Jyulen Ofre de Lametri(1709-1751)ning ahloqiy va ijtimoy-falsafiy qarashlari boshqa fransuz faylasuflari singari o‘z davrida muhim rol o‘ynagan. Fransiyada ijtimoiy munosabatlarda hukm surgan adolatsizlik g‘ayritabiiy holat emas edi. Uning “Jonning tabiiy tarixi” asarining hukumat tomonidan ta’qiqlanishi Lametrining adolatsizlikka, nohaqlikka qarshi kurashini yanada kuchaytirdi. Lekin uning noroziligini sirtga chiqishiga u egallab turgan lavozim to‘sqinlik qilar edi. Lametri o‘sha davrda qirollik gvardiyasida tabib bo‘lib xizmat qilar edi. Prussiyada saroy faylasufi, tabibi etib tayinlanishi uning ahloqiy qarashlari, adolat va tenglik to‘g‘risida faol ish olib borishiga to‘sqinlik qilgan. Faqat umrining so‘nggi yillarida u ma’rifatparvarlarga xos holda jamiyatning uchinchi tabaqasi, ya’ni oddiy fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilishga harakat qildi va o‘zining bir qator asarlarini yaratdi. Bu asarlar: “Inson — mashina”, “Senekaga qarshi” va “Dastlabki mulohazalar” hisoblanib, ularda ahloqiy va ijtimoiy-siyosiy fikrlar o‘rin olgan.
Lametri o‘zining “Inson-mashina” asarida inson ongining shakllanishida ijtimoiy hayotning o‘rni yuqori ekanligi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surdi. Jamiyatda qonunlar asosiy rol o‘ynaydi, deydi faylasuf.
Faylasuf dinga qarshi pozitsiyada turib, kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni ahloqiy nuqtai-nazardan boshqarish masalasini ilgari surdi. U ahloq haqida fikr yuritar ekan, insonga tabiiy qonun xosdir, deydi. U o‘z navbatida “yaxshi va yomon”ni ajratishga yordam beradi. Agar birovlar bizga yomonlik qilishni istamaganlari kabi, boshqalarga ham biz buni ravo ko‘rmasligimiz lozim. Ma’naviyat “tabiiy qonuni”ning eng mu-him ifodasi boshqalardan ko‘rgan yaxshiliklari uchun minnatdorchilik bildirish, yaxshilikka yomonlik bilan javob qaytarganlarga taassuf qilmoq zarur,
Lametri fuqaro sifatida jamiyat manfaati yo‘lida jinoyatchilikka qarshi samarali kurash zarurligini ifodalab, o‘ta havfli jinoyatchilarni o‘limga mahkum qilishni ta’kidlaydi. Siyosiy nuqtai-nazardan faylasuf insonlarga nasihat qilib, baxtga erishish yo‘lida jinoyat qilmaslikka da’vat etdi. “O‘zingni ehtiyot qil, degan siyosat mening falsafam emas. Odil sudlov — uning farzandi, uning xizmatida jallod va dorlardir”.
Lametrining fuqarolik pozitsiyasi bilan falsafasi o‘rtasidagi bu qarama-qarshilik falsafa foydasiga emas, insonning ijtimoiy mavjudod ekanligini tushunib etmaganligidadir. Lametrining ta’kidlashicha, ahloq va din “ijtimoiy ahloq”ning zaruriy shakllaridir va shu bilan birga siyosatning erkin shaklidir. Jamiyat manfaati, deganda Lametri bir hovuch kishilarning manfaatlarini emas, xalk ommasining hayotiy muhim manfaatlarini tushungan. Faylasuflarning muhim vazifalari, deydi u, bu odamlarni haqiqat orkali ma’rifatli qilishdir.
Faylasuf jamiyat tarixi va muayyan voqealarni to‘g‘ri tushuntira olmadi. Lekin jamiyat to‘g‘risidagi karashlari idealistik tarzda bo‘lishiga qaramay, ularni o‘rta asr ilohiyotchilarining ideallari bilan tenglashtirish mumkin emas.
Lametri jamiyat tarixi tizimida idealist bo‘lib qolib, tarixda xalk ommasining rolini inkor etgan. Go‘yo jamiyat tarixi xalk tarixi bo‘lmay, ulug‘ shaxslar tarixidir. Faylasuf davlatni vujudga keltirgan iqtisodiy sababni, uning mavjud mohiyati va tarixi xarakterini ochib bera olmadi.
Lametri garchi tuzum va absolyutizma qarshi kurashgan bo‘lsa ham, lekin uni bartaraf etishning biron-bir yulini ko‘rsatib bera olmagan. U yangi jamiyatning ijtimoiy-iqdisodiy va siyosiy belgilari haqida ham lom-mim demaydi. Lekin Lametrining falsafiy ta’limoti XVIII asr fransuz falsafasining va undan keyingi falsafiy ta’limotlarning rivojlanishiga kuchli va samarali ta’sir kursatib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |