan aslida ideal hodisani farqlashmoqda. Aflotun Yevropa falsafiy an’anasida ideal ibtidoni ajratibgina qolmay, uni moddiy ibtido asosiga ham qo‘ygan birinchi kishi bo‘lgan edi. Aflotun ruhiy hodisalarni tuyg‘ular – sezgi va idrok hamda aql olamiga bo‘lgan edi, bunda u aql va idrokni alohida ajratgan edi. SHu bilan birga, sof g‘oyalar bilan ish ko‘radigan aql-tafakkurning formal usullari bilan, masalan, matematikadagidek, bog‘langan idrokka nisbatan yuqoriroq darajadagi hodisadir”171.

SHunday qilib, ong qaerdan kelib chiqqan, u konkret odamning mulki bo‘lgani holda unga taalluqlimi yoki odam ongi olamiy ongning bir qismimi, degan savol antik davrdayoq qo‘yilgan edi.

O‘rta asrlardagi SHarqning buyuk mutafakkirlari al-­Kindiy, Zakariyo ar-­Roziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Faxriddin Roziy, Jaloliddin Davoniy, Abu Ali ibn Sino va boshqa ko‘plab mutafakkirlar fanning turli tarmoqlariga, shu jumladan “ong” tushunchasining mazmunini, materiya bilan ongning nisbatini, hissiylik va ratsionallikning nisbatini tushunishga, ma’naviyat elementlarini rivojlantirishga, bilish nazariyasiga o‘z davrlari fani rivojlanishi darajasidan kelib chiqqan holda, katta hissa qo‘shdilar172.

Masalan, Forobiy (870-950) o‘z asarlarida odam miyasiga besh hissiy organ orqali tuyg‘u vositasida atrof tashqi olam bilan aloqada bo‘lib, shu olamni in’ikos ettiradigan ong organi sifatida katta e’tibor bergan. “Tashqi hissiyotlar ortidan (qalb kuchi) keladi, u xuddi (baliqchining) to‘rdek (ulardan kelayotgan) obrazlarni tutib oladi. SHu bois bu kuchni obrazlarni saqlovchi kuch, deyishadi. Bu kuch miyaning old qismida joylashgan bo‘lib, tashqi buyumlar obrazlarini, ular hatto shu onda bevosita his etilmasa-da, saqlab qoladi”173,– deydi. Demak, Forobiy ongning, xotiraning, tasavvurning tabiatiga katta ahamiyat beribgina qolmay, murakkab psixologik jarayonlar bo‘lib o‘tadigan fiziologik organni aniqlashga ham harakat qiladi.

Ilk SHarq Uyg‘onish davrining qomusiy allomasi Abu Rayhon Beruniy (973-1048) o‘z asarlarida ong va aql masalalariga katta e’tibor bergan. U odam miyasi va besh hissiy organini o‘zaro bog‘langan, deb hisoblab, ularga katta diqqat bilan qaradi. Beruniy fikricha, har bir tuyg‘u muayyan qo‘zg‘atuvchilar turiga munosabat bildirishga mo‘ljallangan. “Ko‘rishni qo‘zg‘atuvchi yorug‘likdir... Eshitishni qo‘zg‘atuvchi tovush bo‘lib, uni havo unga etkazadi... Hid bilishning qo‘zg‘atuvchisi hid bo‘lib, uni burunga havo olib boradi... ta’m bilish hissini qo‘zg‘atuvchi (har xil) ta’m (taom)dir... Beshinchi tuyg‘u – sezgi bo‘lib, butun tanani qamrab oladi, u barcha a’zolar hamda organlarga xos”174, – deydi u. So‘ng, “agar kishi ulardan fikrlash va hukm chiqarish yordamida foydalansa, ushbu sezgilar orqali idrok etiladigan narsalarni (o‘rganishda) katta muvaffaqiyatlarga erishishi mumkin”175, deb ta’kidlaydi. Umuman, Beruniy inson tomonidan ilmiy bilimlarga erishish yo‘lini umumlashtirib: “Bu hissiy idrok qilish ma’lumotlaridan foydalangan aqlning yutug‘idir”176 – deb qayd etadi.

Markaziy Osiyolik buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino (980-1037) ham ong muammosiga katta e’tibor bergan. “Miya (idrok qilish) tuyg‘ular ibtidosidir”177,— deb asosli ravishda qayd etadi. So‘ng u “aqlning kuchi cheksiz va u fikrlaydigan narsa ham cheksizdir. Aql hamma narsani idrok etishi mumkin. Binobarin, fikrlanadigan narsa jismdan alohida, mustaqildir”178, deb qayd etadi. Bunda Abu Ali ibn Sino o‘z davrining ilmiy oqimlari bo‘lgan nominalizm va realizmni engib o‘tib, ularni bir, deb hisoblaydi: “Umumiy tushuncha, umumiy bo‘lgani va aqldan tashqarida mavjud bo‘lmasligi uchun ham shundaydir. Biroq uning mohiyati aqlda ham, aqldan tashqarida ham mavjud, chunki insoniylik va jaholat ongda ham, ongdan tashqarida, narsalarda ham mavjud bo‘ladi”179.

Nasroniy dinida ong — Xudo bo‘lib, u azaldan (hamma narsadan oldin) mavjud bo‘lib, so‘ng butun olamni va odamni yaratgan Zotdir. Avgustin Blajenniy (354-430) nuqtai nazariga ko‘ra, olam to‘g‘risidagi barcha bilimlar qalbga joylashtirilgan. Biroq inson hayotidagi asosiy narsa — uning Xudo bilan birlashib ketishi, uning fikricha, har qanday bilimdan yuksak bo‘lgan sof e’tiqoddir180.

Yevropa Uyg‘onish davri inson va uning ongiga qiziqish uyg‘otdi hamda ularni ilmiy tushunishga o‘tish asosini yaratdi. YAngi davr falsafasi esa R.Dekart (1596-1650), F.Bekon (1561-1626), J.Lokk (1632-1704), I.Kant (1724-1804), G.Gegel (1770-1831) tadqiqotlarida ong va bilimning umumiy muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator fundamental masalalarni qo‘ydi.

Ong va, ayniqsa, bilish muammolarini tushunishda I.Kant (1724-1804) asarlari muhim ahamiyat kasb etdi. Bu asarlarda inson tomonidan olamni bilish xususiyatlari tadqiq qilindi, bilish sub’ekti bo‘lgan insonning bilish qobiliyati (uning sof aqli, amaliy aqli, fikrlash va hukm chiqarish qobiliyati) tanqidi berildi. Kant nuqtai nazaricha, bilishning uch asosiy qobiliyati — hissiylik, idrok va aql insonga haqiqatni bildirolmaydi, chunki insonning o‘zini o‘rab turgan buyumlar olami bilan o‘zaro munosabati buyumning o‘zini emas, faqat hodisani tushunish imkonini beradi. Ayni mahalda, bizningcha, I.Kant asarlarida ratsional mag‘iz bor: bu – hissiylik bilan idroklilikning chambarchas aloqadaligidir. Masalan, I.Kant “Sof aql tanqidi” asarida: “Bizning tabiatimiz shundayki, mushohada faqat sezgilar orqali bo‘lishi mumkin, ya’ni predmetlar bizga ta’sir ko‘rsatadigan usulnigina o‘z ichiga olishi mumkin. Hissiy mushohada predmetini fikrlash qobiliyati esa idrokdir. Bu qobiliyatlardan birortasini ham ustun qo‘yib bo‘lmaydi. Hissiyliksiz bizga birorta ham predmet berilmagan bo‘lardi, idroksiz esa birortasi haqida fikrlab bo‘lmasdi. Mazmunsiz fikrlar puchdir, tushunchasiz mushohada esa ko‘rdir. Bu qobiliyat bir­-birining funksiyasini bajara olmaydi. Idrok hech narsani mushohada qila olmaydi, sezgilar esa hech narsa haqida fikrlay olmaydi. Ularning qo‘shilishidangina bilim hosil bo‘lishi mumkin”181, – deb yozadi u. YUqorida bayon etilgan fikrini rivojlantirib I.Kant: “... Har qanday bilimimiz sezgidan boshlanadi, so‘ng idrokka o‘tadi va aql bilan tugaydi­ki, mushohada materialini ishlash uchun va uni tafakkurning oliy birligiga etkazish uchun bizda undan yuqoriroq narsa yo‘q”182, – deydi.

G.Gegel (1770-1831) I.Kantning g‘oyalarini rivojlantirib, ongning tarixiyligini, uning ijtimoiy hayotning tarixan o‘zgaruvchan shakllariga bog‘liqligini asoslagan, shuningdek individual ong bilan ijtimoiy ongning dialektikasini har tomonlama ko‘rib chiqqan edi183. Bunda u “dialektika tafakkurning tabiatidan iborat bo‘ladi”184, tafakkur esa “inson bilan bog‘liq barcha narsada faol bo‘lib, butun insoniyatga uning insoniyligidan xabar beradi”185, deb ta’kidlagan.

Gegel ongni tadqiq qilishda tarixiylik va faoliyat prinsipini qo‘lladi. U ongga shaxsning konkret–tarixiy davr doirasidagi faol harakat faoliyat mahsuli sifatida qaradi.

Ong muammosi va uning tarixiy tarkibi tarix falsafasida rivojlantirildi. Zero tarix falsafasi tarixni “fikrlab ko‘rib chiqishdan boshqa narsani bildirmaydi”.

Tarix falsafasi doimo tarixiy ong bilan o‘zaro bir-birini taqozo etuvchi sharoitda bo‘lib kelgan. Tarix falsafasi tarixiy ong kontekstidan tashqarida mavjud bo‘lishini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Ayni mahalda, tarixni falsafiy tushunish tarixiy ongga va tegishlicha, ijtimoiy-tarixiy hayotga ko‘p jihatdan shakllantiruvchi ta’sir ko‘rsatib kelgan. Tarix geografik, moddiy, ma’naviy va boshqa omillar birikib ketgan murakkab jarayondir. Kishilar uchun tarix ular hayotining ildizi yashiringan xotirotdir. Tarixiy qarash tarixning inson tomonidan tushunilishi yuzaga keladigan sohani yaratadi. Kishi tarixni qanday fikrlashidan kelib chiqib inson imkoniyatlari chegarasi belgilanadi, narsalar mazmuni ochiladi. Tarixiy bilish loqayd mazmun emas, hayot onidir. O‘tmishga turlicha munosabatda bo‘lish mumkin, lekin tarixiy ma’lumotlar har qanday holatda ham tarixiy bo‘lmagan narsadek jips, balki har qanday kishi hayotida bevosita mavjud bo‘lib turgan narsadek qabul qilinadi.

Tarix falsafasi qaror topishi uchun bir nechta shartga rioya etish talab qilinadi. Birinchidan, ijtimoiy hayot jo‘shqin, harakatchan, o‘zgaruvchan bo‘lishi darkor. Ikkinchidan, tarixiy ong harakatchan va sifat jihatidan o‘zgaruvchan ijtimoiy hayotning muayyan refleksi sifatida shakllanishi lozim. Uchinchidan, tarixni falsafiy mavzulashtirish hamda tushunish uchun ma’naviy va intellektual resursga ega falsafa mavjud bo‘lish zarur.

YAngi va eng yangi davrda ong mazmuni muammosini ochib berishga I.Sechenov, I.Pavlov, Z.Freyd, U.Jeyms, J.Piaje, L.Vыgotskiy, S.Rubinshteyn, A.Luriya, A.Leontev, R.Aronov, D.Dubrovskiy va boshqa taniqli olimlar katta hissa qo‘shishdi.

Ular inson psixik faoliyatining fiziologik va nazariy asoslarini tadqiq qilishdi hamda shu asosda ong ular tomonidan ijtimoiy hodisa, tabiiy jarayonlar va kishilar faoliyati jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarning faol in’ikosi sifatida qaraldi hamda qarab kelinmoqda. Ularning ko‘pchiligi ongga ob’ektiv olamning sub’ektiv obrazi sifatida qarashadilar. Ongning mohiyati esa insonning atrofidagi olam to‘g‘risida xilma–xil ilmiy va noilmiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi bilimdir.

Hozirgi paytga kelib “ong” kategoriyasining, uning mohiyatining, kelib chiqishining va evolyusiyasining umume’tirof etilgan yagona ta’rifi yo‘q. Lekin bu jarayonlar to‘g‘risida ko‘pdan-­ko‘p farazlar, nazariyalar, konsepsiyalar hamda tegishli tushunchalarning ta’riflari mavjud.

Hozirgi mavjud ilmiy adabiyotlarda ong kategoriyasiga quyidagicha ta’riflar berilgan:

“Ong insonning fikr va hislari, sezgilari, tasavvurlari, iroda va qarashlaridan tashkil topgan”186.

“Ong in’ikosning oliy shaklidir”187.

“Ong falsafaning hajman o‘ta keng va chuqur kategoriyasi bo‘lib, sub’ektiv reallikni, tashqi olamning inson, uning miyasi va psixikasida ideal darajada in’ikos etishini, insonning ma’naviy dunyosini, uning olamdagi o‘z borlig‘ini anglab his qilishini, tashqi olamga munosabatini belgilab beradi”188.

“Ong faqat insonga xos bo‘lgan tashqi olamni in’ikos ettirishning oliy shakli (usuli)dir”189.

SHunday qilib, ong tushunchasining mazmuniga tadqiqotchilar tomonidan berilgan ta’riflarni umumlashtirib, ong kategoriyasini quyidagicha ta’riflash mumkin: ong – ob’ektiv reallikni ideal ravishda in’ikos ettirish va aks ettirishning oliy shakli, ob’ektiv olamning sub’ektiv obrazi, hissiy va aqliy obrazlar yig‘indisi. Atrof olam to‘g‘risida xilma–xil ilmiy va noilmiy axborotni o‘z ichiga oluvchi bilimlar esa ongning mag‘zini tashkil qiladi.

Ma’lumki, ong konkret kishining ongi sifatida individual ong va konkret jamiyat ongi sifatida ijtimoiy ong bo‘ladi. Bu jihatdan hozirgi adabiyotlarda ijtimoiy ong kategoriyasining ilmiy asoslangan ta’riflari mavjud: “ijtimoiy ong tabiiy va ijtimoiy voqelikning in’ikosi, jamiyatning muayyan davriga yoki qismiga tegishli bo‘lgan umumiy his-tuyg‘ular, kayfiyatlar, qarashlar, g‘oyalar, nazariyalar majmuidir”190.

“Ijtimoiy ong – konkret tarixiy davrdagi ijtimoiy borliqni in’ikos ettiradigan ijtimoiy kayfiyatlar, kechinmalar, tuyg‘ular, hissiyotlar, g‘oyalar, qarashlar, farazlar va nazariyalar majmuidir”191.

“Ijtimoiy ong ijtimoiy borliq natijasida taqozo etiladigan va asosan uning in’ikosi, ma’naviy takrori bo‘lgan ijtimoiy reallikni belgilash uchun kategoriya sifatida ta’riflanadi”192.

Ijtimoiy ong mazmunining yuqorida bayon etilgan ta’riflarini umumlashtirib, uni quyidagicha ta’riflash mumkin: Ijtimoiy ong - ijtimoiy borliqni ma’naviy aks ettiradigan ijtimoiy kayfiyatlar, kechinmalar, his- tuyg‘ular, qarashlar, g‘oyalar va nazariyalarning majmuiga aytiladi. Binobarin, ijtimoiy ong jamiyatning o‘z-o‘zini, o‘zining ijtimoiy borligini va uni qurshab turgan voqelikni anglashdir. Ammo bunda ijtimoiy borliq “birlamchi” va ijtimoiy ong “ikkilamchi” degan ma’no kelib chiqmaydi. Ijtimoiy ong va ijtimoiy borliqdan ancha keyin emas, balki bir vaqtda va u bilan borliq holda paydo bo‘lgan. Jamiyat ijtimoiy ongsiz shakllana, rivojlana olmasdi. Ongning kuch-quvvatisiz ijtimoiy borliq harakatsiz, hatto o‘lik narsaga aylanadi. Moddiy ishlab chiqarish jarayoni ham ongdan faqat nisbiy erkinlikkagina ega. Ong borliqni faqat uni bir vaqtda faol ijodiy o‘zlashtirish va o‘zgarish sharoitidagina in’ikos ettiradi. Ongning oldinroq in’ikos ettirish funksiyasi kelajakka intilish bilan bog‘langan ijtimoiy borliqni aks ettirishda yaqol namoyon bo‘ladi.

Inson va jamiyat ma’naviy hayotining rivojlanishida ijtimoiy va individual ongning roli kattadir. CHunki tabiat va jamiyatda yuz berayotgan turli-tuman o‘zgarishlar, har xil sohalardagi yangiliklar fuqarolar ongida o‘z aksini topadi. Kishilar ongiga ta’sir etgan voqea-hodisalarga nisbatan ular o‘z qarashlarini, fikrlarini ifodalaydilar. Ana shu ifodalash ijtimoiy va individual ong mahsuli sifatida namoyon bo‘ladi.

Ijtimoiy ong tabiiy va ijtimoiy voqelikning in’ikosi, jamiyatning muayyan davriga yoki qismiga tegishli bo‘lgan umumiy his-tuyg‘ular, kayfiyatlar, qarashlar, g‘oyalar, nazariyalar majmuidir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mustaqillikka nisbatan o‘z his-tuyg‘ulari, ya’ni mustaqillik tufayli yurtimizda ozodlik, erkinlik, demokratiya kengayayotgani, odamlar ruhiyati, maqsadlarining erkin bayon qilinishi, dolzarb muammolar xususida o‘zlarining fikrlarini ayta olishlariga imkoniyatlarning tobora kuchayib borayotgani xususida fikr bildirmoqdalar. Bu ijtimoiy ongning ifoda etilishidir.

Individual ong esa muayyan guruh, elat va millatga mansub bo‘lgan ayrim kishining ongi bo‘lib, jamiyatdagi voqelik va real borliqning alohida olingan shaxsning ongida aks etishidir.

Ijtimoiy va individual ongning mohiyati shundaki, jamiyat ularning mazmuniga ko‘ra o‘z-o‘zini anglaydi, rivojlanib, takomillashib boradi. Masalan, agar jamiyatimizda biron-bir ijobiy yoki salbiy hodisa sodir bo‘lsa, u kishilar ongiga ta’sir ko‘rsatadi va uning ongdagi in’ikosi, albatta, hatti-harakatlar, munosabatlar, baholar ko‘rinishida ana shu voqelikka qayta ta’sir ko‘rsatadi. CHunonchi O‘zbekistonda diniy ektremistlarning qilmishi xalqimizning nafratiga sazovor bo‘lib, xalqning fikri ijtimoiy ong sifatida namoyon bo‘ldi va ekstremistlarga qarshi qattiq amaliy choralar ko‘rildi. Jamiyatda osoyishtalik o‘rnatildi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Ijtimoiy ongning nisbiy mustaqilligi yana shunday namoyon bo‘ladiki, ijtimoiy ong ijtimoiy borliqdan orqada qolishi mumkin. Bunga sabab ulardagi o‘zgarishlar bir vaqtda yuz bermasligidadir. Bunda tashqari ijtimoiy ongning din, axloq singari shakllariga muayyanlik, yashovchanlik xosdir. Ulardagi mazmun, muayyan g‘oya va qarashlar an’anaga aylanib, hatto ularni keltirib chiqaradigan sharoit yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lsa ham, muayyan darajada saqlanib qolaveradi.

Ijtimoiy ongning nisbiy mustaqilligi uning ijtimoiy borliqdan o‘tib, ilgarilab ketishida ham namoyon bo‘ladi. Jamiyatning rivojlanish qonunlarini tahlil qilib, tarixiy taraqiyotning umumiy mayllarini (tendensiyalarini) aniqlab, buyuk kishilar, olimlar kelajakni oldindan ko‘rishlari mumkin. Ular o‘z davridan ancha olg‘a ketgan nazariyalari, insoniyatga taraqqiyotning yo‘llarini bir necha o‘n yillar oldin ko‘rsatishlari mumkin.

Ijtimoiy ongning nisbiy mustaqilligi qarashlar, g‘oyalar, nazariyalarining jamiyat taraqiyotidagi faol rolida ham namoyon bo‘ladi. Jamiyatda taraqqiyot tabiatidagidek stixiyali emas, balki ongli kishilarning, muayyan g‘oyalar, nazariyalar, qarashlarga ega bo‘lgan kishilarning faoliyati natijasida sodir bo‘ladi. G‘oyalar, qarashlar kishilarning faoliyati uchun qo‘llanma bo‘ladi, ularni birlashtiradi, ularni muayyan vazifalarni hal qilishga yo‘naltiradi. Ilg‘or g‘oyalar, nazariyalar jamiyatning olg‘a tomon harakat qilishini osonlashtiradi, etilgan ijtimoiy masalalarni hal qilishga ko‘maklashadi. Eskirgan g‘oyalar, qarashlar, nazariyalar jamiyat taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladi.

Xulosa shuki, ijtimoiy ong ijtimoiy borliqni aks ettiradi, ammo u nisbiy mustaqillikka ega, ijtimoiy hayot va taraqqiyotga faol ta’sir etadi.

Ijtimoiy ong ob’ektiv voqelikni aks ettiruvchi his- tuyg‘ular, kayfiyatlar, kechinmalar, qarashlar, g‘oyalar, nazariyalarning majmuidir. Individual ong jamiyatda yashovchi, muayyan ijtimoiy gurux, elat, milat, xalqqa mansub bo‘lgan aniq bir kishining ongidir. U ayrim bir kishining miyasida ob’ektiv voqelikning aks etishi jarayonida yuzaga keladigan hiya- tuyg‘ulari, kayfiyatlari, kechinmalari, tasavvurlari, tushunchalari, mulohazalari, fikrlarining yig‘indisidir. Ijtimoiy ong kishilardan tashqarida mavjud bo‘lmaydi. Ijtimoiy ong “inson- faoliyat-aloqa-bog‘lanish- jamiyat-tarix-til-madaniyat” tizimida mavjuddir. Individual ong ham jamiyatdan, tarixdan, insoniyatdan, madaniyatdan tashqarida mavjud bo‘la olmaydi, bulardan tashqarida ayrim kishi fikrlay olmaydi. shu ma’noda har qanday Individual ong ijtimoiy xususuiyatga ham ega bo‘ladi, ya’ni ayrimlikda umumiylik ham o‘z ifodasini topadi.

Ijtimoiy ong Individual ong o‘zaro aloqador, bog‘liq, bir- biriga ta’sir qilib turadi. Har bir kishi hayotga qadam qo‘yar ekan, faqat moddiy ishlab chiqarishning muayyan holatigina emas, balki ijtimoiy ongning tarixan erishilgan darajasiga ham duch keladi. U o‘zi yashayotgan ijtimoiy muhitning bilimlarini, tajribalarini, malakalarini, e’tiqodini, odatlarini, nomalarini, qoidalarini, tamoyillarini tayyor meros sifatida qabul qilib oladi. U yashayotgan davrda mavjud bo‘lgan siyosat, mafkura, huquq, aloqa, san’at, din, falsafa, fan ertayu kech unga ta’sir qiladi va insonni o‘z davrining yashash usuli, madaniyati, psixalogiyasiga ega bo‘lgan kishiga aylantiradi. Ayrim kishilarning ongi erishgan narsalar o‘z navbatida boshqa kishilarning ongiga etkaziladi, boshqalar tomonidan qabul qilinadi yoki rad etiladi.

Ijtimoiy ong bilan Individual ong o‘rtasida faqat birlik emas, balki farq ham bor. Bu farq shundaki, ijtimoiy ong individual ongga nisbatan chuqur va keng bo‘lib, bunga Individual ong hech vaqt erisha olmaydi. Individual ong esa ijtimoiy ongga qaraganda konkretroq, xilma- xilroqdir.

Individual ongdagi konkrentlik, o‘ziga xoslik, takrorlanmaslik muayyan insonning konkret hayot sharoitlari, tarbiya xususiyatlari, genetik dasturi, har bir kishining butun umrida boshqa kishilar bilan aloqada bo‘lishi, o‘z bilimi, malakasini oshirib borish darajasi va hakozolar yo‘li bilan olgan turli siyosiy huquqiy, axloqiy va boshqa ta’sirlaridan kelib chiqadi.

Ijtimoiy ong Individual onglarning miqdoriy yig‘indisidan iborat emas, balki ularning sifat jihatidan yangi holatidir, darajasidir, ichki hamda o‘ziga xos tarzda tashkil topgan ma’naviy-ruhiy reallikdir. Ayrim kishi (individ) uning ta’sirida bo‘ladi. Ammo ijtimoiy ong ayrim kishilar (individlar) uchun faqat tashqi kuch sifatidagina mavjud emas. Har birimiz unga bir xil qarshi turamiz, ammo har xil kishilar (shaxsiy, o‘ziga xos xususiyatlari tufayli) uni turlicha qabul qiladi, unga turlicha javob beradi, har bir kishi ijtimoiy onga turlicha ta’sir etadi. Har bir Individual ong o‘z taraqqiyotining o‘ziga xos manbaalariga ham egadir, shuning uchun har bir shaxs kishilik madaniyatining bir butunligiga qaramasdan o‘ziga xosdir, takrorlanmasdir.

Ijtimoiy ongning tuzilishi ijtimoiy munosabatlar va kishilar faoliyatining turlariga mos bo‘ladi, ba’zan ulardan ilgarilab ketadi, ammo, ba’zan ulardan ortda ham qolishi mumkin. Individual ong ayrim sohalarda ijtimoiy ongdan o‘zib ketishi yoki orqada qolishi mumkin. Fan tarixida keskin burilishlar yasagan olimlarning, jamiyat taraqqiyotining istiqbollarini oldidan aytib bergan mutafakkirlarning qarashlari individual ong ba’zan ijtimoiy ongdan nechog‘lik ilgarilab ketishiga yorqin misol bo‘ladi.

Ongni borliqning shaxsiy shaklidangina iborat qilib qo‘yib bo‘lmaydi. Ijtimoiy ongning sub’ektlari faqat Individualgina emas, balki ijtimoiy guruhlar, jamiyat hamdir. Agar ijtimoiy ongning sohibi faqat individ bo‘lganda, amalda Individual va ijtimoiy ong o‘rtasida farq qolmasdi. Individual ong va ijtimoiy ong o‘rtasidagi farqni tan olmaslik dogmatik va volyuntaristik xatolarga olib keladi. Dogmatik o‘zi qabul qilgan qarashlar, g‘oyalarni o‘zgarmas, barqaror, oxirgi haqiqat deb hisoblaydi, o‘ziga xoslik, takrorlanmaslikni qurbon qiladi. Volyuntarist esa, aksincha o‘ziga xoslikni, takrorlanmaslikni mutloqlashtiradi, bu ham jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Xulosa shuki, ijtimoiy ong va Individual ong bir- biri bilan uzviy bog‘langan, ammo ularni aynanlashtirmaganlik lozim, ularo‘rtasida farq ham bor.

Ijtimoiy munosabatlar qanchalik rivojlangan bo‘lsa, kishilar faoliyati turlari ham shuncha rivojlanadi. Ikkalasi o‘zaro dialektik bog‘liq bo‘lib, bir-birini boyitib, to‘ldirib boradi.

Ijtimoiy ong nisbiy mustaqillikka ega. U faqat tashqi sabablar, qonuniyatlarga emas, balki o‘zining ichki rivojlanish mantiqiga (logikasiga) ham, qonuniyatlariga ham bo‘ysunadi. Bu qonuniyatlar moddiy ishlab chiqarish rivojlanishining qonuniyatlariga o‘xshamaydi.

G‘oyalar va nazariyalar ijtimoiy borliqni bevosita aks ettirmaydi, moddiy ishlab chiqarishdan bevosita o‘sib chiqmaydi. Ijtimoiy borliqning kishilar ongida in’ikos etishi murakkab jarayon bo‘lib, muayyan o‘ziga xos shakllarda siyosiy, huquqiy, axloqiy, badiiy, diniy, ilmiy, falsafiy qarashlar, g‘oyalar nazariyalar shaklida mavjud bo‘ladi. Bu shakllarning bir hillari, masalan, siyosiy qarashlar, g‘oyalar, nazariyalar, iqtisodiy bazisga yaqinroq bo‘lsa, boshqalari, chunonchi, falsafa undan uzoqroq turadi. SHu sababli ijtimoiy borliqning ijtimoiy ong shakllarida aks etishi bir qator oraliq omillar vositasi orqali vujudga kelib, bu omillar ijtimoiy ongning nisbiy mustaqillik rivojlanishiga imkon tug‘diradi.

Fransuz faylasufi va sotsiologi O.Kont insoniyatning intelektual evolyusiyasini “uch bosqich qonuni” orqali tushuntirishga harakat qildi. Bu qonunga muvofiq insoniyatni bilish faoliyati uning ijtimoiy ongi butun insoniyat tarixi o‘z taraqqiyotida quyidagi uch bosqichni: teologik,metafizik va pozitiv yuksalish bosqichlarini kechiradi.

Teologik rivojlanishda diniy-mifologik ong ustun edi. Teologik ong kishining tashqi olamga o‘z munosabatlarini belgilashi, axloq normalarini shakllantirishlari, kundalik muammolarni hal etishlariga imkon bergan.

Metafizik ong bosqichida kishilar diniy tasavvurlarga emas, balki falsafiy tushunchalarga asoslanadilar. Tushunchalar esa inson hayotining real jarayonlarini aks etiradi, real hayotdan kelib chiqadi. Lekin bu bosqichda kishilarning bilimi ancha past bo‘lgan. Metafizik metod teologik qarashning mavqeini pasaytirgan.

Inson ongining pozitiv bosqichida kishilar olamni bilish va ilmiy kuzatishlar asosida olib boradilar. Bu davrda teologik (diniy-mifologik) qarash va metafizik mavhum qarashlar o‘z ahamiyatini yo‘qotib, olamni bilishda ilmiy tushuncha va qonunlarga tayanishning ahamiyati kuchayadi. Rivojlanish qonuniyatlarini bilish, tabiiy qonunlarning avvaldan ko‘rish, sezish, o‘rganishning ahamiyati ortyb bordi.

Demak O.Kont fikricha ijtimoiy ong jamiyat taraqqiyotining asosiy omilidir.




Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish