O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti



Download 4,4 Mb.
bet152/418
Sana21.07.2021
Hajmi4,4 Mb.
#125570
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   418
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

David Yum(171-1776)ning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ahloqiy qarashlari bilan borliq. Lekin uning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ahloqiy qarashlari singari etarlicha ishlab chiqilmagan. Shuni ham ta’kidlash lozimki, uning ijtimoiy falsafasi o‘zidan keyingi faylasuflarning karashlariga uncha katta ta’sir o‘tkazmagan. Yum bir tomondan, mulkchilikni farovonlik sifatda ko‘rish zarur, unga ega bo‘lish “adolat qonunlari” bilan mustahkamlanadi, deb uqtiradi. Lekin bu qonunlar kelib chiqishi nuqtai-nazaridan sun’iydir. Ikkinchi tomondan esa, bu qonunlar o‘ziga xos uslubda qandaydir ichki munosabatlardan iborat, ya’ni predmetning tashqi munosabatlarining ruhimizga va hatti-harakatimizga qandaydir ta’siri ostida bo‘ladi, degan fikrni ilgari suradi. Yum konsepsiyasiga turli yo‘nalishdagi an’analar xosdir.

Uning bu uslubiy ikkilanishlari siyosiy, iqtisodiy mavzudagi esselarida o‘z ifodasini topgan. Davlat tuzilishi, deydi Yum, xususiy mulkchilikni saqlab qolishga, kuchlarga kuch qo‘shilishida kishilarning hamfikrligini ta’minlashda yordam beradi. SHuni ham ta’kidlash lozimki, ijtimoiy holat, uning fikricha, u yoki bu davlat paydo bo‘lgunga kadar, ko‘p oilalarning birlashishi tufayli yuzaga kelgan. Bunga kishilarning jamoa bo‘lib birlashishiga bo‘lgan hayrihoxlik hissiyotlari sabab bo‘lgan.

Ko‘pgina Yevropalik ma’rifatparvarlardan farqli o‘larok YUm ijtimoiy bitim g‘oyasiga mutlak qarshi bo‘lgan. Davlatning tashkil topishi, deydi Yum, zo‘rlik yuli bilan hokimiyatni qo‘lga olish va bosib olish orqali amalga oshadi.

Davlatning shakllanishida kishilarning erkin birlashi­shi emas, balki harbiy qudrat va zo‘ravonlik muhim rol o‘ynaydi. Lekin u qanday amalga oshishi mumkin ekanligini ko‘rsatib bergan emas. Dastlab kishilar asta-sekinlik bilan yangi hukumatning zulmiga ko‘nika boshlaydi va keyinchalik esa unga butunlay ko‘nikadi. U yoki bu davlatning qaror topishida birinchi navbatda jamiyat ichida ziddiyatlar emas, balki bu ichki ziddiyatlarni bartaraf etishda kishilar o‘zaro birlashadilar. Tashki ziddiyatlar boshqa jamiyatlar o‘rtasida bo‘ladi. Bunday holatda deydi Yum, davlat zo‘rlik yo‘li bilan qaror topadi. Lekin shunga qaramay uning ozgina  miqdorda bo‘lsa ham jamiyatda moddiy asosi bo‘lishi kerak U o‘zining konsepsiyasida siyosiy omilni iqtisodiy omildan ajratib qo‘yadi. Xalk, Yum fikricha, agar davlat siyosati chidab bo‘lmaydigan darajada bo‘lsa, itoatkorlikka barham berishga haklidir. Lekin oddiy holatlarda xalkning itoatkorlikka bo‘ysunmasliklari oqibatda anarxiyani keltirib chiqarishi mumkin. Fransuz ma’rifatparvarlari va ba’zi bir demokratik kayfiyatda bo‘lgan ingliz mutafakkirlari va siyosatdonlariga qaraganda Yumning pozitsiyasi konservativ va an’anaviy xarakterda ekanligini ko‘rish mumkin.

Shu bilan bir qatorda Yum davlat hokimiyatining kelib chiqishi to‘g‘risidagi ta’limotini teologik konsepsiyaga aloqasi yo‘q, deb tan olishi taxsinga sazovordir.

YUm ta’kidlashicha, inson hayoti uchun diniy mutaassiblik va riyokorlik g‘ta havflidir. Bu hodisaning ildizi inson ruhiyatidadir, deydi, u.

Turli xil diniy marosimlar va katolik diniga xos bo‘lgan sirlar inson tabiatini junbushga keltirishi va uning tasavvuriga salbiy ta’sir etishi mumkin. “Din — deydi Yum, ko‘pgi­na qonli tarixiy vokealarning asosiy sababidir”.

Xudojo‘ylar va diniy kayfiyatda bo‘lgan faylasuflar Yum timsolida havfli, hurfikrli va g‘ayriklerikal, din asosini qo‘poruvchi kishini ko‘rdilar. Uning mustaqil shaxsiy yurish-turishi, turmush tarzi ham shundan dalolat berardi. Uning dunyoqarashida kelishuvchanlik etakchi rol o‘ynaydi. Garchand, ingliz deistlarining ko‘pgina masalalarga bo‘lgan munosabatlariga sal­biy pozitsiyada bo‘lsada, uning shaxsiy pozitsiyasi deizmga yaqin turgan.

 Fridrix Shiller (1759—1805) XVIII asr nemis ma’rifatchiligining yirik vakillaridan biri. U haqda Shiller Kantni o‘qimasdan avval kantchi bo‘lib olgan, deydi. Buning isboti sifatida Shillerning quyidagi fikrini keltirish mumkin. “Ko‘pchilik faylasuflar ta’kidlaydilarki, tana jonning zindonidir. U jonning komillikka parvoziga halakit beradi. Boshqalari, aksincha, ta’kidlaydilarki, tana holatining yaxshilanishi ma’naviy yuksalishga olib keladi. Menimcha, bu erda har ikki tomon ham bab-baravar bir tomonlama fikr yuritadilar.

Shiller “haqiqatning o‘rta yo‘liga chiqish” uchun bu ikki oqim o‘rtasida muvozanat o‘rnatmokchi bo‘ladi. Shillerning bu fikrlari Kantning “Sof aqlning tanqidi” asari yozilishidan bir yil ilgari bayon etilgandi. Shiller “haqiqatning o‘rta yo‘li”ni topishda Kantga borib taqaluvchi ta’limot izidan boradi. Shiller Kant asarlari bilan 80-yillarning o‘rtalarida tanishadi. Shundan keyin shoir faylasufga, Kantning muxlisi va uni afkor ommaga tashviq qiluvchiga aylanadi. Shiller o‘z falsafiy tizimini yaratmagan. Lekin falsafa tarixida o‘z o‘rniga ega. Xususan, san’at falsafasi haqida gap ketganda Kant nomidan keyin Shiller nomi tilga olinadi. SHillerning “Insonning estetik tarbiyasi haqida” asari, muallifning o‘zi e’tirof etishicha, “Kant tamoyillari asosida yozilgan”. Kant uni o‘qib chiqib “ajoyib asar” deb baholaydi. Bu asar haqikatan ham estetika tarixidagi eng qimmatli asarlardan biridir. Uning boshlang‘ich g‘oyasi shunday: “...faqat go‘zallik yordamida erkinlikka erishish mumkin”.

Bunda SHiller nimani ko‘zda tutadi? Bunda shoir Kantning madaniyatning qarama-qarshi tarzda rivojlanish haqidagi ta’limotiga qo‘shiladi. U qat’iyat bilan ta’kidlaydiki, insoniyat kamolotga qarab borgan holda sivilizatsiya zanjirlari bizni tobora dahshatliroq siqadi va faqat “yomonlik muvozanati” bunga ba’zi chegarani ko‘yadi. Taraqqiyot quroli kelishtirib bo‘lmaydigan ziddiyatlar, odamlarning, ularning mehnati va qobiliyatlarining bo‘linishi, chegaralash insonni ustaga aylantiradi.

Go‘zallik insonning mo‘‘tabar tabiatiga mos keladi. Inson kabi go‘zallik ham ikki tomonlama xarakterga ega. Shiller tibbiyot bilan shug‘ullangan davridayoq inson mutlaq moddiy ham emas, mutlaq ruhiy ham emas, degan xulosaga keladi. Shoir va faylasuf sifatida bu fikrni qat’iyat bilan himoya qiladi. Shiller insonga xos bo‘lgan ikki qarama-qarshi intilish haqida gapiradi.   Birinchisi  fizik tabiatiga xos bo‘lgan  intilish, ikkinchisi — ruhiyat, ya’ni ahloqiy va aqliy sa’y-harakat. Lekin shu bilan birga alohida o‘rta kayfiyat ham mavjudki, unda ruh jismoniy holatni ham, ahloqiy holatni ham his qilmaydi. Lekin har ikki sohada ham faoliyat ko‘rsatadi. Bu holatni Shiller estetik holat deb ataydi.

Bundan go‘zallikning ikki tomonlama xarakteri kelib chiqadi. U ham moddiy, ham ruhiy, ham ob’ektiv, ham sub’ektivdir. Bu ham hayotning o‘zi, ham uning timsoli. Go‘zallikning mohiyati o‘yindir. Bu erda ham go‘zallikning ikkilanganligi namoyon bo‘ladi. Bu masalada Shiller Kant g‘oyasini o‘zlashtiradi. O‘yin deganda insonning ijodkorlik tabiati namoyon bo‘ladigan, madaniyat yaratadigan erkin faoliyatni nazarda tutadi. Kadimgi Yunonistondagi Olimpiya o‘yinlari buning misolidir. Buning qarama-qarshisi esa — Rimdagi gladiatorlar urushidir. “Inson tom ma’nodagi inson xolatidagina o‘ynay oladi. Mana shu holda o‘ynaganda haqikiy inson bo‘ladi”. Estetik tarbiya haqida gapirganda Shiller insonning san’atni tushunish qobiliyatining shakllanishinigina tushunmaydi. Yaxshi did — shaxs fazilatining faqat bir tomoni. Go‘zallik va ahloqiylik o‘rtasidagi aloqa bilvositadir. Bevosita taqlid intellekt va estetik his-tuyg‘udan tashqarida, estetik tarbiya har tomonlama rivojlangan ijod qilishga qodir shaxsni tarbiyalashni taqozo qiladi. Go‘zallik faoliyat uchun sharoit yaratadi. Shiller go‘zallikni “bizning ikkinchi ijodkorimiz” deb ataydi. Uning odob va bilim bilan bevosita aloqasini inkor qiladi. U shunday deb yozadi: “Men shuni yorqin isbot qildimki, go‘zallik tafakkurga ham, irodaga ham hech narsa bermaydi. Go‘zallik ong va uning qarorlari ishiga aralashmaydi. Go‘zallik faqat insonni unga ham, bunga ham qobiliyatli qiladi. Lekin bundan foydalanishni hal qilmaydi”. Nasihat qiluvchi romanni o‘qib jinoyatchi tuzalib qolmaydi. Ilmiy masalalarni hal qilishni badiiy asardan qidirish kerak emas. Ular o‘rtasida bevosita bog‘lanish yo‘k. Lekin Shiller ular o‘rtasida bilvosita aloqaning mavjudligini ham ko‘rsatib beradi.

Shillerning estetik utopiyasi tarixiylik ruxi bilan sug‘orilgan. Uningcha, insoniyat tarix jarayonida, moddiy tabiatni bo‘ysundirish jarayonida, faoliyat jarayonida ahloqiy erkinlikka erishadi. Real tarixga bo‘lgan hayotiy kizikish Shillerni Kantdan o‘zib ketishga olib keldi. Gegelning ta’kidlashicha, Shillerning buyuk xizmati shundaki, u sub’ektivizmni va tafakkurdagi mavhumlikni engib o‘tdi, undan tashqariga chiqishga jur’at etdi, haqikatni mujassamlashtirgan narsalarning fikriy birligini badiiy jihatdan amalga oshirdi.

Shiller dunyoqarashi faqat estetika tarixida emas, tarix falsafasida xam diqqatga sazovordir.

Uning “Jaxon tarixini o‘rganish nimadan iborat va uni o‘rganishning maqsadi nimadan iborat?” mavzusidagi kirish ma’ruzasi o‘tmishga yondashishning umumiy tamoyillariga bag‘ishlangan. Shiller taraqqiyot g‘oyasini himoya qildi. Hozirgi davrdagi “yovvoyi” xalklar insoniyat tarixi nimadan boshlanganligi haqida tahminiy tasavvur beradi. Bizning madaniyatimiz turli davrlar ma’lumotini yig‘adi. Inson zoti vujudga kelganidan boshlab to hozirgi davrgacha taraqiyotning yagona zanjiri mavjud. Faqat tarix ne’matlarni to‘g‘ri qadrlashni o‘rganishga qodir. Biz bu ne’matlarga shuning uchun shukronalik qilmaymizki, biz ularga o‘rganib qolganmiz, ularni ko‘ramiz, qo‘lga kiritamiz. Aslida esa, bu ne’matlar eng yaxshi va olijanob odamlarning qon to‘lovi evaziga kiritilgan. Ularni egallash uchun ko‘p avlodlarning  og‘ir mehnati zarur bo‘lgan, — deb ta’kidlaydi.

Tarix hamma ahloqiy dunyoni qamrab oladi. U kishilar va xalqlar ustidan xukm chiqaradi. Shiller hammadan ko‘proq ishonch bilan o‘tmishni o‘rganishning ahloqiy me’yorlarini, har bir insonning butun insoniyat oldidagi ma’suliyati g‘oyasini ishlab chiqdi. Shiller o‘z tinglovchilarini tarixni o‘rganishga chaqirib, shunday deydi: “Tarixni o‘rganish aqlimizni nurlantiradi, qalbimizni olijanob fidoyilik bilan alangalantiradi. U ruhimizni ahloqiy masalalarga pastkashlik va bachkanalik bilan yondashishdan saqlaydi”.

Shillerning fikricha, tarix insoniyatni belgilab berilgan reja bo‘yicha olg‘a etaklaydi. Odamlarga ular zo‘ravonlik hukmronligida yashayotgandek tuyuladi, lekin tarix yuz berayotgan chalkashliklarga osoyishta qaraydi. U jilovsiz erkinlikni zaruriyat sirtmog‘ida ushlab turayotgan damlarni ko‘radi. Shiller aytadiki, papa Grigoriyga yoki vijdon azobidan qiynalgan Kromvelga yashirin bo‘lgan narsani tarix mamnunlik bilan insoniyatga ochib beradi. Shiller ayrim yakka inson faoliyatining maqsadlari bilan uning ijtimoiy natijalari o‘rtasidagi bu qarama-qarshilikni ma’lum tarixiy hodisalarni tahlil qilish bilan yoritib berdi. U yoki bu hodisani tavsiflar ekan, Shiller avvalo ularning sabablarini, diniy va siyosiy shiorlar ortida nima yotganligini ko‘rsatib berishga e’tibor beradi. Shillerning asosiy tarixiy asarlari — “Niderlandiyaning ispanhukmronligidan ajralib chiqish tarixi” (1798) va “O‘ttiz yillik urush tarixi” (1793) hisoblanadi. Bu asarlar haqikiy dramatizm, falsafiy mulohazalar, ahloqiy zavq-shavq bilan yozilgan ajoyib asarlaridir.

SHunday qilib, tarix nazariya bag‘riga kirib bordi. U nafaqat o‘tmish hotirasi, zamonasining hayotiy muammosi, jamiyatning hozirgi va kelajakdagi tizimi masalasi sifatida, balki siyosiy faoliyat sifatida ham nazariyaga kirib bordi. Nemis falsafasi bag‘ridan fransuz inqilobi o‘rin oldi.


Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish